97
O’zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi Abdullayeva Sarvinozning “Yusuf
Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik
xususiyatlari“mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ....
TAQRIZI
O`zbek tilining o`ziga xos jilosi, uning serqirraligi, badiiy obrazlar yarata
olish qudratini to`laroq anglash uchun mumtoz va hozirgi zamon adiblarimiz
badiiy asarlari tilini o`rganish zamon talabidir. Shu jumladan xalqimizning
sevimli pandnoma asari “Qutadg’u bilig”dek boy ma’naviy merosdan
bahramand bo`lish yoshlarimizning komil inson bo`lib voyaga yetishida muhim
rol o`ynaydi. Mumtoz adabiyotimiz vakili Yusuf
Xos Hojibning chuqur insoniy,
falsafiy, ayni paytda sodda va xalqona mulohazalarga boy asarlarining til
xususiyatini o`rganish, ularning badiiy qirralarini ochib berish tilshunoslar
hamda adabiyotshunoslar tomonidan qilinayotgan qator ilmiy tadqiqotlarda o’z
aksini topmoqda. Badiiy asar tilini chuqur tadqiq etish, uning til xususiyatlarini
ochib berish, lug’at tarkibini boyitish bugungi kunda tilshunoslar oldidagi
yuksak vazifadir. Mana shu jihatdan magistrant Abdullayeva Sarvinozning
magistrlik dissertatsiyasi mavzusi dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Magistrlik dissertatsiyasikirish, uch asosiy bob, xulosa vafoydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Dissertatsiyaning kirish qismida mavzuning
dolzarbligi, o`rganilish darajasi, tadqiqotning ilmiy yangiligi asoslangan.
MDning birinchi bobi “Qutadg’u bilig“da qo’llangan ayrim so’zlarning
etimologiyasi“ deb nomlangan deb nomlangan.Unda magistrant Yusuf Xos
Hojibning “Qutadg’u bilig” asari matnida uchraydigan ayrim so’zlarning
etimologiyasi, ma’no taraqqiyoti hamda lug’atlardagi izohiga e’tiborni qaratadi.
Fikrlar va havolalarda
izchillikka, ilmiy ish yozish tartibiga to’la rioya qilingan.
98
MDning ikkinchi bobi “Qutadg’u bilig“ asaridagi so’zlarning shakl va
ma’no munosabatiga ko’ra turlarini yoritishga qaratilgan. Bunda talaba asar
tarkibida uchraydigan omonim, sinonim, antonym so’zlarning leksik
xususiyatlarini matndan olingan parchalar asosida tahlil qilgan. Ko’pgina misollar
asliyat va tabdilni taqqoslash, ulardagi ma’no nozikliklarini ochishga qaratilgan.
MDning uchinchi bobi“Qutadg’u bilig” da adibning so’z qo’llash mahorati”
deb nomlangan. Unda muallif Yusuf Xos Hojibning so’z qo’llash mahoratini
metafora, metonimiya, sinekdoxa asosida so’zlarning semantik- uslubiy
imkoniyatlarini ochib beradi.
MDning xulosa qismida mavzu yuzasidan barcha nazariy xulosalar
umumlashtirilib, yakunlangan. Ishda berilgan umumiy xulosalar bitiruv
magistrlik dissertatsiyasining mazmuniga to`la mos tushadi. Shu bilan birga
ishda ba`zi juz`iy kamchiliklar ham uchraydi, ammo ular ishning ilmiy va
amaliy qimmatini pasaytirmaydi.
Men, O’zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi magistranti Abdullayeva
Sarvinozning “Yusuf Xos Hojib “Qutadg’u bilig“ asarining leksik-semantik
xususiyatlari“ mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasini tugallangan tadqiqot
sifatida ijobiy baholayman va himoyaga tavsiya etaman.
Do'stlaringiz bilan baham: