Isig’so’z( shirin so’z) birikmalarida metaforik ma’no ko’chishyuzaga kelgan
bo’lib, issiqso’zi asli “jism tarkibida molekulalar harakati natijasida yuzaga
keladigan va jismlarni qizdiradigan, isitadigan kinetic energiya, issiqlik,
harorat”(O”TIL II 233-bet) ma’nosini bildiradi. Ushbu (isig’so’z)
birikmasida issiq so’zining bosh (energiya, harorat) ma’nosi chekinib,
ko’chma “kishiga xush keladigan, yoqimli” semasi yuzaga chiqqan va
natijada “yoqimli so’z” ma’nosi hosil bo’lgan. Yusuf Xos Hojib o’z asarida
bunday ma’no ko’chish usullaridan keng foydalangan. Bu esa baytdagi
ma’no rang-barangligi-yu ifodaning aniqligini ta’minlagan
Neku bar ajunda o’limdin qatug’,
O’lumug’ saqinsa ketar ming tatig’.
Do'stlaringiz bilan baham: |