Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 126,85 Kb.
bet9/23
Sana20.03.2022
Hajmi126,85 Kb.
#502538
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
Рахматова Мафтуна

BUXORO ARKI — Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi. Dastlab mil. av. 1-a. da qurilgan. Shaharning qad. qalʼasi. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoiiylar davrida (IX — X asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilann mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (XI—XII asrlar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (XIII-asr.) ark bir necha bor vayron qilingan. Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (XVI-asr.)da shakllangan.39
Balandligi 20 metrcha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht, paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan taʼmir etilgan. Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali gʻarbdagi ulkan darvozadan (XVI asr) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi «guldasta» va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning baʼzilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yertoʻlalar boʻlgan. Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona) siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (XVIII asr oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qurʼon oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.40
Arkning shimoliy gʻarbiy burchagida toʻpchi boshining uyi va taʼmir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona boʻlgan. Masjidning sharq tomonida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qilinadigan joy) bor. Zarbxonaning shimoliy sharqida zargarxona, janubida devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar boʻlgan (baʼzilari hozir ham bor). Jome masjiddan boshlangan tor yoʻlak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli — koʻrinishxona oʻrnashgan. Unda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga oʻtirish marosimlari oʻtkazilgan. Hovliga kiraverishda naqshli peshtoqboʻlgan (1605). Hovlining 3 tomoni ayvon bilan oʻralgan. Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar boʻlib, ularning tepasi kalla muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining janubiy tomonida «Rahimxon mehmonxonasi» va qorixona qurilgan (XVIII asr). Bu binolar tagida yertoʻlalar boʻlib, ularda xazina saqlangan. Buxoro arkining shimiloy sharqidagi Buxoro zindoni mangʻitlar saltanati davrida qurilgan.41
Arkning gʻarb tomonidagi hovlida mirzalar va boshqa xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida — salomxona, undan sharq tomonda mehmonxonalar, amir hamda oliy mansabdorlarga qarashli boshqa binolar joylashgan (miyon hovli). Janubida hammom, hammomning sharq tomonidagi kichkina masjid hozirgacha saqlangan. Arkning markazida oʻrda (amir xotinlari turadigan uylar), shimolida qushbegi xotinlari turadigan uylar, hammomning sharqida amir haramidagi qizlarning uylari, sharqida zodagonlar yashaydigan uylar bor. Shimoliy sharqiy burchakda Childuxtaron masjidi va Battol Gʻoziy mozori boʻlgan. Arkning sharqiy devori boʻylab gʻulombachcha (soqchilar kazarmasi), janubiy sharqiy burchagida dorixona (oʻqdorilar ombori) joylashgan (arkning gʻarbiy devoriga taqalgan binolarning bir qismigina saqlangan). Arkdagi qariyb 80 foiz imorat saqlanmagan. Arkning markazida (poydevor qoldiklari va xarobalari orasida) yer tagidan oʻtgan moʻrilar ark ichiga qarab ketgan katta sopol quvurlar koʻrinib turadi. Bular oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Buxoro arki darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qoʻyilgan. Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurol yarogʻlar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan.42
Buxoro arkining shimiloy sharqidagi «Childuxtaron» maqbarasi, janubiy gʻarbda «Battol Gʻoziy xonaqohi», xos hammom qoldiqlari saqlangan. 1990-yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi.
Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. «Goʻriyon» darvozasi qayta tiklandi va b. obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5—3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlandi. Arkda Buxoro davlat meʼmoriybadiiy muzeyqoʻriqxonasi joylashgan. O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me’morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan bu tarixiy obida Ismoil Somoniy tomonidan bunyod etilgan.43

Download 126,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish