38
Anvar g‘azabi kelib bir nima demoqchi bo‘lgan edi,
yonidagi sherigi sekin turtib, so‘zini og‘zidan oldi.
– Opajon, Muhayyoxon bizning institutda o‘qiydi, singli-
mizday narsa... Bizga malol keladi! Sizning to‘g‘ringizda birov
shunaqa desa siz nima derdingiz?
G‘azabi kelib o‘tirgan Naimjon so‘z qotdi:
– To‘g‘ri, Muhayyoxon erga tegib chiqqan, lekin bunaqa
falokat har kimning ham boshiga kelishi mumkin! Xo‘sh,
o‘zingiz Javlon akaga qiz tekkanmisiz?
Bo‘ynini tutolmay boshini u yoqqa-bu yoqqa tashlab
o‘tirgan Javlon birdan xuddi o‘qchiganday:
– To‘g‘ri! – dedi stolga shappatilab. – Haqiqatda qiz
tekkan! Bu qizligida o‘zini quritib olgan, hozir ham qiz! I...
I... Do‘zaxga ham qizligicha tushadi!
Naimjon davom etdi:
– Javlon aka sizni «xotinim» deganda hech kim bu kishini
uyidan haydab chiqarmagandir-ku, Anvar Muhayyoni «xoti-
nim» desa siz nega uni o‘z uyidan haydab chiqarasiz?
Javlon zavq qilib kuldi.
– Meni o‘zi don sepib zo‘rg‘a
uyiga olib kirgan-u, qayoq-
qa haydaydi! Menga qara, hoy saksovul, don sepgansan-a?
Mototsikl olib bergansan, tilla soat olib bergansan! Lekin ov
miltig‘ini yeb ketding!..
Marg‘uba erini ortiq gapirtirgani qo‘ymadi, vino quyib
berdi. Javlon vinoni bitta ko‘tardi-da, gandiraklab borib
divanga cho‘zildi va uzun xurrak otdi.
– Men Anvarni haydaganim yo‘q, – dedi Marg‘uba biroz
bo‘shashib, – uni otasi haydagan! Otasining vasiyati shu!
Otasi aytgan qizni – Muattarni olsin, hovli nima ekan, savdoga
qo‘ysa o‘n-o‘n ikki mingga ham bormaydi! Bundan tashqari,
besh ming olti yuz so‘mlik yangi «Volga»si, omonat kassada
o‘n ming so‘m naqd puli, o‘n sakkiz ming so‘mlik ro‘zg‘ori,
onasidan qolgan, keliniga atalgan yigirma uch ming so‘mlik
taqinchoqlar bor! Mana, o‘zi ko‘rsin!
Marg‘uba narigi uydan o‘ymakor naqshli qora qutichani
olib chiqdi, qopqog‘ini ochib Anvarning oldiga qo‘ydi va
uning bo‘ynidan ushlab, burnini taqinchoqlarga ishqalamoqchi
bo‘ldi. Anvar jahl bilan qutichani surib tashladi. Quticha
ag‘anab, ichidagi shoda-shoda marvarid, tilla va kumush
40
– Amma, – dedi Anvar kiyimlarini sochiqqa o‘rar ekan, –
Muattar menga tegmoqchi emas-ku!
Marg‘uba vag‘illab berdi:
– Muattarning ixtiyori avvalo otasida, qolaversa, menda!
Nima, Muhayyoda oy ko‘rganmisan?
– Ha, men Muhayyoda oy ko‘rganman! Dadam olam-
dan o‘tib dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘lganda Muhayyoda
oftob ko‘rganman.
Marg‘uba zo‘r afsus bilan so‘radi:
– Men senga hech narsa qilganim yo‘qmi?
– Qildingiz, onam meni tuqqan, o‘stirgan, ota-onam
jon bergan hovlidan meni haydadingiz!
Marg‘uba «senga gap kor qilmaydi», degan ma’noda qo‘l
siltadi, mehmonlarni kuzatdi, eshikni qulflab, tanbalab oldi.
Yo‘lda Naimjon Anvarga tasalli berdi:
– Xafa bo‘lma, oshna, olamiz! Hammasini olamiz!
Do'stlaringiz bilan baham: