Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti mavlonov bahodir arziqulovich



Download 485,77 Kb.
bet44/75
Sana31.12.2021
Hajmi485,77 Kb.
#270692
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
Dissertatsiya lotin tilida

Umumlashtirish bosqichi. Bu yakuniy bosqich bo‘lib, unda bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z-o‘zini baholay oladi va oldingi to‘rtta (tushuntirish, o‘zlashtirish, shakllantirish va tadqiqotchilik) bosqichlar natijalari va xulosalariga ko‘ra kasbiy faoliyatga tayyorlash bo‘yicha o‘quv materiallarini istemolda foydalanish uchun taqsimlay oladi va mashg‘ulot turiga qarab tizimlashtiriladi.

Qayd etilgan pedagogik ta’lim bosqichlari induksiya tadqiqot metodi asosida shakllantiriladi va bo‘lajak o‘qituvchilardagi bilish jarayoni oddiydan murakkabga (hususiy hollardan umumiy hollarga) mos holda dinamik ravishda olib boriladi.

Bunga inson bilish faoliyatining rivojlanishiga oid quyidagi jihatlar didaktik asos sifatida e’tiborga olindi: bilish jarayoni ta’lim oluvchiga o‘z tevarak-atrofidagi borliqni yanada chuqurroq, to‘laroq, to‘g‘riroq, aniqroq va eng asosiysi mukammalroq o‘rganishga imkoniyat yaratadi; bilish jarayoni rivoji negizida ta’lim oluvchi tevarak-atrofdagi borliqning asl mohiyatini turli yo‘sindagi o‘zaro bog‘lanishlarni, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq anglab etadi; eng asosiysi ta’lim oluvchida shakllanib kelayotgan tevarak-atrofdagi
72

borliqqa, kishilarga va o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatlar tarkib topadi.

Yuqorida qayd etilgan pedagogik ta’lim bosqichlari va inson bilish faoliyati rivojlanishiga oid jixatlar bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy ko‘nikmalarini shakllantirishga bo‘lgan talablarni ifodalash imkoniyatlarini yaratadi. Biz ularni quyidagi ketma-ketlikda ifodalashni maqul, deb topdik:

Umumiy o‘rta ta’limning subekti bo‘lgan ta’lim oluvchi shaxsini etuk mutaxassis sifatida shakllantiish uchun avvalo pedagogik-psixologik tashxis qilishni zamonaviy texnologiyasi asosida amalga oshirishi kerak;

Umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislik, unga tayyorlashdagi ta’lim jarayoni Xususiyatlari to‘g‘risida atroflicha etarli tushunchaga ega bo‘lishi kerak;

Bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodkorlik faoliyatiga jalb qilishning moddiy-vositaviy asosini ta’minlash bilan birgalikda ulardan samarali foydalanishni ta’min etuvchi ilmiy-metodik asoslar yaratilmog‘i lozim.

Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan yakuniy talabni quydagicha ifodalash mumkin: intellektuallashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlari yordamida ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi interfaol muloqatlar negizida ta’lim oluvchilar bilish jarayonining muntazam ravishda yuksalib borishiga shart-sharoit yaratish va ular asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning optimal variantini ishlab chiqish hamda ushbu sohada ijobiy sifat darajasiga erishib, yuqori samaradorlikni qo‘lga kiritishdan, ya’ni innavatsion ta’limni tashkil etishdan iboratdir.

Demak bo‘lajak o‘qituvchilarni intelektual faoliyatga tayyorlash uchun ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-metodologik asoslari va ularni amaliyotga joriy etishni kafolatlovchi intelektuallashtirilgan xarita tarkibiy qismlarining funksional vazifalari, ta’lim samaradorligi bilan bog‘liqlikdagi pedagogik ta’lim bosqichlari xamda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablar innavatsion xarakterga ega bo‘lib, ulardan


73

bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning optimal variantlaridan birini qo‘lga kiritishni kafolatlashi mumkin.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash mumkinki, intelektuallashtirilgan o‘qitish vositalari va tizimlari negizida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash va shu asosda samarali innovatsion uslublarni hamda texnologiyalarni o‘zlashtirish, shuningdek, ularni amaliyotga joriy etish ta’lim samaradorligini oshirishda mustaxkam didaktik asos bo‘ladi.

Pedagogikaning maqsadi bir xil maqsad-vazifalarga ega bo‘lgan turli fanlarning element va qismlarini bir butunga birlashtirishga yo‘naltirilgan intergratsiyani amalga oshirishda o‘qituvchilarga yordam berishdir. Tadqiqot mobaynida shunga amin bo‘ldikki, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, keyinchalik esa bitiruvchilar u yoki bu fanlarni o‘rganib shu bilim ko‘nikmalarni boshqa fanlarni o‘rganishda qo‘llashga qiynalyaptilar, ularga mustaqil fikrlash, olingan bilimlarni o‘xshash yoki yangi vaziyatlarga ko‘chira bilish ko‘nikmalari etishmayapti. Bularning hammasi boshlang‘ich sinflardagi turli fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarning o‘zaro kelishmovchiligi tufayli sodir bo‘layapti. Bu xolatda integratsiya bir predmet bo‘yicha bilimlarni ikkinchisiga ko‘chirish va faoliyatining almashinishi emas, balki zamonaviy fanlar integratsiyasi yo‘nalishlarini aks ettiruvchi yangi deduktiv ekvivalent (mos bo‘lgan, o‘xshash, teng keladigan narsa) larni yaratish jarayonidir.

Boshlang‘ich maktab ta’lim va tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik bo‘yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan ta’lim yaratish muammosi dolzarb bo‘lib turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o‘z zimmasiga oladi. Bunday yondoshish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda gap faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o‘rta va tugallovchi bo‘g‘inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini integratsiyalash ustida bormoqda. Bu
74

integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur bo‘lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g‘oya va tushunchalarni kiritish ko‘zda tutilgan.

Oxirgi paytda ta’limni integratsiyalash to‘g‘risida juda ko‘p gapirilib kelinmoqda. Olimlar va amaliyotchi - o‘qituvchilar ta’lim oluvchilarda qanday qilib dunyo to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilish va turli fanlar bo‘yicha bilimlarni yaqinlashtirish uchun bir butun dasturni tuzish to‘g‘risida bosh qotirmoqdalar. Bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlarni birlashtiruvchi kurslar tashkil etish harakatlari bo‘lmoqda: Masalan, matematika va konstruksiyalash, tasviriy san’at va badiiy mehnat.

Chet el tajribasi bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki, tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlanitirish uchun asos bo‘luvchi integratsiyalangan fanlar ko‘pgina mamlakatlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan. Bu ekologik yo‘nalishga ega bo‘lgan integratsiyalangan fanlar jahon ham jamiyatida ta’lim oluvchilarda atrof-muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to‘g‘risida xabar beradi.

Integratsiya xususidagi ijobiy fikrlar bilan bir qatorda uning salbiy omillari xususida ham fikrlar mavjud. Jumladan, Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko: “O‘quv predmetlarining chegaralangan soni olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmunini, olamning haqiqiy ko‘rinishini, qismlarining o‘zaro bog‘liqligini aks ettira olmaydi”10- deb, fanlararo integratsiyaga salbiy munosabat bildiradilar.

Juda muhim bo‘lgan o‘qish, yozish va sanoq ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo‘linib o‘qitishni talab qiladiganga o‘xshaydi. Lekin o‘qish va matematikaga o‘qitishning an’anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o‘qish fan sifatida o‘z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik, matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni ham o‘z ichiga oladi. Bunday integratsiya o‘quvchilarda ma’lum bir fan yuzasidan muhim ko‘nikmalar hosil


75

qilishga halaqit bermaydi, aksincha ularni yaxshi o‘zlashtirishiga kafolat beradi.

Robert Karlosning aytishicha, boshlang‘ich maktab faqat o‘qish, yozish va sanashni o‘rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhimroq va kattaroq masalani amalga oshirishi kerak. Uning fikricha, integratsiyalangan ta’lim har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida uning intellektual faolligini rag‘batlantirishi; ta’lim jarayonini bolalarga tushunarli va qiziqarli bo‘lishini ta’minlashi darkor. Bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun integratsiyalashgan ta’limni amaliyotda tekshirilgan eng ma’qul uslublarni ishlab chiqish hamda o‘qituvchilarni mazkur uslublar bilan qurolllantirish, uni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iboratdir.

Integratsiya tafakkurni rivojlantiruvchi omil ekanligi O‘quv jarayonini tashkil etishdagi asosiy vazifa pedagogik texnologiyadan samarali foydalanish ekanligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Lekin shu kunga qadar pedagogik texnologiyaning aksariyati nazariy muammolarga bag‘ishlangan bo‘lib, uning amaliyotga ta’siri kamroq sezilmoqda. Buning uchun zamonaviy texnologiyalarni tezroq amaliyotga joriy etish usullarini ishlab chiqish talab etiladi.

Ta’lim integratsiyasi– fanlararo aloqaning yuqori darajasi, bir butun integrallashgan bilimlarni yaratishga imkon beruvchi vosita.

Integratsiya tushunchasiga berilayotgan ta’riflar turlicha; ushbu ta’riflarning umumiylik tomoni - integratsiya bu atrofimizdagi borliqqa yaxlit qarashga erishishdan iborat.

Integratsiyaning asosini fanlararo aloqadorlik tashkil etadi va o‘zining rivojini integratsiya g‘oyasida topadi. Integrativ mazmunga ega bo‘lgan predmetlarni o‘rganish bo‘lajak mutaxassislar bilimi, ish uslublari, shaxsiy fazilatlari yaxlit, bir butunligini ta’minlovchi omil sifatida qaraladi.

Y.M.Kolyagin fikriga ko‘ra, ta’lim tizimida integratsiya ikki xil ma’noda qo‘llanilishi mumkin:
10Kolyagin Y.M. Ob integratsii obucheniya i vospitaniya v nachalnoy shkole. // i Nachalnaya shkola. - 1998. -L 3. - S. 18

76

1.O‘quvchilarda atrofimizdagi olam haqida bir butun, yaxlit tasavvurni shakllantirish (bunda integratsiyaga ta’lim maqsadi sifatida qaraladi).



2.Predmetlardan beriladigan bilimlarni yaqinlashtirishning umumiy platformasini topish (bu erda integratsiya-ta’lim vositasi hisoblanadi).

Birinchi ma’no bo‘yicha integratsiya o‘quvchi bilim dargohiga dastlabki qadamini qo‘yishidanoq, dunyoni yaxlit, bir butun, uning barcha elementlari o‘zaro bog‘langan tizim sifatida tasavvur qilib olsin.

Ikkinchi ma’noda integratsiya o‘quv fanlaridan beriladigan bilimlarning o‘zaro to‘qnash (uchrash)gan eri (nuqtasi)da yangi tasavvurlarni anglay olsin. Dastlab, fanlardagi fikr (g‘oya)lar to‘qnashgan nuqtada avvaldan bo‘lgan tabaqalashgan bilimlardagi kamchiliklarni to‘ldirishga, ular o‘rtasida bo‘lgan bog‘lanishlarni tarkib toptirishga da’vat etsin.

Ta’limdagi integratsiyani quyidagicha ifodalashni lozim topdik:

1. Butun borliq haqida yaxlit tassavvur hosil qilish (bu erda integratsiya ta’lim maqsadi sifatida qaraladi);

2. Turli fan bilimlarini yaqinlashtirish uchun umumiy platforma topish (bunda integratsiya vosita sifatida ishlatiladi).

3. Rivojlantiruvchi ta’lim berish vositasi sifatida.

4. Umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida.

Ikki o‘quv fani o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda va ularning integratsiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Turli o‘quv fanlardagi mavzularning uzviy bog‘liqligi va mantiqiy o‘zaro aloqadorligi integratsiyalashgan darslarning asosi bo‘lishi kerak.

Integratsiyaning tarkibiy qismlari.

Olib borilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, integratsiya ma’lum bir tarkibiy qismlarga ega ekan. Quyida ana shu haqda fikr yuritiladi. Ob’ektga doir integratsiya: bunda bir ob’ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo‘lim yoki kurslarga (er, suv, havo, oziq-ovqat va boshqa) kiritiladi Tushunchaga oid
77

integratsiya: bunda umumiy tushuncha (energiya, harakat, modda, axborot va boshqalar) lar mazmunini ochib beradigan mavzu yoki kurslar qamrab olinadi.

Nazariyaga oid integratsiya: u fizika, kimyo, biologiyadagi kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika, sotsiologiyadagi evolutsion nazariyaga asoslanadi.

Metodologik integratsiya: u falsafa metodologiyasi kabi ilmiy bilishning alohida metodlariga taalluqli integratsiya bo‘lib, ularga tizimli yondashuvning qo‘llanilishi va uning mohiyati, tabiatshunoslikka oid muammolarning qo‘yilishi va ularning hal etilishi; fandagi tushun- tirish va prognoz qilish; kuzatish, tajriba, modellashtirishning tuzilish mohiyati va qo‘llanilishi kabilar kiritiladi.

Muammoli integratsiya: u turli kenglik darajasidagi fanlararo muammolarni qamrab oladi (atrof-muhitni muhofaza qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish va boshqalar).

Faoliyatga oid integratsiya: munozara, guruhlar tarkibida ishlash, fanlararo reja va loyihalar tuzish va boshqalar.

Amaliy integratsiya: turli jarayon yoki texnik mahsulotlarni har tomonlama ko‘rib chiqish, antibiotiklar, sintetik moddalar, biotexnologiya kompyuterlar va boshqalar.

Ta’limda o‘quvchilarga ma’lum bilimlar tizimini etkazib, ularni faqat eslab qolishning o‘zi bugungi kunda etarli bo‘lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg‘otish, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integratsiya asosida ta’lim berish dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim tizimidir. Texnologiyaning asosiy talabi-o‘quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta’limda aniq samarador natijaga erishishdir.

Ta’limni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta’limga bog‘liq «Integratsiya» tushunchasi ikta ma’noga ega:

O‘quvchida atrofdagi olam to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish (bu erda


78

integratsiya ta’lim maqsadi sifatida ko‘riladi).

Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu erda integratsiya - ta’lim vositasi sifatida ko‘riladi).

Integratsiya ta’lim maqsadi sifatida olam tizimining alohida qismlari bog‘liqligini ko‘rsatuvchi bilimlarni berishi emas, bolani barcha elementlari bir-biriga bog‘liq yaxlit olamni tasavvur qilishga birinchi qadamlarida o‘rgatishi kerak. Bu maqsadni boshlang‘ich maktab amalga oshirishi kerak.

Integratsiya predmetli bilimlar chegarasida yangi tasavvurlarini qabul qilish vositasi. Birinchi navbatda tabaqalashtirilgan bilimlar orasida bilmagan joylarni to‘ldirish, ular orasidagi aloqalarni o‘rnatish lozim. U ta’lim oluvchining bilimini oshirishga, ta’limdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga integratsiya ta’limining klassik o‘quv predmetlari o‘rnini egallashi kerak emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos. Muammoning qiyin tomoni integratsiyaning ta’lim boshidan oxirigacha dinamik rivojlantirishdadir. Agar boshida «hamma narsa to‘g‘risida ozgina bilish» lozim bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik tarqoq bilim va ko‘nikmalarni birlashtirish kerak bo‘ladi va oxiriga kelib «ozgina narsa to‘g‘risida hammasini bilish» kerak bo‘ladi, ya’ni bu yangi integratsiya darajasidagi ixtisoslashtirishdir.

Ma’lumki, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» e’lon qilingandan buyon o‘quv rejasidagi fanlarning soni boshlang‘ich ta’limda 10 dan ortdi. O‘quv fanlari miqdorini oshirish, albatta, har doim ham ijobiy natija beravermaydi. Chunki bugungi zamonaviy texnologiya son orqasidan quvish emas, balki sifat o‘zgarishlarining ham bo‘lishini taqozo etmoqda. Bu jihatdan rivojlangan davlatlarning tajribasiga tayanmoq lozim. Ularning 70 foizi ta’lim tizimida integrativ xarakterdagi o‘quv dasturlari va darsliklardan foydalanmoqdalar. Jumladan, Buyuk Britaniya ta’lim tizimida asosan integrativ fanlar joriy qilingan bo‘lsa, Koreya va Shveysariyada integratsiyalashgan fanlar, Vengriyada madaniyat yo‘nalishidagi o‘quv fanlari, Irlandiyada fan va texnika kabi bloklarda


79

barcha o‘quv fanlari mujassamlashtirilgan holda o‘qitiladi.



Respublikamizda yetuk malakali mutaxassislar tayyorlashga yo‘nal- tirilgan ta’lim tizimi barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqara oladigan ijodkor shaxsni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ta’limda olib borilayotgan ishlarning bosh mezoni hisoblanadi. Bu mezon asosida takomillashtirilgan, zamon talablariga javob bera oladigan dasturlar, o‘quv darsliklari yaratilmoqda. Ta’lim muassasalari xususan, maktablar qayta rekonstruksiya qilinib, zamonaviy andozalar darajasiga tenglashtirilmoqda. Ana shu asosda ta’lim jarayoni ham bevosita shakllantirilib uning samaradorligini oshirishga ahamiyat berilmoqda. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalar kirib kelmoqda. Bu tus huncha «yangilik» ma’nosini bildirib, ta’lim islohotlarida nazarda tutilgan ta’limda totalitarlikdan demokratik ta’lim tizimiga o‘tish, shaxsning qiziqishlari, qobiliyatini hisobga olish, ta’limni insonpar-varlashtirish, ta’lim tizimini jamiyatning iqtisodiy sharoitlarga moslashtirish, bilimlarni chuqur o‘zlashtirishni ta’minlaydigan ta’lim tizimini shakllantirishga sharoit yaratish kabilarni hisobga olish zarur.

Ta’lim uslublari o‘quvchilarning qobiliyatini namoyon etishga, zehnini o‘tkirlashga, tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilmog‘i zarur. SHu maqsadda she’riy san’atdan foydalanish, o‘rganilyotgan mavzularni sharhlash va izohlash kabilardan foydalanish maqbul yo‘l hisoblanadi. Bu uslublar o‘quvchini rag‘batlantirish, uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va qobiliyatini namoyon etishga xizmat qiladi. Shu bois biz fanlarni integratsiya asosida o‘rganilishi mumkin bo‘lgan mavzularni o‘rgandik. Bilamizki, ta’lim sohasida «innovatsiya» ta’lim-tarbiya maqsadi, mazmuni, shakli va metodlarini, umuman olganda, pedagogik jarayonni tashkil etishda yangiliklar kiritishni nazarda tutadi hamda o‘quvchilarda ilmiy xulosalar chiqarishga yordam beradi.

Ta’lim jarayonining ta’lim maqsadiga mos kelishini ta’minlash uchun


80

ijtimoiy talab va ta’lim maqsadidan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuniga asoslangan yangi o‘quv modellarini o‘qitish jarayoniga tatbiq etish talab etish; ta’lim maqsadiga mutanosib bo‘lgan ta’lim mazmuni-ning shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi yo‘nalishlarini kengay-tirish; hamda fanlararo aloqadorlikni ta’minlashdan iboratdir.

Pedagogik integratsiya va ularning ta’limda qo‘llanishiga oid bilimlar, tajriba o‘quvchilarni bilimli va etuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Innovatsion integratsiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullaridan foydalanadi. Interfaol bu o‘zaro, xarakat qilmoq o‘zaro xarakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibid bo‘lishni anglatadi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, o‘qitishning interfaol usulubiyotlari bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo‘lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘ladilar, ular biladigan va o‘ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Interfaol darslarda o‘qituvchining o‘rni qisman o‘quvchi larning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo‘naltirishga olib keladi. Bu uslublarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat o‘qituvchi va o‘quvchilarningbirgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bundan pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga o‘quvchining dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi; o‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi; o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; pedagogik va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

O‘qitish jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo‘llanilgan har bir ta’lim integratsiyasi o‘qituvchi va uquvchi o‘rtasida integrativ faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o‘quv jarayoni-


81

da o‘quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o‘zlari xulosa qila olsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu o‘qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Shu bois mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion integratsiyaga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’lim tizimini isloh etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talabla- rini hisobga olgan holda, etuk mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e’tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda, o‘quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik integratsiyani izchillik bilan tatbiq etish zarur.

Integrativ ta’lim insonlar faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta’lim tizimida inson faoliyati bilan bog‘liq ko‘pgina muammolarni hal etish zarur. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnik jarayonning o‘zgarishi bilan bog‘liq holda ta’lim nazariyasini yaratish, ya’ni fanni jamiyatning faol, samarali ishlab chiqarish kuchiga aylantirish orqali amalga oshirish mumkin.

Pedagogik integratsiyaning ta’limdagi amaliylik hamda tashkiliy-uslubiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yo‘naltirilganligi, uning aniq vositalar yordamida hayotga tadbiq etilishi butun jahon pedagoglarining unga e’tiborini kuchaytirmoqda. Bu yo‘nalishga turlicha qarashlar mavjud, ba’zi o‘qituvchilar pedagogik integratssiya asosida ta’limni boshqalarini kam mehnat sarflab yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari, pedagogik integratssiyada barcha ta’lim oluvchilarni oldindan belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga etkazish mumkinligi qiziqtirmoqda.


82

Pedagogik ta’lim rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlari ichida xususiy innovatsion nazariyani, shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni tashkiliy -tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivoj-lantirishni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunday ta’limning bosh natijasi egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar emas, balki shaxs o‘sishiga qobiliyat, empatik o‘zaro munosabatlar va shaxsiy samaradorlikka qaratilgan yuqori ijtimoiy faollik tushuniladi.



Download 485,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish