Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi



Download 436,5 Kb.
bet9/14
Sana11.04.2022
Hajmi436,5 Kb.
#541991
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy

DOSTLASHISH ODOBI
Inson uchun do'st kerak. Do'stlari bor odam baxtlidir. Do'st tutinishning ham odobi bor:

  • do'stingizni hurmat qiling;

  • do'stingizdan hech narsani ayamang;

  • do'stingizga sizga qilayotgan yordami uchun rahmat ayting. Siz ham unga har ishda yordam bering.

Dono xalqimizning «Do'st topish oson, lekin uni saqlamoq qiyin» degan maqoliga e'tibor bering. Buning ma'nosini uqib oling va doimo yodda saqlang.
Yusuf xos Hojib do'stlashish odobi haqida shunday deydi: esda tuting!
«Do'st-o'rtoqlarning ko'pi yaxshi. Ularni ko'paytirish —yaxshi xislat».
Savollar:

  1. Do'st bo'lish odobi nimalardan iborat ekan?

  2. Siz kimlar bilan do'stlashgansiz?

Topshiriqlar:

  1. Do'stlaringizning ismlarini ayting va yozing.

  2. Do'stlik haqida aytilgan maqolni yod oling.


IKKI DO'ST






Topshiriq:
Rasmlarga qarab, ikki do'st haqida hikoya tuzing. Bolalarga ismlar qo'yib, hikoyani so'zlab bering.
Savollar:

  1. Ikki do'st qayerga bordi?

  2. Qanday hodisa ro'y berdi?

  1. Bu ikki bolani chin do'stlar deya olamizmi? Nima uchun?

Hikmat:
Og'ir kunda yaragan — chin do'st.


AMIR TEMUR BOBOMIZNING DO'STLIK HAQIDA AYTGANLARI
Do'stlik — barcha boylikdan afzal.
Do'stingni yomon kunda sina.
Do'stlik sinovda bilinadi.
Chin do'st do'stidan hech qachon ranji-maydi. Agar ranjisa ham uzrini qabul qiladi.
Topshiriq:
1. Do'stlik haqida aytilgan hikmatlarni yod oling.
DO'ST
Sitora Rahmonbekova
Do'st degani nima o'zi, Muncha shirin ekan so'zi. Maqtar yaxshi so'zimni, Qilgan ezgu ishimni. Bilmay yolg'on so'zlasam, Biror foyda ko'zlasam.
Bu bo’limni o’tishda o’qituvchi interfaol metodlar yordamida o’quvchilarga milliy-ma’naviy qadriyatlar singdiriladi.
4 – sinf o’quvchilariga “Odobnoma” darsida “Merosimiz -Faxrimiz” bo’limini o’rgatishda;
Qo'shiq inson ruhiyatiga ta'sir etuvchi muhim ma'naviy ozu-qadir. "Qo'shiq" atamasi turkiy "qo'shmoq" fe'lining o'zagidan yasalgan bo'lib, misraga misrani qo'shib kuylashni, aytish ma'nolarini anglatadi.
Qo'shiq mazmuni, aytilish o'rni, usuli va vazifasiga qarab ham turlarga bo'linadi. Masalan, mehnat qilish paytida, ishlayotganlar tomonidan ijro etilib, mazmunan mehnat jarayoni bilan bog'liq bo'lsa, bunday qo'shiqlar mehnat qo'shiqlari de-yiladi.
Yoki insonning ko'ngil kechinmalari ifodalansa, unday qo'shiqlar lirik qo'shiqlar deyiladi.
Xalq qo'shiqlarida mehnatkash xalqning ruhiy kechinmalari, dunyoqarashi aks etadi.
Qo'shiqlar kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevar-lik va elparvarlikka, vatanparvarlik va do'stlikka, sadoqatga chaqiradi. Inson hayoti davomida qo'shiqning o'rni juda katta. U kishi qalbini yumshatadi, ezgu ishlar sari yetaklaydi, ba'zan ayrim muammolar yechilishiga ham sabab bo'ladi. Qo'shiq ta'sirida sog'lig'i yaxshilangan bemorlar ham ko'plab topiladi. Shuning uchun ham bobo-momolarimiz qo'shiqni qadrlaganlar va asrlar osha avlodlarga meros qilib qoldirganlar.
O'zbek xalqining dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan bog'liq qo'shiqlari mavjud bo'lib, ular o'ta qadimiyligi bilan qimmatlidir.
Don yanchishda:
Mayda-mayda, mayda qil, maydayo-mayda, Qopda turgan unday qil, maydayo-mayda. Bui maydani bo'lgan so'ng, maydayo-mayda, O'tli, suvli soyda bo'l, maydayo-mayda.
Maydalar qil, ko'raylik, maydayo-mayda, Shoxingga gul taqaylik, maydayo-mayda. Shoxingdagi gullarni, maydayo-mayda, Yaxshilikda ko'raylik, maydayo-mayda.
Yoki qo'y sog'ishda:
Esli molim-oqilim, turey-turey, Yelkamdagi kokilim, turey-turey. Shuncha molning ichida, turey-turey, Bog'da ochilgan gulim, turey-turey.
O'zbeklar orasida gilam, sholcha to'qish keng tarqalgan bo'lib, ana shu mehnat jarayonida quyidagicha qo'shiqlar aytilgan:
O'rmagimni to'qiyman, Kecha-kunduz to'qiyman. Qachon tamom bo'ladi, Deb ashula to'qiyman.
Keyinchalik xalq qo'shiqlari musiqa asboblari jo'rligida kuyla-na boshlangan. Qo'shiqlaming kuylar jo'rligida ijro etilishi unga alohida joziba bag'ishlaydi va tinglovchiga ta'siri kuchliroq bo'ladi. O'zbek milliy musiqa asboblari qatoriga dutor, rubob, nay, g'ijjak, doira kabilar kiradi.
Dutor - chertma torli xalq cholg'u asbobi. O'rta Osiyo va Sharqiy Tur-kistonda keng tarqalgan. Asosan tut yog'ochidan yasaladi. Hozirda o'rik, yong'oq yog'ochlaridan ham ish-lanmoqda. Xalq orasida "To'rg'ay", "Farg'onacha", "Tanovar", "Rohat", "Munojot", "Jigarpora", "Suvora", "Dilxiroj", "Chertmak", "Sha-foat", "Qo'shtor" kabi maxsus dutor kuylari yaratilgan.
Rubob - torli cholg'u asbobi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Sharq xalqlari: o'zbek, tojik, uyg'urlar orasida keng tarqalgan. Asosan uch xili mavjud: qashqar rubobi, afg'on rubobi va pomir rubobi.
Nay - puflab chalinadigan musiqa asbobi. Sharq xalqlarida keng tarqalgan. Nay bo'ylamasiga va yonlamasiga ushlab chalinadigan turlarga bo'linadi. Nayning eiig qadimgi turi cho'pon nayidir. U bo'ylamasiga chalinadi. Sozandalar o'rtasida ko'proq yonlamasiga ushlab chalinadigan naylar tarqalgan.
G'ijjak - torli, kamonli soz. O'zbek, tojik, turkman, uy-g'urlarda keng tarqalgan.
Doira (childirma, chirmanda) - o'zbek, tojik, uyg'ur va boshqa Sharq xalqlarining zarb-usul sozi. Gardishi tok zangidan, yong'oq, o'rik yog'ochidan yasaladi, gardishi ustidan bir tomonlama teri qoplanadi. Ich tomoniga halqachalar osiladi.
Yurtimizda xalq e'tiborini qozongan, uning qalb to'ridan joy olgan san'atkorlar juda ko'p. Biri qo'shiqchilik sohasida shuhrat qozongan bo'lsa, boshqa birlari raqs san'ati bilan e'tibor top-gan, yana birlari opera va balet yulduzi bo'lsa, yana boshqa biri dramatik yoki kinoaktyor sifatida o'zini namoyon etgandir. Xalqimizning ularga mehri bo'lakcha. Chunki xalq san'atkordan, uning san'ati sehridan kuch, ma'naviy ozuqa oladi. Shuning uchun ham xalq orasida "San'atkor - qalb chirog'i" degan ibora yuradi.


Xalq e'tirofini topgan san'atkorlarimizdan Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Abror Hidoyatov, Soyib Xo'jayev, Komiljon Otaniyozov, Yunus Rajabiy, Halima Nosirova, Botir Zokirov, Olim Xo'jayev, Sora Eshonto'rayeva, Hamza Umarov kabilaming nomlarini iftixor bilan tilga olamiz. Ulardan ayrimlari bilan tanishing.



Download 436,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish