Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Mazkur bitiruv malakaviy ishining ilmiy
yangiligi shundaki, bu ishda o‘zbek fantastik adabiyotining shakllanishi,
ildizlari, fantast yozuvchilar asarlaridagi muammo qo‘yish masalasi
tekshirilmoqda. YA’ni fantast yozuvchilar asarlarida qo‘yilgan muammo
qanday ifoda etilgani va uning echimi o‘rganilgan bo‘lib, asosan,
H.SHayxovning
qissa
va
romanlaridagi
xarakterlar
yaratishdagi
murakkabliklar va o‘ziga xos jihatlar ham baholi qudrat tekshirilgan.
Bitiruv malakaviy ishida yozuvchi mahorati, asarlarda muammoning
qo‘yilishi va uning badiiyatiga daxldor tafsilotlarga chuqur ahamiyat berish
orqali yozuvchi erishgan yutuqlar aniqlashga xarakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |