Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat Madaniyat instituti



Download 180,82 Kb.
bet24/25
Sana15.05.2023
Hajmi180,82 Kb.
#939012
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
e0792ba771eef2c118123e6e109e2ba0 Ijtimoiy siyosa

Birinchidan, O‘zbekiston agrar mamlakat bo‘lib, buning ko‘pgina hududlarda ishlab chiqishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda.
Ikkinchidan, mamlakat aholisining 70% qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko‘pligiga sababchi bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo‘yadi.
Uchinchidan, mamlakat aholisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi.
Albatta, mustaqillikdan keyingi yillar O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga o‘z taraqqiyot modeli bilan kirib bora olish salohiyati mavjudligini ko‘rsatdi.
O‘zbekiston Respublikasining oxirgi yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari mamlakatda ijtimoiy kafolatlarning barqarorlashib borayotganini ko‘rsatadi. Iqtisodiy islohotlarning ustuvor vazifalarini bajarish hamda inson manfaatlarini ko‘zlab muayyan tadbirlar dasturlarini izchillik bilan amalga oshirib borilishi ma’lum darajada ijtimoiy kafolatlar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning keskin yuzaga chiqishining oldini oladi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lumoticha, dunyo bo‘yicha 1950-yilda 60 yoshdan oshganlar soni 1,888 million, 1970 -yilda 921 million, 1985 -yilda 407 million kishi bo‘lgan. Taxminlarga qaraganda, 2000-yilda ular 685 million kishini tashkil etgan.15 Shuning o‘zidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, 50 yil ichida qariyalar soni deyarlik uch barobar kamaygan. Bunday holat so‘nggi yillarda keksalar o‘rtasida turli xastalik va salbiy holatlarning ko‘payib ketayotganidan, shu tufayli ularning umri qisqarib borayotganligidan dalolat beradi. SHu nuqtai nazardan qaraganda Respulikamizda ham qariyalarni qadrlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning eng kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalaridan biri bo‘lib turibdi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning besh asosiy tamoyili asosida Respublikamizda ichki mahsulot hajmining aholi jon boshiga oshib borishi mamlakatda ijtimoiy himoya tizimining barqarorlashishiga zamin hozirlaydi. Chunki ichki imkoniyat bu borada real rivojlanishga asos bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning o‘sishi hamda budjet, soliq, pul-kredit siyosatining izchil o‘tkazilishi natijasida erishilgan talab va takliflarning maqbul muvozanati sababli inflatsiya sur’ati pasayadi. Demak, ichki ishlab chiqarishning o‘sib borishi avvalo iqtisodiy rivojlanishga, qolaversa ijtimoiy muhofazaga imkon yaratadi. Bu esa qishloq joylarda, birinchi, galda, tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesning jadal rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoit va kafolatlarni yaratish, dehqon fermer ho‘jaliklari faoliyatining samaradorligini oshirish orqali yangi-yangi ish joylarini tashkil etish va


15 Qarang: Tolipov Sh. Qariyalarning ijtimoiy-psixologik muammolari. // Sahovat, 2002, 2-son. 29-bet.
yoshlarni ish bilan ta’minlash kabi sohalarga kuchli e’tibor qaratishni talab etadi. Zero, bu mamlakatda aholi turmush darajasining ko‘tarilishini ta’minlaydi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatida ijtimoiy himoya tizimi muhim o‘rin tutadi. Bu esa o‘z navbatida islohotlarni yanada chuqurlashtirishni va uning borishida amaliy natijalarga ko‘proq erishishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yili ish haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida ikki marotalab chiqargan Farmonlari ham Respublika aholisining turmush darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ijtimoiy madaniy turmush sharoitini yanada farovon etish maqsadiga qaratilgandir.
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan ko‘pgina jamg‘armalar jamiyatini rivojlantirish ishiga o‘z imkoniyatlari darajasida faol ishtirok etib kelmoqda. 2007-yil “Ijtimoiy himoya”yili dasturi bo‘yicha ham ancha jamoat tashkilotlari va siyosiy institutlar o‘zlarining yillik ish rejalarini ishlab chiqqan. SHunga ko‘ra Respublikamizning turli chekka viloyat, shahar, tuman va ovullarida ijtimoiy yordamga muhtojlarga maqsadli va manzilli yordam berilmoqda. Prezident tomonidan 1994-yildayoq shunday g‘oya ilgari surilgan edi: “Bunday kerakli va savobli maqsadlarni amalga oshirishda biz aholining o‘zini-o‘zi boshqarish tizimiga, bugungi hayotimizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan mahalla va ijtimoiy fondlarga suyanib ishlashga qaror qildik”42
Yana bir bor takidlaymizki, demokratik huquqiy jamiyatda davlat muvofiqlashtiruvchi kuchga aylanadi. Davlatning bu funksiyasi bizning tadqiqot obyektimiz bo‘lgan ijtimoiy siyosat masalasiga bevosita tegishlidir. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston jamiyatida keskin tabaqalanish bo‘lishiga qarshi o‘laroq, “halol va tashabbuskor mehnatga huquqiy va iqtisodiy kafolat juda zarurligi”43 g‘oyasini ilgari suradi. Kuchli davlatdan kuchli demokratik


42 Qarang: Karimov I.A. Ijobiy ishlarimizni oxiriga yetkazaylik. – T.: O‘zbekiston, 1994. B. 24


43 Qarang: Karimov I.A. Yo‘limiz – mustaqqil davlatchilik va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1994. B. 8.
jamiyatga o‘tishda ijtimoiy siyosat huquqiy, siyosiy va iqtisodiy shaklda amalga oshiriladi.

  • jamg‘armalar, uyushmalar va turli shakldagi mulk egasi bo‘lgan tashkilotlarning moddiy ahvoli imkoniyatidan kelib chiqib ijtimoiy siyosat olib borish zarur;

  • barcha turdagi korxonalar, muassasalar va uyushmalarni zamon talabiga javob beradigan xodimlar va ayniqsa huquqshunos, psixolog va sotsiolog mutaxassislar bilan ta’minlashga e’tibor berish lozim;

  • nomi zikr etilgan muassasalarning xorijiy turdosh muassasalar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish ular o‘z yo‘nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi;

  • ijtimoiy muhofazalashda boqimandalik, mas’uliyatsizlik, befarqlik singari illatlarga barham beruvchi ta’sirchan vositalarni qidirib topish va hayotga joriy eta borish talab etiladi.

Shuni o‘z o‘rnida aytib o‘tish zarurki, har qanday jamiyatning o‘z xususiyatlari bo‘ladi. Ushbu xususiyatlar ijtimoiy muhofaza tizimiga ham tegishlidir. Bu haqida jamiyatshunos mutaxassislar muayyan fikrlar va qarashlarni ilgari surmoqdalar. Xususan shunday fikr bor: “Oddiy odamlar qaysi millatga mansub bo‘lmasin, to‘q yashashni, huquqiy jihatdan to‘la kafolatlanishni istaydi”.44 Mustaqillikka erishgandan so‘ng oradan o‘n besh yil o‘tdi, hozir bu holat O‘zbekistonda barqarorlik kasb etdi, deb ayta olamiz. Lekin “To‘q yashash” g‘oyasi nafaqat samarali iqtisodiy islohotlar sharoitida, balki kuchli ijtimoiy kafolatlar tizimi davrida ham muayyan ma’no – mazmunga ega bo‘ladi.
O‘zbekistonda keskin inqirozlar bosqichidan chetlab o‘tildi. Biroq bu holat dastlabki paytlarda ba’zilarga konservatorlik, yangiliklarni xushlamaslikday bo‘lib ko‘ringandi. Lekin ma’lum ma’noda “Ijobiy” konservatizm, ya’ni eskini asrash, yangini avaylash ijtimoiy kafolatlardek nozik sohada zarur chora edi. Ammo, gap mavjud ijtimoiy iqtisodiy salohiyatni


44 Qarang: Sharqona bosiqlik siri. – T.: 1994. B. 79
(potentsialni) saqlab qolish va ishga sola bilishdadir. Shu tariqa ijtimoiy siyosat tizimini amalga oshirishda katta imkoniyatlar yuzaga keladi.
Ijtimoiy siyosat” fanidan yakuniy nazorat savollari

  1. Ijtimoiy siyosat fanining boshka fanlar bilan aloqasi.

  2. Sharq mutafakkirlari asarlarida ijtimoiy siyosat

  3. Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tishda ijtimoiy siyosat

  4. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ijtimoiy adolat mezonlarining zarurligi

  5. 2007 “Ijtimoiy himoya” yili davlat dasturining nazariy va amaliy jihatlari

  6. 2008 “Yoshlar yili” davlat dasturida nazariy va amaliy jihatlari

  7. 2010 yil “Barkamol avlod” yili dasturining nazariy va amaliy jihatlari

  8. “Ijtimoiy himoya” tushunchasi va mohiyati

  9. “Ijtimoiy himoya”ning o‘ziga xos jihatlari

  10. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan maqsadli ijtimoiy himoya tizimi.

  11. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimida davlatning roli.

  12. O‘z-o‘zini boshqarish organlari tomonidan olib borilayotgan (maqsadli) adresli ijtimoiy himoya

  13. Ijtimoiy himoya barqarorlik omili

  14. Imkoniyati cheklangan yoshlarni ijtimoiy himoyalash tizimi

  15. Mehnat tatiliga chiqan kishilarni ijtimoiy himoyalash taraqqiyot omili

  16. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy himoyalash tizimi

  17. Mehnat nogironlarini ijtimoiy hayotga tayyorlashda ijtimoiy siyosat tizimi

  18. O‘zbekistonda xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash tizimi.

  19. Madaniy –ma’rifiy muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish holati

  20. Ijtimoiy yordamning moliyaviy ta’minlash manbalari qanday

  21. Pensiya tizimi mablaғlarini shakllantirish

  22. Oliy ta’lim tizimida tahsil olayotgan yoshlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi

  23. “Ijtimoy siyosat” tushunchasining falsafiy tahlili

  24. Ijtimoiy himoyani amalga oshirishda jamoatchilik nazorati

  25. Mahalla tizimi faoliyatida “Ijtimoiy himoya”

  26. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish: tushunchasi, mohiyati va mazmuni

  27. Ijtimoiy muhofaza tamoyillari va yo‘nalishlari.

  28. Suғurtali tibbiyotning joriy etilishi va uning mohiyati.

  29. Manzilli ijtimoiy muhofazaning vujudga kelishi.

  30. Ijtimoiy o‘zaro yordam tizimida oila asosiy bo‘ғin sifatida.

  31. Nafaqa turlari va miqdorlari.

  32. Moddiy yordamning miqdori, muddatlari va qaror qabul qilish uchun maxsus shartlar.

  33. O‘zbekistonda bolalarga nafaqa to‘lash tizimi, tartibi.

  34. Ijtimoiy - normativ institutlar.

  35. Jamoa shartnomalari.

  36. Ijtimoiy ta’minot va uning turlari.

  37. Mehnat bozori, ish bilan bandlik, ishsizlik.

  38. Mehnat bozorining tarkibiy qismlari.

  39. Mehnatga talab, mehnat taklifi.

  40. Aholi bandligi bo‘yicha davlat siyosati

  41. Ish bilan bandlik va ishsizlik: tushunchasi va ko‘rsatkichlari.

  42. Ishsizlikning tabiiy darajasi.

  43. Turmush darajasi tushunchasi.

  44. Aholi ehtiyojlari va turmush darajasiga ta’sir etuvchi omillar.

  45. Turmush darajasi ko‘rsatkichlari.

  46. Minimal iste’mol budjet.

  47. Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari va ulardan foydalanish

  48. Oila farovonligi - milliy farovonlik asosidir.

  49. Ota-ona parvarishi va ta’minotidan mahrum bo‘lgan bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish

  50. Kam ta’minlangan oilalarni aniqlash tizimi

  51. Aholi daromadlari bo‘yicha toifalarga ajratish.

  52. Imkoniyati cheklangan bolalarning maktabdan tashqari ta’lim olishi

  53. Jahon iqtisodiy taraqqiyotidagi ijtimoiy omillar.

  54. Kasaba uyushmalarining aholini ijtimoiy muhofazalash tizimidagi roli.

  55. Xalqaro gumanitar manbalar hisobidan ijtimoiy yordam ko‘rsatish

  56. Yevropa mamlakatlarida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimi.

  57. Bolalar nafaqasi.

  58. O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimi xususiyatlari.

  59. Pensiya tizimining turlari.

  60. Muddatidan oldin nafaqaga chiqish, nafaqa tizimini isloh qilish tushunchasi.

Download 180,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish