Chand ro’ze zi mustaqimon bosh,
Dar payi hojati miskinon bosh.
Sham’ shav, sham’, ki xudro so’zi,
To ba on bazmi kason afro’zi!
(Bir necha kun dinu diyonati mustahkamlar safida bo‟l, miskin, g‟ariblarning
hojatini chiqarishni o‟yla. SHam‟ bo‟lgin, sham‟, toki o‟zing yonib, o‟zgalar
bazmini yorita olsang!)
O‟zi yonib, o‟zgalar kulbasini yoritish, miskinlar bazmini obod qilish
qanday sharafli va oliyjanob insoniy xislat! Bizning ulug‟ insonparvar
donishmandlarimiz o‟zim bo‟larchilik falsafasini rad etib, ana shunday ezgu
g‟oyalarni olg‟a surganlar, insoniylikni ilohiylik darajasiga ko‟targanlar.
Jomiyning fikriga ko‟ra, javonmard xuddi bahor bulutiday hammaga birday
saxovat yomg‟irini yog‟dirmog‟i, xuddi ko‟z gavhari kabi o‟zgalarni ko‟rib, o‟zini
ko‟rmasligi lozim. Bu komil insonning sifati ham, chunki ko‟z komil inson
timsolidir. Komil inson hech qachon o‟zini o‟ylamaydi, u hamisha boshqalar
g‟amida yuradi.
O‟z zamonida axloq, saxovat, qanoat, imon, himmat kabi insoniy
fazilatlarni o‟zida mujassamlashtirgan insonlar ko‟payishini istagan Navoiy inson
kamoloti haqidagi qarashlarini har bir asariga singdirdi. Jumladan, “Hayrat ul-
abror” dostonidagi saxovat va karam vasfiga bag‟ishlangan beshinchi maqolatda
bu boradagi qarashlarini badiiy talqin etadi. Shoir egniga xayr-u karam kiyimini
yopingan (saxiy) kishining ehson ulashish yo‟llarini, ya‟ni oltin-kumush sochish
uchun ochilgan panjasini quyoshga, kaftini nur taratuvchi yashinga qiyoslaydi,
boylikning umri qisqaligini, qo‟l esa saxovat orqasidan barhayot ekanligini
ta‟kidlaydi:
Ey tushib egninga karam kisvati,
Qolmayin ilgingda diram qiymati.
Panjang o’lub siymfishonliqqa fosh,
Mashriqu mag’ribda nechukkim quyosh.
Siym ila ilgingda adovat bo’lub,
Anda fano, munda saxovat bo’lub.
Chun kafing oltun sochib andoqki barq,
Barq hayodin bo’lubon terga g’arq.
Shoir fikricha, xayr-u saxovat davlatmand odamning boshidagi ehson va
saxovat tojidir, tojning ustida esa xayr-u karam gavhari joylashtirilgan.
Boshing uza judu saxo afsari,
Afsaring ustida karam gavhari
.
Navoiy fikricha, xayr-u saxovat ko‟rsatishga qodir odam hech qachon
baxillik yo‟lini tutmasligi, ehson va saxovat ko‟rsatish vaqtida ko‟nglini
g‟ashlamasligi zarur.
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning diniy, falsafiy qarashlarini,
naqshbandiylik tariqatining saxovat, karam, saxo, vafo kabi muhim ruknlariga
amal qilib yashash, komillik xislatlarini o‟zlashtirishga, fazilatlarini hayotida
namoyon etishga intilish kabi holatlarni istiqlol davri o‟zbek romanlarida ham
uchratamiz. Chunki Naqshbandiya sulukidagi barcha shayxlar saxovat va
muruvvatda namuna edilar. Shunday ulug` saxovatni hazrat Jomiy, hazrat
Navoiyda ham ko`ramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sultonmurod Olim. Navoiy asarlarida Xoja Bahouddin Naqshband ta`rifi. //
“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–3.
2.
Komilov N. Tasavvuf. – T.: Sharq, 2009.
3.
Vohidov R. Besh hayrat: Abdurahmon Jomiy bilan Alisher Navoiyning ilk
uchrashuvlariga doir ayrim qaydlar . – T.: Jamiyat va boshqaruv, 1998.-№3.-
B.50-52.
4.
Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. –T.: G‟afur G‟ulom nomidagi Adabiyot va
san‟at, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |