Inson qiyofasini akademik qalamtasvir usulda tasvirlashda metodik izchillikka rioya qilish



Download 128 Kb.
bet1/3
Sana20.06.2021
Hajmi128 Kb.
#71412
  1   2   3
Bog'liq
inson qiyofasini akademik qalamtasvir usulda tasvirlashda metodik izchillikka rioya qilish.


QVXTXQTMOI Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim kafedrasi tasviriy san’at o’qituvchisi Eshnazarova Mazifa

INSON QIYOFASINI AKADEMIK QALAMTASVIR USULDA TASVIRLASHDA METODIK IZCHILLIKKA RIOYA QILISH.
Tasviriy san’atda inson qiyofasini tasvirlash qadimdan rassomlarni o’ziga jalb qilib kelgan. Tabiatda inson eng mukammal va serqirra obyekt bulib hisoblanadi. Shuning uchun ham barcha badiiy ukuv dargohlarida ham inson qiyofasi, uning portretini tasvirlashga kuplab vaqt ajratiladi. Tirik modelni (yalangoch model tasvirini) chizish qiyin vazifa, uni bajarish uchun rassomdan doimiy mashgulotlar davomida egallangan malaka talab etiladi.

Tirik modeldan rasm chizishning qiyin tarafi shundaki, bunda model qimirlamasdan, bir xil holatda tura olmaydi, ya’ni chizish davomida u bir necha bor o’z holatini o’zgartiradi. Boshqa tomondan tirik modelda kuzatiladigan suyaklar va mushaklarning yaqqol ajralib turishi, ularning tuzilishi, nisbati, vazifasi va xarakat xarakterini oydinlashtirishga imkon yaratadi. Bundan tashqari model o’z holatini o’zgartirganida, rassom o’z tasavvuri va xotirasiga asoslanib chizishni davom ettirishi kerak. Bunday ish uslubi juda muhim bo’lib, qalamlar va eskizlar chizishda uning ahamiyati kattadir.

Tirik inson modelini (yalangoch inson qiyofasini) chizish mashgulotlarini tashkil etish va undagi rasm chizish ketma-ketligi gipsdan ishlangan model tasvirini ishlash jarayoni bilan deyarli bir xil. Model taulik ustida tahminan 40 sm balandlikda erkin holatda, rassomga qarab, bir oyogiga tiralib – ushbu holatda chap oyogiga tiralib turishi kerak. Model holati Gudonning “Ekorshe”sini eslatadi. Bukilgan chap kul tana qismining orqa tarafida bulib, gng kul erkin holatda pastua osilib turibdi. Bu yerda chap oyoq ogirlik markazidir. Gng oyoq esa chap oyoqqa nisbatan biroz oldinroqda joylashgan va erkin holatda turibdi.

Modelga yuqori-yon tarafdan kuchsiz yoruglik tushishi kerak. Anatomik tuzilish buyicha tuliq tasavvur hosil qilish uchun, modeldan uzoqroq masofada odam skeleti yoki Gudonning “Ekorshe”sini joylashtirish tavsiya etiladi. Bundan asosiy maqsad, oldingi vazifada olingan bilim va malakalarni tirik odam rasmini chizishda taqqoslab nisbatlar hamda muskullar tizimini yanada aniqroq tasavvur etishdan iboratdir.

Ukuvchilar bir-birlaridan eng kamida model buyiga bir barobar keladigan masofada, naturadan esa eng kamida qomatning uch barobari darajasidagi masofada joylashishlari kerak. Bunday masofa ularga modelni boshdan oyogigacha perspektiv o’zgarishlarda ko’rish imkonini beradi.

Rassom tasvirning joylashish urni va ulchamlarini – rasm kompozitsiyasini belgilaydi. Model pozasi va xarakatidan kelib chiqqan holda, modelning umumiy holati va model massasi qalam bilan yengil chizib chiqiladi.

Turgan holatdagi model rasmini chizishni dastlab old tarafdan amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunday holatda rasm chizish tamoyillarini ochib berish ancha oson kechadi. Oyoqosti va ular orasidagi masofa turgan modelning tayanch maydoni bulib hisoblanadi. Ogirlik markazidan utuvchi vertikal chiziq tayanch maydonidan ham utuanda model muvozanat holatida tik turgan deb hisoblanadi. Bundan shuni anulashimiz mumkinki, odam oyoqlari orasini kenuroq ochsa, tayanch maydoni kattalashadi va mustahkam muvozanatua ega buladi.

Bir oyoqqa tiralib turganda model holati ogirlik markazi buylab tushirilgan vertikal tayanch oyoqning tovon qismidan yoki uning yonidan utadi. Yalangoch odam tasviri chizilganda model modelsining holati ana shunday bulishi lozim.

Rasm chizishning dastlabki bosqichida xarakat holati va asosiy nisbatlarni kursatuan holda, butun modelni umumiy kurinishini yordamchi chiziqlarda tasvirlash muhimdir. Tasviriy san’at qonun va qoidalaridan bizga ma’lumki, tabiatdagi barcha shakllar geometrik sirtlarga gxshash shakllar tarkibiga asoslanadi shuning uchun ham ushbu holatua misol tariqasida Dyurer tomonidan geometrik shakllarga asoslanib ishlangan rasmni keltirishimiz mumkin.

