Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
70
Xudoyor Musulmonqulg‘a qaradi. Musulmonqul ersa Otabekni jallodga topshirish 
uchun o‘nglang‘an tilini qisishg‘a majbur bo‘ldi. — Kirsin! — dedi va o‘zidan amr kutib 
turgan jallodlarga: — Bir ozdan so‘ng, — dedi, chiqib turmoqqa ishorat qildi. Negaki, 
choparning Toshkanddan bo‘lishi bu hukmda bir oz shoshmasliqni istar, chopar vositasi 
bilan ham bu hukm ehtimol haqlik bir hukm bo‘lib chiqar va Musulmonqul ham loaqal o‘z 
umrida bir martaba bo‘lsa-da, o‘rinliq qon to‘kkan bo‘lar edi. 
Otabek garangsigansumon devorga suyangan, mundagi allaqanday ma’nolarni 
onglatqan taxt, toj, xon, bek kabi lash-lushlar uning ko‘z o‘ngida qora pullik qadru 
qiymatsiz... To‘g‘risi ul ajib bir tabi’atka kirgan, uning vujudi quruq va hissiz... Yo‘q, ul 
sezsa-da, bilsa-da, go‘yo oyog‘, qo‘li bog‘lanib bo‘g‘izlanishga hozir-langan bir qo‘y kabi 
qayralayotgan pichoqqa butunlay parvosiz, qo‘rquvsiz tomosha qilar edi. Bu turmish, bu 
hokimiyat, cheki ko‘rinmagan bu qorong‘iliq... uning uchur sira qiziqarliq emaslar: ul 
yo‘q edi — tinch edi, ul keldi — tinchimadi, ul yana yo‘q bo‘lsa ehtimol yana tinchir edi. 
Mana shuning uchun ham ul bezraygan edi. Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina 
uning ko‘nglidan tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek... Nihoyat, bundan ham 
qutilg‘andek bo‘ldi. Ammo... ammo so‘ng nafasida uning bilan vido’lashsa, bo‘g‘zig‘a 
xanjar botar ekan, uning yuziga qarabqina ko‘zi nursiz-lansa... Uning hamma orzusi shu 
edi hozir. 
Hudaychi choparni boshlab kirdi. Chopar nomani tiz bukib Xudoyorg‘a topshirg‘ach, 
orqasiga qaytib, ko‘zini devordagi bezrayganga tashlamasunmi... Ul o‘zining xon 
huzurida bo‘lg‘anini ham unutdi-da, o‘zini Otabek ustiga tashladi, Toshkand choparining 
bu kutilmagan harakati xonni, Musulmonqulni, qushbegi ham hudaychini va ol-ding‘i 
zolda o‘lturgan a’yonni bir hayratda qoldirg‘an edi. Otabekning tasallo berishi bilan 
Hasanali undan qo‘l tortdi ersada, biroq undan hayajon, yig‘i hali arimagan edi. 
— Adab! — deb qichqirdi Musulmonqul, so‘ngra o‘ziga qarab qo‘l bog‘lag‘an 
Hasanalidan so‘radi, — sen kimning chopari? 
— Normuhammad qushbegining. 
— Qayerdan? 
— Toshkanddan, taqsir. 
Musulmonqul taajjub ichida o‘ziga Xudoyor tomo-nidan uzatilg‘an nomani oldi. Ochib 
kishi eshitarlik qilib o‘qudi: 
«Yosh xonimizg‘a va padari arus shahanshohi Musulmonqul bahodir huzurlariga. Yosh 
shohimizning baxt va tole’lari ruhsiz tanlarimizga qayta boshdan ruh, ma’yus 
ko‘ngillarimizga qaytib chiqmasliq umid bag‘ishladi. Faqir qullari mundan to‘rt kunlar 
ilgari Toshkanddan sipohlar bilan umidsiz qaytishga majbur bo‘lib, ul to‘g‘rida 
huzurlariga xabar ham yuborg‘an edim. Shu holda biz sipohlar bilan Kirovchi yaqinig‘a 
yetkan ham edik, orqamizdan bir chopar Toshkandda Azizbekka qarshi isyon 
boshlang‘anini, bizni ko‘mak uchun Yusufbek hoji-ning Toshkandga chaqirg‘anlig‘ini 
so‘zlab, uning ismidan bir maktub berdi. Men darhol sipohlarni Toshkand qaytishga 
buyurdim-da, xabar olg‘ani ikkinchi kuni Toshkandga yetdim. Biz Toshkandga kirganda 
Yusufbek hoji boshliq olomon Azizbekni o‘rda ichiga qamab yotar ekanlar. Olomon, 
ayniqsa, Yusufbek hoji bizni juda yaxshi qarshiladilar. Biz borg‘andan keyin o‘rdaga 
bosib kirdik-da, Azizbekni ushlab oldiq. Boshda men Yusufbek hojini balki, Toshkand 
bekligi uchun ta’malanur deb o‘ylag‘an edim. Ammo uning butun o‘rda va xazina, ashyo 
va yaroq-larini manim qo‘limg‘a topshirishi bu fikrimni bo‘shka chiqardi. Yusufbek hoji 
nihoyatda ta’masiz, xalq manfaatini kuzatkuchi bir odam ekan. Binoan alayhi uning 
to‘risidag‘i bizning sui zanlarimiz xato bo‘lib chiqadir. Uning Azizbekka qarshi xalqni 
oyoqlandirishi ham bizning Toshkanddan jo‘nashimizning ikkinchi kuni Azizbekning 
nechog‘liq siqilg‘an xalq ustiga o‘ttuz ikki tangadan chochkan solig‘i bo‘libdur. Toshkand 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish