Bog'liq O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi abdulla qodiriy
II BOB. BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA MILLIY-QADRIYATLARNI SINGDIRISH TEXNOLOGIYASI 2.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma darslari orqali milliy-ma’naviy qadriyatlarni singdirish. Bugungi kunda ta’lim – tarbiya jarayonida shunday islohatlar amalga oshirilmoqdaki uni ko’z bilan ko’rib qalb bilan his yetish kerak. O’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh valodga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Bundan ko’zlangan maqsad shundan iboratki, bugungi kunning yoshlari ertangi kun davlatimizni ravnaqiga xizmat qiladigan uning buyukligini yanada yuqoriga ko’taradigan, ota-bobolarimiz tomonidan bizlarga qoldirgan ulkan boy ma’naviy merosini boyitib, sayqal berib, takomillashtirib kelgusi avlodlarga yetkazib beradigan shaxs qilib tarbiyalash kerak. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoitlar, o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, shaxs qilib voyaga yetkazishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham biz milliy – ma’naviy qadriyatlarni odobnoma darslari orqali o’quvchilar ongiga singdirish o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi degan fikrlarni olg’a surib, undan keng foydalanish tizimini quyidagicha ifodalaymiz:
oiladagi tayyorgarligi;
ota-onaning pedagogik tayyorgarligi;
aka-opalarini yordam berish imkoniyati;
qo’shimcha adabiyotlar bilan taminlanganligi;
maktabga moslashuv davri;
o’qituvchining mahorati;
boshlang’ich ta’limda tarbiyaviy ishlarning to’g’ri yo’lga qo’yilishi bilan ifodalanadi.
Milliy ma’naviy qadriyatlarning yoshlar ongida tarkib topishida oiladagi munosabatlar eng asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Bunda oilada, oila a’zolari tomonidan bir-biri bilan bo’layotgan muloqat jarayonida yoshlar ularni o’zlarida aks yettirishga harakat qiladi. Qachonki oilada sharqona munosabatlar to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bola tarbiyasiga jiddiy qarab ularni sharqona nafosat doirasida tarbiyalashga harakat qilinsa, o’z-o’zidan bolalarda milliy-ma’naviy qadriyatlar shakllanadi.
Ota-onalar bolalarni psixologik nuqtaiy nazardan maktabga to’g’ri yo’naltira olsa bolalar maktabga o’ziga xos bir olam qadam qo’yadilar.
Oilada bolalarga:
endi sen katta bola bo’lding;
bugundan boshlab o’quvchi bo’lasan;
endi sening o’zingning sumkang bo’ladi;
bugundan boshlab senda ham kitob, qalam bo’ladi;
kitoblarda hali eshitmagan yertaklar bor ularni o’qiysan;
qalam, flamaster, plastilinlardan har xil narsalarni yasashni o’rgatishini;
qushlar, baliqlar, hayvonlarning turlarini qayerda yashashi mumkinligini bilishini;
maktabning eng yaxshi ta’lim maskani ekanligini;
maktabda bolalarni o’qituvchilar yaxshi kutib olishini;
maktabda bolalar bilmagan narsalarni o’qituvchilar o’rgatishini;
maktabda har xil o’yinlar tashkil qilinishini;
maktabda juda ko’plab o’rtoqlar ortirishib do’stlashishini;
endi sen eng yaxshi o’quvchi bo’lasan;
maktabda o’quvchilarga har xil topshiriqlar berilishini;
topishmoq topishda eng topqir o’zi bo’lishini;
eng asosiysi, endi sen bizni o’zingni a’lo hulqing va a’lo bahong bilan quvontirasan deb bolalarni maqtab tayyorlash kerak.
Ma’lumki, yuqorida qayd yetilgan olimlar bolalarga to’g’ri tushuntirilsa ular doimo uni bajaradi. Shundan xulosa qilish mumkinki, har bir ota ona o’z farzandlarini maktab quchog’iga yuborishda ularning qalbida eng ezgu tuyg’ular paydo bo’lishiga yordam berishi kerak.
Ona tarbiyasidan ilk bora maktabga kelgan bola o’z qarshisida turgan ustozini hamma narsani bilar ekan deb o’ylaydi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolalar bilan ishlash jarayonida xatoga yo’l qo’ymasdan, o’quvchilar ishonchini to’liq oqlashi kerak bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarga milliy – ma’naviy qadriyatlarni singdirishda bugungi kunning yeng ilg’or, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish kerak. Buning uchun biz zamonaviy pedagogik texnologiya fanining mazmun mohiyatini anglab olishimiz zarur.