Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
143
— Teshdim, beri kel. 
Sodiq kesma yonig‘a kelib engashdi. Engashishi hamono qo‘l hiqildoqqa to‘g‘ri kelgan 
edi va xanjar qornig‘a botirilgan edi... Sodiq qo‘lidag‘i xanjarini bir-ikki qayta solib ko‘rsa 
ham tegdirish uchun kesmaning tubanlig‘i xalal berdi, lekin o‘zi tetuk edi. Otabek 
sapchib kesmadan chiqdi va bor kuchi bilan Sodiqni bosib tushdi... Bosib tushishi 
hamono allaqaysi yeri achishkandek sezildi... So‘l qo‘li Sodiqning hiqil-dog‘ida, xanjarlik 
qo‘li Sodiqning xanjarlik qo‘lida edi... Bir oz kuchini yig‘ib olg‘ach, hiqildoqni bor kuchi 
bilan siqa boshladi. Sodiq xirillar, shunday bo‘lsa ham qo‘lidag‘i xanjarni bo‘shatmas edi. 
Eshik tomondan Homid ham ko‘rinib qoldi... Vaqt tang kelgan edi... Sodiqning ko‘kragini 
qochirib xanjarlik qo‘lini bo‘shatdi va Sodiqning ko‘kragiga soldi. Sodiqning xanjari bir-
ikki qayta uning orqasiga kuchsiz-kuchsiz kelib tekkan edi. Xanjarini ikkinchi urishda 
Sodiq bo‘shashdi va qo‘lidan xanjari tushdi. 
— Homid akangga juda ham mehribon ekansan, Sodiq! — dedi bosib yotqan joyidan 
Otabek. — Joning-ni ham unga qurbon qilding! 
Sodiq ingranib qo‘ydi. 
— Kim xirillaydir? — dedi yaqinlashib kelgan Homid. 
— Tezroq keling, Homid aka, Otabekni o‘ldirdik! — dedi shoshib Otabek. 
— Ah! — deb yurib keldi Homid. 
Otabek Sodiqni qoldirib, Homidning xanjarlik qo‘lini ushlab oldi: 
— Mutal o‘ldi. Sodiq ham o‘lim yoqasida. Enda siz bilan ikkimizgina qoldiq! 
Homid qo‘lini bo‘shatishka tirishar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi: 
— Ortiqcha oshiqmangiz, Homidboy, men sizning xanjarlik qo‘lingizni bo‘shataman 
hozir, ammo shungacha siz bilan ikki og‘iz so‘zim bor! 
Homid hanuz qo‘lini bo‘shatishg‘a kuchanar edi. 
— Kuchanmangiz, Homidboy! 
— Mard yigit bo‘lsang, qo‘limni qo‘y! 
— Oshiqma, qo‘yaman, — dedi Otabek. Shu choqda oyog‘ ostida yotqan Sodiq 
ko‘tarilib-ko‘tarilib o‘zini ot-moqda edi. Otabek Sodiqdan nariroqqa Homidni boshladi. 
Homid tig‘izliq bilan surildi. Xanjarlik qo‘li bilan tuynukka ishorat qilib, Otabek so‘z 
boshladi: 
— Siz mendan ham yaxshiroq bilasizki, shu uyda sizni allaqancha mashaqqatlarg‘a 
solg‘an, cheksiz joni-vorliqlar ishlatkan va hisobsiz tillalar to‘kdirgan, niho-yat, shu 
daqiqag‘a keltirib to‘xtatqan birav uxlaydir. Agarda sizning manim tilimdan yozib bergan 
taloq xatingiz durust hisoblanmasa, bu uxlag‘uchi manim halol rafiqam bo‘lib, ikki yildan 
beri men ham uning ko‘yida sargardonman. Demak, siz bilan maning oramizda shu birav 
uchun kurash boradir. Lekin siz shu choqqacha manim ustimdan muvaffaqiyat qozonib 
keldingiz: qora choponchi, deb dor ostilarig‘acha olib bordingiz, Musulmonqul qo‘lig‘a 
topshirdingiz, bu ishlaringiz foydasiz chiqg‘ach, ismimdan taloqnoma yozib, ikki yillab 
rafiqamdan ayirib turishka muvaffaq bo‘ldingiz, bu orada gunohsiz bir yigitni ham 
o‘ldirdingiz. Nihoyat, o‘g‘riliq yo‘lig‘a tushib ikki yigitingizni manim qo‘limda halok 
qildingiz... Endi menga javob beringiz-chi: bu yomonliqlaringizda siz haqlimi edingiz? 
— Haqli edim! — dedi Homid va siltab xanjarlik qo‘lini bo‘shatib chalqancha yiqildi. Ul 
qo‘lini bo‘shatqan choqdayoq Otabek ishini to‘g‘rilag‘an, ya’ni Homidning qornini shir 
etdirib yorib yuborg‘an edi. Homid holsizlanib yotar ekan, uni besh qadam naridan 
kuzatib tek turg‘uchi Otabek zaharxanda ichida «haqlimi eding?» deb so‘radi. Kuchanib 
«haqli edim!» dedi Homid va qo‘lidag‘i xanjarni Otabekka otdi, xanjar Otabekning 
yonig‘a kelib tushdi... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish