Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
187
— Marg‘ilong‘a... 
— Bu kun kech bo‘lib qoldi, ertaga ketarsiz. 
Kumush kulib Otabekning yuziga urdi: 
— Bizning ovloqda ko‘rishkanimizni, — dedi, — oyim va Hasanali otamdan boshqa 
hech kim bilmaydir, ayniqsa Zaynabingiz bilsa yaxshi emas. 
— Bilsa nima qiladir? 
— Hech narsa qilmaydir... Yaxshi emas-da,— dedi,— bir ozdan keyin chiqib oyim bilan 
so‘rashing, kirmaganingiz uchun qayin onalaringiz so‘yinishib o‘layotiptilar. 
Kumush yana bir kulib qarag‘andan keyin uydan chiqdi. Otabek endi tamom o‘zini 
bosib olgan, endigi yurak urishi faqat haligi farishta tomong‘a oshiqibqina edi. O‘zi 
yolg‘iz qolg‘andan so‘ng nimaga bo‘lsa iljaydi va Hasanaliga ilgarigidan ham quyuqroq 
o‘zida muhabbat sezdi. Shu daqiqadan boshlab kechiradirgan mas’ud kunlarini 
tasavvurdan ojiz va Zaynab to‘g‘risida o‘ylab ham qaramas, boshqa gap esiga-da kelmas 
edi. Oradan Kumushning uyga kirib olishi fursat o‘tkandan keyin, uydan chiqdi va 
parvosizcha mehmonlar o‘lturgan uyga bordi. Uning kelishini o‘z uyidan ko‘rgan Zaynab 
yugirgancha Otabek orqasidan mehmonlar oldig‘a kirdi. Uydagilar Otabek-ni ko‘rish ila 
o‘rinlaridan turganlar, faqat O‘zbek oyim «hap» etkancha o‘lturar edi. Otabek Oftob 
oyim bilan ko‘rishdi... Oftob oyim uni quchoqlab yuzidan o‘pdi va ko‘ziga yosh oldi... 
So‘ngra kichkina qayin onasi bilan, Zaynabning opasi va boshqalar bilan so‘rashib chiqdi 
va kulimsiragan holda Kumushka «esonmisiz...» deb qo‘ydi. Kumush ham «shukur» deb 
kulindi. So‘rashish tamom bo‘lg‘andan keyin o‘lturishdilar. Otabek onasining yonig‘a, 
Zaynab uning yonig‘a o‘lturdilar. Kumush Zaynabning bu qilig‘ig‘a g‘ijinib bir-ikki qayta 
yer ostidan unga ko‘z yubordi. 
Fotiha o‘qulib kuyav qayin onag‘a uzr aytdi: 
— Avvalo sizlar kelguncha qaytarman, deb ertalab bir gunoh qildim. Undan keyin 
mehmonxonadan qo‘zg‘alolmay ikkinchi uyatka qoldim... 
Oftob oyim: 
— Bolamiznikini aybi yo‘q. 
O‘zbek oyim: 
— Qimiz kirguzib qayin onangning og‘zini ho‘l-lamag‘aningda nax balog‘a qolib eding, 
bolam. 
Kulishdilar. Karima otin: 
— Kumushoy bo‘lsa, sen erimni yashirg‘ansan, deb Zaynabning engka-tengkasini 
chiqardi. 
Yana kulgu bir-biriga elashdi. Zaynabning boyag‘i ishiga Kumushning g‘ashi kelganini 
aytilmasa, hozir ul ham juda ochilg‘an, kular va yer ostidan Otabekka ko‘z qirini tashlar, 
Zaynab bo‘lsa Kumushni ta’qib etar edi. Majliska bir oz jimjitlik kirgandan so‘ng Otabek 
ham o‘z tomonidan bir kulgu to‘qumoqchi bo‘lib, Zaynab bilan Kumushka qarab oldi: 
— Men bir ishka hayronman, — dedi. 
— Nimaga? — deb so‘radi Mohira oyim. 
— Nega Zaynab semizu Kumush ozg‘in?! 
O‘zbek oyim javoblandi: 
— Buning hikmatini mendan so‘ra, bolam, — dedi,— Kumushing o‘zingga o‘xshash 
serfikr ko‘rinadir, Zaynab bo‘lsa menga o‘xshash quvnoq. 
Otabekni o‘ziga o‘xshatqani uchun Kumush qayin onasidan rozi bo‘ldi. Ammo Zaynab 
o‘zini Otabekdan chetka qoqqani uchun O‘zbek oyimga g‘ijindi. 
O‘zbek oyimning bu fikriga Karima otin qarshi tushdi: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish