Abdulla Qahhor



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/39
Sana31.12.2021
Hajmi0,88 Mb.
#261204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Abdulla Qahhor. Anor [@e kutubxona](1)

HAR BOSHDA BIR SAVDO
Naimjon  boshliq  elchilar  Marg‘uba  bilan  qilinadigan
munozaraning  natijasi  haqida  yoshlar  tashkilotining  kotibi
Rahimjonga  ma’ruza  qilishdi.  Rahimjon  bir  kampirga  qarshi
tig‘  tortib  borgan  uch  bahodirning  qilichi  sinib,  qalqoni
teshilganiga  xo‘p  kuldi,  bu  ish  bilan  shaxsan  o‘zi  shug‘ul-
lanmoqchi  bo‘ldi.
Uning  ko‘ziga  bu  ish  og‘zining  yeli  bilan  bitadiganday
ko‘ringan edi, biroq tobora qizishib bir hafta mashg‘ul bo‘lga-
nidan keyin ish uzoqqa cho‘zilishiga ko‘zi yetib qoldi. Ma’lum
bo‘lishicha, Marg‘uba o‘zini Anvarga vasiy qilib Murod Alidan
notariusning muhri bilan qog‘oz yozdirib olgan ekan. Rahim-
jon gaplashgan, murojaat qilgan, talab etgan, so‘ragan odam-
larning hammasi nuqul qonundan gapirar, ma’lum bo‘lishicha,
bu  ishni  hal  qiladigan kishi  Marg‘ubaning  qo‘lidagi  qog‘ozni
qalqon  qilib  olsa,  bu  qalqonni  hech  narsa  teshib  o‘tolmas
ekan. Bu orada Rahimjon Anvarga loaqal yotoq va stipendiya
olib berishga ham urindi. Biroq bunda ham hech narsa teshib
o‘tolmaydigan  qalqonga  duch  keldi:  qoidada  «Talabaning
uy-joyi bo‘lsa yotoq, oilasi o‘ziga to‘q bo‘lsa stipendiya beril-
maydi»,  deyilgan,  uning  biron  chekkasiga,  «Talaba  yetim


41
qolsa, biron sabab bilan uyida turolmasa stipendiya va yotoq
berilsin»,  deb  yozib  qo‘yilgan  emas.  Rahimjon  bo‘g‘ilgan
paytlarida:  «Kotib  bo‘la  turib  o‘zing  qonun-qoidani
buzasanmi?»  degan  ta’nalar  ham  eshitdi.
Muhayyo  Naimjondan  ishning  oqibatini  eshitib  yig‘ladi,
biroq  Anvarga  yordam  qilish  qo‘lidan  kelmas,  va’da  qilgan
odamlar  unga  qachon  uy,  ish  topib  berishlarini  dadasidan
so‘ragani  istihola  qilar  edi.  Anvar  yana  bir  hafta  Hakimjon
bergan  biroz  pulni  yeb,  yotoqxonada  o‘rtoqlari  bilan  yotib
yurdi.  Xayriyat,  bu  orada  pensiya  chiqib  qoldi-yu  darmon
bo‘ldi. Shundan keyin uning ishi yurishib ketdi: uy va’da qilgan
o‘qituvchi  kichkina,  qorong‘iroq  bo‘lsa  ham  alohida  uyini
bo‘shatib  jihozlab  berdi.  Bu  uy  Anvarga  shuncha  yoqdiki,
fikr-yodi  Muhayyoga  ko‘rsatishda  bo‘lib  qoldi,  biroq  shuncha
qistadi, Muhayyo kelgani unamadi, nuqul kular edi. Ish va’da
qilgan o‘qituvchi shu hafta ichi ish ham topib berdi. Avtoklubda
mexanikka yordamchi kerak ekan. Anvar avtomobilga xiylagina
ishqiboz  bo‘lgani  uchun  bu  ishga  darrov  kirdi.
Oqsoq  mexanik  cholning  yordamchisi  ishdan  bo‘shab
ketganiga yaqin bir hafta bo‘lib, og‘ir ishlar to‘planib qolgan,
bundan  tashqari  chetdan  ham  ish  kelib  turar  ekan.  Anvar
avtomobilning ostiga kirib chol burolmagan gaykalarni burar,
ko‘tarolmagan qismlarni ko‘tarar, tushirar, qanchadan-qancha
g‘ildiraklarni olar, qo‘yar, damlar, ishning zo‘rligi va ovqatning
tayini  bo‘lmagani  uchun  kechga  tomon  sulayib  qolgunday
bo‘lar  edi.  Chol  uni  yaxshi  ko‘rib  qoldi,  chetdan  keladigan
ishdan  tushadigan  chaqadan  ba’zan  bir  so‘m-yarim  so‘m
beradigan  bo‘ldi.
Bir  kuni  bet-qo‘li  qora,  horigan,  terga  pishgan  Anvar
kechroq  buzuq  avtobusning  soyasida  maykachan  non  bilan
pomidor  yeb  o‘tirgan  edi,  darvozada  tuguncha  ko‘targan
Muhayyo  paydo  bo‘ldi.  Anvar  Rohat  bog‘chasida  bo‘lib
o‘tgan  mojarodan  Muhayyoning  ota-onasi  xabar  topgani-
topmaganini bilmas, shuning uchun tashvishlanib yurgan edi,
uzoqdan  nazariga  uning  chehrasi  g‘amgin  ko‘rindi-da,  shu
yerda turgan qog‘oz bilan yuz-qo‘lini naridan-beri artdi, ustki
ko‘ylagini  kiydi.  Bungacha  Muhayyo  uni  ko‘rib  qolib
chopqilladi,  avtobusni  aylanib  o‘tdi.  Ikkovi  bir-biriga  qarab
turib  qoldi.  Muhayyo  jilmaydi,  qo‘lidagi  tugunchani  ikki


42
qo‘llab  unga  uzatdi.  Uning  jilmayganini  ko‘rib  Anvarning
ko‘ngli  joyiga  tushdi,  tugunchani  olib  qog‘oz  dasturxondagi
pomidor bilan nonning yoniga qo‘ydi. Tugunchada osh bo‘lsa
kerak,  issiqqina,  hidi  chiqib  turar  edi.  Muhayyo  uning
yemishini  ko‘rib  ko‘ngli  buzilib  ketdi.
–  Muncha,  g‘aribmisiz?  –  deb  ko‘zi  jiqqa  yoshga  to‘ldi.
Muhayyo shundoq deb ko‘ziga yosh olmasdan burun yeb
o‘tirgan ovqati g‘aribona ekani xayoliga ham kelmagan Anvar-
ning  birdan  xo‘rligi  kelib,  tomog‘iga  bir  nima  tiqildi,  yig‘i
xuruj  qildi,  buni  bildirmaslik  uchun  yuzini  teskari  o‘girish
yoxud  ko‘zini  berkitish  noqulay  bo‘lgani  sababli  minnatdor-
chilik  ma’nosida  Muhayyoni  quchoqlab,  yelkasiga  boshini
qo‘ydi,  tez-tez  kiprik  qoqib  yoshini  yutdi.  Muhayyoning
yig‘laganini  payqab  baralla  yig‘lab  yubordi.  Ikkovi  bir-birini
yupatmoqchi  bo‘lgan  sayin  yig‘i  xuruj  qilib  kelardi.
Ikkovi  xo‘p  yig‘ladi.
Mashina  yog‘layotgan  oqsoq  chol  bularni  kuzatib  turgan
ekan,  chuqur  xo‘rsinib:
–  Ishq  balodir,  ishq  balodir,
Oshiq  kishilar  g‘amga  mubtalodir,  –
dedi-yu  avtomobilning  ostiga  kirib  ketdi.
Muhayyo  Anvarning  hol-ahvolini,  ishini  so‘radi,  ishidan
g‘oyat rozi ekanini bilib xotirjam bo‘ldi-yu uzoq o‘tirmay ketdi.
Shundan  keyin  Muhayyo  o‘tgan-ketganida  klubga  kirib
Anvarning holidan xabar oladigan, ba’zan maxsus kelib birpas
gaplashib  o‘tirib  ketadigan  bo‘ldi.  Muhayyo  kelganda  oqsoq
chol  Anvarga  javob  berib,  har  qanday  og‘ir  ish  bo‘lsa  ham
o‘zi  qilar,  bular  goh  buzuq  avtobusning  soyasida,  ba’zan
uning  ichida  gaplashib  o‘tirishar  edi.
Hakimjon o‘n ikki kunlik dam olish uyiga boradigan bo‘ldi.
Shu  munosabat  bilan  uyga  uning  yor-do‘stlari  yig‘ildi  –
ziyofatdan keyin  Muborakxonim charchab cho‘zildi  va uxlab
qoldi.  Muhayyo  dasturxonni  yig‘ishtirib,  idish-tovoqni  yuv-
gandan keyin bir qarichdan mo‘lroq qazi, biroz yaxna go‘sht,
somsa,  meva-chevani  dasturxonga  tugib  Anvarni  ko‘rgani
bordi.
Anvar  qorni  och  bo‘lsa  kerak,  dasturxonni  Muhayyoning
qo‘lidan  olib  uni  buzuq  avtobusga  boshladi,  dasturxonni


43
darrov  ochdi,  ovqat  ko‘pligini  ko‘rib,  Muhayyoning  ijozati
bilan  ustasi  oqsoq  cholni  chaqirdi.  Chol  bir  choynak  choy
ko‘tarib  kirdi  va  ikkovini  olqab  o‘tirdi,  Muhayyo  manzirat
qilgandan keyin ikki barmog‘i bilan bitta somsani olib og‘ziga
soldi-da, uzoq chaynadi, huzur qilib yutdi, ta’mini olib bosh
chayqadi.
–  Bay-bay-bay,  bunaqa  somsani  yemaganimga  necha  yil
bo‘ldi  ekan?  Yo‘q,  umrimda  yegan  emasman!
–  Kampiringiz  pazanda  emasmilar?  –  dedi  Muhayyo.
–  Kampirim  mening  uchun  uzatgan  oyog‘ini  yig‘maydi.
Oramizda  mehr-muhabbat  yo‘q!  Qachon  o‘ladi-yu,  ko‘zini
cho‘qiyman,  deb  quzg‘unday  tepamda  aylanadi.  Kichikroq
hovlim,  kassada  biroz  pulim  bor.
–  Qariganda  muhabbat  qoladimi!  –  dedi  Anvar  kulib.
–  Yo‘q,  o‘g‘lim,  aksincha,  aslida  muhabbat  bo‘lsa  qari-
likda  yetiladi.  Ayb  o‘zimda:  yoshlik  –  beboshlik,  deb  chit-
takday shoxdan shoxga sakray beribman, qo‘nimni bilmabman,
bir vaqt ko‘zimni ochib qarasam oltita xotin olib qo‘yibman.
Bu  –  yettinchisi!  Bularning  biri  to  menga  mehr  qo‘yguncha
qo‘yib  yuborib  boshqasini  olibman.  Bu  xotinlardan  uchta
farzand  ko‘rganman,  hammasi  barhayot,  lekin  hech  birining
menga  mehri  yo‘q;  avvalo  mendan  yiroqda  o‘sgan,  undan
keyin hammasining ham onasi meni yomonlagan. Endi ham-
ma xotinlarim,  bolalarimning qarg‘ishi tegib,  shuning qo‘liga
qarab  qoldim.  Busiz  ham  bo‘lmaydi:  boshim  yostiqqa  tek-
kanda  loaqal  tezroq  tuzalib  ishga  chiqsin,  pul  topib  kelsin
degan  muddaoda  bir  piyola  suv  berar-ku;  o‘lsam  odamlar
bexabar  qolib,  o‘ligim  uyning  o‘rtasida  ko‘karib  yotmas-ku!
Mening  o‘tgan  umrim  bir  ibrat,  pensiyaga  chiqsam  kitob
yozaman...  Sizlarga  havasim  keladi.  Qaysi  kuni  ikkoving
quchoqlashib  yig‘laganda  avtobusning  tagiga  kirib  men  ham
yig‘ladim!  Sizlarning  ko‘z  yoshlaring  chuchuk  ko‘z  yoshi,
mening ko‘z yoshlarim achchiq ko‘z yoshi. Men ham yoshli-
gimda  chuchuk  yosh  to‘kkan  bo‘lsam,  qariganda  achchiq
yosh  to‘kmas  edim...  Endi  men  ishimga  boray...
Chol o‘pkasini zo‘rg‘a tutib o‘rnidan turdi, inqillab-pishil-
lab  tushib  ketdi.  Anvar  bilan  Muhayyo  jim  qolishdi.
–  Qiziq,  –  dedi  Anvar,  –  har  boshda  bir  savdo,  birov
yanglishadi,  birovni  birov  yanglishtiradi,  birov  yurgani  yo‘l


44
topolmaydi,  birov  bor  yo‘ldan  yurolmaydi...  Esimda  bor,
ayam  meni  alqamoqchi  bo‘lsalar  «boshing  toshdan  bo‘lsin»,
der  edilar,  haqiqatan,  bu  dunyoda  odamning  boshi  toshdan
bo‘lishi kerak ekan. Biz asrimiz buyuk: insonning ko‘zi o‘tkir,
qulog‘i ding, qo‘li uzun, qadami  katta, ya’ni har ishga qodir
deymiz-u,  odam  odamga  yashagani  shu  qadar  xalal  beradi,
olamni  shu  qadar  tor  qilib  yuboradiki,  boshimni  olib  tog‘-u
toshlarga,  uzoq  yulduzlarga  ketsam  deyman!
Muhayyo  hazillashib  uning  bilagidan  mahkam  ushladi.
–  Meni  tashlab,  nomard,  senga  yo‘l  bo‘lsin!
1
Ikkovi  qotib-qotib  kuldi.
–  Yo‘q,  Muhayyoxon,  –  dedi  Anvar.  –  Sizni  ham  olib
ketaman! Hali men sizga aytganim yo‘q, men uchar avtomobil
ixtiro  qilmoqchiman!
–  Vertolyotmi?  –  dedi  Muhayyo  kulgi  yoshini  artib.
– Yo‘q, vertolyotning dahmazasi ko‘p: parrak kerak, benzin
kerak, buzilsa omon qolmaydi. Men oddiy «Volga»ni uchiraman.
Hamma  narsa taxt,  faqat bir  narsaga  qarab  qolganman.
–  Nima  ekan?
– Jismlarning, jumladan, «Volga»ning ham og‘irligi nima
degan  so‘z?  Yerning  tortish  kuchi  degan  so‘zmi?  Demak,
yerning  tortish  kuchini  kesadigan  bo‘yoq  o‘ylab  topilsa-yu,
shu  bo‘yoq  bilan  bo‘yalsa  tamom  –  «Volga»  bolalarning
pufagiday  osmonga  qarab  intilaveradi!  Uning  ichida  o‘tirgan
odam derazadan qo‘lini chiqarib yelpig‘ich bilan uni xohlagan
tomoniga yurgizishi mumkin! Hamma gap mana shu bo‘yoqni
topishda!
Muhayyo  kulaverib  bukchayib  qoldi.
–  Faqat  bo‘yoqqa  qarab  qolibsiz-da!..  Yo‘q,  Anvarjon
aka,  sizga  yashagani  xalal  bergan,  olamni  ko‘zingizga  tor
qilib  ko‘rsatgan  odamlar  emas,  bitta  Marg‘uba  ammangiz!
Bitta  ammangizdan  qochish  uchun  uchar  avtomobil  ixtiro
qilishning  hojati  bormikin?
–  Nega  bitta  ammam  bo‘lar  ekan,  urf-odatimiz-chi?
Uchar  avtomobil  qochish  uchun  kerak,  bo‘lmasa,  Rahimjon
aytmoqchi,  odamni  xo‘rlaydigan,  odamning  nafasini  bo‘g‘a-
digan  urf-odatlarimizni  bombardimon  qilish  uchun  kerak!
1
 Qo‘shiqdan satr.


45
Jek Londonning xayoliy bir hikoyasi  bor edi shekilli, – dedi
Anvar. –  Hikoya qahramoni  xayoliy yo‘llar  bilan Amerikada
kapitalizmni  yiqitib,  o‘rniga  boshqa  tuzumni  quradi.  Lekin
Amerika xalqi o‘shanaqa xayoliy qurollarni o‘ylab topguncha
boshqa bir xalq oddiy miltiq bilan kurashib kapitalizmni yiqitdi.
Biz  ham  shu  yo‘ldan  borib,  avtomobilni  uchar  qiladigan
bo‘yoq  topilmaguncha  ro‘para  kelgan  oddiy  tayoqni  ko‘tarib
jangga  kirishimiz  osonroq!
–  Qani  o‘sha  oddiy  tayoq?  –  dedi  Muhayyo.
Anvar  uning  qo‘lini  ushladi.
–  Jasorat!
Muhayyo  qip-qizarib  yerga  qaradi.
–  Mening  qo‘limdan  nima  keladi...
– Qo‘lingizdan hech narsa kelmaydimi? Hech narsa kerak
emas,  menga  faqat  xalal  bermasangiz  bo‘ldi!  Marg‘uba
ammam  mendan  kechib  yuborishi  mumkin,  bu  juda  ham
katta  musibat  emas!  Lekin  sizning  ota-onangiz  sizdan  ke-
chishmaydi,  qo‘rqmang!
Muhayyo hamon yerga qaraganicha eshitilar-eshitilmas dedi:
–  Dadam  durustlar,  ayam  eskicharoq...
Muhayyo  qorong‘i  tushib,  teraklar  orasidan  zo‘riqqanday
ko‘kimtir  qizil  oy  ko‘tarilganda  ketgani  qo‘zg‘aldi.  Anvar  uni
xilvat, oydinda olachalpoq yo‘laklardan uyiga eltib qo‘ydi. Ular
ko‘chaning  bu  yuzidagi  kattakon  qayrag‘och  tagida  to‘xtashdi.
Muhayyo  xayrlashgani  qo‘l  berdi.  Anvar  uning  qo‘lini  qattiq
qisib  o‘ziga  tortdi,  Muhayyo  yaqinroq  kelib  ikkinchi  qo‘lini
uning  ko‘kragiga  qo‘ydi.  Anvar  o‘tgan  safar  yuzidan  o‘pgani
intilganida Muhayyo xafa bo‘laman degani uchun yana qo‘lidan
o‘pdi, qayta-qayta o‘pib yuziga surkadi. Muhayyo bu safar qo‘lini
tortib  olmadi,  lekin  xavotir  olib  ko‘chaning  u  yuziga  qaradi.
Eshik oldida onasi qop-qora haykalday bo‘lib turar edi. Muhayyo
«voy o‘lay!»  deganicha yo‘lkani qiyalab,  onasining ro‘parasidan
ko‘chaning  u  yuziga  o‘tdi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish