odam larning axloqiy va, um um an, ruhiy mayllaridan tashqaridagi
qandaydir «alohida» narsani bilish bilan bog‘liq tarzda shakllanmaydi.
Fazilat va illat qandaydir obyektiv hodisalar emas. Axloqiy baholar
haqiqiy ham, yolg‘on ham emas, balki mayllar, qarashlar qilmishlar
kabi, shunchaki «bor narsalar». Shu bois axloqshunoslikning vazifasi
birinchi galda odam larda axloqiy m ayllarni q o ‘zg‘atish sabablan
(impulslari) qanday, qayerda va qachon ro ‘y berganini ham da qanday
odamlar ularga qanday va qachon mos yoki aks harakat qilishini bayon
etishdan iboratdir. Demak, Hyum axloqshunoslikni bayon qiluvchi
(deskritiv) fan ekanini isbotlashga intiladi, axloqni insonning — tabiiy
hissiyotli tabiatidan keltirib chiqaradi. Axloqiy mulohaza aql emas,
axloqiy his-tuyg‘u orqali ifoda topadi. Inson qilmishlarining pirovar
maqsadini aslo aql-idrokdan kelib chiqib tushuntirish mumkin emas.
«Axloq kuchli hissiyot uyg‘otadi va xatti-harakatni yo amalga oshiradi
yoki unga yo‘l qo‘ymaydi, - deydi Hyum. — Aql o ‘z-o‘zicha bu borada
butunlay ojiz. Demak, axloqiy qoida aqlimizning xulosasi bo‘lolmaydi» .
Hyumning fikriga ko‘ra, xudbinlarcha intilish bilan birgalikda insonga
yaxshilikni ravo ko‘rish, odamsevarlik, adolat singari ijtimoiy his-
tuyg‘ular ham xos. 0 ‘zgaga yaxshilik xuddi o ‘ziga yaxshilik tilash kabi
insonning insonga xos xususiyati.
Hyum axloqshunosligida ko‘rinishdan uch xil-u, lekin qisman bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch axloqiy tushuncha uyg‘unlashadi. Bu ar
- hedeonchilik, utilitarchilik, jo ‘mardlik (alturiychilik). Hedeonchilik
(lazzat yo‘nalishi) nimaiki lazzat hissini uyg‘otsa, o ‘shani fazilat, aksincha
iztirob, og‘riq qayg‘u keltiradigan hamma narsani illat deb hisoblaydi.
Utilitarchilik (foydalilik) adolatli tarzda nimaki insonga, jamiyatga,
foyda keltirsa, uni - ezgulik, odamlarga foydasiz yoki zarar keltiradigan
nimaiki bo‘lsa, uni - yovuzlik deb talqin etadi. Foydalilik ham m a
holatlarda ham maqtov va maqbullik manbai hisoblanadi. Mutafakkir
alturiychilik - jo ‘mardlik (o‘zgalar manfaatini yuqori qo‘yish) tamoyihm
ezgulikni axloqiy m a’noda ham m a uchun istisnosiz tarzda foydali
qiladigan hodisa deb tushunadi.
. . .
,
. ..
Hyum birinchi bo‘lib, dalillarni bayon qiluvchi ilmiy mulohaza bilan
his-tuyg‘ularni ifodalaydigan axloqiy mushohadaning farqini ко rsati
bergan olim. Axloqiy mulohazalarning hissiyotli asosini ochib berar
Do'stlaringiz bilan baham: