Abdulla sher axloqshunoslik


LA. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Т ., « 0 ‘zbekiston» 1996 37 -



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/209
Sana04.06.2022
Hajmi10,65 Mb.
#635217
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher)

1 LA. Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Т ., « 0 ‘zbekiston» 1996 37 -
38-b.
2 A. Avloniy. Tanlangan asarlar, 2 jildlik, 2-jild. Т ., «M a’naviyat», 2006, 55-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


fazilatlarni ham alohida e ’tibor bilan nazariy-amaliy tahlildan о tkazadi, 
o ‘quvchiga iloji boricha qisqa va lo‘nda tarzda taqdim etishga intiladi.
Abdulla Avloniy o ‘z risolasida «yomon xulqlar»ga — illatlar tahliliga 
katta o‘rin ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng kuchli to ‘siq bo ladigan 
illatlardan biri sifatida allom ajaholatni keltiradi, jaholatni insoniyatning 
eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarning boshlig‘i, deb ta ’riflaydi. 
Avloniy g ‘azab, shahvat, hasad, kizb, tam a singari illatlarga ham 
atroflicha to'xtaladi.
S hunisi diqqatga sazovorki, A bdulla A vloniy axloqshunosiik 
tushunchalarining faqat pedagogik emas, balki ham falsafiy, ham badiiy 
jihatdan talqinini beradi. C hunonchi, u muayyan axloqshunosiik 
tushunchasi yoki axloqiy m e’yorning sodda, lo‘nda ta ’rifmi taqdim
etar ekan, ba’zi hollarda Suqrot, Aflotun, Arastu, Ibn Sino singari 
hakimlaming fikrlarini isbot tarzida keltirsa, goho ularni nazmiy tizmalar 
bilan o ‘quvchiga yetkazishga harakat qiladi.
U m um an olganda, Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud 
axloq» risolasi XX asr Turkiston axloqiy tafakkurida salmoqli о rinni 
egallaydigan, ham nazariy, ham amaliy axloq muammolarini falsafiy 
va pedagogik yondashuv orqali hal etishga bag‘ishlangan yirik asardir.
Abdurauf Fitrat. 
Turkiston m a’rifatchilari axloqshunosligida tom
m a’nodagi milliy qahram onim iz Abdurauf Fitratning (1884—1938) 
«Najot yo‘li» («Rahbari najot») asari va, ayniqsa, «Oila yoki oila 
boshqarish tartiblari» (1914) kitobi alohida o ‘rin tutadi. Awalo, shuni 
aytish kerakki, «Oila» o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. U nda 
ham tanqidiy ruh, ham d a’vat ruhi kuchli. Fitrat ona-Turkistonni ozod 
ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, a mol 
va erk o ‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda 
qurishga d a’vat etadi. H ar jihatdan sog‘lom boMgan oila yetishtirgan 
farzandlargina m illatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan 
qutqarishini aytadi: «Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning 
quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz 
sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda 
bizga na saodat va na rohat bor...», — deydi alam bilan Fitrat1.
Vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, m uallif 
kitobning birinchi qismiga, m a’lum m a’noda m e’yoriy dasturilamal
www.ziyouz.com kutubxonasi


tarzida tartib beradi. U ndan har bir yangi oila qurm oqchi b o ‘lgan 
turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy-m aishiy, gigiyenik-salom atlik 
qomusi sifatida foydalanishi mumkin edi. Bundan tashqari, asarda 
oilaning moddiy tom onlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha 
bo‘lgan holatlarning axloqiy asoslari to ‘g‘risida ham to ‘xtalib o ‘tadi.
Kitobning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat 
ham tarbiyani a n ’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jism oniy tarbiya, aqliy 
tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy 
inson kamol topadi, deb hisoblaydi muallif. Kitobning bu qismida Fitrat, 
m a’lum m a’noda, o ‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. 
U ixtiyor erkinligi m uam m osini mayl tushunchasi orqali o ‘rtaga 
tashlaydi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga m ehr- 
muhabbat mayli va h.k. Bularning ham m asida ham insonni jamiyat 
a ’zosi sifatida, ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u 
izzat-nafs, ayniqsa, iroda masalasiga alohida to ‘xtalib o ‘tadi. «Iroda va 
ixtiyor» sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib 
tarbiyalashga da’vat etadi, iroda tarbiyasining to ‘rt banddan iborat qoida- 
bosqichlarini taklif etadi. Bolani irodali qilib tarbiyalashda ota-onaning 
zo‘ri emas, balki bolaga beriladigan muayyan erkinlik m uhim ekanini 
ta ’kidlaydi. «O ta-onalarning haq-huquqlari» bobida ham balog‘atga 
yetgan farzandning erkinlik darajasi haqida flkr yuritiladi.
Umuman olganda, Fitratning «Oila» kitobida am aliy axloq bilan 
axloq nazariyasi m uam m olari u y g 'u n lash ib ketgan. Lekin unda 
pedagogik-didaktik uslub emas, jangovar chorlov uslubi ustun. Fitrat 
uchun yuksak axloqiylik erk va erksevarlik bilan m ustahkam bog‘liq; 
Turkiston va turkistonlikni ozod ko‘rish, ya’ni, milliy g ‘oya, milliy 
mustaqillik mafkurasi kitobning ruhiga singdirib yuborilgan. U ni o ‘qigan 
kishi nafaqat axloqiy fazilatlar nim alardan iborat va ularga qanday 
erishish kerakligini, balki, milliy ozodlik, shaxsiy erkinlik nim a-yu, uni 
qanday qilib q o ‘lga kiritish m um kinligini anglab oladi. Shu bois 
mutafakkir-jadid A bdurauf Fitratning «Oila» asari T urkiston milliy 
Uyg‘onishida benihoya katta rol o ‘ynadi, deyish m um kin. Ayni paytda 
u hozir ham o ‘z ahamiyatini yo‘qotm agan ajoyib axloqiy-m a’rifiy risola 
sifatida alohida e ’tiborga molik.
XIX 
asr oxiri va XX asr boshlarida ayollam ing ilmli, har jihatdan 
yuksak axloq-odob egasi bo‘lishlari uchun ziyolilar orasida jiddiy harakat 
avj oldi. Zero, oiladagi bola tarbiyasi, ya’ni yosh avlod tarbiyasi asosan 
onalar qo‘lida ekani ham maga ayon b o ‘lib qolgan edi. T a ’kidlash joizki,
www.ziyouz.com kutubxonasi


ilg‘or, ziyoli ayollar nafaqat qizlar maktablarini ochib, maktabdorlik 
qilish, balki axloqiy-tarbiyaviy risolalar yozish yo‘li bilan ham bo‘lajak 
ziyoli onalami voyaga yetkazishga hissa qo'shdilar. Shu jihatdan Olimat 
ul-Banotning Sankt-Peterburgda 1898 va 1899-yillarda ikki marta nashr 
etilgan «Muosharat odobi» («Turmush odobi») asari o ‘z vaqtida katta 
aham iyatga ega b o ‘ldi. «Agar xotun o‘qigan b o ‘lsa, o'zining kim 
ekanligini, vazifasi nim adan iborat ekanligini shak-shubhasiz biladi. 
Bolalarini esa go'zal tarbiya qiladi, eri bilan yaxshi muomalada bo‘ladi 
va nihoyat Alloh taoloning amriga muvofiq hayot kechiradi», — deydi 
risola muallifi1. Unda ayollarning turmushdagi o ‘rni, oilaviy vazifalari, 
er-xotin orasidagi munosabatlar, bolalar tarbiyasi, uy tutish, nikoh va 
muhabbat borasida fikrlar bildiriladi. Ayni paytda uy xizmatchilariga 
munosabatda insof va adolat yuzasidan, ularning ham uy egalariga 
o ‘xshash inson ek an lik la rin i hisobga olib ish k o ‘rish lozim ligi 
ta ’kidlanadi, turmushning oqilona uyushtirilishi uchun xizmat qiladigan 
ibratli maslahatlar beriladi.
Boshqa bir tatar ziyoli ayoli Faxr ul-Banot Sibg‘atulloh qizining 
sakson yetti saboqdan iborat «Oila saboqlari» (1913) risolasi esa 
tarbiyaning turli tom onlarini birvarakay o‘z ichiga oladi. Axloqshunos 
olim a o ‘z risolasini, xonim larga, qizlar maktabi shogirdlariga oila 
vazifalari to ‘g‘risida foydali m a’lumotlar berishi bilan birga ular uchun 
oson tushuniladigan axloq sabog‘i hamdir, deydi. U o‘n ikkinchi saboqda 
tarbiyani «ilmli axloqning tani, negizi», deb ta ’riflaydi. Asar falsafiy 
mushohadalardan ko‘ra ko'proq amaliy ko‘rsatmalardan iborat. Ayni 
paytda unda ham m a’naviyatga, ham moddiyatga zamonaviy munosabat 
masalasi o ‘rtaga tashlanadi, yuksak axloqli bolani voyaga yetkazishda 
h ar ikki yo‘nalishdagi tarbiyaning muhimligi ta ’kidlanadi.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish