Abdulla sher axloqshunoslik


Qarang: Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I kitob. U .U vatov taijimasi. Т



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/209
Sana21.01.2023
Hajmi10,65 Mb.
#900826
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   209
Bog'liq
Abdulla sher axloqshunoslik

1 Qarang: Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. I kitob. U .U vatov taijimasi. Т.,
«Mehnat», 1992, 247-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


M a’lum ki, N avoiy sh e’rlari va dostonlarida ilgari surilgan axloqiy 
tam oyillar h am da ijobiy q ah ram o n lar qiyofalarida tajassum topgan 
adolat, sadoqat, burch, m uhabbat, rahm -shafqat, m ardlik, kam tarlik 
singari fazilatlar haqida ko ‘p yozilgan. Ayni paytda, Navoiy soTiylikning 
naqshbandiya sulukiga m ansub yirik shaxs — m u tasaw if sifatida h am
axloqshunosiik nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotiga ulkan hissa q o ‘shgan 
m u ta fa k k ird ir. U « Q a n o a t n a q s h in in g ifsh o si va n a q s h b a n d iy a
tariqatining adosi» degan she’rida o ‘zi m ansub b o ‘lgan tariqatning t o ‘rt 
tam oyilini shunday tushuntiradi:
Desang xilvatim anjuman bo ‘Imasun,
Kerak anjuman ichra xilvat sanga.
Vatan ichra sokin b o 'lib soyir о ‘I,
Safardin agar bo ‘Isa mehnat sanga.
Nazarni qadamdin yiroq solmag‘il,
Bu y o ‘l azmi agar b o ‘Isa rag ‘bat sanga.
Damingdin yiroq tutmag‘il hushni,
Ki yuzlanm ag‘ay har dam o f at sanga.
Bu to ‘rt ish bila rub

maskun aro,
Cholinmoq ne tong ко ‘si davlat sanga.
Bu ohang ila b o ‘lg ‘usi naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.1
Shu o ‘rin da naqshbandiya tariqatining asosiy qoidalariga t o ‘xtalib 
o ‘tm oqjoiz. Yuqoridagi qit’ada Alisher Navoiy naqshbandiya tariqatining 
um um falsafiy aham iyatga ega b o ‘lgan dastlabki tam oyillarini o ‘ziga xos 
sh arh lag an , u larn i m azk ur ta riq a t boshlovchisi Y usuf H a m a d o n iy
solihlarning asosiy qoidalari tarzida m uom alaga kiritgan:
1. Hush d ar dam (h ar nafasda es-hush joyida b o ‘lishi, hushyorlik 
bilan yashash, g ‘ofillikdan chekinish).
2. N azar d ar qadam (o ‘zgalar qadam ini m uhokam a qilishdan k o ‘ra 
o ‘z qadam ing pok, harom -x arish d an yiroq b o ‘lishini kuzatib borish, 
q ad am -baqad am m a ’naviy yuksaklikka erishish).
3. Safar d a r V atan (V atanni kezm oq, kezib riyozat chekm oq, uni 
sevm oq, V atanda yashash ham b ir safar ekanini anglam oq).
4. Xilvat d a r anju m an (odam lar yig‘ilgan joylarda, xalq orasida ichki
www.ziyouz.com kutubxonasi


tanholikka erishm oq, gunohkorlar anjum an id an forig‘ va Tangri bilan 
birga b o ‘lm oq, o ‘zligini topm oq).
Bundan tashqari naqshbandiyada A bdulxoliq GMjduvoniy kiritgan
— yod kard (yod etm o q), bozgasht (ortga q ay tm oq), nigohdosht (nigoh 
so lm o q ), y o d d o sh t (y o d d a saq lam o q ) va B a h o u d d in N a q s h b a n d
qo ‘shgan — vuqufi zam oniy (zam ondan voqiflik), vuqufi abadiy (abaddan 
voqiflik), vujudi qalbiy (qalbdan voqiflik) tam o y illari mavjud. U larning 
dastlabki to ‘rttasi k o ‘proq so f zikrga taalluqli b o ‘lsa, keyingi uchtasi, 
H am adoniy qoidalari kabi, ko ‘proq falsafiy xususiyatga ega. U m u m an
olib qaralganda, m azkur o ‘n bir tam oyilning h am m asida h am u yoki 
bu darajada axloqiy talablar ustuvordir.
Xullas, naqshbandiya tariqatining ikki to m o n i bor. Birinchisi, axloqiy 
jih a ti: u z a m in d a n , x a lq d a n , m e h n a t d a n u z ilib q o lm a s lik k a , 
m a ’rifatlilikka erishishga, jaholatga, zulm ga qarshi kurashishga, b iro r- 
bir kasbning boshini tutishga, o ‘zgalarga axloqiy nam una bo'lib yashashga 
chaqiradi. Ikkinchisi, ilohiy jihati: u axloqiy qism iga ham o h an g -
tavhidga am al qilishga, poklikka, V atanni bilishga, vatanparvarlikka, 
ilmli b o ‘lishga d a ’vat etadi.
Bu tariqatning yana «Xilvatda — sh u h rat, sh u h ra td a ofat» degan 
aqidasi ham diqqatga sazovor. X ilvatda faqat o ‘zini o ‘ylab, ertadan
kechgacha ibodat qilishda ham g'araz bor: b u , birin ch id an , kishining 
jan natdan eng a w a lo o ‘zi o ‘rin olishi uch u n tirishib-tirm ashishi b o ‘lsa, 
ikkinchidan, Xudoga xudbinlik orqali yaxshi k o ‘rinish va, u chinchidan, 
odam lar ko'ziga o ‘zini zo ‘r qilib ko ‘rsatish, y a ’ni shu hrat orttirish.
Shuningdek, bu tariqat ziyolilarga ju d a k atta m as’uliyat yuklaydi. 
U ning «Agar m am lakat xarob b o is a , sh o h d a n xafa b o ‘lm a, haqiqat 
ahli nazdida bu darveshlarning — ziyolilam ing, ilm ahlining gunohidin>, 
«H ech kim dan xafa b o ‘lm a va hech kim ni xafa qilm a», « 0 ‘lik sherdan 
tirik m ushuk afzal» singari hikm atlari h am h e c h qach o n o ‘z kuchini 
yo ‘qotm aydi‘.
M a’lumki, diling X udo bilan, q o 'lin g ish b ila n b an d b o 'lsin , degan 
shior naqshbandiya tariq atin in g asosiy tam oy ilid ir. N avoiy b u tu n um r, 
a w a lo , shaxsan o ‘zi an a shu tam oyilga am al qildi, qolaversa, deyarli 
h am m a asarida insonni zam in d an oyog‘i u zilm agan q ah ram o n tarzida

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish