3. Rekreatsion rayonlarni belgilash va uning hususiyatlari.
Geografik fanlarning predmetidan biri tadqiqot ob’ektlarini turli maqsadlarda rayonlashtirishdir. Zero, rayonlashtirish orqali muayyan tabiiy geografik komplekslarning holati baholanadi, tegishli amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va tavsiya etiladi, ularning optimallashtirish xususiyatlari nazorat qilinadi, kelajak istiqbollari bashoratlanadi. Ushbu hududiy tabaqalashish yoki qismlarga ajratish nafaqat geografiyada, balki barcha tabiiy, gumanitar, ijtmioiy fanlarga ham xosdir.
Rayon so’zi amaliyotda ikki xil ma’no kasb etadi. Birinchisi, muayyan bo’lgan geografik, geologik, botanik, iqtisodiy va Shu kabi hudud. Ikkinchisi, sobiq Ittifoq yoki hozirgi Rossiya Fedyeratsiyasidagi ma’muriy bo’linma.
Rekreatsion rayon tushunchasi – umumiy mehnat taqsimotining ajralmas qismi bo’lib hududiy mehnat taqsimoti bazasida tarkib topadi. Shunga ko’ra, rekreatsion rayon – ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Hudud rekreatsion rayon darajasida ajratilishi yoki baholanishi uchun rekreatsion faoliyat ma’lum darajada rivojlangan tarmoq sifatida ixtisoslashgan bo’lishi lozim.
Sobiq Ittifoq tuzumi davrida rekreatsion faoliyat asosan yoz mavsumida eng yuqori pog’onagacha o’sar edi. Chunki, aholining aksariyat qismi yozgi ta’tilni dengiz bo’yi, kurort manzilgohlarda o’tkazishni istar edi. Bu davrda aholining (yozda) katta sondagi qismi mavsumiy migratsiyani hosil etar edi. Shu bilan birga, rekreantlarga xizmat ko’rsatish uchun rekreatsion hududlarga tovarlar va xizmatlar oqimi ham turli hududlardan kirib kelar edi.
Biroq, 1980 yillarning ba’zi tadqiqotchilari fikriga ko’ra, rekreatsion rayon shakllanishi uchun hududda turizm, qishloq xo’jaligi (qishloq xo’jaligi iste’mol mahsulotlari bilan rekreantlarni ta’minlash maqsadida), sanoat ishlab chiqarishi (rekreantlarni zarur sanoat mollari bilan ta’minlash maqsadida) majmuali bo’lishi kerak. rekreatsion rayonlashtirishdan bu qarashlar o’z davridayoq inkor etilgan edi. Haqiqatda, rekreatsion ra-yonlarning har birida rekreantlarni jalb etuvchi o’ziga xos omillar borki, ular har bir rayon uchun betakror. Masalan, “Omonxona”, “Anjir Ota” suvlari tabiiy oqimidan ko’p hajmda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud emas yoki “Chortoq”dagi tabiiy shart-sharoitni boshqa hududda tashkil etishning imkoniyati yo’q. Lekin, rekreantlar maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash uchun jihozlar (mebellar, sanoat mollari) ni boshqa hududlardan iste’molchi talabiga ko’ra olib kelish mumkin.
Professor A.Nig’matov o’z ishlarida O’zbekiston hududini 14 ta “Ekoturistik rayon”ga ajratgan. Uning fikriga ko’ra, ekoturistik rayonlashtirish - ma’lum bir hududni, uning ekoturistik holati, imkoniyati va kelajak istiqbollari nuqtai nazaridan bo’limlarga ajratishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |