USTOZLAR
(P.Mo’min she’ri)
Mehir nurin yog’ar doim ko’zingizdan, ustozlar,
Yursam deyman shu tabarruk izingizdan, ustozlar.
Chin insonlik kitobiga baxtu hikmat bitibsiz,
Odob ila bilim oldim – so’zingizdan, ustozlar.
Qalbingizning yo’q g’ubori, mehribonsiz shunchalar,
Quyosh olmish haroratin yuzingizdan, ustozlar.
Fan bog’bonining bog’bonisiz, chorog’bonsiz ko’ngilga,
Ming yextirom o’g’lingizdan, qizingizdan, ustozlar.
Joy oldingiz bir umurga shogird yurak to’ridan,
Mo’min hayot darsin o’qir o’zingizdan, ustozlar.
Yurtimizning ajoyib shoiri P.Mo’min yuqoridagi baytlarida ustozga hurmat va ehtirom bilan o’zining his tuyg’ularini ifoda etgan. Bugungi kunda ham ustoz shoir tomonidan e’tirof etilgan muallimlar yoshlarga qunt bilan saboq berib ularni ota-bobolarimizning ulkan boy ma’naviy me’rosiga yetaklab bormoqdalar.
Boshlang’ich sinflarda o’tiladigan o’qish darslariga ya’ni o’qish va nutq o’stirish darsiga 68 soat ajratilgan. Shundan “O’zbekiston Vatanim manim” bo’limiga 12 soat ajratilgan bo’lib ushbu bo’limda o’quvchilarga barcha quvonch – shodlik baxsh etuvchi ona maskanimiz O’zbekiston ekani haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Bu bo’limda qayd qilingan, tanlangan asarlar o’quvchida ona Vatan oldidagi burch va vazifalarni anglashlarini taminlashga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda Ona Vatanga muhabbat hissini tarbiyalaydi.
Ushbu bo’limda quyidagi mavzular o’z aksini topgan.
Po’lat Mo’minning Vatan bu... deb nomlanadigan she’ri berilgan
Vatan deganda bu-
Yuark deganim,
Yurakka Vatanim
Kerak deganim.
Vatan deganim bu -
Yurak deganim,
Birov-birovga
Kerak deganim.
Aslida Vatan bu –
Tug’ilgan joyim,
Birinchi qadamim
Yotgan qo’rg’onim deb nomlangan she’r bilan boshlanadi. Bunday matn orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida qanday qilib milliy-ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish mumkin.
Buning uchun birinchi navbatda o’qituvchi tomonidan she’r ifodali o’qib eshittiriladi. Shundan so’ng esa nima uchun Vatan – yurak, degani ekaniga to’xtalib o’quvchilarda unga nisbatan ezgu tuyg’ularni shakllantirish yo’lga qo’yimladi.
Anashundan keyin shu darslikning 7 – betida “Buyuklar Vatani” degan mavzu berilgan.
O’zbekiston – buyuklar Vatani.
Buyuk Amir Temur bu yurtning har qarich yerini e’zozlagan. Uni oyoq osti qilganlarini yurtdan quvib chiqargan. Ulug’bek bobomiz Vatan osmonidagi yulduzlarni o’rgangan. U kishi koyinot ilmini yaratgan.
Alisher Navoiy yurtimiz go’zalligini she’rlarda ifoda etgan. Bu yurt – shunday allomalar yurti.
Bu matn orqali o’quvchilarga P.Mo’min tomonidan yozilgan “Vatan bu ...” she’ridagi go’zal tuyg’ular ifodasining davolash sifatida Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, buyuk bobolarga hurmat ehtirom qay tarzda ifoda etilishi yoritiladi.
bizlar kimlarni buyuk bobolar deb ataymiz?
Amir Temur kim bo’lgan?
A.Temur yurtidan kimlarni quvib chiqargan?
Alisher Navoiy yurt go’zalligini nimalarda ifodalagan?
Kim A.Temur bobomizdek bo’lishini istaydi?
A.Navoiy bobomizdek buyuk shoir bo’lishni kim istamaydi?
Kabi savollarga javoblar orqali o’quvchilarda Vatanga va uning buyuk o’g’lonlariga e’tiqod, hurmat, muhabbat his tuyg’usi paydo bo’ladi.
Birinchi sinflarga mo’ljallangan ushbu o’qish kitobining 8-betida Odil Abdurahmonovning “O’zbekiston askarlari” degan she’ri berilgan.
Mustaqil o’z yurtida,
Pasbon erur askarlar.
Faxirlanib qo’rishar,
Vatanini askarlar.
Jismoniy ta’lim erur,
Jangovorlik mash’ali.
Chiqar erta o’zbekning,
Generali, marshali.
Ushbu she’rni mazmun – mohiyatini birinchi sinf o’quvchilariga tushuntirishda ularga yurt to’g’risida, mustaqillik to’g’risida, posbon to’g’risida, askarlar to’g’risida, jangavorlik to’g’risida, General, marshal unvonlari to’g’risida ularning ongiga mos tarzda tushuntirish ishlarini olib borib, ana undan keyin matni o’qib bersa, bolalarga yaxshi tushunarli bo’ladi.
Bu matnni tushuntirish orqali qanday qilib, milliy – ma’naviy qadriyatlar birinchi sinf o’quvchilariga singdiriladi.
Bolalar kim o’z uyini yaxshi ko’rsa qo’l ko’tarsin. Demak biz hammamiz o’z uyimizni yaxshi ko’rar ekanmizda. Bizning uyimiz o’z Vatanimiz. Uyimizdagi har bir narsa biz uchun qadirli. Demak uni biz qo’riqlaymizmi? – ha, demak sizlar haqiqiy posbonsizlar. Hozircha uyni qo’riqlaymiz, ertaga katta yigit bo’lib voyaga yetgach biz qayerni qo’riqlaymiz ekan? Vatanni!
Mana shunday chaqiriqlarga labbay deb javob berayotgan farzandlar qalbida qanday his-tuyg’ular kechayotganini ifodalash judayam qiyin. Bunday his-tuyg’ular shak-shuhasiz qadriyatlarga nisbatan mehrni oshiradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy ma’naviy qadriyatlar ruxida tarbiyalashda boshlang’ich sinf o’qituvchisining ijodkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarni asil o’zbek o’g’lonlari qilib tarbiyalashda faqatgina darsliklarda berilgan manbalarga suyanib qolmasdan axborot va telekomunikasiya imkoniyatlaridan foydalanishlari kerak bo’ladi. Bunda albatta bolalar uchun tayyorlanayotgan ko’rsatuvlardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Misol uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarini vatanparvarlik ruxida tarbiyalashda Sh.Yormatov raxbarligidagi bolalar xor ansambili nomoyish etib kelayotgan bir qator qo’shiqlardan foydalanish orqali yoshlarda Vatanparvarlik tarbiyasi bilan bir qatorda:
o’z xalqiga xurmat;
milliy qadriyatlarga e’tiqod;
nafislik;
ijodkorlik;
oilaga bo’lgan munosabat;
o’rtog’iga bo’lgan munosabat;
mehnatsevarlik;
do’stlik kabi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy-ma’naviy qadriyatlarni o’rgatish texnologiyasi to’g’risida fikr yuritdik. Biz tomondan taklif qilingan texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonida o’z samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |