Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti sport fanlari uslubiyati kafedrasi



Download 0,6 Mb.
bet1/4
Sana28.06.2017
Hajmi0,6 Mb.
#18783
  1   2   3   4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI

SPORT FANLARI USLUBIYATI KAFEDRASI

“Himoya qilishga ruxsat beraman”

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat

fakulteti dekani ________dots. Muqimov O. E.

“____” ______________2013 y.

5141900 – jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish uchun

VOLEYBOLCHILARDA JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI TARBIYALASH USULLARI” (Dastlabki tayyorgarlik bosqichida)

mavzusida bajarilgan

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Bajaruvchi: 401 gr. talabasi Davlatov I.

Ilmiy raxbar: Olimov A.I.

BMI Sport fanlari uslubiyoti kafedrasi ______sonli yig’ilish qarori bilan himoyaga tavsiya etilgan:


Kafedra mudiri: Shokirov U ____________

JIZZAX – 2013

MUNDARIJA




Kirish..........................................................................................

3

I-BOB

YOSH VOLEYBOLCHILARDA JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI ............................

6

1.1.

Yosh voleybolchilarni dastlabki tayyorlash xususiyatlari ...

6


1.2.

Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish masalalari ....

11


1.3.

Kuch sifatlari va ularni yosh voleybolchilar tayyorlashdagi o’rni...................................................................

28


II-BOB

TADQIQOTINING MOHIYATI VA MAZMUNI, VAZIFALARI VA USLUBLARI …....................................

39


III-bob

YOSH VOLEYBOLCHILARDA KUCH SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH USULLARI ...................................

44

3.1.

Yosh voleybolchilarda kuch sifatlarini mashg’ulotlarda qo’llaniladigan mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligi...........................................................................

44


3.2.

Yosh voleybolchi bolalarda qo’l va oyoq kuchini nostandart mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligi...........................................................................

45





XULOSALAR...............................................................................

52




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ...........

54


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqil Davlat maqomiga erishgandan so’ng qisqa davr ichida barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sport yo’nalishida ham asrlarga teng progressiv o’zgarishlar ro’y berdi, “Olimp cho’qqilarini zabt etishga qodir” isloxatu – bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirgi kunda xalqimiz hayotida o’z aksini topib kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonun (1992, 2000), Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 271-sonli Qarori, futbol va tennisni rivojlantirish hamda kurashni qo’llab-quvvatlash haqidagi maxsus Qarorlar, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod”ni tarbiyalashga doir Davlat dasturi kabi konseptual hujjatlar barkamol avlodni tarbiyalash garovidir. Mamlakatimizning turli mintaqalarida halqaro standartlarga mos ulkan sport majmualarini barpo etilishi, o’zbek sportchilarning Jahon, Olimpiya va Osiyo musobaqalarida yuksak natijalarni qo’lga kiritib kelayotganligi, bir tomondan yuqorida qayd etilgan Davlat hujjatlarining aks-sadosi bo’lsa, ikkinchi tomondan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni Davlat siyosatining ustivor yo’nalishlari pog’onasiga ko’tarilganligidan dalolat beradi. Shunday ekan, o’zbek sportining kelajak istiqbolini ta’minlash va uni xalqaro miqyosga mos, raqobatbardosh darajaga olib chiqish ushbu sohani ilmiy-texnologik asosda taraqqiy ettirishni taqazo etadi. Bu borada sportning voleybol turini rivojlantirish, uning mavqyeini jahon miqyosiga olib chiqish yosh, iste’dodli sport zahiralarini tayyorlash zarurligiga e’tibor qaratadi. Raqobatbardosh sport zahiralarini tayyorlash esa o’z navbatida mazkur jarayonni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini qo’yadi. Chunki voleybol tarkibiga mansub bo’lib, ushbu sport turi bo’yicha iqtidorli yosh sportchilarni yetishtirish mutaxasis-murabbiylarga katta mas’uliyat yuklamaydi.

Zamonaviy voleybol musobaqalarida yuksak natijalarga erishish uchun sportchilar organizmi katta hajmli va o’ta shiddatli yuklamalarga tayyor bo’lishi lozim. Shu bilan bir qatorda ko’p yillik sport tayyorgarligi jarayonida sportchi shu tayyorgarlik davrining qaysi bosqichida shug’ullanishidan qat’iy nazar qo’llaniladigan trenirovka mashqlari yuklama jihatidan uning funksional va jismoniy imkoniyatiga mos bo’lishi kerak. Aks holda, ya’ni katta hajmli va o’ta shiddatli mashqlar zo’rma-zo’raki berilaversa shug’ullanuvchi organizmida zo’riqish alomatlari paydo bo’ladi. Agar shunday mashg’ulotlardan foydalanish davom etaversa, nafaqat foydali sport natijalariga erishish mumkin, balki shug’ullanuvchi organizmida kasallik asoratlari vujudga kelishi ehtimoldan holi emas. Sport mahoratining yuksak bosqichida, ya’ni malakali, katta yoshdagi sportchilarda shunday ko’ngilsiz oqibatlar ro’y bermasligi uchun muayyan sport turiga dastlabki o’rgatish bosqichidan boshlab jismoniy, texnik va taktik tayyorgarlikka oid mashqlarni me’yorlab qo’llash tavsiya etiladi. Oydan oyga, yildan yilga mashg’ulot yuklamalarining hajmi va shiddati “zinapoya” sifatida emas, balki “to’lqinsimon” shaklda ortib borishi maqsadga muvofiqdir. Binobarin, har bir trener, ayniqsa BO’SM trenerlari, o’z kasbiy-pedagogik faoliyatini ilmiy asosda tashkil qilishi iste’dodli yosh sportchilar tayyorlash muammosining prinsipial jihatlaridan biridir.



Bitiruv malakaviy ishning maqsadi voleybol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 12-13 yoshli bolalarda kuch sifatini musobaqa tarzida o’tkaziladigan nostandart estafetali o’yinsimon mashqlar yordamida shakllantirish samaradorligini o’rganishdan iborat.

Tadqiqotning obyekti sifatida voleybol BO’SMda shug’ullanuvchi 12-13 yoshli bolalar tanlab olindi.

Tadqiqotning predmeti. Voleybol bilan endi shug’ullanishni boshlagan 12-13 yoshli bolalar ishtirokidagi tajriba (10 ta bola) va nazorat (10 ta bola) guruhlarida kuch sifatini ikki xil mazmunli (standart jismoniy mashqlar va musobaqa uslubida ijro etiladigan nostandart mashqlari) mashqlar majmuasi yordamida shakllantirish imkoniyatlari.

Tadqiqotning yangiligi. Voleybol bilan dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanuvchi bolalar tarkibidan tuzilgan tajriba guruhida musobaqa uslubida qo’llanilgan nostandart mashqlar majmuasi kuch sifatini an’anaviy standar mashqlarga nisbatan o’ta samarali ekanligi aniqlandi.

I-BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARDA JISMONIY TAYYORGARLIK VA JISMONIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISH

MASALALARI
1.1. Yosh voleybolchilarni dastlabki tayyorlash xususiyatlari

Ko’p yillik bosqichma-bosqich reja asosida tayyorlash davomida, yosh sportchilar individual layoqatlarini rivojlantirish, hayotiy muhim qobiliyatlarini ko’p yillik tayyorgarlik keyingi davrlarida tanlashda muhim omil hisoblangan organizmning rezerv imkoniyatlarini maksimal namoyon etish uchun sharoit yaratish kerak.

Shunday qilib, tanlash va tayyorlashning o’zaro bog’liqligi shug’ullanuvchilarni bosqichma-bosqich tanlashni va ularning jismoniy sifatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, tanlagan sport turida texnik-taktik mahoratini egallash va takomillashtirishni ko’zda tutadi.

Qator mutaxassislarning fikricha, dastlabki tayyorlov davrida tayyorlash mazmuni bolalarning jismoniy rivojlanishlariga, tayanch harakatlanish apparati mustahkamlanishiga, jismoniy sifatlari tarbiyalanishiga (tezligi, koordinasion qobiliyatlari, epchilligi va boshqalar), shu jumladan, voleybol o’yinida texnika asoslarini egallashda zarur bo’lgan maxsus jismoniy sifatlari va qobiliyatlarini tarbiyalashga yordam beruvchi vositalardan foydalanishdan iborat bo’lishi kerak.

Bola organizmi xususiyatlarini, jismoniy rivojlanganligi va tayyorgarligi darajasini hisobga olib ko’pchilik mualliflar. Jismoniy, ba’zida esa texnik tayyorgarlik vositasi sifatida ham tayyorlash boshlang’ich davrlarida harakatli o’yinlaridan foydalanishni tavsiya etadilar.

Qator mutaxassislar tayyorgarlik boshlang’ich masalalarini hal etish uchun jismoniy mashqlar bilan bir qatorda voleybolga tayyorlash sifatida, xalq harakatli o’yinlaridan foydalanish, zarur deb hisoblaydilar. Chunki boshlang’ich va umumiy tayanch tayyorgarlik davrida ular jismoniy rivojlanishi masalalarini hal qilishga va jismoniy, psixologik sifatlarini tarbiyalashga hamda bolalarning harakatlanish usullarini kengaytirishga yordam beradi, bular texnik-taktik harakatlarni egallab olish uchun juda muhimdir. Biroq yosh voleybolchilarni tanlash va tayyorlashda xalq harakatli o’yinlaridan foydalanish samaraliligini o’rganishga bag’ishlangan maxsus ishlarni adabiyotlardan topa olmadik.

Birinchi bosqichning mantiqiy davomi hisoblangan umumiy tayanch tayyorgarligida, nisbatan ancha murakkab masalalar hal etilishi kerak, mana shu sababli tayyorlash mazmuni muntazam murakkablashib boradi. Rivojlanayotgan organizm xususiyatlarini hisobga olib, shu jumladan, bola organizmi rivojlanishi senativ davrini hisobga olib tayyorgarlik vositalari kamaytirilib borilad.

Yosh voleybolchilarni tayyorlash mazmuniga tezligi, chaqqonligini hamda tezlik-kuchlilik sifatlarini rivojlantirish uchun soddalashtirilgan qoidalar bo’yicha mini-gandbol va mini basketbol mashqlari, o’yin texnikasini va texnik harakatlarni egallab olishni osonlashtiruvchi maxsus sifatlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun tayyorgarlik va yo’naltiruvchi mashqlari, o’quv hamda nazorat o’yinlari kiritiladi.

Qator mutaxassislar mashg’ulotlarga mumkin bo’lgan gimnastik, akrobatik, yengil atletika mashqlarini, shug’ullanuvchilar yoshi va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olish bilan suzish mashqini kiritishni tavsiya etadilar. Ushbu davrda jismoniy tayyorgarlik musobaqalariga o’yin texnikasi, mini-voleybolga (12 yoshli bolalar), voleybolga (18-14 yoshli bolalar) va albatta, voleybol maxsus mashg’ulotlari uchunt bolalarni tanlash masalalariga katta e’tibor berish kerak. Boshlang’ich tayyorlash davrida, o’quv-mashq ishlarini qurish xususiyatlari vosita va metodlarini tanlashda universallik tamoyilidan foydalanish, har bir shug’ullanuvining xususiyatlarini chuqur o’rganish hisoblanadi. Darslar dasturlari asosiy yo’nalishi- o’qitish, uni amalga oshirish jarayoni yosh voleybolchilarni texnik uslublar keng turlariga muvafaqqiyatli o’qitish uchun shart-sharoitlar yaratish va ko’p yillik mashqlar jarayoni keyingi davrlarida maxsus jismoniy tayyorgarligi yuksak darajasiga erishish uchun kerakli asoslar yaratish bilan bog’liq bo’ladi.

O’qitish har bir yildan so’ng yosh sportchilarni tayyorlashga kerakli tuzatishlar kiritiladi, shu jumladan, yillik davrida mashqlar komponentlarini hajmini taqsimlashga va mashg’ulotlar yo’nalganligiga tuzatishlar kiritiladi. Birinchi o’quv yiliga nisbatandigan ikkinchi o’quv yilida umumiy jismoniy tayyorgarligiga ajratiladigan vaqtni qisqartirish hisobiga taktik va integral tayyorgarligi soatlari soni oshirib boriladi. Tayyorlashning ikkinchi yili davomida o’rganilayotgan texnik uslublar hamda taktik harakatlar to’plamini kengaytirish masalasi ham hal etiladi.

O’quv-mashq bajarish guruhlarida talablar yanada oshadi, masalan, yil bo’yicha soatlar hajmi bu yerda 520 soatga yetadi, ya’ni boshlang’ich tayyorgarlik guruhlariga qaraganda 104 soatga ko’p bo’ladi (44,45). Tayyorgarlik turlari hajmlarini taqsimlashda, 25% foizi texnik,28% foizi taktik, 21% foizi integral tayyorgarlikka sarflanadi.

Mualliflarning fikriga ko’ra, yil bo’yicha soatlarni bunday taqsimlash vosita va metodlarini to’g’ri tanlaganda, yosh voleybolchilarni tayyorlashda, ularning yoshi va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olib birinchi bosqichda quyilgan vazifalarni hal etishga imkon beradi. Ularning yoshi va jismoniy qobiliyatlarini hisobga olish tayyorlash strategiyasini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega bo’ladi.

Boshlang’ich va umumiy tayanch tayyorgarligida har tomonlama tayyorlash, yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirib, ularning sport natijalarini o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini hisobga olish kerak (72). Shuning uchun yosh voleybolchilarni tayyorlash birinchi va ikkinchi bosqichlarida foydalaniladigan vositalar tayyorlash uchunchi va to’rtinchi bosqichiga qaraganda, kamroq xosliklarga egaligi boshlang’ich tayyorlash davrining muhim xususiyatlari hisoblanadi. Shu bilan birga boshlang’ich davr uchun yosh voleybolchilarga meyeriy talablar faqat jismoniy va texnik tayyorgarlik bo’yicha ko’zda tutilgan. Faqatgina ancha keyingi bosqichlarida asosan, musobaqalashish faoliyati natijalari bo’yicha taktik harakatlarni baholashdan foydalaniladi.

Mazmunan turli xildagi yugurishlar, sakrashlar, uloqtirish va boshqa harakatlar tashkil etgan o’yinlar harakatli o’yinlar deb ataladi.

Bunday yondashishni to’g’riligiga shubha qilmay, ular pedagogik mazmundagi muammolarni va xalq harakatli o’yinlari ahamiyatini hamda shunga mos – ularni turlarini o’rganishda to’la mosligini, ularga xos alohida xususiyatlari sababli o’zini oqlamasligini ko’ramiz. Yuqorida aytib o’tilgan ishda, xalq harakatli o’yinlarini turlarga ajratish tajribasiga urinib ko’rilgan, uni e’tiborga olmaslik aslo mumkin emas. Raqibi bilan to’qnashmay va u bilan kurashda ishtirok etmay o’yinchilar kurashlari belgisi bo’yicha jamoani (barcha o’yinchilarning birgalikda ishtirok etishi va navbat bilan ishtirok etishi bilan hamda olib boruvchi va olib boruvchisiz, jamoasiz) estafetalarni farq qilish taklif etiladi. Harakatli o’yinlarni ham, harakatlanish harakatlari bo’yicha o’xshatish (taqlid qilish harakatlari bilan), yugurib o’tish, to’siqlardan oshib o’tish, to’p, tayoqchalar va boshqa predmetlar bilan yo’l topish va shu kabilar hatto mustaqil joylarni topish o’yinlari, tayyorgarlik (sportga) o’yinlari turlariga ajratish taklif etiladi.

Boshqa, yanada zamonaviy, bevosita aynan harakatli o’yinlarga bag’ishlangan ishda, ular bizning fikrimizcha, ancha aniq ifodalanadi: «harakatli o’yinlarning o’ziga xos xususiyatlari o’yin mazmunida harakatlarning (turish, sakrash, uloqtirish, to’pni uzatish va ilib olish)yaqqol ifodalangan roli hisoblanadi. Mana shu harakatlanish jarayonlari, uning sugenetik (mavzusi, g’oyalari) asoslanadi, ular o’yin maqsadiga erishish yo’lida qo’yilgan turli to’siqlar va qiyinchiliklarni yengib o’tishga yo’naltiriladi.

I.V.Bileyeva va I.M.Korotkovlar sport o’yinlari harakatli o’yinlar va sport o’yinlari farqlarini ko’rsatadilar. Mualliflar harakatli o’yinlar individual (bir kishilik) va jamoani (guruhli) bo’lishi mumkinligini, bir-biridan shakli, mazmuni va metodik xususiyatlari bo’yicha farq qilishini belgilab ko’rsatadilar. Mualliflar harakatli o’yinlar «jismoniy tarbiya va o’yin metodi vositasi sifatida, jismoniy sifatlarni tarbiyalashga va takomillashtirishga yordam beradi», deb hisoblaydilar. L.V.Bileyeva boshlab V.G.Yakovlev bilan, keyin esa I.M.Korotkov bilan ham mualliflikda, pedagogik turlarga ajratish davomida, ularning murakkablik darajasi, yoshi xususiyatlari, harakatlari asosiy turlari, o’yinda namoyon etiladigan jismoniy sifatlari va shu kabilar bilan farq qilishini taklif etadilar (27). Harakatli o’yinlarni turlarga ajratishga taaluqli turli konsepsiyalar bilan tanishishni yakunlab, ularni maqsadli vazifasi (o’quv, dam olish uchun, davolash maqsadi), yoshi xususiyatlari (maktab yoshi va kattalar uchun) bo’yicha jamoali, jamoasiz va jamoalilarga o’tish, sport, ommaviy o’yinlarga o’tish guruhlariga ajratish mumkinligini ko’rsatuvchi I.M.Korotkovning ishini aytib o’tish kerak. Yuqorida ko’rib o’tilgan ishlar so’zsiz xalq harakatli o’yinlarni turlarga ajratish tamoyillariniishlab chiqishga yordam beruvchi foydali tomonlariga ega.

Biroq tabiiyki, xalq jismoniy madaniyati ma’lum etno-milliylikka mansubligi hodisasi sifatida, o’ziga xos xususiyatlardan kelib chiquvchi ko’plab vaziyatlarni, hisobga olishimizga to’g’ri keladi. Mavjud ijobiy ilmiy tajribalar asosida, amaliy materiallar xususiyatlaridan kelib chiqib, ushbu satrlar mualliflari, ularni turlarga ajratishga yondashishni taklif etadi.


1.2. Yosh voleybolchilarni tayyorlashda jismoniy sifatlarning o’rni va rivojlantirish masalalari

Inson bolalikdan turli yo’nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) tusida rivojlana boradi. Sekin-asta xayotiy zarur harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, to’xtash, osilish va h.) sayqal topadi.

Mutaxassislarning fikriga asosan shu jismoniy sifatlar va xayotiy zarur harakat malakalari harakatli o’yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan.

Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu muammoga har doim ham rejali va ilmiy jixatdan yondoshilmaydi.

Jismoniy mashqlarni to’g’ri qo’llash, ularni bolalar qanday o’zlashtirayotganligini nazorat qilib borish shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-qomati, jismoniy va funksional taraqqiyoti to’g’ri yo’nalishda tarbiyalanib borishga imkon yaratadi.

Ma’lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug’ilishidan boshlab shakllana boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki murakkab harakatlarni o’zlashtirib olishi nafaqat uni o’sib yashab kelayotgan muhitga bog’liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida rivojlantirish bilan belgilanadi.

Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo’nalishi va qanday maqsadga qaratilganligiga (kasb, ro’zg’or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o’rni turlicha bo’ladi. Shunday bo’lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida shu jismoniy sifatlarning integral ahamiyati o’ziga xos ulushga ega bo’ladi. Ammo qanday bo’lmasin, ko’pincha tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jis­moniy sifatlarning ustuvorligi darhol ko’zga tashlanadi.

3amonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog’liqdir.

Har xil sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan musobaqalar mud­dati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o’z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo’lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqappap. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatining si­fat va samaradorlik darajasini ko’p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor - kuchga bo’lgan chidamkorlik, sakrashga bo’lgan chidamkorlik, «texnik–taktik chidamkorlik» va hokazo) qanchalik ri­vojlanganligi bilan belgilanadi.

Ma’lumki, ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so’z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo’lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag’izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o’zida mujassam qilgan bo’ladi. Ushbu sifatlarning o’zaro uzviy bog’liqligi va ularning yuk­sak darajadagi integral natijasi mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.

Maqsadra muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratini shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ylotlarda qo’llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi - reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shug’ullanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqcadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.

Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funksiyasining ikki, bir-biriga uzviy bog’liq tomoniga alohida e’tibor qaratiladi:

- sportchini texnik-taktik malakalarga o’rgatish va ularni ta­komillashtirish;

- sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi xusu­siyatiga muvofiq) ravishda tarbiyalash.

V.N.Platonov (1986)ning fikricha umumiy jismoniy tayyorgar­lik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masa­laga shu tarzda yondoshish omiy inson sog’lig’ini (sportchini ham) shakllantirish nuqtai nazaridan maqcadga muvofiqdir. Albatta, «Katta» sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asos­langan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirishi ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining xos va o’ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko’proq kuch-tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkor­lik sifati yetakchi rolni o’ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egi­luvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo’ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma’lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatning muayyan sport vaziyatida ozmi-ko’pmi, lekin muhim «ulushi» mavjud bo’ladi. (M.A.Godik, 2006; Yu.V.Verxoshanskiy, 1988; Yu.D.Jeleznyak, 1973, 1978, 1988; Yu.D.Jeleznyak, A.V.Ivoylov, 1991; V.M.Zasiorskiy, 1970; L.P.Matveyev, 1999; V.N.Platonov, 1997; M.I.Perelman, 1969; V.P.Filin, 1982; V.Ye.Fomin, 1985 va b).

So’ngi yillarga kelib olimlar o’rtasida malakali sportchilarni tayyorlashda jismoniy tayyorgarlikni o’rni, jumladan jismoniy sifatlarning bir-biriga uzviy bog’liqligi hamda ularni sport mahoratiga bo’lgan ta’siri haqidagi muammolar tobora katta qiziqish uyg’otib bormoqda (; Yu.V. Verxoshanskiy, 1988; V.N.Platonov, 1986; M.A.Godik, 2006; V.P.Filin, 1987, F.A.Kerimov, 2001 va b.)

Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o’zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchining tayyorgarli­giga ijobiy ta’sir etadi (A.B.Gandelsman, K.M.Smirnov, 1966; V.S.Farfel, 1975; V.P.Filin, 1987; M.A.Godik, 1977 va b.).

So’z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyor­lashda, harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir-biriga bog’lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada kuch sifatiga alohida urg’u berish maqsadga muvofiqdir.

Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida kuch sifati xal qiluvchi muhim manba bo’lib hisoblanadi. Bu borada taniqli tadqiqotchi-olim Yu.V.Verxoshanskiy (1985), diqqatni jalb qiluvchi o’ta muhim ma’lumotlarni keltiradi. Chunonchi, sportning yakkakurash turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri - bu o’zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor-kuch asosida ijro etiluvchi murakkab hapakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o’z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatopda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog’liqligi isbotni talab qilmaydi. Yu.V.Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qapaganda, erkin kurash bo’yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3-davrida o’z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat yana shu kurashchilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e’tibor qaratadi. Demak, bundan ko’rinib turibdiki, texnik mahorat samarasini musobaqalar davomida uzoq saqlab turishda maxsus chidamkorlik sifati alohida o’rin egallaydi.

Ma’lumki, maxsus chidamkorlik umumiy chidamkorlik yaxshi rivojlangan holda samarali shakllanishi isbot qilingan.

A.N.Lens (1960) ning fikricha, maxsus chidamkorlikni rivojlantirish uchun kurashchi maxsus texnik mashqarni uzoq vaqt davomida, hatto charchash asoratlari mavjud bo’lganda ham, ijro etishi kerak bo’ladi. Umumiy chidamkorlik o’rtacha shiddatda ko’p hajmli mashqlarni (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yurish va hokazo) surunkasiga bajarish asosida shakllantiriladi.

Voleybolchilarni tayyorlashda va texnik mahoratini shakllantirishda egiluvchanlik sifati ham zarur omillardan biridir. Yuqori darajada rivojlangan egiluvchanlik sportchi tex­nik malakalarni mohirona ijro etishga muyassar bo’ladi. Egiluvchan­lik asta-sekin, uzoq muddatli mashg’ulotlar evaziga shakllanadi. Agar egiluvchanlikni rivojlantirishga oid mashg’ulotlar biroz to’xtatib qo’yilsa, bu sifat keskin yo’qolib ketishi yoki susayishi mumkin.

Voleybolchilarda qo’llaniladigan mashqlar o’z-o’zidan asta-se­kin egiluvchanlikni shakllantirib boradi. Lekin, buni o’zi ushbu sifati to’laqonli rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Bu si­fatni samarali takomillashtirish uchun mushak, pay, bo’g’imlarni quyidagi mashqlar yordamida rivojlantirish zarur: oldinga maksi­mal egilish, orqaga egilish, most xolatida turish va shu mashqlarini sheriklar qarshiligida hamda og’irliklar bilan bajarish.

F.A.Kerimov (2001) uzoq yillar davomida turli yoshdagi va ma­lakaga ega kurashchilar ustida tadqiqotlar o’tkazish natijasida jismoniy sifatlarning texnik mahoratga va musobaqa (olishuv) ja­rayoniga to’g’ridan to’g’ri aloqador ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo’lsa, sport mahorati shunchalik mukammal o’sib boradi.

Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlarning tahliliy sharhi tanlangan mavzuning qanchalik dolzarb ekanligidan dalolat berib turibdi. Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali voleybolchilarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratini samarali shakllanishida beqiyos omil bo’lib hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ilmiy ma’lumotlarning tahliliga ko’ra har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarni samarali rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik-taktik mahoratni shakllanishiga ijobiy ta’sir eta olmasligi mumkin. Aksincha, aksariyat hollarda sport mahoratiga salbiy ta’sir etishi ham ehtimoldan holi emas.

Binobarin, o’quv-trenirovka jarayonida jismoniy tayyorgarlik mashqlarini qo’llash hap bir sportchining yoshi, sport turining xususiyati va sportchining malakasi hamda nasliy imkoniyatlarini e’tiborga olishni taqozo etadi. Shuning uchun malakali sportchilarni tayyorlash masalasi sport trenirovkasi jarayonida muayyan maqsadga yo’naltirilgan jismoniy majmuasidan iborat bo’lishiga undaydi.

Malakali sportchilarni tayyorlashda maqcadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik texnik – taktik mahoratni shakllantirishda va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishda nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida hap doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq hapakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg’ylotlarda qo’llanilgan. U yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko’rsatkichlarni shyg’yllanuvchilar organizmiga ta’sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo’lgan aks javobi-reaksiyasi) obyektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o’quv-trenirovka jarayonida qo’llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar) ning shyg’yllanuvchilar organizmining funksional imkoniyatlariga muvofiqligi e’tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiqligi rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.

Maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari ko’pgina tadqiqotchilar ishlarida va ilmiy adabiyotlarda o’z ifodasini topgan (N.A.Belyayev, 1975; E.A.Sergeyev, 1979; A.M.Naraliyev, 1987; Chan Suan Dong, 1987; Ye.V.Fomin, 1988; O.P.Topыshev, 1988; M.I.Popichev, 1992 va b).

Jumladan, A.M.Naraliyev (1987) vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik-kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivojlantirish imkoniyati afzal ekanligini ko’rsatib o’tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg’ulotlarni musobaqadan 10-12 hafta avval 3 martadan o’tkazib turish lozim bo’ladi.

Chan Suan Dong (1987) o’z tadqiqotlariga asoslangan holda shuni ma’lum qiladiki, voleybolchilarning o’yin samarasini ta’minlovchi maxsus jismoniy sifatlar tayyorgarlik davrining bosqichlarida ikki omil bilan belgilanadi: tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi va tayyorgarlikning aralash omili (tezkorlik va tezkorlik chidamkorligi). 1 bosqichda ularning ulushi 83,3% ga teng. Bunda tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi 1 o’rinda tursa, tezkorlik tayyorgarligi 2 o’rinda turadi. 2 bosqichda 93,2% va 3 bosqichda 100%. Bu bosqichlarda tezkorlik va tezkorlik chidamliligi 1 o’rinda tursa, tezkorlik-kuchlilik tayyorgarligi 2 o’rinda bo’lishi kerak.

E.A.Sergeyev (1979) fikriga ko’ra, tayyorgarlikning dastlabki bosqichida tananing uzunligidan tashqari, sakrovchanlik va chaqqonlik sifatlari ko’rsatgichlari o’ta muhim xisoblanadi. Keyingi bosqichlarda esa tezkorlik, qo’l mushaklari kuchi va diqqatning turg’unligi ustivor ahamiyatga ega bo’ladi.

Voleybol elementlari bilan ko’shib o’tiladigan jismoniy tarbiya darsnii kichik sinf o’quvchilari jismoniy tayyorgarligiga ta’sir etish darajasini o’rganish natijasida Zuoza Aureliyus-Kazis Kazevich (1989) shunday hulosaga keldiki, aniq maqsadga yo’naltirilgan voleybol darslari nafaqat yosh o’quvchilarni tarbiyalashda samarali vosita bo’lib hisoblanadi, balki voleybol tugaragiga dastlabki tanlov asosida qabul qilish va ularning o’yin ixtisosligini bashorat yordamida belgilab olish imkonini beradi.

Sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan yangicha uslubiyatni taklif qilgan M.I.Popichev (1992) bu uslubiyatni yosh voleybolchilarda sinab ko’rdi. U shu voleybolchi bolalarni tana bug’imlarining uzunligiga qarab 4 ta guruhga ajratdi:

1) qisqa boldirli va uzun son va gavdali bolalar;

2) uzun son va gavda qisqa boldirli bolalar;

3) uzun boldirli va qisqa son va bolalar;

4) kalta son va uzun gavdali hamda boldirli bolalar.

Aynan shu morfologik xususiyatlarni e’tiborga olgan holda har bir guruhdagi bolalarni o’ziga hos aksariyat sakrovchanlik mashqlari bilan shug’ullantirdi va ma’lum vaqt o’tganidan so’ng ushbu mashqlar samarasini tekshirib ko’rdi (1 jadval).

O’zoq yillar davomida malakali voleybolchilar sakrovchanligi sakrash chidamkorligining o’sishini kuzatib kelgan M.Boyirbekov (2003) ilmiy va amaliy ahamiyatga ega qator xulosalar qilishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, uning fikricha yuqori malakali voleybolchilar bir o’yin mobaynida zarba berish va to’siq qo’yish uchun 306 martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni ijpo etish uchun eng ko’p marta sakrash 4 partiyaga to’g’ri keladi (142 marta). To’siq qo’yish uchun sakrash (122), zarba berish uchun sakrashdan ko’prok, qaytarilar ekan (113 marta). Kuzatuvlarga ko’ra bitta trenirovka mashg’uloti davomida bajariladigan sakrash soni, bitta musobaqada sakrash sonidan kam ekanligi aniqlangan.

Yuqorida qayd etilganidek o’yin davomida sakrash sifatini nafaqat soni, balki uni qanday balandlikda ijro etilayotganligi katta ahamiyatga egadir. Shuning uchun bu sifatni dastlabki bosqichidan boshlab, samarali mashqlar asosida shakllantirish zarur. Sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini oshirishda nafaqat maxsus maiщlar, balki turli moslama-trenajyorlardan ham foydalanish yaxshi natija beradi.

Masalan: Sakrash tumbasi sakrovchanlikni va sakrash chidamliligini rivojlantiradi. Tumba bo’limlardan iborat bo’lib, uni har hil balandlikka qo’yish mumkin. Asosan sakrovchanlikni oshirishda bajariladigan mashqlar quydagilardan borat. Bir oyoqda va ikki oyoqda depsinib sakrash; sakrab utish; yuoriga sakrash va xujumchi zarbasini bajarishdagi sakrashlar kiradi.
1 jadval


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish