UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Iqtidorli yoshlar – kelajak poydevori. Ularni tanlash, faoliyati va tafakkur kuchini maqsadli yo‘naltirish mamlakatimiz ta’lim siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri. Iqtidorli yoshlar faoliyationi istiqbolli ilmiy – amaliy rejalar bilan muvofiqlashtirish ta’lim beruvchidan katta ma’suliyat va izlanish talab etadi.
Holbuki, iqtidorli deganda shaxsning intellektual qobiliyati nazarda tutiladi. Inteliktual shaxsning aqliy salohiyati bo‘lib, borliqni ongda aks ettirish, unga shaxsiy munosabat bildirish, ijtimoiy tajribalarni anglash xususiyatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, shaxsning biror sohadagi masalalarni idrok etishi, uning sabablari va yechimi doirasida shaxsiy qarorga kelishi, yuz beradigan hodisalarni faraz qilish layoqati iqtidor darajasini ko‘rsatadi.
Integratsiyali darslarni tashkil qilish uchun o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchilarda faollikni oshirish yo‘llarini, mavzuni o‘tish modellarini, mashg‘ulot jarayonida foydalanish lozim bo‘lgan vositalarni, usullarni aniqlab oladi. Bu ishlarni amalga oshirishda mavzuga oid izchil talablar qo‘yilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi darsning kengaytirilgan rejasini tuzib, shu reja asosida ish olib boradi. O‘quvchilar mustaqil fikrlash orqali individual ravishda izlanadilar, natijada tafakkur qobiliyatlari rivojlantiradi.
114
UMUMIY XULOSALAR
Adabiyotlarni tahlil qilish va tajribalarni o‘rganish asosida o‘quv kuni integratsiyasining uchta modelini ajratish mumkin. Birinchi modelning mohiyati shundan iboratki, bir kunning o‘zida umumiy kompleks muammoni hal qilish orqali birlashgan, darslararo aloqalari mavjud bo‘lgan bir necha dars o‘tkaziladi. O‘quv kunining bunday tashkil qilinishi o‘quvchilar bilimining sintezlanishiga, turli fan o‘qituvchilari harakatining o‘quvchilar bilimini shakllantirishdagi birlashuviga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida,o‘qituvchilarning darslarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida hamkorlik qilishlari natijasida ta’minlanadi. Integrallashgan kun boshqa modelining o‘ziga xos xususiyati shundaki, o‘quv kuni davomida nazariya va amaliyot birga qo‘shib o‘qitiladi. Bunda birinchi navbatda 6 soatlik bitta mashg‘ulot davomida maxsus texnologiya va ishlab chiqarish ta’limining birgalikda qo‘shib olib borilishi haqida so‘z yuritilmoqda. Bunday ta’lim shaklining boshqacha nomi binar darsdir. O‘quv kuni integratsiyasining uchinchi modeli sho‘ng ish ( konsentratsiya ) deb ataladi. Bunga ko‘ra, bir o‘quv kunida bittadan uchtagacha fan o‘qitiladi. Bu esa bitta fan bo‘yicha qatorasiga bir necha dars o‘tilishi hisobiga erishiladi. O‘quvchilarning o‘rganilayotgan materialning nisbatan tugallangan yaxlit bloklarini chuqur va mustahkam o‘zlashtirishlari ta’minlanadi.O‘quvchilarni faoliyatning turli-tuman ko‘rinish va shakllariga jalb qilishga, faoliyatni tashkil etishning frontal, guruh va individual shakllarini maqbul tarzda birga qo‘shib olib borish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi.
Pedagog va o‘quvchilarning birgalikda ijod qilishlariga keng imkoniyatlar yaratiladi, o‘quv jarayonida hamkorlik, o‘zaro yordam, ta’limning insonparvarlashuvi namoyon bo‘ladi.
Pedagog ta’limni tashkil etishning, komplekslashtirishning turli-tuman shakl-laridan, ularni o‘quv kuni doirasida o‘quv jarayonida o‘quvchilar faolligini ta’minlaydigan va qo‘llab - quvvatlab turadigan shakllarga (masalan, guruhlarda
115
dars-suhbat-ma’ruza-mustaqil ish) integratsiya qilish imkoniga ega bo‘ladi. O‘quvchilarni majburlab o‘qitish yo‘qoladi. Ta’limni haqiqiy differensiyalash, o‘quvchilarning yosh, aqliy, jismoniy xususiyatlarini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi.
Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydlanish maqsadga muvofiqligini ko‘ramiz. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning menligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga o‘rgatishdan iboratdir. Pedagogik faoliyat tajribasi har bir ta’lim oluvchi shaxsini ilmiy asoslangan, maxsus tanlangan va ma’lum tarzda tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish orqali o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish orqali singdiriladi. Mazkur tajriba ta’lim beruvchilar tomonidan uzatiladi va ta’lim oluvchilarda strukturasi o‘qitishning o‘zaro bog‘langan o‘quv - tarbiya jarayonida shakllantiriladi. Ta’lim muassasasida o‘quv - tarbiya jarayoni metodologik asoslangan va jarayonning har bir komponenti pedagogik prinsiplar bilan boyitilgan. O‘quv - tarbiya jarayonining har bir kompоnenti: maqsadlar, mazmun, tashkiliy shakllar va metodlar, o‘qitish vositalari, pedagogik tamoyillarini loyihalashtirish ortida ko‘p sonli pedagogik va psixalogik paradigma, konsepsiya, yondashuv va nazariyalar turadi. Aytilganlardan ko‘rinadiki, pedagogning pedagogik faoliyat tajribasi murakkab struktura va undan kam bo‘lmagan darajadagi murakkab mazmunga ega bo‘lib, asosan ijodiy harakter kasb etadi. Hamma ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchiga mazkur tajribasini singdira olmaydi, har bir ta’lim oluvchi ham uni egallay bilmaydi. Shu sababli ta’lim muassasasida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining kasbiy va shaxsiy sifatlariga, o‘qitish va o‘qish faoliyatiga maxsus talablar qo‘yiladiki, ular professor – o‘qituvchilar tarkibining lavozim majburiyatlari hamda ta’lim
116
oluvchilarning majburiyatlarida o‘z aksini topadi. Masalan, ta’lim beruvchi o‘z kasbiy va pedagogik faoliyatida kompotent bo‘lishi, fanga oid bilim, ko‘nikma va malakalar, yuqori darajadagi burch va ma’suliyat hissi, ijodiy salohiyat, kreativlik, muloqotga kirishuvchanlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Tadqiqotimizning ushbu qismida xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, integrativ talim jarayoni har bir bo‘lajak o‘qituvchisi va pedagogdan kata aql zakovat, sabr matonat, o‘quvchilarga va o‘z kasbiga yuksak mehr - muhabbatli bo‘lishni talab etadi. O‘qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib boruvchan bo‘lishi, o‘quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o‘sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda so‘z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta’lim va tarbiya jarayonining muvofaqiyatini ta’minlovchi omillaridir.
Mazkur tadqiqot ishi natijalaridan ta’lim jarayonini optimallashtirish masalalari hal qilishdagi va bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashni takomillashtirishdagi yangilangan ta’lim mazmuni shakllantirishda bemalol foydalanish mumkin va shubxasiz u ijodiy pedagogik samaralarni beradi.
117
Do'stlaringiz bilan baham: |