Bu yerda model xarakati yaqqol kuzga tashlanadi. Yelka kamari tosga nisbatan deyarli tugri burchak buyicha burilgan, bosh orqaga qayrilgan. Yanada oydinlik kiritish maqsadida, A.Dyurer kukrak qafasini geometrik shakl asosida, perspektiv gzgarishlarni kursatib, sxematik tarzda tasvirlagan. Ogirlik markazidan podium yuzasidagi kesishish nuqtasigacha vertikal chiziq chiziladi. Ushbu nuqtaga asoslanib ikki tovonning gzaro joylashuvini izlash kerak. Har bir oyoq joylashadigan joy tovon uzunligi darajasida belgilanadi. Katta oshiqdan (sonning tos bilan birlashgan qismi) pastua, oyoq joylashadigan joy markazi tomon tana tiralgan oyoqning umumiy ygnalishini kursatuvchi tugri chiziq chiziladi; ikkinchi sonning katta oshigidan erkin turgan oyoqning avval tizzagacha bulgan qismi, keyin esa tovon markazigacha bulgan qismi chiziq bilan belgilanadi.

Og’irlik markazidan o’tuvchi va rasmda belgilangan boshning yuqori qismigacha davom etuvchi vertikal chiziqning umumiy uzunligi model balandligini tashkil etadi. Tors erkin holatda turganida ogirlik markazidan tushirilgan vertikal yarem chuqurchasidan utadi. hosil bulgan umumiy vertikal chiziqqa tananing quyidagi alohida qismlari chegaralarini kursatuvchi belgilar chiziladi: oyoq, ko’krak va bosh ulchamini kursatuvchi belgilar. Bu yerda boshning urta chizigi oriyentir qilib olinadi va bosh holati oval shakl bilan belgilanadi; shu usul bilan boshning burilish darajasi va xarakati aniqlanadi. Ishning mazkur bosqichida rasmning obrazli xarakteriga ta’sir qiluvchi modelning yuqori, urta, pastki qismi nisbatlariga tuxtalib, pedagog rassomlarga baland, urta va past buyli odamlarda boshning butun tana uzunligiga nisbati qanday bulishini, shuningdek erkak, ayol va yosh bola qomatlari nisbatlari urtasidagi farqlarni tushuntirib berishi kerak.

Bosh balandligi va yarem chuqurchasining joylashuvi butun model balandligiga nisbatan belgilangandan sung, yengil chiziqlar bilan gmrov suyaklari ygnalishi chiziladi.

Sunura modelning yarem chuqurchasidan tush suyagining hanjarsimon gsigi, undan kindik va rasmdagi asosiy gzgarmas nuqtalardan biri bulgan tos suyagining boshlangich qismi - yonbosh suyak tomon chgzilgan shartli urta chiziq aniqlanadi.

Rasmga ko’krak surgichlaridan utuvchi gorizontal chiziq chiziladi; keyin tos suyaklarining qirralaridan chiziq utkaziladi va shu yul bilan tosning gorizonal chiziqqa nisbatan qiyalik darajasi aniqlanadi.

Ikkita oyoqqa tiralib turgan model holatida tos gorizontal holatda buladi. Tananing barcha ogirligini bir oyoqqa utkazilganida, tos ogirlik tushmagan oyoq tomonga egiladi. Tosning yuqori qismi chizigi yonbosh suyakning kurinib turgan qirralariga asoslanib belgilanadi.

Keyin ikki son suyagi boshchalari urtasidagi chiziq belgilanadi. Tana ogirligini kursatib turgan sonning tos bilan birlashgan boshchasi aniq kurinib turadi; ikkinchi oyoqning son boshchasining joylashish urni gzgarganligi tufayli, uning urnida chuqurcha hosil buladi. Ikki son boshchalari urtasidagi chiziqqa parallel ravishda, rasmda shtrixlab kuyilgan tosning yuqori qismidan utuvchi, chiziq belgilanadi.

Tos chizigiga parallel ravishda ikki oyoqning tizza qopqoqlaridan utuvchi chiziqchiziladi (son boshchasi va tupiq urtasida). Bunday usulda chizilgan belgilar vertikal chiziq buyicha model nisbatlarini aniqlashga yordam beradi.

Modelning asosiy qismlari kenuligi - tosdan tovongacha va tosdan boshning yuqori chegarasigacha bulgan qismi shtrixlar yordamida oydinlashtiriladi. Ikki oyoqning yon tomonlari va tos, tors, yelka, kul, buyin va bosh ham shtrixlar bilan chizib chiqiladi.

Ishning keyingi bosqichida uchirgich bilan yordamchi chiziqlar va tasvirlangan model ichidagi barcha belgilangan yordamchi chiziqlar uchiriladi va tasvirning ulchami va chegaralari natura bilan yana bir marotaba solishtirib tekshiriladi. Buning uchun dastlab tasvir hajmini kursatib beruvchi asosiy soya va tus munosabatlari rasmda aks ettiriladi va natijada nisbatlarni tugrilash va konturlarga shtrix bilan aniqlik kiritish imkoni paydo buladi. Bunda modelning tors va boshdan boshlab, oyoq va kulgacha bulgan qismlari ustida ish olib boriladi. Oyoq-qulning – yelka, tirsak, tizzalarning bukilgan joylariga shtrixlar yordamida yorug-soya yordamida tus beriladi.


Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish