Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
68
keragi bo‘lur, deb o‘ylab siz bilan birga uni huzurimizga chaqirg‘an edik... — Bu joyda 
qushbegi Musulmonqulni to‘xtatdi-da, kuldi, so‘ngra Xudoyorg‘a dedi: 
— Otabek ustida ancha mojarolar bo‘lib o‘tdi. Buning hikoyasi uzun, alhol 
mingboshining ra’ylarini eshitaylik... davom qilingizchi. 
— Otabek o‘zingiz bilan birgami? — deb so‘radi Mu-sulmonqul, birgalik javobini olib, 
tamom xotirjam’ bo‘lg‘an holda davom etdi: — Yuqorida aytkanimdek minba’d tadbir 
yo‘li bilan Azizbekni yo‘qotishdan boshqa choramiz yo‘qdir. Bizning bu keyingi rejamiz 
yo‘lida ish beradirgan kishi bo‘lsa ul ham menga qolsa shu Otabek bo‘lur. Chunki 
boshqalarg‘a qarag‘anda uning Toshkand borishi va Azizbekning yaqin odami-ning o‘g‘li 
bo‘lg‘ani uchun uning bilan aloqada bo‘lishi, zahar berish va yo boshqacha bir yo‘l bilan 
uni oradan ko‘tara olishi, unga eng qulay bir ishdir. Og‘riqning tuzalasi kelsa emchi o‘z 
oyog‘i bilan kelur, deganlaridek, Otabekni Marg‘ilonda bo‘lish xabarini eshitib xon bilan 
men juda quvonishdiq... mana sizni chaqirishdan bo‘lg‘an maqsadimiz shudir. Yana 
sizning bu haqdag‘i ra’yingiz nima bo‘lsa eshitamiz. 
Musulmonqulning bu so‘zlariga O‘tabboy qushbegi tamom ishong‘an, ammo Xudoyor 
ersa uning ilgarigi maqsadini yaxshi bilganlikdan bu so‘ngg‘i gaplar bilan nihoyatda 
taraddudga tushkan edi. To‘g‘risi ham Musul-monqulning bu keyingi gapi kishini 
mutaraddid qilmay qo‘ymas edi.
 
— Bu fikringiz menimcha ham ma’qul, — dedi qushbegi, — ammo bunda bir gap bor, 
ul ham: Otabek bu vazifani o‘z bo‘yniga oladimi, yo‘qmi masalasidir. Chunki Otabekning 
Azizbek tarafdori bo‘lg‘anlig‘iga shu o‘rtada o‘zim tegshirgan bir ish meni shubhaga 
tushuradir. Shundog‘ki, mundan yigirma besh kunlar ilgari, qo‘rboshimning xabar berishi 
bilan Azizbek tarafidan Marg‘ilonda to‘polon chiqarg‘ali kelgandir, deb o‘ylab, yonidag‘i 
bir necha kishilari bilan zindonga soldirdim. Uning Yusufbek hojining o‘g‘li bo‘lishi ham 
o‘sha mulohazamning to‘g‘rilig‘iga meni ishontirar edi. Yana qo‘rboshig‘a Otabek ustidan 
shikoyat qilg‘uchining shahodati bilan bu shubhamga ishonib, mundan besh kun ilgari 
Otabek bilan uning qayin otasi Mirzakarim degan marg‘ilonlikni o‘lim jazosiga hukm 
qildim. Gunoh-korlarni dor ostig‘a olib ketkanlariga bir muncha fursat o‘tkan edi, 
mahkamaga bir xotin hozir bo‘lib, qo‘limga bir maktub berdi. O‘qub qarasam, Azizbek 
Toshkandda Qo‘qong‘a qarshi isyon chiqarmog‘i bo‘lib yurgan fursatda Yusufbek hoji 
tomonidan o‘g‘li Otabekka yozilg‘an bir maktub bo‘lib manim qo‘l, oyog‘imni 
bo‘shashdirdi. Chunki bu maktub Yusufbek hojining Azizbekka tamomdan qarshi bir kishi 
bo‘lg‘anlig‘ini onglatar edi. Gunohkorlarni dor ostidan qaytarishg‘a majbur bo‘ldim. Men 
faqat shu maktub dalolatiga bovar qilib, gunohkor-larni bo‘shata bermay, qo‘limdan 
kelgancha yana tekshirib tergadim. Otabekning so‘zlari kishini tamom ishontirarliq 
darajada maktubga muvofiq edi. Shundog‘ bo‘lsa ham faqat Mirzakarimni ozod qilib, 
keyingi tergashlar tamom bo‘lg‘unchaliq Otabekni kafilga berdim. O‘zining biror adovati 
uchun bunday gaplarni qo‘zg‘atib yurgan bo‘lmasin, deb haligi menga shahodat berganni 
ushlab Otabek va boshqalar bilan yuzlashdirmoqchi bo‘lganimda nima sababdandir ul 
qochdi. Shu kungacha uni topib bo‘lmadi. Muning qochishi garchi bu shahodatning birar 
adovat yuzasidan bo‘lg‘an si’oyat ekanini onglatar edi ersa ham men yana hanuz 
Otabekni kafolatda saqlar edimki, janobi oliydan bu xabar yetdi. Darhol Otabekni 
yigitlardan o‘ratib saodatxonai shahanshohiga jo‘nadim. Otabekning Marg‘ilon mojarosi 
shundan iborat bo‘lib, manimcha Otabek ustida hali shunday tergovlar borayotqan bir 
vaqtda unga bundog‘ javobgarlik vazifani topshirish qalay bo‘larikin, deyman... 
Musulmonquldek makkor tulkining o‘ylag‘anlarini qushbegining to‘g‘ri so‘zlari ost-ust 
qilib, uning O‘tabboy to‘g‘risidag‘i sui zanlari bir muncha ozayib tushdi. Ammo 
Musulmonqulning ikki kishi ustiga yo‘nalgan qahru g‘azabi o‘zining borliq dahshati bilan 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish