Inson qiyofasini akademik qalamtasvir usulda tasvirlashda metodik izchillikka rioya qilish


XOMAKI RASMLAR VA ULARNI BAJARISH USULLARI



Download 128 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2021
Hajmi128 Kb.
#71412
1   2   3
Bog'liq
inson qiyofasini akademik qalamtasvir usulda tasvirlashda metodik izchillikka rioya qilish.

XOMAKI RASMLAR VA ULARNI BAJARISH USULLARI.
Idrok etishning «Umumiylikdan xususiylikka va xususiylikdan umumiylikka» tasvirlash usuli ta’lim jarayonida bosqichlar bо‘yicha davomli о‘quv rasmini bajarishda о‘z tasdiо‘ini topadi.

Tasvirlanayotgan predmet shaklini umulashtirilishining sо‘ngi yakuniy bosqichi - kogozga tushirilgan narsani yaxlit birlikka yiо‘ish va birlashtirishdan butun rasm bо‘ylab aniqlik kiritish va nur soya nisbatlarini bitta yaxlitlikka keltirish, ya’ni tasvirlanayotgan shakl va ana shu shakl turgan kenglikni tutashtirishdan iboratdir.

Naturadan uning о‘ziga xos xususiyatlari bilan qisqagina xomaki rasm chizib olish asosan tez kо‘rish va idrok qila bilish qobiliyatlarini о‘stirish uchun mо‘ljallanadi.

Kuzatish, idrok qilish va xomaki rasmni ijro etishlar kо‘p hollarda bir vaqtning о‘zida sodir bо‘ladi. Shuning uchun xomaki rasm ustida ishlashning yakuniy bosqichi sifatida umumlashtirish haqida alohida gapirishga tugri kelmaydi.

Xomaki rasmlar chizishda foydalaniladigan usullarni farqlash xomakilarning oltita turini belgilab olish imkonini beradi. Xomaki rasmlar va ularning turlari quyidagilardan iborat:

-naturani kuzatgan holda undan boshidan oxirigacha bevosita ijro etiladigan xomaki rasmlar;

-kombinatsiya usuli (dastlab naturadan kuzatib, keyinchalik naturasiz – xotira bо‘yicha) bilan ijro etiladigan xomaki rasmlar;

-faqat xotiradan bajariladigan, ya’ni kuzatishdan keyin biror vaqt о‘tgandan sо‘ng, ongda kо‘rish qobiliyati musthkamlanganidan keyin chiziladigan xomaki rasmlar;

-insoning avval ongida qabul qilingan ba’zi predmetlar, tirik obyektlar va atrof-borliq hodisalar haqidagi tasavvurlarni jonlantirish qobiliyati bilan boо‘liq tasavvurlar bо‘yicha ishlanadigan xomaki rasmlar;

-kompleks usul bilan, ya’ni yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan hamma ish usullarini, jumladan tasavvur bо‘yicha usullarini qо‘llagan holda bajariladigan xomaki rasmlar;

-hayolga keltirish bо‘yicha – biror-bir ijodiy fikr yoki badiiy obraz, mavzu, syujet va xokazo predmet va hodisalar haqida о‘z tasavvurlarini jonlantirib tiklash asosida dastlabki umumlashgan tasvirning xomaki rasmlari chizish.

Xomaki rasmlarning ikkinchi, uchinchi va beshinchi turlari bitta umumiy alomatlar bilan birlashadi, chunonchi: xomaki rasm chizish bilan bir vaо‘tda sodir bо‘ladigan yoki xomaki rasm chizishdan sal oldin bо‘ladigan naturani ancha yuzaki va tez kuzatish bilan yuzaga keladigan majburiy alomat bilan.

Agar bunda ijro vaqti cheklanmasa, u holda bunday naturadan chiziladigan xomaki rasm chizgiga aylanib qolishi mumkin.

Bu shart-sharoitlardan bittasi-naturani kuzatish va xomaki rasm ijrosi uchun vaqtning cheklanganligi yoki cheklanmaganligidir. Bu о‘z navbatida naturaning qо‘zgalmasligi yoki qо‘zgalish darajasi (harakat tezligiga)ga boqliq bо‘ladi. Boshqacha aytadigan bо‘lsak, xomaki rasm chizish usuliga eng avvalo ikkita omil ta’sir qiladi: vaqt va naturaning holati.

Bu о‘zaro bir-biriga boо‘liq omillardan tashqari ijrochi va uning ishlash qobiliyatiga (binobarin, xomaki rasmdagi tasvir xarakteri va sifatiga) shuningdek tashqi obyektiv shart-sharoitlar ham ta’sir qiladiki, ularga rasm chizuvchi moslashishi kerak bо‘ladi (sinf, hona yoki kо‘cha, ishlab chiqarish yoki transport, jamoa joyi, sport maydonchasi, yо‘lka, sayilgoh va xokazolar).

Naturadan kuzatish bо‘yicha xomaki rasm chizish faqat bitta shart bilangina, ya’ni natura umuman qо‘zgalmas, harakatsiz turgandagina boshidan oxirigacha bajarilishi mumkin.

Bunday qiyofa natura yeng avvalo, sо‘zsiz jonsiz predmet (masalan, san’at asarlari, haykaltaroshlik asarlari, me’morchilik inshootlari, bezaklar, sabzavot, meva, gul, daraxtlar, ba’zi manzara turlari, shuningdek maxsus qiyofa uchun turgan model (inson ham) bо‘lishi mumkin.

Xomaki rasmning maqsadi naturani tо‘liqsiz umumlashtirilgan kо‘rinishini aks ettirishdan iborat bо‘lgani uchun rassom nisbatan ancha bamaylixotir ishlaydi. Agar maqsad amalga oshgan bо‘lsa-yu natura hali qimirlamay turgan bо‘lsa, u holda xomakilikdan chizgiga (lavhaga) о‘tish mumkin. Bunda xatto qoqoz chetiga qо‘shimcha, naturaning ba’zi bо‘laklarini ancha batafsilroq chizgilarini ham chiqarsa bо‘ladi (albatta, bunga zarurat tuо‘ilsa). Bunda: holatda vaqt omili ish xarakteriga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi.

Agar naturaning qо‘zgalmasligi shartli va tasodif bо‘lsa, ba’zi hollarda u vaqtinchalik bо‘lsa, ya’ni natura istalgan paytda, rasm chizuvchi uchun no’malum bir soniyada о‘z holatini, yuz qiyofasini, imo-ishorasini о‘zgartirib qolsa va xatto nuqtai nazardan umuman yо‘qolib qolsa u holda naturadan xomaki rasm chizishda ish xarakteri jiddiy tarzda о‘zgaradi. Bunday holat tasodflarga quyidagilarni keltirish mumkin: saylgoh о‘rindiо‘ida о‘tirgan kishi о‘rnidan turib ketsa, yohud jimgina yotgan it birdaniga akillay boshlasa ushbu holat xomaki rasmini chizayotganda sodir bо‘lishi mumkin.

Peyzaj xomaki rasmini (yoki chizgini) chizayotganda ob-havo yoki yoritilish holati о‘zgarmasligiga ishonch hosil qilish kerak emas. Chunki, birdan shamol turib qolishi, tekis suv yuzasini tо‘lqinlar, osmonni tо‘satdan qora bulutlar qoplashi mumkin).

Tabiatda tirik natura rassom ustaxonisidagi kabi yoki sinfdagi о‘quv ishi kabi bir maromda turmaydi. U о‘z hayotida davom etadi va uning tabiiy, vaqtincha qо‘zgalmay turishi darhol, ba’zida esa kutilmaganda aks holat kasb etib qolishi mumkin.

Shuni ta’kidlash kerakki, aynan tirik modelning bunday qо‘zqalmas shartlari, ya’ni tinch, bamaylixotir qiyofa rassomning kuzatuvchan kо‘zlari uchun eng qimmatlidir. Aksincha, bir hil holatda maxsus turgan tirik model doimo о‘z ifodaliligini yо‘qotadi, chunki har qanday holatda ham sun’iylik mavjud bо‘ladi. Buning ustiga о‘sha sizga qarab turgan siymo ham ohir-oqibat charchaydi, bu esa uning qiyofasiga ta’sir etmasdan qolmaydi.

Shuning uchun ham xomaki rasmda qо‘zqalmas tirik modelni muhrlab qо‘yish uchun rassom doimo shay turishi lozim. Ishlash uchun mavjud vaqt davomida kuzatish va xomaki rasmni bajarish uchun har bir daqiqa, xatto har bir soniyadan unumli foydalanib qolish zarur bо‘ladi. Shuning uchun usta rassomlar xomaki rasmlarni ishlashda "qisqa", "juda tez", "bir nigohda", "yashin tezligida", "bir zumda" tasvirlash kabi sо‘zlarni ishlatishlari ham bejiz emas.

Xomaki rasm chizishning muayyan maqsadi kuzatish natijasini bir zumda qoqozga aks ettirishdir.

Sinfdagi mashо‘ulotlarda, ayniqsa xomaki rasm chizishga о‘rgatilayotgan dastlabki paytlarda о‘quvchilar kuzatishga ham, rasm ijrosi uchun ham doimo yetarli vaqtga ega bо‘ladilar.

Lekin sinfdan tashqari paytda xomaki rasm ustida ishlash, ya’ni bir vaqtning о‘zida ham kuzatish, ham chizish paytida (xatto muhim turgan natura ustida ishlanayotganda ham) tо‘satdan uzilib qolishi mumkin. Ba’zan rassom tezroq о‘z oldiga qо‘ygan maqsadga erishishi, bir varaqqa naturaning tipik hamda xarakterli xususiyatlarini darhol aks ettira qolishga harakat qiladi. Kuzatish vaqti ijro vaqtiga tugri kelib qoladi. Ana shunday holatda naturani kо‘rish idroki bilan, ijro etish keskinlashadi. YA’ni e’tiborni chalо‘itmay turib mayda, ikkinchi darajali ikir-chikirlarga berilmay, darhol predmetning yeng asosiy zarur tomonlarini ilgab olishga, yeng oddiy vositalardan minimal darajada foydalanishga harakat qilinadi.

Eng avvalo, bir nechta ishonchli chizgilar bilan, (yoki tus beruvchi doо‘lar bilan) bо‘lajak tasvirning о‘rni va о‘lchamini- uning abrisini belgilab olish zarur. Ana shunga qarab asosiy qismlari, konstruksiya va harakatlarini hisobga olgan holda naturaning butun massasini tushurib olish kerak.

Agar natura о‘z qо‘zgalmas holatini saqlab turgan bо‘lsa, darhol belgilangan fikrlarni detallashtirishga kirishmoq, eng asosiy, xarakterli xususiyatlarni tezroq ilg’ab olmoq zarur.







Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish