Ish tuzilishi va tarkibi: Ish kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
10
I-BOB
O‘ZBEK FANTASTIKASINING SHAKLLANISH ILDIZLARI VA
YO‘LLARI
Ma’lumki, «fantastika» so‘zi «fantazion»-yunongadan kelib chiqqan
bo‘lib, fantaziya, xayolot, uydirma, bo‘lmagan narsa, haqiqatdan uzoq,
tafakkur va mushohadaning cheksizligi singari ma’nolarni anglaydi.
Fantaziya tufayli buyuk ixtirolar, kashfiyotlar qilinadi, badiiy adabiyotda esa
buyuk asarlar yaratiladi. Demakki, so‘z belmaqsad, bema’no orzu haqida
emas, balki, hayotiy asosga ega bo‘lgan orzu, xayolotqhaqida bormoqda. Bu
esa o‘z navbatida inson mehnati, insoniyatning butun yaratuvchanlik faoliyati
bilan bog‘liqdir.
Inson fantaziyasi uning tarixi singari qadimiydir. Biroq, fantaziya qilish
qobiliyati inson bilan birga tug‘iladi, deb qarash noto‘g‘ri. CHunki, tafakkur
singari u turli sabablar: ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar, imkoniyatlar va
ehtiyojlar, lekin eng asosiysi ijtimoiy-kommunikativ sabablar ta’siri ostida
paydo bo‘lgan. Jamiyatning ibtidoiy rivojlanish davrida inson fantaziyasi
sodda va oddiy bo‘lgan. U darajada boy ham bo‘lmagan. Ijtimoiy ong
evolyusiyasi, bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning boshqasi bilan almashuvi
inson dunyoqarashini o‘zgartirdi, fikrlashini kengaytirdi va chuqurlashtirdi.
Natijada inson hayoloti murakkab va boy, «konstruktiv» bo‘la boshlagan.
SHu boisdan, qadimda samarasiz, ba’zan amalga oshmaydigan orzulari
bugungi haqiqatga aylandi.
O‘z xalq og‘zaki ijodlarida uchar gilamlar, qanotli otlar, ochil
dasturxonlar, tiriklik suvi va boshqalar to‘g‘risida orzu qilgan xalqlar,
qa’tiytli mehnat, iste’do va aqlning tirishqoqligi natijasida insoniyatga
vafodorlik bilan xizmat qilayotgan fan va texnika yutuqlarini: samolyot,
raketa, tibbiy kashfiyotlarni yaratdi. Sivilizatsiyaning keyingi rivojlanish
11
jarayonlari
kelajakda
insoniyat
fantaziyasining
yaratuvchilik
imkoniyatlarining beqiyosligi va cheksizligidan dalolat bermoqda.
Haqiqiy ma’nodagi ilmiy fantastika paydo bo‘lgunga, qadimiy turkiy
xalqlar og‘zaki va yozma adabiyotlarida fantastika elementlari, ilohiy kuch-
qudratga ega bo‘lgan fantastik obrazlar yaratilgan. Bizning eramizgacha VI
asrlarda yaratilgan, markaziy Osiyo va Eron xalqlarining qadimiy yodgorligi
bo‘lgan «Avesto»da tabiat va jamiyat hodisalari mifologik syujetlar hamda
obrazlar yordamida tasvirlanadi. «Avesto»da tasvirlanishicha butun borliq
ikkita kuch-yorug‘lik va zulmatning doimiy kurashdan iborat bo‘lib,
yorug‘lik-yaxshilikni, zulmat esa yomonlik, zulmini ifodalaydi. Zulmat
kuchlari er ostida, yaxshilik kuchlari esa osmonu falakda yashaydilar. Er
yuzasi esa bu ikki kuchning jang maydoni. YAxshilik va yorug‘lik kuchlariga
- Axuramazda, yomonlik va zulmat kuchlariga - Axriman boshchilik qiladi.
Ularning xizmatida esa tabiatning u yoki bu hodisasini ifoda etuvchi quyosh
xudosi - Mitra, er, suv va hosildorlik ma’budasi-Anaxita, yarim odam-yarim
ho‘kis - Qayurmas singari mifologik obrazlar turadi.
Xudolar va ma’budlar ma’lum ma’noda obstrakt tushunchani emas,
balki insonning real borlig‘i, uning mehnat va ruhiy faoliyati bilan bog‘liq
fantastik yo‘sindagi hayot tasvirlanadi. Agar Axuramazdaning oltita eng
yaqin yordamchilari: Voxu - Monax (yaxshi niyat, orzu) podolarni, Asha
Vaxishta (haqiqat) - olovni, Xarvatot (sog‘liq) - suvni boshqarsa,
Axrimanning yaqin yordamchilari Div aka - yomon niyatni, o‘limni,
Ayshma-urushni ifoda etadi va bu kuchlarga homiylik qiladilar.
Ko‘rinayaptiki, «Avesto»da fantastika obrazlar va tasvirlar insonning
olamni, borliqni tushunishga, bilishga intilishlari natijasidir. Zero, inson
paydo bo‘ldiki, kim ekanligini, qaerdan kelib, qaerga borayotganligini
bilishga intiladi.
12
Har bir tarixiy davr o‘zining fantastik obrazlarini va syujetlarini
yaratgan. O‘z shakliy tuzilishi va mazmuniga ega bo‘lgan bu obrazlar
xarakteriga ko‘ra bevosita hayot, tabiat sirlari to‘g‘risidagi tasavvurlar
xarakteri bilan bog‘liq, bo‘lib, bu «tasavvurlar» mexanizmini aks ettiror edi.
Ertak, afsona va mifologik obrazlarning va badiiy elementlarning ayrim
o‘xshashliklari YAqin va o‘rta «SHarq xalqlari adabiyotining shakillanishida
muhim rol o‘ynadi. Xususon, arab xalq ertaklaridan «Ming bir kecha»,
«Kamila va Dimna», «Qobusnoma» singari asarlarda yaqqol ko‘rinadi.
Qadimgi mifologiya va folklorda fantastika elementlari animistik,
totemistik motivlar va personajlar ko‘rinishida bo‘ladi. Xususan, bu juda
ko‘plab o‘zbek xalq ertaklarida, masalan, «Ayiq polvon», «Ilon pari»,
«CHo‘loq bo‘ri», «SHerzod va Gulshod», «O‘pinchi boy», «Er Kenja»,
«Qirop og‘a», «Qilich botir» singari sehr-jodu bilan bog‘liq ertaklarda
namoyon bo‘ladi. Jumladan, «YOril tosh», «Ochil-ochil qamishlar» singari
ertaklarda sehr-modu tufayli tabiatdagi jonsizpredmet-narsalarga jon ado
etiladi, ular qilga kirib inson bilan muloqatga kirishadi. YOki qahramonning
joni qilichda, uzukda bo‘lib, biror joyga yashirilgan bo‘ladi. SHu tufayli
qahramon hech qachon o‘lmaydi. («Qiron og‘a», «Qilich botir» singari
ertaklarda). Ko‘rinadiki, ertaklardagi animistik, totemistik motivlar, obrazlar
sehr - jodu bilan bog‘lik. SHu boisdan ham ertaklar fantastika
elementlarining tutgan o‘rniga qarab tasnif etiladi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodida shunday ertaklar ham borki, ular-da sehrli
narsalar ham tasvirlanadi. Qahramon sehrli narsaga erishish uchun biror bir
yaxshilik qilishi kerak. Bu o‘rinda xalqimizning «YAxshilikka yaxshilik»
aqidasi namoyon bo‘lgan. Masalan, «Qorajanboy», «Ur to‘qmoq», «Ochil
dasturxon», «Oltin tarvuz» singari ertaklar shular jumlasidandir. Agar
miflarda yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash xudolar, ma’budlar va
ularning yordamidagilar yarim odam, yarim hayvon siymolarida tasvirlansa,
13
ertaklarda qahramon endi o‘z kuch-qudratiga ishongan holda zulmga qarshi
kurashdi. Sehrlangan tilsimli narsalar esa faqat unga yordam beradi.
Ko‘rinadiki,
fantastika
asta-sekinlik
bilan
ertak,
afsona,
rivoyat,
dostonlardagi tasvirlarda real inson hayotiga, iurmushiga yaqinlashib kela
boshlagan.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodidan fantastik elementlarning ta’siri ostida
o‘zbek mumtoz adabiyotida fantastik tasvir maydonga kelgan.
O‘zbek mumtoz adabiyotida fantastik tasvirni dnyarli ko‘pchilik
ijodkorlar asarlarida uchratishimiz va tahmilga jalb etishimiz mumkin.
Jumladan,
Rabg‘uziyning
«Qissasi
Rabg‘uziy»
Xorazmiyning
«Muhabbatnoma», Navoiy «Xamsa»sida, Majlisiyning «Qissa Sayfulmulik»
singari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Biroq, malakaviy ishimizning hajmini
inobatga olgan holda faqat Navoiy «Xamsa»si tarkibidagi «Farhod va
SHirin» «Sa’ban sayyor» va «Saddi Iskandariy» dostonlaridagi fantastik
tasvirlarni tahlil etishga jazm etdik.
Navoiy dostonlarida fantastik tasvirlar tasodif emas, chunki
birinchidan, ular judayam ko‘p, ikkinchidan, ular ma’lum ma’noda e’tiqod
tasavvurlarini aks ettiruvchi fantastika emas, balki shoir g‘oyalarini
ifodalovchi badiiy uslub sifatida ko‘zga tashlanadi.
Navoiy asarlaridagi fantastika elementlarini tahlili ularning turli-
tumanligini ko‘rsatdi va uni biz nisboton uchta guruhga ajratishni ma’qul
ko‘rdik. Birinchisi, sof fantastik elementlar: ikkinchisi –ilmiy fantastik;
uchinchisi noilmiy fantastik elementlari. Bu tasnifni biz R.Ibrohimova fikr-
mulohazalariga tayangan holda berayapmiz.
7
Ma’lumki, Navoiyning «Farhod va SHirin» dostoni qahramonlik
mavzusidagi asardir. Biroq, uning asosiy motivi sevgi-muhabbatdir. Farhod
va SHirin muhabbati, sevgisi Navoiyning dostondagi ko‘zlagan bosh maqsadi
7
Ибрагимова Р. Жанр научной фантастики в узбекской советской литературе. Ташкент «Фан», 1987, стр 22.
14
va g‘oyasini ochishga qaratilgan asarning tamal toshidir. SHoir sevgi-
muhabbat motivini yoritish uchun realistik, romantik va fantastik usullardan
va obrazlardan foydalanadi. Doston tuzilishida biz uchta asosiy fantastik
epizodlarni ko‘ramiz:
1) Farxodning birinchi qahramonligi. Uning g‘orga kirib ajdoho va
devlar bilan olishuvi va g‘orda Aflotun xazinasini topishi, Sulaymonning
sehrli qilichi va qalqoniga ega bo‘lishi.
2) Farhodning ikkinchi qahramonligi. Uning zulmat ruhi Axriman bilan
olishuvi va Sulaymonning sehrli uzukiga ega bo‘lishi.
3) Farhodning uchinchi qahramonligi. Iskandar tilsimini echishi, Suqrot
oldiga toqqa chiqishi va u erda «Oynai jahon» tilsimini echishi.
Dostondagi bu tasvirlar, epizodlar tuzilishi va mazmun e’tibori bilan
ertaklar motivini eslatadi. Biroq, ko‘z o‘ngimizda masnaviyda berilgan ko‘p
motivli erkak yoki ishqiy-romantik dostonlarga yaqin bo‘lgan folklor janri
gavdalanmaydi. Aksincha, ijtimoiy-falsafiy qarashlar bilan yo‘g‘irilgan, shoir
g‘oyasini iste’foda etuvchi, real obrazlar, qahramonlar xatti-harakatini
dalillaydigan ruhiy holatlar, qahramon ruhiy olamini ko‘rsatuvchi epizodlar
sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday holatlarni biz folklorda ko‘rmaymiz. SHu
jihati bilan ham badiiy epos folklordan farq qiladi.
Doston boshida Farhod qo‘lga kiritgan Sulaymonning sehrli qilichi va
qalqonini, uzukini asar syujetini rivojlanishining boshqa biror-bir o‘rinda
ishlatmaydi. Zero, bunga zaruriyat ham yo‘q. SHoirning muddoasi ham bu
emas. CHunki, Farhod har tomonlama, jismoniy va ma’naviy jihatdan
kamolatga erishgan, deyarli barcha ilm-hunarlarni o‘rganib, ularni
amaliyotda qo‘llay oladigan, Navoiy orzu qilgan komil inson bo‘lib
etishgandi. Demak, doston boshidagi fantastik epizodlarni berishdan
gumanist shoir Navoiyning bosh maqsadi, Farhodni real hayotiy
turmushdagi, xususan, uning taqdiridagi murakkabliklarni, sinovlarni
15
engishga qodir ekanligini, buning uchun Farhodda etarlicha jismoniy kuch-
quvvat, bilim borligini ko‘rsatishdan iborat edi. Eng asosiysi, Navoiyning
SHirin tilidan aytilgan ta’bir bilan aytganda:
Do'stlaringiz bilan baham: |