Abdullayev Rahimberdining Arxitekturaviy loyixalashning ijtimoiy asoslari


Hayot faoliyati muxitini ijtimoiy baxolash va uni shakllantirishda shaharsozlikning roli



Download 35,84 Kb.
bet3/6
Sana17.04.2022
Hajmi35,84 Kb.
#559068
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL

2. Hayot faoliyati muxitini ijtimoiy baxolash va uni shakllantirishda shaharsozlikning roli.
Shaharsozlik keng doiradagi ekologik muammolarni yechishda ishtirok etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Muxitni uning tabiiy, sanitar-gigiyenik va iqlimiy parametrlarida aks etgan hayotga yaroqliligini taʼminlash;
2. Texnologiyalar va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlarini ishlab chiqarishni ratsional-hududiy joylashtirish, ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini qurish, imorat va hududlarni injenerlik jixozlash orqali taʼminlash;
3. Aholining ijtimoiy funksiyalarini: turar joy, taʼlim, xizmat ko‘rsatish, dam olish, boshqarish va boshqalarni hududiy tashkil etish va ko‘rish vositalari orqali taʼminlash;
4. Yashash va muloqotning psixologik komfortini tegishli makonlarni shakllantirish, ularni birlashtirish yoki bo’lish orqali taʼminlash;
5. Muxitda ijtimoiy va makoniy adaptatsiya, ijtimoiy nazorat va hududiy xamjamiyatlarni shakllantirish imkoniyatlarini yaratish;
6. Atrof muxit estetik sifatini taʼminlash;
7. Hayot faoliyati sharoitlari va ishlab chiqarish resurslari sifatida atrof- muxitni qo‘riqlash va qayta ishlash;
8. Muxit tarixiy-madaniy yodgorliklarini muxofazalash.
Bu tomonlarning ruyxati shaharsozlikni ekologik dasturlarda keng qatnashishi to‘g’risida guvoxlik beradi. Bu masalalarning xammasi umumekologik tamoyillarga mos xolda kompleks ravishda yechiladi. Shaharsozlikning roli va imkoniyatlarini aniqlash uchun xamda aholi tomonidan muxitni ijtimoiy baxolash uchun xar bir pozitsiyani detallashgan xolda ko‘rib chiqamiz.
Muxitni hayotga yaroqliligi avvalambor joyning xarakteristikalari: makon parametrlari, iqlimiy sharoitlar, jixozlar va obodonlashtirish, “ texnogen iqlim” bilan belgilanadi. Bu yerga maʼlum bir hayotiy qulayliklarning – suv, oziq - ovqat va xokazolarning borligi, ularni olish imkoniyati joyni baxolashga nafaqat aholi joylari tumanlari xaqidagi tushunchada (shimol-janub), balki shaharlarga tatbiqan xam (“Toshkent – non shaxri”) amal qiladi. Bu tushuncha aholining regional migratsiyasi jarayonlarida aniq amalga oshadi. Shahar doirasida turli joylarni baxolashdagi differensiatsiya xaqida xam gapirish mumkin. Aholi xavoning ifloslanganligi, shovqin, zichlik, bog’lar va suv xavzalarining mavjudligi (nafaqat dam olish joylari sifatida, balki umumiy yashash sharoitlarini yaxshilovchi omil sifatida) va boshqa xarakteristikalarni xam baxolaydi.
Muxitning tabiy-iqlimiy parametrlari shaharsozlik yechimlarida jiddiy korrektirovka qilinadi (biz bu yerda imoratlarda muxitning tabiy parametrlarini to‘liq programmalash xaqida to’xtalmaymiz). Mikroiqlimni va landshaftning boshqa xarakteristikalarini maqsadli tartibga solish vositalari bo‘lib: aholi joylarini joylashtirish va shahar hududlarini qismlarga bo‘lish, ko‘cha yo‘l tarmog’ini rejalashtirish, ko‘kalamzorlarni rejalashtirish va tarkibi, qurilmalarning usullari va turlari, obodonlashtirish xarakteri xizmat qiladi. Shahardan tashqaridagi dam olish va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish hududlariga tatbiqan landshaftlarning ishlab chiqarish va hayotiy sifatlarini takomillashtirish vazifalarini kompleks xal etuvchi hududlarni melioratsiyalashning turli uslublari xaqida so‘z boradi.
Shaharsozlik muxitning iqtisodiy resurslarini (imkoniyatlarini) shakllantirishda jiddiy rol o‘ynaydi. Baʼzan o‘zaro munosabatlarning iqtisodiy tamonlarini va atrof-muxitni tasvirlash uchun “iqtisodiy” yoki “ijtimoiy- iqtisodiy muxit” tushunchasidan foydalaniladi. Inson ekolgiyasining bu bo‘limida shaharsozlikning roli shuningdek ancha katta. Gap, birinchidan, shaharsozlik loyihalashning barcha bosqichlarida: shahardan to ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish regional tizimigacha hududiy resurslardan ratsional foydalanish xaqida borayapti. Bu soxada shaharsozlik iqtisodiy geografiya bilan xamkorlik qiladi. Shu bilan birga yerdan foydalanish masalalarini kompleks yechish lozimligi, nafaqat iqtisodiy, balki keng ijtimoiy manfaatlar xamda tabiatni qo‘riqlash masalalarini qo‘shganda, loyihaviy ishlanmalarda aytilgan masalalarni birgalikda ko‘rib chiqishni talab qiladi, bu esa shaharsozlik loyihalashning integratsiya rolini belgilaydi.
Professional yondoshuvlarning kompleksliligi qabul qilinayotgan yechimlarning mutanosibliligiga erishish imkonini beradi, bu esa aholi joylashuvi qismlariga, tabiatni qo‘riqlashga zararli taʼsirlarning oldini oladi. Shunday qilib inson ekologiyasining iqtisodiy bo‘limida shaharsozlikning jiddiy rolini taʼkidlash mumkin.
Aholi joylashuvi tuzilmalarini, madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari tarmoqlarini, shaharlar va regonal dam olish qisimlarini loyihalab turib, shaharsozlik ijtimoiy qayta ishlab chiqarishning barcha kompleks sharoitlarini taʼminlaydi. Maqsadli dastur sifatida aholining ijtimoiy extiyojlari ko‘rib chiqiladi. Faoliyat texnologiyasini taʼminlashdek muxitning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlarini shakllantirishdagi loyihaviy yondoshuvida muayyan o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Ijtimoiy jarayonlarning funksional-texnologik parametrlariga javob beruvchi makon uning berilgan geometrik, tipologik va jixozlanganlik parametrali bilan shakllanadi. Ishlab chiqarish muxitini yaratgandagidek, bu xolda xam yechimning shaharsozlik vositalariga: funksiyalarni makonda o‘zaro joylashuvi; funksional tipologiyalarga mos keluvchi bino va inshootlar qurilishi; shakllanayotgan muxitni muxandisona taʼminlash kiradi.
Aholi tomonidan shahar muxitining funksional qulayliklarini baxolash hududi turli xarakterli va miqiyosdagi individ, oila, ijtimoiy jamoa faoliyat sharoitlarini baxolagandek utilitar-amaliy tavsifnomalarning keng doirasini o‘z ichiga oladi. Bunga obodonlashgan turar joy va xizmat ko‘rsatish muassasalarini, mexnat joylari obodonlashgan dam olish qismlari, transport yo‘l tarmoqlari va boshqalarning mavjudligi kiradi. Bino va komplekslarda gap tashkil etilayotgan funksional jarayonlarni kerakli jixozlash, moddiy taʼminlash xaqida ketayapti. Utilitar-amaliy qiymat oxir-oqibat barcha soxalarda-ishlab chiqarish, maishiy hayot, ijtimoiy-madaniy isteʼmol, muloqotda faoliyatni ratsional, effektiv tashkil etish imkoniyatlarini belgilovchi muxitning resurs potensiali bilan aniqlanadi.
Ekologiyaning muxim tomoni bo‘lib insonning psixologik extiyojlarini va uning muxitdagi feʼl-atvorini xisobga olish xizmat qiladi. Meʼmoriy- makony muxit bu soxada xam maʼlum sharoitlar yaratadi. Loyihalashning bu tomoni funksional yondoshuvni jiddiy to’ldiradi. Ijtimoiy psixologik qiymatlar individning (ijtimoiy guruhning) uzini ifodalash va muloqotda, mexnat va ijtimoiy qayta ishlab chiqarishda o‘zining ijtimoiy va hayotiy potensialini amalga oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq. Shahar, shahar muxiti, “joy” bunday o‘zini amalga oshirishga yordam beruvchi (yoki to‘sqinlik qiluvchi) maʼlum bir sharoitlarga ega. Eng umumiy xolda quyidagi sharoitlarni aytish mumkin: faoliyat va feʼl-atvorni tanlashni taʼminlash uchun muxitni kerakli resurslarining mavjudligi; ularni amalga oshirish uchun to‘siqlarning yo‘qligi; erkin xarakat qilishga imkon beruvchi joyni (yo‘nalishni) bilish; muxit sharoitlarining barqarorligi, mustaxkamligi xissining mavjudligi.
Feʼl-atvor va faoliyat shaklini tanlash erkinligi maʼlum darajada yuqorida aytilgan faoliyatning utilitar-amaliy sharoitlarini qaytaradi. Bu yerda, ammo, faoliyat parametrlari va muxit sharoitlarining texnologik mosligi muloqot, dam olish, xarid qilish joylari, xarakat trassalarini tanlashni amalga oshiruvchi subʼekt (inson, guruh) tomonidan bu qiymatni xis etish bilan to‘ldiriladi. Bu xis etish joyning “ko‘p axamiyatliligi” to’g’risidagi tasavvurda, uning ko‘p qirrali imkoniyatlar va xolatlar bilan bog’liqligida qayd etiladi, u to’g’risidagi tassavur iroda, xulq-atvor erkinligi bilan o‘xshash aks etadi. Qarama-qarshi xolat xulq-atvor passivliligiga “qidiruv” xolatini istisno qilishga, oxir oqibat joyni past baxolashga, unga qatnamaslikka olib keluvchi tanlovning yo‘qligidir. Aytish mumkinki faoliyatnng ko‘p qirrali kerakli resurslarining yo‘qligi ijtimoiy faoliyatning tashqi cheklanishlarini talab etadi.
Faoliyatning va xulq atvorning ko‘p qirrali turlarini amalga oshirish uchun to’siqlarning yo‘qligi muxitning ikkita tavsifnomalari bilan bog’liq: kerakli ijtimoiy nazoratning mavjudligi va turli funksional jarayonlarning kerakli bo‘linishi.

Yashash muxitida ijtimoiy va makoniy yo‘naltirish imkoniyati insonning jiddiy extiyoji xisoblanadi. Yashash muxiti insonning shaxsiy makonini, uning turar joyi, tumani, shaxri, mamlakatini o‘z ichiga oluvchi ko‘p bosqichli tizim sifatida qabul qilinadi. Xar bir iyerarxik bosqichda o‘z hayot makonini qabul qilish, muxit bilan solishtirish - insonning ijtimoiy qulaylikni xis etishi uchun muxim asos va shu bilan birga hududda ijtimoiy nazorat o‘tkazish uchun asosdir.



Download 35,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish