UCHINCHI BOB BO‘YICHA XULOSALAR
Xulosa qilib Shuni aytish joizki, 3 - bob asosida ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanishning amaliy asoslari, pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati, interfaol darslarda o‘quvchilarning biluv faoliyatlarini tashkil etish yo‘llari, interfaol metodlar va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish tajribalari keng yoritib berilgan.
Interfaol darslarda o‘quv-biluv faoliyatini guruhlarda tashkil
etishning o‘ziga xos hususiyatlari, interfaol metodlar va ularning turli usullari trening asosida o‘rganilgan.
Interfaol metodlarni ta’lim jarayonlarida qo‘llash, avvalo o‘qituvchilarni shu jarayonga tayyorlash va malakasini oshirishdan boshlanadi. Uning uchun o‘qituvchilarni tayyorlashda, interfaol seminar, trening, maxsus maqsadli kurslar, doimiy xarakatdagi ta’lim jarayonlarini tashkil qilish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
UMUMIY XULOSA
Xulosa qilibShuni aytish joizki, men ushbu tadqiqot ishni yuritish
orqali ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad, vazifalari,
ob’ekti, o‘rganilganlik darajasi, kutilayotgan natijalar, maxsus adabiyotlarda o‘rganilishi, tadqiqotning nazariy-amaliy asoslari, I bob orqali ta’lim jarayonlarida interfaol metodlardan foydalanish asosida ta’lim samaradorligini oshirishning ilmiy-nazariy asoslari, II bob orqali pedagogik texnologiyalar taraqqiyoti va ta’lim nazariyasi muammolari, III bob orqali ta’lim jarayonlarida interfaol metodlardan foydalanishning amaliy asoslari, pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy mohiyati, interfaol darslarda o‘quvchilarning biluv faoliyatlarini tashkil etish yo‘llari, interfaol metodlar va ulardan ta’lim jarayonlarida foydalanish tajribasidan manbalar berilgan.
SHuningdek, ta’limning interfaol metodi va dars samaradorligini
oshirish muammosini echishga ilmiy yondashish o‘quvchilarning bilim malaka,
ko‘nikma, Shaxsiy sifatlarini shakllantirish asosida interfaol usullarning vazifalarini hal etish eng yaqin kundagi maqsaddir, shu maqsadga muvofiq ularni amalga oshirishning quyidagi yo‘nalishlarini tavsiya etamiz:
- ta’lim jarayonida yangi interfaol usullarni qo‘llash;
- ta’lim jarayoni qatnashchilarining interfaol ta’lim yuzasidan bilim darajasini oshirish;
- ta’lim jarayonida ilmiy tadqiqotlar, tashkiliy boshqaruvni qo‘llab quvvatlash ta’limdagi interfaol usul tuzimini yaratish;
- birlashgan ma’lumot beruvchi interfaol usul olamini qo‘rish va rivojlantirish.
Yuqoridagi tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish va ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida interfaol metodlardan foydalanishning eng qulay usullarini darslarga joriy qilish maqsadida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazdim va tahlil natijalarini beraman.
Do'stlaringiz bilan baham: |