Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta


O‘yin-mashg‘ulotlarning asosiy tamoyillari



Download 1,5 Mb.
bet26/38
Sana27.01.2022
Hajmi1,5 Mb.
#414523
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAYOHATLARNI TASHKIL ETISH USULLARI”Abdullayeva (Adilova) Sohiba

O‘yin-mashg‘ulotlarning asosiy tamoyillari

O‘yinlarda erkin ishtirok etish

O‘zaro hurmat

O‘yin qoidalarini anglab olish

Refleksiya

Bolalarning o‘yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. O‘yin bolalar hayotida shunday ko‘p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo‘lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qilish, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o‘yin faoliyatida aniq bo‘ladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, o‘yin faqat tashqi muhitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki qudratli tarbiya vositasi hamdir, ijodiy va syujetli o‘yinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari ham shakllanadi.


Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo‘lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. O‘zgacha qilib aytganda, o‘yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya’ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o‘yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o‘yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko‘proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol namoyon bo‘lishini ko‘ramiz. SHuning uchun bolalarning o‘yin faoliyatlari, ularning individual ravishda o‘rganish uchun juda qulay vositadir. Umumiy o‘yin maqsadini belgilay olishni takomillashtirish va tengdoshlari bilan hamkorlik qilish bolalarning ijtimoiy tasavvurlarini kengaytirish bilan mustahkam bog‘liqdir. Masalan, qurilayotgan binoga sayohat uyushtirilmoqda. Bolalar kelayotgan mashinalarni, haydovchilarni, yuk ortuvchilarning ishlarini kuzatadilar. Tarbiyachi kuzatishga rahbarlik qiladi. U o‘z topshirig‘ini bolalar o‘yin pozitsiyasidan ifodalaydi. “Kichik haydovchilar bugun qurilishga katta haydovchilar nima olib kelishganini ko‘rishdi?” Bolalar g‘isht, tayyor devorlar keltirilganini ko‘rishadi(bolalar xoxishiga ko‘ra qurilishga sayohatni takrorlash mumkin)
Biroq har doim ham o‘yin sayohatdan keyin darhol boshlanmaydi. O‘yin-mashg‘ulot kuzatishlar va mustaqil o‘yin o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Tarbichi bolalar guruhi bilan qurilishni boshlaydi, unga haydovchilar qurilish materiallarini keltirishadi. Bolalarning ba’zilari quruvchilar rolini, boshqalari yuk keltiradigan haydovchilar rolini bajarishadi. Quruvchilar haydovchilarni xayrxoxlik bilan kutib oladilar. Qanday etib kelishganini, yo‘lda bironta hodisa bo‘lgan-bo‘lmaganligi so‘rashadi. Bu o‘yinlarda harakatlarni muvofiqlashtirish, ya’ni, mashinalar to‘nashib ketmaydigan qilib yurish, yukni faqat navbati bilan keltirish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi. Bolalar o‘z harakatlarini to‘xtatishga o‘rganishadi, unutganlarida esa, tarbiyachi ularga eslatib turadi.
Sayrlar vaqtidagi kuzatishlar bilan bu o‘yinga qiziqishni yanada rivojlantirish mumkin, bunda bolalar oldiga yangi vazifalar qo‘yiladi. “Bolalar qaranglar, ko‘chamizdan haydovchilar yana qayoqqa ketishayapti, ular yuklarni qayoqqa tashishmoqda”. Tarbiyachi maktabgacha ta’lim tashkiloti yaqinida joylashgan non do‘koniga kelgan mashinalardagi yuklarning qanday tushirilishini bolalar bilan birga kuzatishi mumkin. Bolalar ishchilarning turli non mahsulotlarini tushirishayotganini, odamlar do‘konga yangi tushirilgan nonga shoshilayotganliklarini ko‘rishadi.
Bolalar bilan “Bizning ko‘cha” o‘yinini tashkil etish postda turgan militsionerni ifodalashga yordam berishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarni stulchalarga ikki qator qilib o‘tqazadi, qatorlar orasiga uzun gilam poyondoz soladi-bu ko‘cha. Keyin tarbiyachi shunday taklif kiritadi. “Kelinglar, bolalar, ko‘chaning atrofiga uylar quramiz.So‘ng ko‘chadan mashinalar qatnay boshlaydi”. Bolalar tarbiyachi yordamida polda ko‘cha, uy-joylar, non do‘koni, bog‘cha qurishadi.
Haydovchi bolalarning mashinalarida non, sut, muzqaymoq tasvirlangan. Tarbiyachi bolalarga yo‘l maqsadi aniqlashda yordamlashadi. “Hozir haydovchilar non ortilgan mashinalarni haydaydilar. Birinchi bo‘lib Bunyodjon yo‘lga chiqadi. U mashinani qaerga haydab boradi?. Mana non do‘koni ham ochildi.! -Haydovchi to‘xtaydi, hozir nonni tushira boshlaydilar”. O‘yin shu tariqa davom etadi.
Xushmuomalik bilan iltimos qilish, minnatdorchilik bildirish, kichkintoylar haqida g’amxo‘rlik ko‘rsatish kabi o‘zaro munosabat ko‘nikmalarini mustahkamlashda o‘ y i n s a yo h a t katta o‘rin tutadi.Bu o‘yinlarda bolalar ba’zan otda, ba’zan poezdda yoki avtobusda yurishadi, lekin ko‘proq samalyotda uchishadi. Bu tushunarli-har bir bola uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi.
Otda yo‘lga chiqishdan oldin u haqida g‘amxo‘rlik qilish, uni to‘ydirish, suv berish, nom qo‘yish kerak bo‘ladi. O‘yin davomida tarbiyachi bolalarning o‘yinchoq toychoqqa nisbatan mehribonlik ko‘rsatishni qo‘llab –quvvatlaydi, vaqti kelganda otlarning olamga qanchalik ko‘nikib qolishi, ularga sodiqligi haqida gapirib beradi. Bolalar o‘rta guruhda yodlagan o‘rgangan toychoq haqidagi she’rni eslashadi. Keyin “Tulpor” qo‘shig‘ini kuylashadi.
Agar bolalar avtobusda sayohatga otlanishga, tarbiyachi ularning qayerga va nimaga borishayotganini so‘raydi. Haydovchi va konduktorga yo‘lda “yo‘l transport hodisasi” ro‘y bermasligi uchun avtobusning sozligini e’tibor bilan tekshirishni taklif etadi. Konduktor har bir yo‘lovchiga chipta berishi, haydovchi esa avtobusning jo‘nash paytini aytishi kerakligini eslatadi. Avtobusga o‘tira boshlashganda tarbiyachi yo‘lovchilarning qari kampirga, yosh bolali ayolga jo berish-bermasligini kuzatadi.
Bunday sayohatlar vaqtida bolalar o‘z hayollarida ko‘rishlari mumkin bo‘lgan jonli suratlarni hosil qilishga o‘rganishlari muhimdir. Tarbiyachi o‘zi avtobus “oynasidan” nimani kuzatayotganini hikoya qilib berishi mumkin.Masalan, tarbiyachi “Avtobusimiz tez ketayapti, biz ko‘chadan o‘tayapmiz, odamlar esa ishga ketishayapti. Men oyna ortida chiroyli xiyobonni ko‘rayapman, u yerda daraxtlar kurtak chiqarayapti. Ana bolalar yashil chiroqda ko‘chani kesib o‘tishayapti. Piyodalar ko‘chani kesib o‘tishdi va biz yana yurib ketdik.”
Tarbiyachiga qarab bolalar ham hikoya qilishadi. Kimdir o‘yinchoqlar magazinini, kimdir daryo ustidagi ko‘prikni ko‘radi. Bolalar bir-birlarini tingashni, gapni bo‘lmaslikni o‘rganishadi.
Ayrim bolalar sayohatga poezdda jo‘nashadi. Svetoforning yashil chirog‘i bilan poezd yo‘lga tushadi. Kuzatayotganlar oq yo‘l tilashadi. Mana to‘xtash joyi. Yana ikki yo‘lovchini olish kerak, ular juda shoshilayaptilar. Ularning qaerga va nimaga shoshilayotganliklarini bolalarning o‘zlari o‘ylab topishlari kerak. “Navro‘z” bayramiga, “Mustaqillik” bayramiga, “Archaga”, Qorboboning huzuriga, “Qishloqqa” deyishlari mumkin.Biroq yangi yo‘lovchilarni qaerga o‘tqazish kerak? Hamma joy band.Tarbiyachi bolalarga murojaat qiladi va nima qilish kerakligini o‘ylab ko‘rishni aytadi. Bolalar bir necha variantlarni taklif etishlari mumkin. Birovlari –surilib joy berishni, boshqalari yana bir vagon ulashni, uchinchilari o‘tirganlarni tez olib borib qo‘yib, boshqalarga qaytib kelishni. Tarbiyachi bu variantlarning hammasini bolalar bilan muhokamaqilishi, balki shoshilayotganlarni o‘tqazib, shoshilmayotganlar kutib turadi, degan taklifni bildirishi mumkin. YAngi yo‘lovchilarni nima qilish kerakligi haqidagi masalani hal etish cho‘zilib ketmasligi kerak. Oxirgi to‘xtash vaqti 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak. Jim o‘tirganladan so‘rash kerak.
Vaziyat o‘zgarishi mumkin. Yo‘lovchilar to‘xtash joyida yomg‘ir ostida turishibdi yoki kech tushmoqda va ularning qolib ketishi mumkin emas. Tarbiyachi bolalarni yordam berish shart degan vaziyatga qo‘yishga, hamdardlik bildirishga harakat qiladi.
Bunday o‘yinlar bir yilda turli variantlarda 2-3 marta o‘tkazilishi mumkin.Tarbiyachining bolalarni kuzatishi muhimdir. U bolalardan qaysi biri rahmdil ekanligini, qaysi biri poezdga o‘tira olmagan bolalarning iltimoslariga beparvo qolishini ko‘radi. Bu kuzatishlar tarbiyachiga alohida bolalarga nisbatan axloqiy tarbiya vazifalarini aniqlashtirishga yordam beradi.
SHunday qilib, mamlakatimiz xalqlarining hayoti va turmush tarzi bilan tanishtirish “s a yo h a t l a r” o‘ y i n i n i vujudga keltiradi.
Tarbiyachi bolalarga boshqa Respublikalarga borishga(konsert qo‘yib berish, hosilni yig‘ishtirib olish va hokazo) rollarni taqsimlashga(bu turli millatlar yoki turli kasblarning vakillari bo‘lishi mumkin)yordam beradi. Bunday o‘yinlarda bolalar egallashgan bilimlarini mustahkamlabgina qolmay, balki turli rollar orqali do‘stona his-tuyg‘ularini, boshqa xalqlarga bo‘lgan hurmatlarini ifoda etishadi.
Turli millat bolalarini aks ettiruvchi qo‘g‘irchoqlar bilan o‘tkaziladigan o‘yinlar ham ezgu his-tuyg‘ularni tarbiyalashga ko‘maklashadi.
Mana O‘zbekistonlik qizcha qo‘g‘irchoq Shaxzoda Moskvani tomosha qilish, paxtakorlar haqida so‘zlab berish uchun mehmonga keladi.U bolalarga sovg‘a tariqasida paxta chanog‘ini olib keladi. Qo‘g‘irchoq Helon-koreys qizchasi-o‘z mehnatsevarligi bilan jozibalidir. O‘yinlarni qo‘llab-qkvvatlash uchun bolalarga illyustratsiyalar ko‘rsatiladi, dunyo xalqlari qo‘shiqlari tinglanadi, raqslaridan ijro etiladi.Ushbu o‘yin bir necha oy davom etishi mumkin.
Tarbiyachi bolalarning o‘rtoqlari fikri bilan hisoblashishga o‘rganishlariga, har bir bolaning umumiy ishga qo‘shgan hissasini adolatli baholashga, ishga qo‘shgan hissasini kamtarona baholashga e’tibor beradi.
Faoliyatning umumiy natijasi bolalarda katta qoniqish uyg‘otadi, tarbiyachining bu o‘yinlarga va bolalar erishadigan natijalarga e’tibor berishi ularga ishonch baxsh etadi. [7,8]
Ijodiy o‘yinlar.O‘yinda bolalar mashg‘ulot, sayohat, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar (parrandachilik fabrikasi, issiqxona va shu kabilardagi ishlar), ular haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanib, kattalarning tabiatdagi mehnatlarining ahamiyatini anglab oladilar.
Ijodiy o‘yinlarning mustaqillik xarakteri tarbiyachiga bolalarni yangi bilim, malaka va ko‘nikmalardan o‘rgatish metodi sifatida foydalanish imkonini bermaydi. Biroq bunda tarbiyachi bolalar qaysi bilimlarni etarlicha egallaganlar-u, qaysilarini yana kengaytirish lozimligini bilib olish uchun ijodiy o‘yinlarni diqqat bilan kuzatib borishi lozim. Tarbiyachi tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy syujetli, rolli o‘yinlarni boyitib, sayohatlar, sayrlar vaqtida bolalarni kattalarning mehnati haqidagi bilimlarini kengaytiradi, filmlar ko‘rsatadi, kitoblar o‘qib beradi.
O‘yinni rivojlantirishda qishloq mehnatkashlari — sut sog‘uvchi, bog‘bonlar haqidagi hikoyalar bolalarga alohida ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga ularda kattalar mehnatiga nisbatan qiziqish uyg‘otib o‘yin mazmunini boyitadi. Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish ya’ni zarur o‘yinchoqlar — qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar bilan ta’minlash darkor.
Ijodiy o‘yin turlaridan biri tabiiy materiallar — qum, qor, loy, mayda toshchalar, sola va shu kabilar bilan o‘ynaladigan o‘yinlardir. Materiallar yordamida bolalar ijod qilar ekan,| ularning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar. Har bir yosh guruhda yilning fasliga mos tabiiy material bilan o‘ynash uchun| sharoit yaratiladi. Bular qum maydonchalari hamda qum, stollari, qum va qor bilan o‘ynash uchun shakl to‘plamlari,| odamlar va hayvonlarning rezinkadan yasalgan figuralari. uy, daraxtlarning fanerdan yasalgan siluetlari, butalar, shoxchalar chakamug, metall karkaslar bo‘lib, bular yordamida figuralarj yasaladi. Tarbiyachi bolalarga o‘yin uchun tabiiy materiallarni) tanlashda va ulardan foydalanishda yordam beradi hamda| foydalanish usullarini ko‘rsatadi.
O‘yinlarni tashkil etishda barcha shart-sharoitlar hisobga olinsa, uning tarbiyaviy ahamiyati oshib boraveradi. Buning uchun o‘yin paytida bo‘ladigan chiziqlar, masofalar, kerakli o‘yin predmetlari, koptok, bayroqcha kabilar taqsimlanib berilishi lozim, keyinchalik esa bolalarni o‘ziga-o‘zi xizmat qilishga odatlantirish kerak. O‘yin o‘tkazilayotgan vaqtda tarbiyachi faqatgina vaqtda kuzatuvchi bo‘lib qolmaslig i kerak. Fiziolog va psixologlarning ilmiy dalillariga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bola bir kunda 6-13 ming harakat bajarar ekan, jumladan 6 mingdan kam bo‘lsa bolalarda qulayliklar buzilishi boshlanishi alohida ta’kidlanadi. Shuning uchun bolalarga ochiq sayrlarda, xonada, uyda, harakatli o‘yinlarni birgalikda o‘ynash qanday maroqlidir. Havo yomon bo‘lganda yomg‘ir, qor, qattiq, sovuq kunlarda ham bolalar bilan xonada engil o‘yinlarni tashkil qilish mumkin.

  • xona bo‘ylab sekinlik bilan yugurish

  • yugurishni tezlatish

  • harakatli mashqlar

  • nafasni rostlab olish

  • harakatli o‘yinlar.

“Mushuk va sichqonlar”, “G‘ozlar- g‘ozlar” kichik yosh bolalarga “Rangini top”, “Shaklini ko‘rsat”, “Mehmon-mehmon” kabi o‘yinlarni tarbiyachi o‘ynatsa bolalarda qulayliklarning buzilishi, ob-havo qanday bo‘lishidan qat’iy nazar o‘yinlar o‘ynasalar maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Uchinchisi ortiqcha”

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish