Abdulla qodiriy nomidagi toshkent davlat madaniyat instituti barno G‘aniyeva kutubxona kataloglari


Shiali Ramamrita Ranganatan (1892-1972)



Download 127,16 Kb.
bet35/69
Sana14.07.2022
Hajmi127,16 Kb.
#800163
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Bog'liq
Kutubxona fondlari va katagoglari WORDga o\'grildi

Shiali Ramamrita Ranganatan (1892-1972)

Shiali Ramamrita Ranganatan (1892-1972) hind
kutubxonashunos olimi. Axborotlashtirish va
kutubxonashunoslik sohasida faoliyat yuritgan
olim, professor. Londondagi Oliy kutubxonachilik
maktabini tugatgan. Hindistondagi yirik
kutubxonalarni birlashtirib, 1933 yilda tashkil
etilgan kutubxonachilik assotsiatsiyasini
boshqargan. ―Kitoblar, ulardan foydalanishlari
uchun xizmat qiladi",‖Har bir kitobxonga o‗z
kitobini taqdim etish‖ kabi
kutubxonashunoslikning muhim qoidalarini
yaratgan. U faset klassifikatsiyasi nazariyasini yaratib, (Ikki nuqta yordamida
klassifikatsiyalash) mazkur klassifikatsiya zamonaviy klassafikatsiya nazariyasining
yaratilishiga ta‘sir ko‗rsatgan.

Ranganatanning ilmiy ishlari kutubxona klassifikatsiyasi va sistemali
katalog sohasidagi tadqiqotlar bilan ko‗proq bog‗liqdir.
Ranganatan ishlab chiqqan va birinchi bor 1933 yilda e‘lon qilingan
«Bayon alomati yordamida klassifikatsiyalash» degan asarida klassifikatsiya
qilinayotgan asarlar tematikasiga muvofiq keladigan barcha tushunchalar
uchun oldindan rubrikala belgilangan «sanama» sxemalar usulidan qat‘iyan
voz kechadi. «Universal o‗nli klassifikatsiya»da keng foydalanilgan
indekslarni kombinatsion tuzish usulini Ranganatan yanada rivojlantirdi.
Uning sxemasida 26 ga asosiy bo‗lim ko‗rsatilgan (keyingi nashrlarida
bo‗limlarning soni ko‗paytirilgan). Bu bo‗limlarning sxemada qabul qilingan
izchilligi qiziqish tug‗dirmaydi. U ko‗p jihatdan Braun va Bliss sxemalariga
o‗xshaydi, binobarin, asosiy qatorning ilmiyligi muammosiga uncha ahamiyat
byormaydi. U asosiy e‘tiborini bilimning asosiy sohalari bo‗limlarini
detallashtirish masalalariga qaratadi.
67
Ranganatan har bir asosiy bo‗lim doirasida bir necha jadval tuzib
chiqadi, bu jadvallar mazkur bilim sohasini turlicha nuqtai nazardan aks
ettiradigan bo‗linmalarni o‗z ichiga oladi.
Ranganatan birinchi iashrda bu jadvallarni «xarakteristikalar» deb
ataydi, keyinchalik ularga «fasetlar» (bilimning shu sohasi qarab chiqilishi
mumkin bo‗lgan nuqtai nazarlar) deb nom beradi. Masalan, ximiya bo‗limida
ximiyaning asosiy masalalari bo‗lgan moddalarning belgisi va elementlarning
birikish usullarining jadvallari (fasetlari) berilgan. Usimlikshunoslik bo‗limida
o‗simliklar turlarining o‗simlik xizmati tarkibiy qismlarining, qishloq xo‗jalik
ekinlarini parvarish qilish usullari geografik belgisining fasetlari bor.
Meditsina bo‗limida odam tanasi organlari bemorlarni davolash ularga qarash
ilmiy muammolari usullari nuqtai nazaridan tuzilgan jadvallar berilgan.
Fasetlarning bo‗linmalari raqamli belgilarga ega. Kerakli tushuncha
indeksi asosiy bo‗limning harfiy ifodasiga tegishli fasetlar jadvallaridan
olingan ifodalarni qo‗shish yo‗li bilan hosil qilinadi. Raqamli ifodalar har xil
belgilar yordamida, ko‗pincha bayon alomati yordamida birlashtiriladi; xuddi
shu narsa «Bayon alomati yordamida klassifikatsiyalash» sistemasining
nomini belgilab bergan.
Ranganatan klassifikatsiya sxemasi foydalanish uchun juda murakkab
sxema bo‗lib chiqdi va keng yoyilmadi. Uning klassifikatsiyalashga doir
asararida mnsol uchun keltirilgan ba‘zi bir indekslar umumiy aniqlagichlar va
faset belgilarnikg har xil jadvallaridan olingan 25—30 belgidan iboratdir.
Indeks ayrim elementlari tartibining murakkabligi va shartliligi, indekslar
tarkibiga bu elementlarni bog‗lab turuvchi har xil qo‗shimcha belgilarning
kirntilishi indekslarni kutubxonachi uchun ham, katalogdan foydalanadigan
kitobxon uchun ham murakkablashtirib qo‗yadi.
Ranganatan o‗zining bundan keyingi asarlarida fasetli klassifikatsiya
g‗oyasini ishlab chiqishni davom ettiradi. Bilimning xilma-xil sohalarini
fasetlar bo‗yicha bo‗lishni tartibga solish yo‗llaridagi izlanishlarida u matbuot
asarlarini klassifikatsiya qilishning o‗ziga xos standarti bo‗lib xizmat qilishi
68
lozim bo‗lgan umumiy «fasetli formula»ni qo‗llanish mumkin deb o‗ylaydi.
Har bir asar bu formulaga muvofiq quyidagi besh nuqtai nazardan qarab
chiqilmog‗i lozim: konkret tushuncha (bilim sohasi, predmet, masala), modda
(material), energiya (jarayon, harakat), fazo (geografik nuqtai nazar), zamon
(davr, vaqt, yil). Ranganatan xuddi mana shu besh hadli formulaga yopishib
olmay, fasetlarni standartlashtirish g‗oyasining o‗ziga alohida e‘tibor beradi.
Chet el kutubxonashunoslarining ko‗pchiligi bu g‗oyani qo‗llabquvvatlamoqdalar, biroq fasetli formulaning birmuncha boshqacha
variantlarini belgilab olmoqdalar.
Fasetlarga qarab klassifikatsiyalash printsipi, shubhasiz, kutubxona
fokdi mundarijasini ochib berishdan iborat bu jarayonni tartibga solish yo‗lini
ko‗rsatadi, klassifikatsiya sxemasi tuzilnshiga qonuniy tus berish imkonini
tug‗diradi. Biroq bilimning xilma-xil sohalari bo‗limlarini qismlarga
ajratishning umumiy formulasi topilishi dargumon. Ranganatan va umumiy
fasetli formula degan bu g‗oyani ishlab chiqayotgan chet el
kutubxonashunoslari xilma-xil fanlar o‗rganadigan ob‘ektlar o‗rtasida chuqur
sifat tafovuti borligini anglamayotirlar. Masalan, ijtimoiy fanlar bo‗limlarida
ijtimoiy hayot hodisalari uchun tabiat hodisalarini yoki ishlab chiqarishning
texnologik jarayonlarni tadqiq etuvchi farqlar bo‗limlaridan mutlaqo boshqa
nuqtai nazarlarda bo‗linmalar tashkil etish zarurati paydo bo‗ladi.
Ranganatan ilgari surgan bir qancha qoidalarning bahsli xarakterda
ekanligiga qaramay, uning klassifikatsiyalash sohasidagi asarlari chet el
kutubxonashunosligida katta voqeadir.

Download 127,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish