KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz kelajagi ko‘p jihatdan ta’lim tarbiya sohasidagi innovatsion o‘zgarishlar, uni zamonamizning yangi ilg‘or talablariga javob beradigan darajaga ko‘tarishga yo‘naltirilgan ishlarning qay darajada olib borilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa bo‘lajak mutaxassislarni zamon talablarini hisobga olgan holda raqobatbardosh qilib tayyorlashni talab etadi.
Bu talablarni bajarish Respublikamizda Davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 4947 – son farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbuslar fikrimiz dalilidir. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasida “Ta’lim – tarbiya va ilm – fan sohasini rivojlantirishga, har tomonlama barkamol, yetuk inson – yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashga alohida etibor beriladi. Bu esa yoshlarga oid davlat siyosatini butun choralar bilan takomillashtirishni taqozo etadi” – deyilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusda “Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi kun manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi” deyilgan.
Bunday muhim vazifalarni ta’limda innovatsion – integrativ yondashuvda ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchi ham o‘z faoliyatida manbaga bo‘lgan qiziquvchanligini, uni o‘rganishga bo‘lgan tashabbuskorligini, yangilikka bo‘lgan ishtiyoqini namoyon qilishga harakat qiladi va ular negizida inovatsion jarayonga kirib boradi. Bu jarayon ta’lim mazmunini modernizatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bunday tadqiqot uslubi biron – bir
18
manbaga, yani ta’lim – tarbiya jarayoniga qo‘llaniladigan turli shakldagi bilim berishning ilmiy – uslubiy yo‘llari bo‘lib, u bilim olishning chegarasini va sezuvchanligini rivojlantiradi. Shu ma’noda integrativ yondashuv negizida ta’lim mazmunini modernizatsiyalashtirish o‘ziga xos innovatsion faoliyatdir.
Yuqoridagi davlat hujjatlari va zamonaviy ta’limga qo‘yilgan talablarni hisobga oladigan bo‘lsak hozirda integrativ yondashuv negizida ta’lim mazmuni modernizatsiyalashning pedagogik asoslarini ishlab chiqish muammosi tabora dolzarblik kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |