Abdulla Qodiriy O’tkan kunlar



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/232
Sana04.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#428781
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   232
Bog'liq
2 5413761909595833370.pdf.pdf

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
173
bo‘libdir!» degan iftixor va mag‘ru-riyat ila taqdim qilg‘an suyukli kelini ustiga go‘yo 
o‘chakishkandek bo‘lib keladigan Marg‘ilon parisiga nima va qanday muomala qilar edi. 
Kumush kundashning jekirishidangina cho‘chig‘an bo‘lsa, Otabek bu cho‘chishni 
o‘zining ko‘lagasida qol-diraturg‘on onasi to‘g‘risida tamom aqlini yo‘qotib qo‘ydi.
 
6. O‘ZBEK OYIM — OG‘MA,
ZAYNABNING DARDI 
Yusufbek hoji chala-dumbul tabiatlik xotinining fe’li xo‘yini yaxshi bilgani uchun o‘tkan 
voqi’larni, ya’ni Otabek sirlarini unga ochmasliqqa qaror bergan bo‘lsa ham, ammo 
marg‘ilonliq kelin va qudalarning kelishla-ridan xabar berishni lozim deb topdi. Chunki 
xotinining marg‘ilonliq kelinga bo‘lg‘an adovatini Otabekdan ham yaxshiroq bilar va 
uning «O‘g‘lingiz Marg‘ilondan uylanmadi, bir balodan uylandi!» deb qiladirg‘an 
shikoyatla-rini hamma vaqt eshitar, doimo issig‘-sovuqchi domla, xo‘jalarnikida bosh 
og‘ritib yurishini ham bilar edi. Shuning uchun o‘z tarafidan O‘zbek oyim tushkurni 
yaxshilab ebka olmoq, yuz qizaradirg‘an ishlarga qarshi choralarni ko‘rmak fikriga 
tushdi. 
Cholu kampirning har bir o‘lturishlarida so‘z O‘zbek oyim tomonidan boshlandimi, 
albatta noqobil o‘g‘ul bilan marg‘ilonliq «andi» kelin ustida bo‘lar va uning uchun eng 
ahamiyatlik masala faqatgina shugina bo‘lib ko‘rinar edi. 
Boshqa kezlarda kampirning bu to‘g‘ridag‘i dod-hasratini kulgulik bilan va kam 
havsalalilik bilan eshitsa ham, ammo bu gal O‘zbek oyimning o‘sha eski ashulasini 
ortiqcha bir to‘zimsizlik orasida kutar edi. Kampirning dardi g‘o‘zada, sichqonning ko‘zi 
donlik ko‘zada, deganlaridek, bizning O‘zbek oyimizning ham dardi bo‘zada edi. So‘z 
urindi, so‘zdan — so‘z chiqdi, nihoyat hojining kutkanidek o‘g‘ul hasrati ham boshlandi: 
— Ahmoqingiz bir oz esini yig‘qan ko‘rinadir, — dedi O‘zbek oyim, — haytovur uch 
oydan beri Marg‘i-lonni esidan chiqarib qo‘ydi. 
Hoji kuldi: 
— Issiq-sovug‘ing kor qilg‘andir... 
— Bilmadim... Har nechuk suv quyg‘andek bo‘ldi, qoldi. Ilohim em tushkan bo‘lsin... 
— Ilohi em tushsin, — deb kuldi hoji. 
O‘zbek oyim erining istehzosiga tushunib qoldi va labi-labiga tegmay bobillay ketdi: 
— Nega kulasiz? — deb depsindi, — bu kungacha kulib-ku, o‘g‘lingizdan ajrala 
yozdingiz. Endi nega siz ham... xudoyo tavba qildim... 
— Zo‘ri behuda miyon shikanad. 
— Ilohi tojikingiz qursin! — dedi O‘zbek oyim, — men to‘g‘risini aytsam, bu gaplarning 
hammasiga siz sabab bo‘lmoqdasiz, er. Yakkash kulish, yakkash kulgi! Undan ko‘ra 
o‘g‘ul-qiz o‘sdirishg‘a uquvim yo‘q, deb ayting! 
Hoji tag‘in kuldi: 
— Ha, uquvim yo‘q, oyimcha! 
— Kuling-e, kuling! Xudo o‘lim bersin kulguga! — dedi O‘zbek oyim va achchig‘i bilan 
yuzini chetka o‘girdi. 
— Menga qara, xotin, — dedi hoji jiddiy tusda. O‘zbek oyim qaradi. — O‘rinsiz 
chiransang, beling sinadir, deydi tojiklar. Shunga o‘xshash o‘zing joysiz 
chiranganingdek, meni ham o‘z yoningg‘a tortmoqchi bo‘-lasan. 
— Bo‘lmasa manim barcha harakatlarim o‘rinsiz ekan-da? 
— O‘rinsiz. 
— Nega o‘rinsiz bo‘lar ekan? 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish