Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti



Download 0,75 Mb.
bet2/26
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#790235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti fizika-


«Agar bolalar erkin fikrlashni


o‘rganmasa, berilgan ta’lim
samarasi past bo‘lishi muqarrar»
I.A.Karimov
KIRISH
Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologiya rivoji asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimining amal qilishiga erishishdir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “Ta’lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv –tajriba jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash” umumiy o‘rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan edi [1]
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz forovonligini yuksaltirishdir” mavzusidagi Vazirlar mahkamasining majlisidagi nutqida: “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz”,- degan edi[3].
Birinchi Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta e’tibor ta’lim tizimini va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, ta’lim tizimining barcha shakldagi muassasalarida ta’lim jarayonini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy uslubiyat bilan amalda ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga ko‘ra fan, texnika va ilg‘or texnologiya yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.[1]
Ma’lumki, qiziqishsiz olingan bilim foydali hisoblanmaydi. Shuning uchun ham o’qishga qiziqishni tarbiyalash didaktikada qiyin va muhim masalalardan biri bo’lib kelgan va hozirda ham shunday bo’lib qolmoqda.
Didaktik o’yinlar pedagogolarning ishlarida yetarlicha darajada o’rganilgan. Ammo, baribir hozirgi kunda ham ba’zi bir masalalar o’z yechimini topmagan. Ulardan eng asosiysi –bu turg’un qiziqishni uyg’otishdir.
Xususan o’quvchilarning matematika kabi o’quv predmetiga qiziqishi pasaymoqda. Bu o’quv predmeti o’quvchilar tomonidan zerikarli va qiziqarsiz qabul qilinmoqda. Shuning uchun ham o’qituvchilar tomonidan o’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtiradigan va ularda bilish qiziqishini shakllantiradigan matematikani o’qitish metod va shakllarini qidirish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.
Olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, o’quvchilarning matematikani o’rganishga qiziqishlarini rivojlantirishda matematika bo’yicha dars jarayoni muhim rol o’ynar ekan. Matematika bo’yicha dars jarayoni va uni tashkil etishning turli xil shakllari orqali qiziqishni shakllantirish kabi o’qitish masalalarini amalga oshirishda kuchli vosita hisoblanadi. Matematika bo’yicha dars jarayonida ana shunday shakllaridan biri bu matematik o’yin hisoblanadi.
Matematik o’yin emotsionalligi bilan dars jarayoni va to’garak mashg’ulotlarda o’qiuvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi va olgan bilimlarini mustahkamlaydi.
Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, matematik o’yinlarni tashkil etish va o’tkazish qiyin bo’lganligi sababli, u matematika bo’yicha dars jarayoni sifatida ahyon-ahyonda qo’llaniladi. Buning natijasida matematika bo’yicha dars jarayoni matematik o’yinlarni qo’llashning boy ta’limiy, nazorat qiluvchi va tarbiyaviy imkoniyatlari ( xususan bilish, bilimini mustahkamlash, qiziqishini rivojlantirish imkoniyatlari) yetarlicha amalga oshirilmaydi.
Matematik o’yin o’quvchilarning matematikaga qiziqishini rivojlantirishning samarali vositasi bo’lib hisoblanadimi? Bu ushbu bitiruv malakaviy ish mavzusi muammosini belgilaydi.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish