Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
69
faqat Oybek ustiga tikildi va Toshkand qo‘rg‘onlari ostida qurbon bo‘lg‘an sipohlarining 
qonini Azizbekning o‘ng qo‘li bo‘lg‘anning o‘g‘lidan olmoqchi bo‘ldi.
— Yusufbek hojining maktubi yoningizdadir? 
— Taqsir, — dedi qushbegi, maktubni olib Musul-monqulg‘a uzatdi. Musulmonqul 
o‘nda-so‘nda maktubga ko‘z yugurtirib chiqdi-da, zaharxanda ichida O‘tabboyg‘a qaradi: 
— Yusufbek hojining qurg‘an hiylalariga tushun-maguchi ehtimol Marg‘ilondan 
topilmag‘andur! U tulki o‘z o‘g‘lini Marg‘ilonda to‘polon chiqarish uchun, deb 
yuborishidayoq har bir ehtimolga qarshi bu maktubni yozib bergan, bunga Marg‘ilon 
kalvaklari tushunmasalar ham biz tushuna olamiz! — dedi va mag‘rur bir tusda 
Xudoyorg‘a qarab qo‘ydi. Qushbegi uning bu istehzosini yutishka majbur edi. Chunki 
ozg‘ina tildan toysa o‘zi-ning ham Otabek qatoriga kiritilishini yaxshi onglar edi. Sukut 
qildi: 
— Hudaychi! 
— Qulingiz! 
— Haligi qushbegi bilan birga kelgan yigitni huzurimizg‘a hozirla! 
Musulmonqulning apti ortiq dahshatlik bir holga kirgan, taxt ustiga qo‘ndirilg‘an jonlik 
Xudoyor haykal ham sukutda, o‘zining nima bo‘lishig‘a tushunmagan O‘tabboy ham 
borliq, yo‘qliq holatda... 
Otabek hudaychi orqasidan kirib xong‘a ta’zim qildi va qo‘l bog‘lab to‘xtadi. Otabek 
Musulmonqul otini, uning yirtqichlig‘ini yaxshi bilsa ham, ammo shaxsan o‘zini 
ko‘rmagan, shuning uchun xonning yonidag‘i xoqong‘a iltifot etmadi. Uning bu 
iltifotsizligi Musul-monqulg‘a asarsiz qolmadi-da, achchig‘i ustiga achchig‘, kek ustiga 
kek qo‘shildi va shular ichida yasalib chiqg‘an bir istehzo iljayishi va bir tovush bilan: 
Manga qarang, bek yigit, — dedi. Otabek o‘ziga qarag‘ach: — Siz kim bo‘lasiz? — 
deb so‘radi. Ul hanuz boyag‘i masxara holatda edi. 
— Men Otabek. 
— Dunyoda Otabekdan ko‘pi bormi, siz qanday Otabek? 
— Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li. 
— Ha-a-a, shundog‘ deng-chi... Toshkandlik Yusufbek hojikim, Azizbegimizning 
gumashtasi bo‘lg‘an zoti sharifning o‘g‘illari? 
Otabek bu cho‘ltog‘ supurgini tanidi va uning isteh-zolarini payqadi. U bundan so‘ngg‘i 
ko‘rguligini tamom ma’nosi bilan onglab, ma’nosiz bu savollarga javob berib o‘lturishdan 
sukutni xayrlik topdi. Go‘yo o‘zining bu sukuti bilan Musulmonqulg‘a ma’nolik bir javobni 
ifoda qilar edi. Chindan ham Musulmonqul bu sukutdan tahqirlandi, tutuni ko‘kka 
ko‘tarilar ekan baqirdi: 
— Nega javob bermaysan?! 
— Siz meni qanday tanig‘an bo‘lsangiz-bo‘lingiz, men o‘shandog‘ kishining o‘g‘li, — 
dedi bek. — Men bilan otam siz bilan qushbegiga bir necha turlik bo‘lib tanilsaqla, o‘z 
vijdonimiz oldida bir turlikkinadirmiz! Shuning uchun siz tilagan tarafingizga hukm 
qilingizda, buyrug‘ingizni beraveringiz! 
Musulmonqulning yuzidagi boyag‘i achchig‘lar yerini bir zavqlanish vaziyati oldi. 
Kulimsirash ichida Otabekni kuzatar ekan: 
— Dav yuraging bor ekan, yigit... Hayfki, gunohing bo‘yningda, — dedi va chaqirdi: — 
Jallod! 
Eshik yonida kutib turgan oyboltaliqlar harakatlandilar: 
— Xanjarimiz qonsirag‘an! 
Jallodlarning oldida kirgan hudaychi xong‘a arz qildi: 
— Toshkanddan bir chopar bor, huzuringizga kirish uchun izn so‘raydir! 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish