Baxmal tumanining turistik-rekreatsion saloxiyatidan foydalanish imkoniyatlari
Tadqiqotning maqsadi
Jizax viloyati xususan Baxmal tumanining turistik – rekreatsion resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash va turistik mahsulotlar shakllantirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti.
Tadqiqotning ob’ekti Baxmal tumanidagi turizmda foydalanishi mumkin bo’lgan turistik resurslardir.
Tadqiqotning predmeti bo’lib milliy turistik-rekreatsion mahsulot va ulardan samarali foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar majmui hisoblanadi.
Turistik-rekreatsion resurslar.
Rekreatsiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan vositalardir.Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko’ra rekreatsion resurslar ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreatson resurslar
Tabiiy rekreatsion resurslarga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go’zal tabiat go’sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko’l, dengiz bo’ylari, tog’ etaklaridagi o’simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, minyeral suvli shifobaxsh maskanlar bo’lishi mumkin.
Baxmal tumanining Jizzax viloyatida tutgan o’rni va ahamiyati.
Baxmal tumani 1971 yilda tashkil etilgan. Umumiy yer maydoni 186382 gektarni tashkil etadi. Mazkur maydonning 111480 gektari qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalniladi. Shu bilan birga 74957 gektar maydon o’rmonzor bo’lib O’zbekistondagi muxim o’rmonli maydonlar qatoriga kiritiladi. Tumanda 2011 yil 1 yanvar xolati bo’yicha 128104 kishi istiqomat qiladi. Asosan 6 millat vakillari ko’pchilikni tashkil qiladi.
Tabiiy xususiyatlariga keladigan bo’sak, rel’ef tog’li va tog’ oldi landshaftlaridan iborat. Atorofni Molguzar va Turkiston tog’ tizmalari o’rab turadi. Ushbu tizmalardagi eng baland cho’qqi 3401 metr. Tuman g’arbdan Bulung’ur (Samarqand viloyati) va G’allaorol tumanlari shimoldan Molguzar tog’lari orqali Zomin tumani bilan Turkiston tog’lari orqali Tojikistonning Panjakent tumanlari bilan chegaradosh.
“O’zbekiston Shveysariyasi”
Baxmaldagi birinchi marta 1960 yillarda “Ko’kjar” qishlog’i yaqinida Navoiy tog’ - metallurgiya kombinati rahbarlari tomonidan “Tog’ havosi” oromgoxi qurilishi belgilandi. Mazkur qurilish nixoyasiga etishi bilan ketma-ket holda keyingilari ham ishga tushirildi. Ayniqsa “Tog’ havosi” oromgoxi Sobiq Ittifoq davrida juda mashxur bo’lib, “Artek” dan keyin ikkinchi o’rinta turgan. bugungi kunda “Do’lana”, “Tyerakli”, “Mingchinor ” kabi bir qancha dam olish maskanlari bo’lib, faoliyat yuritishmoqda. Mustaqillik yillarida ulardan yanada optimal foydalanish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
“Buxoroda etti pir, Baxmalda etti ota”
Bog’imazor ota
Malik guzar ota
Novqa ota
O’smat ota
Qilichli ota
Uchqiz
Terakli ota
Glossariy
Geografiyada esa, odatda, “rayon” tabiiy-geografik yoki iqtisodiy geografik bo’linma sifatida ishlatiladi. Lekin, ushbu geografik taksonomik birlik aynan, Shu ikki ko’rinishda bo’lishi kerak, degan so’z emas. Chunki, geografik fanlar tarmog’i juda keng va ularning har birida o’ziga xos bo’lgan rayonlashtirish ishlari olib boriladi. Masalan, rekreatsion, geoekologik, ekoturistik, geomorfologik, geosiyosiy, geokartografik, geobotanik rayonlar va h.k [1].
Do'stlaringiz bilan baham: |