Asosiy adabiyotlar
1. Александров А.Ю. “Международний туризм” Учебник. М. Аспект пресс 2002.
2. O.Sh. Ismailov Turizm biznesi va menejmenti O’quv qo’llanma Toshkent, 2011.
3. Aliyeva M. va boshqalar. “Xalqaro turizm” Toshkent”. 2011.
4. М.Р.Усмонов “Туризм географияси” Ўқув қўлланма. Самарқанд - СамДУ - 2019 йил.
5. Yakubov O’, Vahobov X, Rekreatsion geografiya asoslari. O’quv qo’llanma. T., 2012 yil.
14-MAVZU: (2 soat) O’ZBEKISTONDA TARIXIY MADANIY TURIZM SOHASINING RIVOJLANISHI
Reja:
Jahon turizmida O’zbekistonning tutgan o’rni
Rekreatsiyaning rivojlanishida festivallar, ko’rgazmalar, xalq bayramlari va sportning ahamiyati
Turistning huquqi va majburiyatlari.
Turistning irqi, millati, jinsi, tili, yoshi va dini
Tayanch tushuncha va iboralar: Turist tushunchasi, huquqlari, majburiyatlari,vazifalari va erkinliklari, turistning irqi, millati, jinsi, tili, yoshi va dini.
Butun dunyo turizm tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, dunyo bo’yicha band aholining 8 foizi turizm uchun xizmat ko’rsatuvchi muassasalar ishchilari hissasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlariga ajratilgan investitsiyalarning ham 7 foizi, umumiy iste’mol xarajatlarining 11 foizi turizm hissasiga to’g’ri keladi.
B ugungi kunda turizm mamlakatlar xazinasiga yuqori daromad keltiruvchi tarmoq sifatida shakllanmoqda. Agar 1950 yillarda dunyo bo’yicha turizm keltiradigan umumiy daromad 2,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, 1970 yillarda uning hajmi 17,9 mlrd. dollarga va 2000 yilda 176,1 mlrd. dollarga yetdi.
Turizm sanoati xizmat ko’rsatish tizimining muhim tarmoqlaridan biri, uning ahamiyati bugungi kunda kun sayin ortib bormoqda. Turizmning rivojlanishi mamlakat iqtisodiy infrastrukturasining rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi va valyuta tushumlarini farqlay olish lozim bo’ladi.
Biz yuqorida rekreatsiyani bo’sh vaqt, dam olish kabi tushunchalar bilan bog’liqligini ta’kidladik, bir so’z bilan aytganda, rekreatsion faoliyat kishining o’zi sevgan, unga rohat bag’ishlaydigan mashg’ulotidir. Inson, qulupnay terish bilan ham, baliq ovlash orqali ham yoki biror boshqa mashg’ulot bilan band bo’lish bilan ham dam olishi mumkin.
Umuman, turistik faoliyatning rekreatsion faoliyatdan farqi shundaki, turizmda iste’molchining maqsadi kengroq va salomatlikni tiklash birinchi o’ringa qo’yilmaydi. Turizm ko’proq insonning ruhiyati va ma’naviy qiziqishlari bilan bog’liq.
Zamonaviy turizm sanoati – iqtisodiyotning eng eng rivojlanayotgan va serdaromad tarmoqlaridan biridir. Uning hissasiga dunyodagi yalpi daromadning qariyb 10 foizi to’g’ri keladi. Dunyo miqyosida turizmning o’sish tempi yiliga 4-5 foizga ortmoqda.
O ’zbekistonning tarixi va madaniyati nihoyatda boy va turizm tarmog’ining rivojlanishi uchun yuqori salohiyatga ega. Hudud “Buyuk Ipak yo’li”da joylashganligi bois, tarixda savdo va madaniy aloqalar markazi sifatida dunyo mamlakatlari ichida shuhrat qozongan. Respublika hududida 4000 ga yaqin arxitektura yodgorliklari bo’lib, ularning ba’zilari 2500 yillik uzoq tarixdan guvohlik beradi. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalar dunyo tarixchilari va sayyohlarining doimo diqqat markazida bo’lib kelgan.
Bu shaharlar nafaqat, o’zlarining yodgorliklari, masjidlari, madrasalari, maqbaralari bilan, balki, bu hududlarda Al Xorazmiy, Al Beruniy, Ibn Sino, At Termiziy, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk o’zbek olimlari yashab ijod qilganligi bois ham mashhurdir. O’tgan mustaqillik davri mobaynida O’zbekiston turizm sanoatida sezilarli o’zgarishlar yuz berdi, ya’ni mamlakatda turizmning rivojlanishi bilan bog’liq siyosiy qarashlar o’zgardi, turizmni rivojalantirish me’yoriy hujjatlari ishlab chiqildi va qabul qilindi. Turizmning barcha turlarini rivojlantirishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi va hozirda takomillashmoqda. SHuningdek, kichik turistik majmualarga xorijiy investitsiyalar jalb etilmoqda, yangi turistik yo’nalishlar ochilmoqda, tarmoqni rivojlantirish uchun malakali kadrlar tayyorlanmoqda va xizmat ko’rsatishni jahon andozalariga tenglashtirishga intilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |