3
Kirish.Ishning umumiy tavsifi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqilligisharofati bilan boshqa sohalar
qatorida ma`naviy hayotimizda ham ulkan o`zgarishlarga, yangilanishlarga keng
yo`l ochildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek:
“…Eng muhim vazifa shundan iboratki, o`zligimizni teran anglab, mutafakkir
bobolarimiz, aziz avliyolarimiz qoldirgan bebaho merosni asrab-avaylab yanada
boyitishimiz, ulug` ajdodlarimiz ishining munosib davomchilari bo`lmog`imiz
darkor ”.
1
“Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan muhim hayotiy omil
– ta`lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog`liqdir. Ma`lumki, ota-bobolarimiz
qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilm-u ma`rifat, ta`lim va tarbiyaning inson
kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar”.
2
Yurtimizda yoshlarning ta`lim-tarbiya olishiga katta ahamiyat qaratilgan.
Barkamol va komil insonni tarbiyalash mamlakatimizda muhim masalalardan
biridir. Prezidentimiz Islom Karimov bu masalada shunday fikr bildiradi: “Biz
komil inson deganda , avvalo, ongi yuksak fikrlay oladigan bilimli, ma`rifatli
kishilarni tushunamiz ”.
3
Leksikologiya (ot. grek. lexikos - so`zga oid va logos - ta`limot ) tilning
lug`at tarkibini , leksikasini o`rganuvchi tilshunoslik bo`limi. Leksikologiyani
o`rganish manbai so`z
hisoblansa, o`rganish predmeti uning quyidagi jihatlari:
a) lisonning asosiy lug`aviy birligi sifatida leksema muammosi, leksik birlik
tiplari;
b) til lug`at tarkibi strukturasi;
c) lug`at tarkibining boyishi va taraqqiyoti;
1
Karimov I A. Vatan ravnaqi uchun barchamiz mas`ulmiz .Toshkent:2001.12-bet.
2
Karimov I A. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch.Toshkent:2008.60-bet
3
Kartimov I A. Barkamol avlod orzusi. Toshkent: “Sharq”. 1999. 81-bet
4
d) leksik birliklarning tildan tashqaridagi borliq bilan o`zaro munosabati.
4
Leksikologiyada bir ma`nolilik va ko`p ma`nolilik hodisasi , so`zning shakl va
ma`no munosabatiga ko`ra turlari, qo`llanish darajasiga ko`ra umumiy iste`mol va
chegaralangan leksika kabilar o`rganiladi.
Leksikologiya tilning so`z boyligi , ma`nosi va ma`no taraqqiyoti kabi masalalarni
o`rganadi.
Biz leksikologiyani bilmasdan turib, boshqa bo`limlarini aslo bila olmaymiz.
Eng avvalo yoshlarni kafolatlangan ta`lim-tarbiyaga yo`naltirish uchun o`zli-
gimizni anglashni o`rgatmog`imiz lozim. O`zlikni anglash milliy qadriyatlarni
hurmatlash, ona tilimizni qadrlash va eng avvalo, adabiyotimizga e`tibordan
boshlanadi.
O`zbek adabiyotida yirik iste`dodli yozuvchi va shoirlar bisyordir. Har
qanday ijodkorning badiiy mahorati u yaratgan badiiy asarlar tilida namoyon
bo`ladi. Adibning hayotdagi voqea-hodisalarga munosabati, o`ziga xos dunyo-
qarashi, teran mulohazaviy idroki, tabiatdagi boshqalar ko`ra olmagan ranglarni
nozik his etishi hamda uni go`zal shaklda kitobxonga yetkazib bera olishi va yana
ko`pgina boshqa jihatlar birgalikda badiiy asarning jozibadorligini tashkil qiladi.
Ijodkorning xalq tilini chuqur bilishi , cheksiz so`z boyligiga ega bo`lishi, so`zning
ta`sir qudratini his eta olishi, har bir so`zni ma`no nozikligini ilg`ab olishi so`z
o`yinlaridan ustalik bilan foydalana olishi alohida o`rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: