Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy
Birinchidan o’quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi;
Ikkinchidan oiladagi muhit, sharoit;
Uchinchidan har bir o’quvchining individual xususiyati;
To’rtinchidan dunyoqarashi;
Beshinchidan qiziqishi;
Oltinchidan ma’lumotlarni qabul qila olish va uni qayta ishlash ko’nikmasining shakllanganligi;
O’quvchilarni o’z ustida ishlashni o’rgatishda mustaqil faoliyat yuritish ko’nikmasini shakllantirish lozim. Mustaqil ishlarni tashkil yetish va uni ilmiy metodik jihatdan samarali boshqarish ta’lim-tarbiya jarayonida, yosh avlodni har tomonlama kamol topishda, istagi bilan ongli ravishda o’qishi, tadbirlarda ishtirok etishi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Unda milliy qadriyatdan foydalanish yaxshi samara beradi.
O’quvchilar biron mavzuni mustaqil holda atroflicha o’rganib, mavzu bo’yicha fikr-mulohazalarni aniq, me’yoriga yetkazib bayon yetishda milliy qadriyatlardan keng foydalanish har bir pedagogning beradigan ilmiy-metodik yo’lanmasi alohida ahamiyat kasb yetadi, chunki yoshlar tafakkurini boyitishda o’qituvchi doimo yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni mustaqil ravishda dars topshiriqlarini bajarishga uyga vazifani o’zlari bajarishi, mustaqil ravishda rasm qalamlarni to’g’irlash, ranglarni tanlay olish, qarorlar qabul qilishi tashabbus bilan chiqishiga o’rgatib boriladi.
O’quvchilarda mustaqil fikrni shakllantirishda odobnoma va o’qish kabi fanlarning o’rnini alohida ta’kidlash kerak. O’quvchilar ushbu darslarda bolalarga xos xayol og’ushida milliy qadriyatlarimiz bilan bevosita va bilvosita topishib boradi.
Shuni unitmaslik kerakki, o’quvchilarda mustaqil fikr – mulohaza qobiliyatlarini dialektik holda rivojlantirishda ularga beriladigan muammoli savollarning mantiqiy aniq va tushunarli bo’lishi ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim rol o’ynaydi.
Zamonaviy, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash xususida gap borar yekan, Prezident Islom Karimov, «Tarbiyachilarning o’ziga zamonaviy bilim berish ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz… O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiyning o’zi anna shunday bilimlarga yega bo’lishi kerak» deb ko’rsatadi [17]. Ta’lim tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarini MMQ bilan qurollantirishda ularga nisbatan ongli yondashuvni amalga oshirmay turib, ta’limni samarali boshqarish, o’qitish qiyin. O’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishni faollashtirib borishda yeng samarali yo’l dars jarayonini qiziqarli qilib tashkillashtirishdir. Bunda birinchi navbatda o’quvchilar ongiga mos keladigan ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ikkinchi navbatda uni o’zlashtirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish kerak.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarga Fan mazmun mohiyatini singdirishda ota-bobolarimiz tomonidan bularga meros qilib qadirlangan ulkan boy-ma’naviy manbadan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’yish zarur bo’ladi.
Shuni alohida qayd yetish lozimki, biz ushbu BMI da boshlang’ich sinf o’quvchilarga milliy - ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali ularda insoniy fazilatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda ota-bobolar me’rosiga jiddiy yondashuvi amalga oshiriladi.
Bunda:
- qadriyatlarning mazmuni;
- milliy-ma’naviy qadriyatlar tizimi;
- milliy-ma’naviy qadriyatlarni ahamiyati;
- milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirish talab qilinadi. Chunki yuqorida qayd yetilganlarni hisobga olmasdan turib, maktab o’quvchilarini milliy qadriyatlarga qiziqtirib bo’lmaydi. Demak birinchi navbatda o’qituvchini tayyorgarligi yaxshi bo’lishi kerak boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy qadriyatlarni odobnoma va o’qish darslarida o’rgatish tizimi bo’yicha quyidagi takliflarni keltiramiz.
Barkamol avlod dasturini amalga oshirishda boshlang’ich ta’limning o’ziga xos xususiyati bor. Bunda biz o’tmishimizga tegishli bo’lgan boy milliy merosimiz namoyandalari Abu Nosr Farobiy, Hoja Bahouddin Naqshbandiy, al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Alisher Navoiy kabi buyuk daholarning pand-nasixatlariga tayanamiz. Komil inson tarbiyasi ham buyuk siymolarning diqqat e’tibori markazida turgan muammolardan biri bo’lgan. Bunga isbot sifatida birgina Abu Nosir Farobiyning «Fozil odamlar shahri» nomli asaridagi g’oyaning o’zi yetarli yoki Sohibo’iron Amir Temur bobomiz tomonidan butun dunyoga ma’lum bo’lgan sharoit barkamol avlod tarbiyasiga ye’tiborning yorqin dalillaridir.
Demak, mamlakatimiz xalqlari milliy qadriyatimizni ulug’lovchi urf – odatlaridagi, mafkurasidagi ma’roifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati xullas komil inson bo’lishga harakat qilish jarayoni bir necha ming yillik tarixga yega. Respublika o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. «Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir – birini tan olish bir – birini qadirlash asosida mamlakat fuqorolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham anna shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, anna shu umumiy mezonlar asosida yashashdir».[8,9] Mustaqillik tufayli yesa boy o’tmishimizni o’rganishga keng yo’l ochildi.
Yuqorida nomlari tilga olingan ulug’ bobolarimizning yurt tinchligi, Vatan taraqqiyoti yo’lida va xalq farovonligi haqidagi, shuningdek Komil inson to’g’risidagi ta’limotlari, ularning yuksak ma’naviyatli kishilar yekanligiga shubha qolmaydi. Demak biz mustaqilligimiz va barkamol avlod tarbiyasiga ham to’liq javobgarligimiz va bunga to’liq ma’naviy asosimiz bor.
Ajdodlarimiz orzusini ye’tiborga olgan yurtboshimiz bu borada jahonshumul ahamiyatga yega bo’lgan ishlarni amalga oshirmoqdalar. Jumladan, «Taraqqiyotning o’zbek modeli» ya’ni yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh qilishning ilmiy asoslangan bosh tamoyili yoki bevosita barkamol avlod tarbiyasiga tegishli bo’lgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning 1997 yil 29 – avgustda qabul qilinishi ota-bobolarimiz yezgu –niyatlarini amalga oshirish yo’lidagi buyuk qadam dea olamiz.
Bugungi kunda “Barkamol avlod dasturi”ning o’z vaqtida qabul qilinganligi ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yosh avlodning har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishda milliy-ma’naviy qadriyatlar dasturul amal bo’lib xizmat qiladi.
Bular:
- barkamol avlod orzusini amalga oshirish;
- orzuga erishish maqsadi va vazifalarini to’g’ri belgilash;
- orzuga yerishmoq yo’li bo’yicha tushunchalar berish;
- uzluksiz ta’lim tizimini to’liq amalga oshirish;
- kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari;
- kadrlar tayyorlash milliy dasturi milliy modeli;
- milliy modelni amalda joriy yetish yo’llari;
- raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashga erishish.
Albatta bu qayd yetilgan ketma – ketlik orqali yosh avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirishga erishiladi.
Shuning bilan birga Respublikamiz ma’naviya va ma’rifat kengashi ham barkamol avlod tarbiyasi mafkurasini xaqimiz qalbi va ongiga singdirish borasida o’z Amaliy ishlarini muvofiqlashtiribborsa, Ushbu yo’nalishdagi ishlar yanada rivojlanar yedi. Jumladan, inson huquqlari milliy markazi, ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy-amaliy markazi, faylasuflar milliy jamiyati, ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar o’z ish faoliyatlarini barkamol avlod tarbiyasi bilan uyg’un holda tashkil etib borsa barkamol avlod tarbiyasida qayta yutuqlarga erishish mumkin.
Milliy qadiriyatlar o’rganish o’zlikni anglashning asosiy bosqichlaridan biri bo’lib, ularni o’rganishning bir qancha uslublari mavjud. Jumladan: oila tarbiyasi – yo’nalishida halqimizning boy tajribasi o’rganilgan. Vatanparvarlik yo’nalishida halqimizning buyuk siymolari faoliyati, ularning yel oldidagi xizmatlari ko’rsatilgan va shunga o’xshsh milliy qadriyatlar o’rganib chiqilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiyada yesa KTMD da qayd yetilganidek «O’quv uslubiy majmualarining ham ta’lim jarayoni didaktik va axborat ta’limotining Yangi avlodini ishlab chiqi shva joriy yetish », axborat bazasini yaratish va ular orasida ta’lim berish dolzarb muammodi. Ma’lumki XXI asr intellektual salohiyatni yuksaltirish asri bo’lib, u halq ho’jaligi tarmog’ining barcha sohalariga o’z informasion texnologiyalari bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan ta’lim sohasida ham yangi zamonaviy axborot va telekomunikasion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Inson tafakkuri har ishga qodir. Shuning uchun ham yeng asosiy muammolarni ijodkor o’z tafakkuri orqali yechishga harak qiladi va bunda kompyuterlar qo’yilgan maqsadga tezroq va qulayroq usul bilan yetib olishga imkoniyat yaratadi. Mana shu holatni inobatga olgan holda o’z izlanishlarimizda kompyuterlardan kengroq foydalanish tizimini yo’lga qo’yishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirishda, ayniqsa boshlang’ich ta’limda har tomonlama qiziqarli usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bizlarga berilgan keng imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib, yoshlarni barkomol avlod darajasiga ko’tarishda, o’qituvchining pedagogik mahoratga va pedagogik qobiliyatga ega ekanligi muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Milliy-ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma va o’qish darslarida singdirish borasida bir qancha ishlar amalga oshiriladi. Undan foydalanib dars mazmunini boyitish texnologiyasi to’g’risida keyingi bobda alhida to’xtalib o’tamiz.