Pedagogik qobiliyatni shakllantirish yòllari.KommunikaTsiya haqida tushuncha.Kommunikativ qobiliyat.
Reja
Pedagogik qobiliyat haqida tushuncha.
Pedagogik qobiliyat turlari.
Pedagogik–psixologiyada o‘qituvchi qobiliyatining cheklangan turlari yo‘q. Pedagogik qobiliyat turlari fanning, jamiyatning rivojlanishiga qarab ko‘payib va o‘zgarib turishi mumkin. Falsafada qobiliyat uzoq vaqtgacha “o‘zgarmas irsiyat” nasldan – naslga o‘tuvchi jarayon sifatida talqin etilgan. Olimlarning uzoq yillar olib borgan ilmiy-tadqiqotlari va kuzatishlari natijasida pedagogik qobiliyatning quyidagi asosiy sifatlari ajratib kòrsatilgan:
1.O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
1.O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi.
2.Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. 3.Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish. 4.Bolalar jamoasiga singib keta olish. 5.O‘z mehnatiga ijodiy yondashish. 6.Javobgarlikni his etish. 7.Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi.
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: asosiy xususiyatlar; tayanch xususiyatlar; yetakchi xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar
O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatning o‘ziga xos tizimlari mavjud. Qobiliyatlar tizimi quyidagi xususiyatlari bilan farq qilinadi: asosiy xususiyatlar; tayanch xususiyatlar; yetakchi xususiyatlar; yordamchi xususiyatlar
Kommunikatsiya haqida tushuncha
Reja
Kommunikatsiya nima ?
Aloqa (lotincha: communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.lar mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondoshiladigan K.ni aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanali boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy K. turi bor: "inson-inson", "inson-mashina", "mashina-inson", "mashina-mashina". Texnikaviy darajadagi K. jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan yondoshiladigan K. guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi.