Bitiruv malakaviy ishining ilmiy-uslubiy yangiligi:
- umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida kompyuter vositalaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi;
- informatika bo‘yicha yaratilgan elektron darsliklardan foydalanish – ma’lumotlar ko‘proq va kengroq olinishi, ko‘rgazmalilikning oshirilishi va dars samaradorligining oshishini ta’minlashi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy nazariy va amaliy ahamiyati: Olib borilgan bitiruv malakaviy ishi natijalari ta’lim tizimida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirishda, ta’limni axborotlashtirishda muqobil yo‘nalishlarni tanlab olishni ta’minlaydi. Bitiruv malakaviy ishi natijalari ta’lim muassasalari miqyosida tashkil etishning samarali tizimini ishlab chiqish, bu borada iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish va respublikaning boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishni tashkil etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |