Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich


Tajriba-sinov ishlari va ular natijalari tahlili



Download 485,77 Kb.
bet50/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

3.3 Tajriba-sinov ishlari va ular natijalari tahlili
Pedagogik amaliyot davrida bakalavrlar yangi ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgach, ular boshlang‘ich talim pedagogik faoliyat bilan bevosita tanishadilar, me’yoriy faoliyatdan tashqariga chiqmaslik va ta’lim muammolarini hal etishning noan’anaviy usullarini izlash uchun har bir holatda o‘rnatishni tashkil etish juda muhimdir.

Talabalarda o‘quv-bilish kompetentligini modulli-reyting ta’lim texnolo-giyasi asosida takomillashtirish jarayoni ikki bosqichda amalga oshirildi:

1-bosqich. Bo‘lajak boshlang‘ich ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy bilimlar asoslarini o‘zlashtirish davri (nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar - (laboratoriya mashg‘ulotlari, seminar mashg‘ulotlari, pedagogik amaliyot); shakllangan ko‘nikmalarning malakaga aylanishini ta’minlovchi muammoli, ijodiy izlanishni talab etuvchi amaliy mashg‘ulotlar (jumladan, kurs va bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashga qaratilgan mashg‘ulotlar va boshqalar).

2-bosqich. Talabalarda o‘quv - bilish kompetentligini modulli - reyting ta’lim asosida takomillashtirishda 5A111701 - “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’limi)” bakalavriat yo‘nalishlari hamda magistrlarida pedagogik va ixtisoslik fanlarini integrativ asosida o‘qitish muhim ahamiyatga ega. Shu bois pedagogik va ixtisoslik fanlari integrativ o‘quv - uslubiy majmuasini ishlab chiqish, integrativ yondashuv asosida o‘qitish va baholash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Integrativ yondashuv ta’limning asosiy maqsadi o‘quv jarayonining barcha bosqichida talabalarda o‘quv - bilish kompetentligini takomillashtirishda mustaqil ishini faollashtirishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish quyidagilarga imkon berdi: integrativ (fan)larni o‘rganish uchun motivatsiyani oshirish, chuqur
109

bilim berish, ta’lim samaradorligini oshirish.

Biz taklif etayotgan metodikada quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: integrativ yondashuv, ta’lim mazmunini alohida integratsiya elementlariga aylantirish (integrativ yondashuv asosida o‘qitish), integrativ - reyting tizimini joriy etish (reyting nazorati; assisment, kvalimetrik baholash), dinamiklik, moslashuvchanlik, istiqbolni ko‘ra bilishlik, uslubiy maslahatning ko‘p qirraliligi, tenglilik.

Modulli ishchi dasturlarga tayanib, pedagogik va ixtisoslik fanlari (Boshlang‘ich ta’lim metodikasi, integrativ yondashuv asosida) modullarini o‘rganishda o‘qitishning interfaol shakllarini (kompyuter savodxonligi, ishbilarmonlik o‘yinlari, amaliy mashg‘ulotlar, psixologik va boshqalar)ni joriy etish orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalar shakllantirildi va bunda ko‘proq auditoriyadan tashqari mustaqil ishlardan foydalanildi.

Tajriba - sinov ishlari: a) tashkiliy - tayyorgarlik bosqichi; b) tajriba - sinov ishlarini bevosita tashkil etish bosqichi; v) yakuniy bosqichlardan iborat bo‘ldi.

Muayyan vaziyatlarni tahlil qilish asosli muammolar tizimini quyidagi ketma - ketlikda shakllantirishdan iborat bo‘ldi: kommunikativ - kognitiv, predmet - texnologik, bilimlarni to‘plashdan amaliyotga asoslangan yondashuvga o‘tishni rag‘batlantirish; auditoriya mashg‘ulotlar reja - konspektlari, o‘quv - amaliy qo‘llanmalar o‘quv jarayonini tashkil etish vositalari bo‘lib xizmat qiladi. Bunda “Pedagogik texnologiyalar” va modullarining fanlararo aloqalariga alohida e’tibor beriladi, bu esa talabalarning individual yutuqlari dinamikasini kuzatish imkonini berdi. O‘qitish vositasi sifatida audiovizual, multimedia, tarmoqdagita’lim Internet resurslari qo‘llanildi. Modulli - reyting ta’limni joriy etish talabalarda o‘quv - bilish kompetentsiyalarini shakllantirish va takomil-lashtirish imkonini berishi aniqlandi.

O‘quv - bilish kompetentlikni takomillashtirish bo‘yicha tajriba sinov ishlarning oxirida test topshiriqlarini bajarishda talabalar ancha yaxshi natijalarga
110

erishadilar, ammo ma’lum talabalar ayniqsa, nazorat guruhida o‘rta va yuqori darajalarga o‘tish kuzatildi. Tajriba - sinov oldidan tajriba guruhida qiyinchiliklar olingan nazariy bilimlar asosida muammolarni mustaqil hal qilishga olib keldi, tajriba - sinovdan so‘ng talabalar adabiyot bilan mustaqil ishlash, o‘z faoliyatini

munosib baholash, bilim va ko‘nikmalarni yangi holatga o‘tkazishni o‘rgandilar.

Tajriba - sinov ishlarini 5A111701 – “Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’limi)” bakalavriyat yo‘nalishlari bitiruvchilarning bitiruv malakaviy ishi asosida olib borildi. Fan modullari bo‘yicha ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlari ishlanmalari, texnologik xaritalari, modulli ishchi dasturga muvofiq har bir modul bo‘yicha nazorat va o‘z - o‘zini nazorat qilish savollari, test topshiriqlari asosida talabalarning bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarini baholashda reyting nazorati, assisment metodi hamda bitiruv malakaviy ishini baholashda kvalimetrik metodikasi ishlab chiqildi.

Tajriba yakunida 5A111701 –“Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’limi)” bakalavriat yo‘nalishi talabalarining o‘quv - bilish kompetentligini modulli-reyting ta’lim asosida takomillashtirishni zamon talablari asosida ta’minlash uchun muayyan texnologik tizim asosida o‘tkazilgan tajriba – sinov natijalari tajriba - sinov oxirida (1-jadval) quyidagi ko‘rinishni oldi.

3.1-jadval

O‘tkazilgan tajriba - sinov natijalari

Talabalarning o‘zlashtirish darajalari

Tajriba guruhida

m=45 Xi



Nazorat guruhida

n=62 Yi



Tajriba boshida

Tajriba oxirida

Tajriba boshida

Tajriba oxirida

Yuqori

2 (4,5 %)

6 (13,3 %)

9 (14,5 %)

10 (16,1 %)

O‘rta

20 (44,5 %)

31 (68,9 %)

14 (26 %)

25 (40,3 %)

Quyi

23 (51,1 %)

8 (17,8 %)

39 (64 %)

27 (43,6 %)

Ushbu ma’lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish uchun Styudent – Fisher metodi tanlandi.


111

Bu tanlamalarga mos keladigan diagrammani chizamiz:





112


Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish