21
II-BOB
O‘ZBEK FANTASTIKASI YANGI BOSQICHDA
Ma’lumki, ilmiy fantastikaning shakillanishi XX asrning ikkinchi
yarmiga-ijtimoiy
taraqqiyotidagi
ijtimoiy-iqtisodiy,
ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotning misisiz ravishda rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi. «O‘tgan
asr oxirida,-deb yozadi Gerbert Uells,-sehr-jodudan hech kim ajoblanmasdi,
hech kim unga va uning natijalariga ishonmasdi. SHunday bir vaqtda
hayolimga bir fikr keldi. Kitobxonni iblis yoki ko‘zboylag‘ich, sehrlar bilan
duch keltirish o‘rniga, agar sen ozgina hayol qila oladigan bo‘lsang, fan
ko‘rsatgan yo‘ldan borish mumkin. Bu katta kashfiyot emas edi. Men faqat
eski feteshni yangisi bilan almashtirdim, xolos. Imkoniyat darajasida uni
haqiqiy nazariyaga yaqinlashtirdim».
8
Jahon adabiyotida ilmiy fantastikaning yorqin namunalari Jyul Vern va
Gerbert Uellsgacha ham uchraydi. Xususan, Tamazzo Kampanellaning 1623
yilda yaratgan «Quyosh shahri», Frensis Bekonning 1627-yilda yaratgan
«YAngi Atlanta», Jonnaton Sviftning «Gulliverning sayohatlari» singari
asarlarini e’tirof etish mumkin. Bu asarlarda fan va texnika yutuqlari, ijtimoiy
taraqqiyot g‘oyalari tashviq etiladi. Biroq, baliiy adabiyotning bir tarmog‘i
sifatida, yangi mustaqil turi sifatida ilmiy fantastika J.Vern va G.Uells ijodida
har tomonlama taraqqiy etdi. Bu albatta, boshqa xalqlarning milliy
adabiyotlariga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Bugungi kunda o‘zbek fantastikasiga Mahkam Mahmudov, Tohir
Malik, Xojiakbor SHayxov, Murod Xidir, Anvar Qosimov singari yosh
ijodkorlar poydevor qo‘yib kelmoqdalar.
Ilmiy fantastik janrda yozilgan ilk asar G‘.Jahongirov qalomiga
mansub bo‘lib, u 1969 yil «Gulxan» jurnalining 3-sonida nashr etilgan edi.
8
Уэллс Г. Сочинения. Т.14. Москва, 1964, 351-бет
22
1974 yil yozuvchi Tohir Malik o‘zining fantastik hikoyalarini to‘plab
«Qora farishta» nomi bilan nashr ettirdi.
1977 yil Toshkentda «Fan va turmush» jurnali qoshida yosh o‘zbek
fantas yozuvchilarining kengashi tuzilgan edi.
Bu davrda ham o‘zbek fantastik adabiyoti jahon adabiyotidan o‘rganish
bosqichida edi. SHu boisdan, u hali jahon fantastik adabiyotida asosiy
g‘oyalar va estetik yo‘nalishlarga tayangan holda uning yutuqlarini davom
ettirishi hamda rivojlantirishi zarur edi. CHunki o‘sha vaqtdagi adabiyo
tanqidchilar Tohir Malikning «Qora farishta» asari Aleksand Belyaevning
«Odam-amfibiya», «Professor Douelning boshi» asarlariga juda o‘xshab
ketishini ro‘kach qilib, tanqid qilgan edilar. Bu esa endigina yuzaga
kelayotgan o‘zbek fantastik adabiyotining tomiriga bolta urushga o‘xshar edi.
Har qanday san’atning umumbashariy adabiy mavzulari bo‘lganidek,
fantastik adabiyotning ham o‘ziga xos va o‘ziga yarasha umumboshariy
abadiy mavzulari bo‘lishi tabiiydir.
Hikoya qahramoni, g‘arblik ajnabiy olim Belden, guyo gumanistik
qarashlar ostida boshpanasiz bolalarni yig‘ib, ular ustida dahshatli tajriba
o‘tqazib, ularning bosh miyasidagi ayrim markazlarni olib, katta odamlarga
transpalitatsiya qiladi. U o‘zining «ilmiy» tajribalari bilan bir tomondan,
puldor odamlarning umrini uzaytirsa, ikkinchi tomondan, kambag‘allarni
«ishlab chiqarish» quroliga» aylantirib, qul qiladi. Belden falsafasiga ko‘ra
insoniyat fan bilan shug‘ullanadigan, davlatni boshqaradigan hamda tirik
robotlar-ularning iroda, bo‘yrug‘iga bo‘ysunadiganlardan iboratdir. Tohir
Malikning bu asari ilm-fanni sovuq, ruhiyatsiz texnokratiyadan ajratishga
chaqiradi.
Mahkam Mahmudovning «Men-men emas» hikoyasi ham «fizik»lar va
«lirik»lar bahsi mavzuiga bag‘ishlangan. Asarda an’anaviy fantastik
kolloziya ustun. Nem o‘qiydigan San’at Akademiyasida yangi rasm
23
o‘qituvchisi Xamavining paydo bo‘lishi bilan behisob va rang-barang tabiat
boyliklari insoniyatni foydali mehnatdan uzoqlashtiradi, degan g‘oya
tarqaladi. Ko‘p yillik ilmiy tadqiqotlar natijasi xam yangi inson ko‘zlarini
yaratadi. Bu ko‘zlar tabiatga bir xil «sovuq» qarosh standart nazar qiliga
qaratilgan. Nem har bir o‘quvchi ko‘zlarini ana shu «robot» ko‘zlar bilan
almashtirishi lozimligini eshitkan vaqtda o‘zini quyarga joy topalmay qoladi
va shahar chekkasidagi boqqa qanday kelib qolganini bilmaydi. Birdan dovul
ko‘tarilib, yomg‘ir yog‘ib momoqoldiroq gumbirlaydi va Nemni uning olov
nayzasi uradi... U xushiga kelganda yonidagi yosh yigitni ko‘radi. Bu uning
ikkinchi Meni edi.
Hikoyada hissiz inson qoralanadi. To‘g‘ri, Nemning eng yaxshi sifatlari
uning ikkinchi tomonida qolsa ham, asar yaxshilik bilan tugaydi. Nem
o‘zining asliga qaytadi. Asarda sevgi, yuksak his tuyg‘uli inson ulug‘lanadi.
O‘zbek adabiyotida yaratilgan yana qator yozuvchilarning asarlarini
tahlilga jalb etishimiz mumkin. Biroq, endi biz faqat Hojiakbor SHayxov
asarlaridan ayrimlarini tahlil etishni ma’qul ko‘rdik. CHunki Hojiokbar
SHayxov o‘zbek adabiyotida faqat fantast yozuvchi sifatida mashhurdir.
Hojiakbor SHayxov ilmiy fantastika rivojini o‘ylab, «Olmos jilosi» deb
nomlangan qissalar turkumini yaratdi. Bunday turkum yozishning o‘ziga
yarasha mashaqqatlari ma’lum. Binobarin, katta, to‘laqonli qahramon
obrazlari zarur. YAna boshqa ko‘p narsalarni bilish, his qilishning
muhimligini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi.
YOzuvchi o‘z asarida kelajakka nazar tashlar ekan, fan va texnika
yutuqlari haqidagina to‘xtalmay, birinchi navbatda, sotsial va psixologik
problemalarni ilgari suradi. O‘z faoliyat maydonini koinot miqyosida
gengaytirgan kelajak kishisi o‘zgaradimi? Gipotetik real istiqbolda qanday
qiyinchaliklarga duch keladi? H.SHayxovning «Alanga» qissasi shu nuqtai
nazardan e’tiborga sazovor. Qissada voqealar olis Verga sayyorasida kechadi.
24
Bu erda odamlar foydali qazilmalar kovlab olish bilan mashg‘ul. Konlarning
birida qaltis vaziyat paydo bo‘ladi: odamlar insoniy muloqotdan qochishadi,
noma’lum tabiatli «mastlik» holatlariga tushishadi va hokazo. Vergaga
bularning sababini aniqlagani yosh fazogir Olmos Azizov yo‘l oladi. Qissa
o‘ziga xos detektiv janrda yozilgan, lekin bu an’anaviy detektiv emas. Olmos
Azizov uzoq va mashaqqatli izlanishlardan so‘ng inson ojizligini yuzaga
keltirgan sababning tagiga etadi.. Adib favqulodda holatlar tasviri zaminida
odamning yangi, g‘ayrioddiy sharoitdagi xulq-atvori muommosini ko‘taradi.
Kelajakda ochiladigan ilmiy kashfiyotlar har bir odamga olis fazoga sayohat
qilish imkonini beradi. Fazogirlarni uzoq yillar tayyorlash, insonning
jismoniy va psixik salomatligiga talabchanlik va qat’iy tekshiruvlar bekor
qilinadi. Ammo, kosmos hamisha o‘z tilsimlariga egaki, ularning inson
organizmiga ta’sirini avvaldan aytib bo‘lmaydi. Insoniyat qanchalik
mukammallik va kamolot sari intilmasin, uning saflarida baribir irodasi
kuchli odamlar bilan birga ruhan ojizlar ham mavjud bo‘lib qolaveradi.
Boshqa sayyoralardagi sharoit esa, ayrim odamlarda allaqachon yo‘qolib
ketgan salbiy instinkt va odatlarni qayta uyg‘otishi mumkin. Bu xildagi
tasodifiy holatlarga qarshi inson qanday kurashishi kerak? Qissa markaziga
qo‘yilgan konfliktning hozirgi real voqeligimizga ham, shubhasiz, aloqasi
bor: Erdagi odamzot hayoti avloddan-avlodga yaxshilanib borayotir, texnika
insonni og‘ir ishlardan ozod qilyapti, fan hayotimizga tobora chuqurroq
tarmoq yozib, meditsina umrimizni uzaytiryapti, dori-darmonlar esa mushkul
dardlardan xalos etyapti.. Lekin bu jarayonning aks tamoni ham yo‘q emas.
Hayotda uchraydigan har qanday qiyinchiliklarga inson organizmi ilgari ko‘p
darajada moslashgan bo‘lsa, endi ana shu qiyinchiliklarga qarshilik qobiliyati
susayib boryapti. Mazkur problemaning shu kunlarimiz uchun ham xarakterli
ekani har holda isbottalab gap emas. H.SHayxovning «Alanga» qissasining
dolzarbligi ham, bizningcha, mana shunda.
25
Biz ishimizda «Olmos jilosi»ga kirgan barcha qissalarni batafsil tahlil
qilib bermoqchi emasman. Bunday qilish o‘quvchilarni asarning o‘tkir
syujeti, qiziq taqdirli qahramonlari bilan yakkama-yakka uchrashish baxtidan
mahrum etishday bir gap. «Olmos jilosi» kitobida ilmiy farazlar, notanish
sayyoralar, jumboqlar tasviri istagancha toriladi. Lekin adib ana shu tasvirlar
ichida qo‘milib qolmaydi. YOzuvchini birinchi navbatda qahramonlarning
ruhiy-axloqiy olami, ularning hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy
muammolar qiziqtiradi. SHu ma’noda fazogir Olmos Azizovning insoniy
istiroblari, ezgulik yo‘lida olib borgan intilishlari va kurashlari o‘quvchini
loqayd qoldirmaydi.
Verga sayyorasida nur tarqatuvchi maxluqotlar yashashi, Reyadagi
«qora-qurtlar» - qora toshlarda ongli hayot izlarining bor yoki yo‘qligi
masalasi va nihoyat, «qora tuynuk» muammosi - bularning barchasi ishchini
ham, talabani ham, tadbirkorni ham, olimni ham bab-baravar qiziqtiradi.
Adib nima haqda hikoya qilmasin, Verga, Reya planetalarining paydo
bo‘lishi haqidami yoki ularning o‘ziga xos xususiyatlarini, qora ilonlar, qora
toshlar haqidami, yangi-yangi ilmiy gipotezalar o‘rtaga tashlanadi. Lekin bu
tasvirlarning barchasi qahramonlar ongi, tushunchasi, ularning ruhiy-ma’naiy
olami orqali o‘tadi.
Umuman, ilmiy-fantastik adabiyotda eng qiyin nuqtalardan biri tahlil
bilan ruhiy tahlilning o‘zaro dialektik birlikda tasvir qilinishi masalasidir.
Hojiakbar SHayxovning «Olmos jilosi» deb nomlangan ilmiy-fantastik
qissalar turkumida ana shu uyg‘unlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Asarda munozarabop o‘rinlar ham yo‘q emas. Lekin asosiy gap
shundaki, adib bu kitobi bilan inson hamisha inson, u hech qachon davr,
jamiyat oldidagi yuksak grajdanlik burchini unutmasligi kerak, degan g‘oyani
badiiy ifoda qilib bera olgan.
26
Ma’lumki, Islom dini o‘zbek xalqi ma’naviy birligining asoslaridan.
Biroq islom dingina emas, madaniyat, ma’naviyat va hayot tarzining uzviy
qismi ham. Uning mag‘zida taraqqiyot imkonitlari, ijodiy quvvat va mutassil
harakatning katta kuchi yashirin. Islom qadriyatlari - o‘lmas qadriyatlar.
Islomda abadiy g‘oyalar barqarorligining bir siri shundaki, bu din asrlar
mobaynida
umuminsoniy
qadriyatlarni
o‘zida
mujassamlashtira-
mujassamlashtira ravnaq topib kelyapti. Bundan tashqari Qur’oni Karimning
o‘zi olamiy fikr va umuminsoniylikni, individuallik va umumiylikni aks
ettiradi.
Insonning ichki dunyosi - qalbi va ruhiga taalluqdir. Har ikki jabha ong
va tafakkur ko‘priklari bilan tutashgan. Tarixda ularning munosabati turli
shakllarda namoyon bo‘lgan. Qadimgi YUnonistonda Sukrot, Aflotun, Arastu
uchun fan va din deyarli ayni bir soha - falsafadan iborat bo‘lib, u «fizika» va
«matematika» qismlariga bo‘lingan. Keyinroq matematika, astronomiya va
tibbiyot rivojlana boshlaganda ham fan va din o‘rtasida uyg‘unlik saqlangan.
Xuddi shunday munosabat Konfutsiy, Farobiy, ibn Sino va boshqa sharq
mutafakkirlari faoliyatida ham kuzatiladi. Alisher Navoiy hayotida esa din,
fan va adabiyot hamda siyosat yaxlit tizim hosil qilgan. Inson ongli mavjudot
sifatida o‘z milliy va madaniy hayotiga oid muammolarnigina emas,
ruhiyatidan kelib chiqadigan masalalarni ham chetlab o‘tmaydi. Ular orasida
fan javob bera olmayotgan savollar oz emas.
70 yil davomida SHo‘ro tizimi islomni ta’qib qilib keldi. Istiqlol dinga
erk bergach, dindorlar orasida arboblikka moyillik, siyosatga aralashuv,
hokimiyatga intilish, dinning tashqi ramzii belgilariga e’tiborni kuchaytirgan
holda uning tub mohiyati, qalbini poklashni unutish kabi g‘alati hodisalarning
shohidi bo‘ldik. Bu hodisalarning cho‘qqisi yurtimizga mutlaqo begona oqim
- vahhobiylikning kirib kelishi edi. Millat taqdiri uchun qaltis, hol qiluvchi
davr bo‘lgan 90 yillar boshida ommani bir tug‘ ostida jiplashtirish, el-yurt
27
tinchligi, farovon hayoti yo‘lida zahmat chekayotganlarga madadkor bo‘lish
o‘rniga «musulmonchilikni VII asrga qaytarish», asl islomiy davlat tuzib,
«haqiqiy iymonli zot»larni tarbiyalash kabi bema’ni, islomning tub
mohiyatiga zid g‘oyalarni ko‘tarib, xalqni mahdudlik sari undadilar,
mutaassiblikka berdilar.
Holbuki, jamiyat uchun din zaruriy extiyoj axlokiy tarbiya - dinning
birinchi galdagi vazifasi. Ajdodlarimiz yoshlarni halol va pok qilib
tarbiyalash tizimini yaratganlar. Bu tizim asosan pandu nasihatdan iborat
bo‘lgan, din - ezgulik, din - nasihat.
Asrlar davomida ajdodlarimiz Qur’oni Karim va hadisalar asosida
to‘g‘rilik, oliyjanoblik, mardlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalovchi
kodeksni ishlab chiqqanlar. Bugun u butun dunyoda «go‘zal islom axloqi»
degan nom bilan e’tibor topmoqda.
Kodeksning har bir moddasi zamirida xalqimizning ming yillik hikmati
bor. Biz bu axloq normalarini xalq maqollarida ham, «Temur tuzuk»larida
ham, hatto ertaklarda ham ko‘ramiz. Navoiy asarlari boshdan-oyoq xuddi shu
g‘oya bilan sug‘orilgan. Jadid ma’rifatparvarlarining orzu-armonlari shunday
axloqli erkin jamiyat edi. Kodeksning asosiy qismi umuminsoniy qadriyatlar
toifasiga kirishish ham ta’kidlash joiz.
Din hoh oila, hoh maktab yoxud jamiyatda bo‘lgan, axloqiy tarbiya
uchun mas’ul, hatto, axloq dinning bosh va yagona vazifasi desak xato
qilmaymiz. Zotan, axloq yo‘q joyda din yo‘q. Xullas, fan davlatning
iqtisodiy-ijtimoiy quvvatini ta’minlovchi omil bo‘lsa, din jamiyatning
axloqiy va ruhiy qudratini ta’minlaydi. SHu jihatdan ular bir-birini
to‘ldiruvchi ijtimoiy ongning ajralmas qismlaridir.
Hojiakbar Islom SHayxning «Tutash olamlar» fantastik romanida xam
huddi shu masalalar qalamga olinadi. Bu asarda umuminsoniy qadriyatlar,
inson va foniy dunyo, inson va boqiy dunyo, inson va koinot, din va tarix, din
28
va bugungi kun, din va kelajak, din va fan haqidagi go‘zal mushohadalar
talqin qilinadi.
Kitobxonlar ommasiga o‘zining hikoyalari, qissalari, romanlari bilan
kupdan beri tanilib qolgan Xojiakbar SHayxni ilmiy-fantastik adabiyotning
qaldirg‘ochlaridan biri deb atasa bo‘ladi. Bu gapni eshitgan odam taajjub
qilishi mumkin: -Nega endi? Nahotki, fantastika Xojiakbar SHayxovdan
boshlansa? O‘zbek adabiyotida undan avval fantastika bo‘lmaganmi? Yo‘q,
albatta. Fantastika X.SHayxov dunyoga kelmasdan burun xam bor edi.
«Fantastika» deganini bir so‘z bilan «xayolot» deb xam atash mumkin.
Xayolot esa inson tafakkurining mangu hamrohi. Adabiyot, qolaversa, ijod
fantastika bilan, xayolot bilan birga tug‘iladi va u bilan qadam baqadam,
hamnafas taraqqiy etadi. Bundan necha un ming yillar avval yaratilgan,
ibtidoiy ajdodlarimiz g‘orlarining devorlariga qing‘ir-qiyshiq qilib chizib
ketgan rasmlarda ham fantastika bor, xalq og‘zaki ijodi-chi? O‘zi uchar
gilamlar, qanotli otlar, uch boshli ajdarlar va yana allanima-balolar... Bular
xam fantastikaning ijod bilan uzviy birgalikda qadam tashlashini ko‘rsatadi.
SHunisi xam borki, bu hodisa faqat o‘zbeklargagina xos emas. Mashhur xind
eposlari «Maxabxarata», «Ramayana», «SHuka saptati», «Kamila va
Dimna», arab ertaklari «Ming bir kecha» va boshqa xalqlarning afsona va
rivoyatlari. YOzma adabiyotda xam shundoq Firdavsiyning o‘lmas
«SHohnomasi»da fantastika qanchalik kuchli bo‘lsa, Alisher Navoiy
dostonlarida ham shunchalik keng o‘rin tutadi. Evropa adabiyotidagi
Galliverning Myunxgauzenlar, Faustlar va boshqa yuzlab obrazlar, buyuk
Gogolning ijodi, rus folklori fantastikaning juda qadimiy va barqaror hodisa
ekanini yaqqol isbot qilib turibdi. Xullas, adabiyot fantastikasiz bir qadam
ham oldinga siljiy olmaydi. Xo‘p, shundoq ekan, nega endi XX asrning
ikkinchi yarmida ijod qilgan bir yozuvchini o‘zbek ilmiy fantastikasini
boshlab bergan qaldirg‘ochlardan biri deb atamaslik kerak? Buning boisi
29
shundaki, avvallari fantastika ijodning bir unsuri sifatida kuringan muayyan
davrda esa u ijodning tulaqonli, mustaqil bir bo‘lagi, o‘z mavzu doirasiga, o‘z
poetikasiga ega bo‘lgan alohida janr sifatida shekllana boshladi. Bujarayon,
ayniqsa, XX asrda kuchayib ketdi. Negaki, bu asrga kelib, ilm-fanning
jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos kuchayib ketdi. Fanning xamma sohalarida
aql bovar qilmas olamshumul kashfiyotlar yuzaga keldi. Ular jamiyat
hayotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi, odamlarning turmush tarzini
o‘zgartiribgina qolmay, tafakkurini ham yangi solib yubordi. Ilmiy
kashfiyotlar mislsiz qulayliklar tug‘dirishi bilan birga tahlikali xaft-xatarlar
ham olib keldi. Natijada insoniyat yangi-yangi chigal muammolarga ro‘para
kela boshladi. Ularni hal qila olmay boshi berk kuchalarga kirib qola
boshladi. Bularning bari jamiyatda ilmga, uning kashfiyotlarga qiziqishni
kuchaytirdi. Odamlar faqat bugungi kunga emas, ertagi kunga xam, o‘z
takdirlariga xam tez-tez nazar tashlay boshladilar. Bularning bari butun jaxon
miqyosida ilmiy fantastikaga mislsiz qiziqishni vujadga keltirdi. SHu tarika
XX asr o‘rtalariga kelib butun dunyoda fantastik adabiyot gurillab avj ola
boshladi. SHunisi kishini mamnun qiladiki, o‘zbek adabiyoti ham va bu
jarayondan chetda qolgani yo‘q. Biroz kechikib bo‘lsa xam, ya’ni 60-
yillarning oxiri va 70-yillarning boshlaridan ilmiy-fantastik janr o‘zbek
adabiyotida xam o‘z qonuniyatlariga, o‘z spetsifikasiga ega bo‘lgan mutlaqo
mustaqil janr sifatida shakllana boshladi.
Bugungi nasrimizdagi yangi jarayonlar, ma’naviy, shakliy-uslubiy
izlanishlar ko‘proq roman janrida namayon bo‘layotir. Ayniqsa, so‘z
san’atining o‘zak masalasi-insonni anglash, inson tabiatining, qalbining
tushunish-tushuntirish qiyin bo‘lgan sir-sinoatlarini taftish etish, eng muhim,
bu borada odatdagi andozalardan qochib, yangi yo‘llari axtarish etakchi
tamoyiliga aylanib borayotir.
30
1996 yili jurnallarda yoki to‘la kitob holida chiqqan SHukur Xolmirzaning
“Dinozavr”, Abbos Saidning “Besh kunlik dunyo” SHoyim Bo‘taevning
“Qurg‘onlangan oy”, Oman muxtorning “Ffu”, “Ayollar mamlakati va
saltanati”, Erkin Samandarning “Tangri qudug‘i” asarlari har biri jiddiy bahs
munozaralar, ilmiy mushohoda, tahillar uchun materiallar bera oladi.
“Dinozavr” romani mavzu-materiali, mazmunin darijasi jihatidan
zamonaviy asar unda shu kunning nafasi ufurib turibdi, mamlakatdagi,
jarayonida odamlar hayoti, tabiati ruhiyati, taqdirida, o‘zaro munosabatlarida
yuz berayotgan o‘zgarish, evrimishlar qalamiga olinadi, odamlarning shu
kungi kayfiyati bamisoli ko‘zuga solib ko‘rsatiladi. Dadil aytish mumkinki,
hozirgi tub burilish asnosidagi odamlar ruhiyatidagi evrilishlar, ularning
kayfiyati o‘zbek adabiyotida ilk bor “Dinozavr” orqali roman ko‘zgusida o‘z
aksini topdi.
“Dinozavr” muallifi dolzarb mavzuni qalamga olgan ekan, bu bilan
o‘tmishda bo‘lganidek hozirgi ijtimoiy jarayonlarda shunchasi munosabat
bildirish, nimanidir tasdiqlash, ulug‘lash yoki nimanidir rad etish, qoralashni
o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan emas, balki so‘z san’atining asl tabiati,
maqsadi, vazifasidan kelib chiqqan holda, inson jumbog‘i, aniqrog‘i, inson
tabiati, ruhiyatining tufa jilvalari yangi qirralari, nag‘malari, sir-sinoati bilan
qiziqadi.
Bugun kechagiday asarda gaplarni aytish, jiddiy ijtimoiy-axloqiy
mummaolarni ko‘tarish bilangina e’tibor qozonish qiyin, inson qalbi, tabiati
haqidagi haqiqatning yangi jihatlarini kashf etish yo‘li bilangina hozirgi
ma’rifatli, didli kitobxon ko‘ngliga yo‘l topish mumkin. “Dinozavr” romani
ayni shu jihati bilan sizu bizning e’tiborimizni tortadi, bizni asar
voqealarining,
personajlar
davrasining
ishtirokchisiga,
suhbatdoshga
aylantiradi. Biroq, asardagi eng katta jumboq-bosh qahramon Mahkam
obrazdir. Mahkam ham pok, soddadil, samimiy inson sifatida, ham iste’dodli
31
adib, mohir taraqqiyparvar kinorejissyor sifatida tub burilishi, o‘zgarishlar
jarayonida yangi sharoitga moslasholmay qiynaladi. Mohiyat e’tibori bilan
bu odam mustabid tuzim jabrdiydalari toifasiga mansub otasi, tog‘asi yaqin
odamlari el-yurt qayg‘usi bilan yashagan ziyoli odamlar bo‘lgan otasi
qatog‘onga uchragan. Istiqlol tufayli ajdodlari, o‘z ko‘nglidagi orzu-niyatlar
ushala boshladi. SHunday bo‘la turib nega endi bu odam yangi sharoitga
darhol moslasha olmaydi. Gap hayotning murakkabligi, asarni asar, obrazni
obraz qiladigan badiiy jumboq ana shunda.
YAngi ijtimoiy munosabatlarning qaror topishi osonlikcha kechmaydi.
“Bozor
iqtisodiga
o‘tish”
davrida
yuzaga
chiqayotgan
murakkab
munosabatlarni Mahkam tipidagi ijodkor odam darhol hazm qilishi qiyin.
Hayot tarzining o‘zgarishi bilan ijodga munosabat, badiiy ijod, san’at
mezonlari ham tubdan o‘zgardi. Avvallari har qancha ilg‘or pozitsiyada
turgan bo‘lmasin, bugun ijodkor odam kechasi mezonlar bilan ish ko‘rish
mumkin emas.
Mahkam siymosida biz mana shularni his etayotgan, yangilash
mashaqqatini boshdan kechirayotgan ijodkor shaxsi dramasi, balki fojeasini
ko‘ramiz. SHu tariqa Mahkam o‘tish davrii ziddiyatlarini ham sodda,
samimiy chin inson, ham vijdonli, iste’dodli san’atkor sifatida namoyon
ekanligi bilan jozibadir.
“Dinozavr” tajribasi shundan dalolat beradiki, quruq madhiyalardan
ko‘ra yangi davr odamlari ruhiyatidagi jarayonlarni haqqoniy ko‘rsatuvchi bu
tur asarlar istiqlol uchun ko‘proq naf keltiradi. Izchil realizm yo‘lidan borib,
personajlar ruhiyatini, turmush ikr-chikirlarini tafsilotlari bilan ko‘rsatish
jihatidan Abbos Saidning “Besh kunlik dunyo” romani, bir chekkasi,
“Dinozavr”ga o‘xshab ketdi. Ayni paytda bu asarda hozirgi zamon jahon
yangi romanchiligi tajribalari usunuslariham ko‘zga tashlanadi. Asar ayni
paytda bu asarda hozirgi zamon jahon yangi romanchiligi tajribalari romani
32
jurnalist Anvar ayni o‘sha asarlar ruhida tarbiyalangan yangicha badiiy
tafakkurga moyil shaxs qahramon ruhiyati va xatti-harakatlari ifodasida
muallif g‘arb adabiyotida urf bo‘lgan bir usulni qo‘llaydi. Anvar har bir
vaziyatda ichida o‘zgacha o‘ylaydi, mushohada yuritadi, ammo vaziyatga
qarab goho o‘zgacha so‘zlaydi, o‘zgacha xatti-harakat qiladi nega shunday
qilayotganini o‘zigacha gapirgani, vijdoniga xilof ishlar qilib qo‘ygani uchun
ruhan eziladi, o‘zini kechirmaydi. SHu tariqa muallif qahramonni bizga uch
xil muhitda - ishida, oilada, ko‘cha-ko‘yda tanish va notanish odamlar bilan
munosabatda, ichki va tashqi ziddiyatlar og‘ushida ko‘rsatadi. YOzuvchi
asarni haqiqatgo‘ylari orasidagi ziddiyatlar intihosidan, qahramonni ishidan
ketishidan boshlaydi, qalamga olinaverib siyqasi chiqqan ko‘pchilikni
qiziqtirmaydigan “ishdagi ziddiyatlar”ning batafsil tasviridan voz kechib,
butun e’tiborni ko‘cha-ko‘ydagi tasodifiy uchrashuvlar, muloqotlar va
oiladagi muammo-mojarolarga qaratadi. SHunisi qiziqki, Anvar ishda
to‘qnash kelgan qallob muharrir SHarif YUsupov ham, uning Pirriev singari
gumashtalari ham xarakter - obraz sifatida bizni o‘ziga unga tortmaydi,
aniqrog‘i jiddiy yangilik bermaydi. Qahramon ko‘cha-ko‘yda duch kelgan
Hakim Mansur, Mahmud Po‘lat, Akbar muallim, Alfiya, To‘lqin, Tursunzoda
Osiyo, Mahmud Daryo, Farida opa - bularning har biri ajib xarakteri,
murakkab, chalkash qismati bilan o‘ziga xos badiiy jumboq sifatida sizu
bizda katta qiziqish uyg‘otadi. Bular bilan tanishuv, muloqot qahramon
uchun hayot maktabi, iborat, saboq, savob va gunoh darsi, ham quvonch, ham
ayanch, ham o‘y-mushohadalar manbaiga aylanadi. Uning alomat ma’rifatli
talaba qiz Osiyo bilan uchrashuvlari hayotidagi eng totli onlardir. Yigitlik
umri davomida eng tuban ketishi Alfiya bilan o‘tkazgan kechasidir. Akbar
muallimning chigal sevgi sarguzashti, To‘lqin Tursunzoda bilan Mahmud
Daryoning ters tabiati, mushkul qimmati, devonavash, faqiru haqir va ayni
paytda mard, tanti, olijanob havaskar yozuvchi Mahmud Mansur bilan
33
bog‘liq voqealar - bularning har biri o‘zicha mustaqil qissa. Romanda keng
o‘rin tutgan, bir qarashda “arzimas” ikr-chikirlaridek tuyulgan oilaviy,
maishiy hayot sferasi ikki jihatdan e’tiborga molik XX asr Toshkent ahlining
maishiy
hayoti,
etnografik
manzarasi
Mirmuhsin,
O‘.Hoshimov,
O‘.Umarbekov asarlarida, P.Qodirovning “Olmos kamar” romanida aks etgan
Abbos Said shu an’anani davom ettirib “Besh kunlik dunyo”da “sof”
toshkentliklarning an’anaviy turmush tarzini, aniqrog‘i 79-80 yillardagi
ko‘rinish, bor holiga mahorat bilan gavdalantiradi, bu turmushning
ziddiyatlarini, musbat va manfiy jihatlarini ichdan yoratadi. Bu kitobxon
uchun g‘oyat qiziqarli.
Dunyoda hech bir xalq bola-chaqa, oilaviy-turmush muammolariga
bandligi borasida biz bolajon o‘zbeklar bilan tenglama olmasa kerak.
Ehtimol, biz o‘zbeklarning ulug‘ligi ham, ojizligi ham shundadir. Romanning
ayni shu sohaga bag‘ishlangan sahifalarini o‘qiyotib xayolga tolasan
kishi:unda qalamga olingan turmush girdobidagi personajlarku oddiy
odamlar, hayotda ko‘pincha tarix g‘ildiragini boshqa o‘zanlarga solib
yuborgan ulug‘ zotlar, katta aql-zakovat egalari ham kundalik oilaviy maishiy
hayot chigalliklari, turmush tashvishlari jumboqlariga najot topolmay ojizu
notavon qolganlar.
Ana shunday fazilatlariga ega romanni o‘qib tugatgach, negadir
qalbingizda kutilgan katta o‘zgarish, balki g‘alayon, inqilob ro‘y bermaydi.
«O‘tgan kunlar»ni o‘qib tugatganda qalbingizda bo‘ron qo‘zg‘oladi-ku,
qarashlaringiz o‘zgarib ketadi-ku, axir! «Besh kunlik dunyo»da ham buning
uchun imkoniyat bor edi. Afsuski, romanda turli shoxobchalar-ishdagi
ko‘ngilsizlik, ko‘cha-ko‘ydagi tanish va notanish kimsalar bilan muloqot va
nihayat, oilaviy-maishiy hayot jumboqlari bilan bog‘liq yo‘nalishlar
qahramon qismati, ongida bir nuqtaga yig‘ilib, qudratli bir ma’naviy-badiiy
omilga aylanmay qolganday tuyuladi. Qarang, qisqa muddat ichida shuncha
34
savdolarni boshdan kechirgan, necha g‘aroyib, chalkash taqdir egalari
boshiga tushgan savdolar bilan yaqindan tanishgan, fojiy voqyoa-hodisalarga
guvoh bo‘lgan ijodkor yigit hayotida, ongi-qarashida kutilgan jiddiyroq,
o‘zgarish ro‘y bermaydi.
Boshqacha qilib aytganda, xuddi shu kezlarda o‘zbek adabiyotida
ilmiy-fantastik janrning bahori boshlagan edi. Bu bahorni etaklab kelgan
qaldirg‘ochlardan biri Hojiakbar SHayxov edi. 1972 yilda yosh yozuvchining
«7 ser» degan kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobning nomi nechukdir badiiy asar
nomiga o‘xshamas edi, ko‘proq mexanika yoxud matematikaga mansub kitob
nomidek edi. Biroq uning o‘ta «ilmiy» nomidan cho‘chimay qo‘lga olib
varaqlaganlar kitobdan hikoyalar o‘rin olganini ko‘rib hayron bo‘lishdi.
Hikoyalarni o‘qiganlar esa ularning o‘zbek adabiyotida butunlay yangi
hodisa ekanligiga ilm muammolari haqida badiiy shaklda mulohaza
yurituvchi, ularni badiiy vositalar orqali gavdalantirishga urinuvchi asarlar
ekaniga ishonch hosil qilishdi. Oradan ko‘p o‘tmay muallifning «Ajib
yulduzlar» degan yangi kitobi bosmadan chiqdi. Bu kitob ham fantastik
hikoyalar va ilmiy-badiiy ocherklardan tarkib torgan bo‘lib, yosh adibning
ilmiy fantastikaga qiziqishni o‘tkinchi havas emas, balki butun umrga
ketadigan astoydil mayl ekanidan guvohlik beradi. SHuningdek, kitobga
kirgan asarlar Hojiakbar SHayxovning qalami asardan asarga o‘tkirlashib
borayotganini, yozuvchi o‘z ustida astoydil ishlab jahon fantastikasining
nodir tajribasini o‘zlashtirib borayotganini ko‘rsatadi. SHundan keyin
Hojiakbar SHayxovning o‘z kitobxonlari paydo bo‘la boshladi. YOsh
yozuvchining asarlari matbuotda tez-tez ko‘rina boshladi. Har xil nufuzli
to‘plamlarda, almanaxlarda, majmualarga bosila boshladi. SHunday qilib,
Hojiakbar SHayxov fantast yozuvchilar armiyasining oldingi saflaridan o‘rin
ola boshladi. Uning «Ajib yulduzlar», «Ettinchi operatsiya», «Rene
jumbog‘i», «G‘aroyib ko‘lanka», «Ajdodlar xotirasi», «Olma shu’lasi»,
35
«Telba dunyo» kabi asarlar fantastik adabiyot sohasida sezilarli xodisa bo‘ldi.
Uning ayrim hikoyalari, qissalari Parijda, CHexoslovakiyada, Bulgoriyada,
Olmoniya va boshqa mamlakatlarda turli to‘plamlarda nashr etilgan.
Xo‘sh, Hojiakbar SHayxov asarlarining o‘ziga xosligi nimada? U
fantast yozuvchi sifatida nimalarga e’tibor beradi, qanday muhim gaplarni
ko‘tarib chiqadi? Bu savollarga biron darajada qoniqarli javob berish uchun
uning butun ijodini tahlil qilish kerak. Afsuski, bu muxtasar ishimizda biz bu
imkonga ega emasmiz. SHuning uchun bu savolga juda ixcham shaklda
javob beramiz: albatta, Hojiakbar SHayxov asarlarida hozirgi fantastik
adabiyotining xamma zarur belgilari mavjud, ya’ni ulardagi voqealar
erdagina emas, butun koinotda, qo‘shni galaktikalarda sodir bo‘ladi.
Xojiakbar
SHayxovning
qahramonlari
turfa-tuman
robotlar,
o‘zga
sayiyoraliklar, odamlarga o‘xshagan yoxud o‘xshamagan maxluqotlar. Biroq,
voqealar silsilasi qanchalik g‘ayritabiiy bo‘lmasin, qahramonlar qanchalik
g‘aroyib bo‘lmasin ular oxir oqibatida qay bir tomonlari bilan erdagi
odamlarning bugungi hayotiga, bugungi tashvishlarga bog‘lanib ketadi. Adib
bir-biridan qiziq, maroqli sarguzashtlar to‘qib kitobxon xayolini band qilish
emas, balki insonning mangu muammolarini o‘rtaga tashlab, inson vijdoniga
murojaat qilib, uni g‘aflatdan uyg‘otish va barkamolroq qilishni o‘ylaydi.
SHuning uchun Hojiakbar SHayxov asarlarining zamirida inson hayotining
ma’nosi, inson iymoni, e’tiqodi, halollik, poklik masalalari yotadi. Adib
ilmiy-fantas shakllarda ezgulik va yovuzlik, to‘g‘rilik va xudbinlik
o‘rtasidagi kurashni ko‘rsatadi. Xuddi shu jihatlari bilan Xojiakbar SHayxov
asarlari adabiyotiga, san’at hodisasiga aylanadi va kitobxonlar qalbini zabt
etadi.
«Tutash olamlar» Xojiakbar SHayxovning katta epik ko‘lamli asari. Bu
asar bugungi adabiyotimiz uchun yangilik. Uning yangiligi shundaki, bu asar
o‘zbek nasridagi birinchi mistik-fantastik roman. To‘g‘rirog‘i, adibning o‘zi
36
bu asarini «mistik-fantastik roman» deb nomlagan. Roman eng munozarali va
eng qiziqarli muammolardan biriga bag‘ishlangan. Insonning tabiati hayoti
qanaqa - inson vafot etishi bilan uning hayoti tugaydimi yohud u boshqa
shakllarda, boshqa tarzda qayta tug‘ilib, yashashda davom etadimi? Inson
jismi bilan ruhiyati o‘rtasida qanday munosabatlar bor? Umuman, moddiy
dunyo bilan ruhiyat dunyosi o‘rtasidagi aloqalar qanaqa? Arvohlar, iblis va
uning malaylari, turli-tuman ajinalar bor narsami yo faqat mevasimi?
Ehtimol, moddiyunchilik suyak-suyaklariga singib ketgan ba’zi birovlarga
bunday savollar juda jo‘n va hatto noo‘rin ko‘rinishi mumkin. Lekin jahaon
adabiyotida bunday muammolar ko‘p asrlardan beri diqqatni jalb qilib
kelgan. Hatto, Dante yoki Gyotega o‘xshash daho san’atkorlar ham bu
masala atrofida umr buyi bosh qotirganlar. Sobiq sovet adabiyotida esa bu
masalalar haqida yozish qat’iyan ta’qiqlangan edi. Mana, mustaqillik
sharofati bilan bunday cheklashlar bekor bo‘ldi va birinchi shunday roman
qo‘limizga etib keldi.
Ushbu yangi romanda qalamga olingan voqealar silsilasiga biz
umrguzaronlik qilayotgan ona zaminimizdagina emas, balki o‘zga
o‘lchamlardagi ruhiy, ya’ni g‘aib olamida ham kechadi. Noyob xislatlarni o‘z
ajdodlaridan meros qilib olgan uch opa-singil timsolida ezgulikni xam,
yovuzlikka xam mas’ullik va javobgarlik hissi asarning mazmun moxiyatini
belgilaidi. Romanda komil inson uchun iymon bilan bog‘liq iloxiy burch -
oliy amal tutash olamlar miqyosida olib qaraladi. Zotan, bu vijdonii
majburiyat ayni paytda barhayot insonlaru mangu ruhlarga xam bab-baravar
daxldor. Ha, koinotdagi uyg‘unlikning barqarorligini va tutash olamlarning
bir butunligini ta’minlash uchun xuddi shu amal suv bilan havoday zarur.
Asarning bosh qahramoni uch opa-singil Nazira, Nargiza, Nafisalardir.
Ular o‘ta ajoyib qobiliyatga ega - kelajakka nazar tashlay oladilar, ularga
ruhiyat dunyosining eng zo‘r kuchlari homiylik qiladi. Romanda real odamlar
37
bilan birga G‘avzul A’zam, hazrat SHayxon Tohur kabi aziz avliyolar, Iblis
va uning xizmatkorlari, turli-tuman olijanob va pok odamlar bilan birga
o‘g‘ri, muttaham odamlar, bugungi mafiya kuchlari ham bor. Asarni o‘qish
davomida «hayot» deb atalmish ulug‘ ne’matning bitmas-tugamas bir ummon
ekanligi, uning siru asrorlari hadsiz, jumboqlari mo‘l ekaniga, tagiga etib
bo‘lmasligiga va ayni shu xislati bilan hayot inson uchun g‘oyat qadrlar va
aziz ekaniga amin bulamiz. Biz butun umrimizni bebaho deb atalmish
moddiy dunyoda yashab o‘tamiz, ammo bu dunyo bilan yonma-yon, unga
tutashib ketgan boshqa bir dunyo-boqii dunyo, ruhiyat dunyosi yo‘q
ekanligiga kim kafil bo‘la oladi?
Ushbu roman ana shular haqida o‘ylashga majbur etadi. Haqiqatan
ham, bu dunyo-sirli dunyo.
Romanga shayx Fariddin Attorning kuydagi hikmatli so‘zlari bosh so‘z
qilib olingan:
«Inson nur va zulumot barzahi-chegarasidur, shul sabab ani tong
yog‘dusiga mengzayurlar. Inson zoti moddiyundin, moddii talablari va
sifatlaridin ayru tushmay turib, Mutlaq Ruhga etishmog‘i mumkin emas. Ruh
ila vujud, ko‘ngil va aql orasida mangu kurash boradir. Ruh bu kurashda
moddiylikmi, jismni o‘ziga buysundirib, ilohiy ma’rifatni tanish, haq asroriga
koshif bo‘lmoq uchun xizmat qildira olsa, ul buyuklik martabasini egallagon
hamda poklik taxtida o‘tirgan Adolat va Hikmat shoxi-komil inson ruxiga
aylanadir».
Darhaqiqat, roman aynan shu masalalarga bag‘ishlangan. Hayotiy
tajribasi boy, bilimzahiralari keng, qalami o‘tkir yozuvchiga san’at sirlarini
puxta o‘zlashtirgani qul keladi.
Asar bilan dastlab tanishar ekansiz, o‘zingizni bir sirli-sehrli dunyoga
kirib borayotgandai his qilasiz. Rutubatli qish kunlarining birida ikki yashar
qizaloq qulaydi-yu muz ostiga tushib ketadi. Tangri taoloning farmoni bilan
38
mo‘‘jiza yuz berib oppoq kiyingan bir musafid qizchani qutqarib qoladi. SHu
voqeadan keyin qizaloq birdan tilga kirib biyron-biyron so‘zlaydigan,
kishining aqli bovar qilmaydigan g‘alati qiliqlar qiladigan bo‘lib qoladi.
Xullas, bu g‘ayritabiiy karomat sohibasi bo‘lish nasib etgan qizcha asarimiz
qahramonlaridan biri Nazira edi...
Voqealar goh mana shu biz yashayotgan moddiy dunyoda, goh uzoq
o‘tmish odam Ota, momo Havolar yaratilgan, yashagan paytlardan afsona
yo‘sinida, goho esa koinotda, arshi a’loda davom etadi. Va muallif bizni
kichkina bir ko‘z ilg‘amas tuynukdan beadad va hayratomuz mo‘‘jizalar
dunyosiga boshlaydi. Kitobxon asarni o‘qir ekan, dili larzaga keladi, kim
ekanligi haqida zalvorli o‘yga cho‘madi. O‘tmish va bugun, kelajak borasida
bepoyon tafakkur ummoniga sho‘ng‘iydi.
CHindan ham tasavvur cheksiz, inson ko‘ngli esa bir dengiz. Uning
bag‘rida ne-ne sir-sinoatlar, inju javohirlar yashirinib yotibdi, ilmlar
jumboqlar... Senda shunday imkoniyat bo‘lsa-yu, dengiz bilan yuzma-yuz
tursang-da, bir ko‘za suv olish bilan cheklansang. Buni qanday tushunmoq
kerak? Axir ko‘ngil bir hadsiz dunyo. Uni anglamoq kishini yuksaltiradi.
O‘zini anglamagan odam hech qachon boshqani, qolaversa, ollohni anglay
olmaydi. Har bir odam olloh husnining jilvalari namoyon bo‘ladi, deyishadi.
Insonning o‘z-o‘zini bilmoqqa, anglamoqqa intilishi bu Tangrini bilmoqqa
intilishidir... Asar bilan tanishish jarayonida beixtiyor shunday xayollar
qamrab oladi borlig‘ingizni.
Iblis va uning bir to‘la malaylari inson ko‘ziga parda tortib iflos va
chirkin yo‘llarga boshlasa, farishtalar, yaxshi ruhlar o‘lmas mayoqday
hamisha odamni yuksaklarga chorlaydi. Eng go‘zal, eng yorqin, eng nafis
yo‘llardan etaklaydi. Dunyo bo‘libdiki, doim qarama qarshiliklar yonma-yon
yuradi. Oq va qora, baxt va baxtsizlik, yomonlik va ezgulik azaliiy kurashda.
SHu bois dunyo tarozusi mutanosiblikda turadi, xayot davom etadi.
39
Arshi a’lodagi suxbatlarning birida «Parvardigor Iblis» shoyton va ins-
jinslarni ne maqsadda yaratgan?» degan savolga aziz avliyolardan biri
shundai javob beradi:
«Alar, agar ta’birim joiz ersa, odamzotni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi
kiblanamoga o‘xshaydurlar. Agar inson ma’naviy tanazzulga yo‘liqsa, Iblis
uni beshbattar yo‘ldan ozdirib, kabohat va razolatning ko‘z ko‘rib quloq
eshitmagan boqoqliklariga botirg‘usi. Oqibatda u Parvardigori olam
tomonidan jazoga mustahiq qilinadi. O‘z qilmishlarining kufr va yovuz
mohiyatini anglab etadi...»
Haqiqatan xam, xayot va ulimning tub mohiyati biz uni tushinishimiz
yoki
tushunmasligimiz,
uni
qullab-quvvatlashimiz
yoki
aksincha,
qullanmasligimizga minba’d bog‘liq emas. Ular qat’iy qonunlar asosida
kechaveradi va odamzot ularga buysunib yashashga majbur. CHunki bu
qonunlar xuddi koinotdagi yulduzlar kabi o‘ta yuksaklikda va inson qo‘li
ularga etishi mahol.
Osmon farishtalari, maloikalar, zohid-kalandar avliyoqanbiyo va
samovotning o‘zga oliy ruhlari e’tirof etishlaricha erda xalokatli vaziyat
hukm surmoqda. Xom sut emgan odamzot Xudodan qo‘rqmay qo‘ygan, u
tobora quturib, bot-bot o‘z ham
9
sayyoralarning qonini to‘kmoqda, aql bovar
etmas yovuzliklarga yo‘l qo‘yib, kun sayin gunohlarga botmoqda. Ko‘hna
ezgu umidlarni oyoq osti qilib odamgarchilik, mehr-shafqat nimaligini
unutmoqda. Bu kabi masalalarda Olloh ato etgan, Olloh amri farmonlarini
ado etish, erda tartibot o‘rnatishlari lozim bo‘lgan farishtalar erga uchmog‘i,
odamzot orasida ezgulik va mehr-oqibat urug‘lari taratishlari kerak. SHu
maqsadda Olloh karamiga suyanib bandai mo‘minlarga noyob xislatlar
baxshida etish kerak, oqibatda ular o‘zlarini ezgulikka, imon-e’tiqod va
mehr-muhabbatga chorlasinlar, o‘zlarini o‘zlari turfa kasalliklar forig‘
9
Шайхов Х. Туташ оламлар. Тошкент,1996
40
etsinlar, deya ixtiyor qiladilar. Va aynan o‘sha maqsadda SHayx Bahrom
otaning nabiralari Nazira, Nargiza, Nafisalarga ham binazir xislat ato etiladi.
Bu qizchalar istiqomot qilayotgan joy esa islom dinining erda Markaziy
Turkiston deb ataladigan katta xududlaridan biri sanaldi. Bu Parvardigori
olamning buyuk qudratidan kichik bir nishon tarzida namoyon bo‘ladi.
Zero, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganlariday: «Xar qaysi inson
Olloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste’dodini avvalo o‘zi uchun,
oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt saodati,
manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli
taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini hatto tasavvur qilish ham
oson emas».
10
Bu qizaloqlar aql bovar qilmas karomatlar ko‘rsata boshlagan, ular
atrofida g‘alati-g‘alati voqea hodisalar yuz bera boshlagan sari jumboqlar,
savollar, chigalliklar ortgandan orta boradi. Xatto, umri Dahrilinni o‘qib-
o‘rganib o‘tgan, institutda ateizmdan dars beruvchi moddiyunchi faylasuf,
qizlarning dadasi Asadning o‘zi bilib bilmay qalb ko‘zi ochila boradi.
Taqvodor va xudojuy oilada o‘sgan, ashadiy moddiyunchi faylasuf bo‘lishiga
qaramay, Xudoga, foniy dunyodan tashqari boqiy dunyo borligiga
ishonadigan Asad ishlarni puxta o‘ylab amalga oshirar, gunoh va kufr
ishlardan nari yurishni odat qilgandi. Asad ayni vaqtda sivilizatsiyaga, ya’ni
tabiatning istak-hohishidan tashqari yuzaga kelgan ko‘p quvvatli
minoralarga, shu bilan birga insonga ham ishonardi.
YOvuz kuchlar mafiya to‘dalaridan aka-uka Tesha, Bolta, O‘roqlar
bilan goh pinxon, goh oshkor kurashadi, atrofida sodir bo‘layotgan sirli
tilsimlarning bevosita ishtirokchisiga aylanib borar ekan, Asad ruxiyatida
chinakkam inqilob yuz beradi, qariyb qirq yil moboynida shakllangan
dunyoqarashlari chil parchin bo‘ladi.
10
Каримов И. Баркамол авлод орзуси. Тошкент, Шарқ нашриёти, 1999, 46-бет
41
U va u tengi butun bir avlodni bog‘cha yoshidan moddiyunchi, dahriy
qilib tarbiyalagan, oqibatda undan shu qadar ko‘p zarar ko‘rgan jamiyat
Sovet Ittifoqi nomi bilan atalar edi. Moddiyunchilik shunday sohaki, u faqat
qo‘l bilan ushlab sezsa bo‘ladigan narsalarni, ya’ni biz bilan mulkiy
olamnigina tan oladi. Biz bilmagan, anglab etmagan dunyochi? Vaholanki,
idealistlar ta’kidlaganiday, ruhiy ibtido, ruh abadiy va demak o‘z-o‘zidan
ravshanki, ular - birlamchi. Moddiyat esa o‘tkinchi, o‘zgaruvchan va ularning
abadiy unsurlarga dahli yo‘q.
Aslida bu ikki oqimni - materializm va idealizmni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘ymasdan, o‘zaro bir-birlarini to‘ldiruvchi, mohiyatan uyg‘un
ta’limotlar deb qaralsa, tatqiq etilsa va rivojlantirilsa nur ustiga a’lo nur
bo‘lishi mumkin-ku, axir!!! Yo‘q, kommunistik mafkura xomiylari bunga
yo‘l qo‘ya olmasdi. Buning sabablarini juda oddiyligini qahramonimiz Asad -
endi tushunib etmoqda.
Gap shundaki, bu foniy dunyoda odamzot paydo bo‘lganidan buyon
Hokimiyat deb atalmish qonsiragan, yovuz va zo‘ravon bir unsur ham
dunyoga kelgan va u ming yillar mobaynida bashariyatini zir titratib kelar
edi.
Ibtidoiy jamoalar davrida qabila boshliqlari, jodugarlar, tosh asri va
keyingi davrlarda Iblis hukmidagi quldorlar, boylar va nihoyat podsholar,
o‘rta asrlar va inkivizatsiya davrida - mutaasib ruhoniylar, din ulamolari
hokimiyat talashib, o‘z xalqlarining boshiga misli qo‘rilmagan qulfatlar
yog‘dirishgan, dakki yunusdan qolgan bu shafqat bilmas hukamo, firqa,
guruh va boshqa ijtimoiy tuzulmalar hamda podsholik taxtiga davogarlar
o‘rtasida hozirgi kungacha davom etayotgan edi. Bizning asrimizda dunyoga
kelgan hokimiyat vakillari kommunistik mafkurani o‘zlariga tug‘ qilib
ko‘tardilar.
42
Ular guyo mustabid hokimiyatni ag‘darib «Kommunizm» deb atalmish
go‘yo «Ozod» bir jamiyat etmoqchi bo‘ldilar. Ammo qisqa davr ichidayoq
ularning asl basharalari ochilib, mustabidlikda «manman» degan qirol va
shahanshohlar ham ular oldida ip esholmay qolishdi. Biroq, ular o‘z
siyosatlarini shunday mahorat va ustamonlik bilan yuritishdiki, hayot
ummonidagi million-million odamlar ularning «kommunizm» degan o‘tkir
qarmoqlariga ilinishdi va bu yo‘ldan xuddi go‘daklarday o‘ylab yurib
o‘tirmay, o‘zlarini o‘tga-cho‘qqa urishdi, hatto lozim bo‘lsa, jonlarini ham
qurbon qilishdi.
Asad o‘zini kechirmasdi: nega u shu paytgacha insoniyat jamiyat
tadrijidagi o‘zga mafkuralarni, aytaylik, idealizm yoki diniy ta’limotlarni
terang o‘rganmadi? Kommunistlar bir ovozdan: «Din - afyun», - deb e’lon
qilgan va har qanday diniy qarashlarga, jumladan, islom madaniyatiga
qaqshatqich zarba berishga intilishgan edi. Ular yashayotgan hududda
ayovsiz ta’qiblar va taziyqlarga qaramay, islom ta’limoti va islom
madaniyatining ta’sir doirasi beqiyos bo‘lib, ular xalqining milliy an’ana-yu
bayramlari, urf-odatiga, udumlariga singib ketgandi. Buni yaxshi tushungan
kommunistlar dastavval ana shu an’ana, urf-odat va udumlarni, garchand
ularning ayrimlari islomga aloqador bo‘lmasa ham, yo‘qotishga kirishdilar.
Ahvol shu darajaga borib etdiki, katta-kichik amaldor zoti borki, qarindosh-
urug‘larini ko‘mgani janozoga bora olmay qoldi. CHunki, bu ezgu udum ham
- kommunistlar nuqtai nazarida - bid’at islomga xos jaholat edi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: «Biz zo‘ravonlikka,
Do'stlaringiz bilan baham: |