Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qo`qon — 1968.25.5, Moskva) — O`zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tug`ilgan. Bolaligi Qo`qon va uning atrofidagi qishloqlarda o`tdi. Oqqo`rg`on qishlog`idagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko`rdi. Oilasi Qo`qonga ko`chib kelgach «Istiqlol» nomli sho`ro maktabiga o`qishga kiradi, undan internat, "Kommuna", "Namuna" maktablarida, so`ng bilim yurtida tahsil ko`radi. Bilim yurtining «Adib» qo`lyozma jurnalda dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi «Qizil O`zbekiston» gazetasi tahririyatining «Ishchi-batrak maktublari» varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida O`rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qo`qonga borib, dastlab o`qituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; ko`p o`tmay «Yangi Farg`ona» viloyat gazetasiga kotib va «Chig`iriq» hajviy bo`limiga mudir etib tayinlanadi (1929). Abdulla Qahhorning «Oy kuyganda» ilk hajviy she`ri «Mushtum» jurnalda Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So`ng uning bir qancha hajviy she`r va hikoyalari «Mushtum», «Yangi yo`l» jurnallari va «Qizil O`zbekiston» gazetasida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, Evoy kabi taxalluslar ostida e`lon qilindi. Abdulla Qahhor 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O`rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o`qishga kiradi (1930), ayni paytda «Sovet adabiyoti» jurnalda mas`ul kotib vazifasini bajaradi. O`zdavnashrda muharrir va tarjimon (1935 — 53). 1954 — 56 yillarda O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi. Abdulla Qahhor umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o`sha yerda vafot etadi. Toshkentdagi Chig`atoy kabristonida dafn etiladi.
Abdulla Qahhor nasri
Abdulla Qahhor ijodi she`riyat bilan boshlangan esada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. «Boshsiz odam» (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxirigacha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. Abdulla Qahhorning dastlabki ijodidagi «Qishloq hukm ostida» qissasi (1932) sho`ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning “boshsiz odam” hikoyasi bilan boshlangan faoliyatida esa tarixiy o`tmish aks ettirilgan. Qo`shchinor chiroqlari (1951) romanida (dastlaki varianti «Qo`shchinor», 1946) jamoalashtirish davrining voqealari badiiy tasvirlangan.
Abdulla Qahhorning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — «Sarob» muhim o`rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning faoliyatini ko`rsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi o`zbek xalqi hayotining maishiy, etnografik, iqtisodiy va ma`naviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. «Sarob» keng mavzuli roman bo`lgani uchun yozuvchi o`zining badiiy niyatini yalang`och holda ko`rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko`rinishida reallashtirishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan. Abdulla Qahhor ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar e`lon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo`lib, ular o`zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir. Abdulla Qahhorning nasriy asarlari orasida «Qo`shchinor chiroqlari» romani hamda «Sinchalak» (1958), «O`tmishdan ertaklar» (1965) va «Muhabbat» (1968) qissalari muhim o`rin tutadi.
Abdulla Qahhor ijodida janrlar xilma-xilligi
Abdulla Qahhorning iste`dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qo`riq yerlarni o`zlashtirish mavzuida «Shohi so`zana» («Yangi yer», 1949 — 53) komediyasini yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu komediyada qo`riq yerlarning — Mirzacho`lning o`zlashtirilishidan ko`ra ba`zi kishilar ongidagi sho`rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o`ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o`zbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik o`rtasidagi ziddiyat bu komediyada o`zining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asarda Abdulla Qahhor ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo`yoqlardan mohirona foydalangan holda konfliktni o`ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o`ynalib, o`zbek teatr san`atining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bundan ilhomlangan yozuvchi «Og`riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962) hamda «Ayajonlarim» (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan «Tobutdan tovush»da o`sha davr uchun xos bo`lgan illatlar hajsh o`ti ostiga olindi. Ayniqsa so`nggi asarda Abdulla Qahhor o`ziga xos nozik tuyg`u bilan jamiyatdan poraxo`rlikdek dahshatlm illatni tag-tomiri bilan yo`qotish istagida uning ayrim ko`rinishlarinsh sahnaga olib chiqdi, u «So`nggi nusxalar» nomi bilan ham sahna yuzini ko`rdi. Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida o`zbek tilinm nozik his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U o`zining nasri! asarlarida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz imkoniyatlarini namoyish etishning ajoyib namunalarini berdi va o`z ijodi bilan o`zbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qo`shdi.
Abdulla Qahhor hayotining so`nggi kunlari
Abdulla Qahhor hayotining so`nggi kunlar sho`ro jamiyatida shaxsga sig`inishni avj olishi orqasida yuz bergan fojialarni tasvirlovchi «Zilzila» qissasi ustida ish olib bordi. Lekin u tugata olmadi. Abdulla Qahhor tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, L. Tolstoy Gogol, Chexov asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni paytda Abdulla Qahhor asarlari rus, ukrain, belorus qozoq, qirg`iz, tojik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz nemis, fransuz, chex, polyak, bolgar, rumin, arab, hind, vyetnam tillarida chop etilgan. Abdulla Qahhor Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotilangan (2000). Uning nomi Toshkent shahar, Qo`qondagi bir necha ko`cha, maktab va jamoa xo`jaliklariga, shuningdek madaniyat uylari va respublika Satira teatriga berilgan. Toshkentda Abdulla Qahhor uy muzeyi ochilgan
Abdulla Qahhor – o’zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri. Uning ijodiy merosi XX asr o’zbek adabiyoti rivojida katta o’rin tutadi. 61 yil umri davomida 40 yildan ortiq umrini ijodga bag’ishladi.
U ko’plab hikoyalar, qissalar, dramalar va romanlar yozdi. O’z vaqtida uning asarlari O’vropa va Osiyo mamlakatlarining tillariga ko’plab tarjima etilar, qo’shni o’lkalarda keng tarqalar edi. Shu tarzda Abdulla Qahhor o’zbek adabiyotining xalqaro miqyosida shuhrat qozonishida ham katta xizmat qildi. O’zbek adabiy tilining rivojiga qo’shgan hissasini alohida ta’kidlash kerak.
Abdulla Qahhor 1907 – yil 17- sentabrida hozirgi Xo’jand viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tug’ilgan. Otasi Abduqahhor temirchi usta bo’lgan. Abdullaning bolaligi Nursux, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor. Yulg’unzor, Oqqo’rg’on kabi Qoqon atrofidagi qishloqlarda kechdi.
Abdulla 10 yoshida Buvaydadagi eski maktabda o’qidi, oila Oqqo’rg’onga ko’chgach, maktabda qo’qonlik Muhammadjon qori maktabida geografiya, tabiiyot, matematika kabiilmlarni kam o’qitgan. Ayniqsa shogirdlarida Sharq adabiyotiga qiziqish uyg’otishga uringan. Shu sababli bo’lsa kerak, Abdulla umrining oxirigacha Sa’diy, Xayyom, Hofiz, Bedil, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Nodira asarlarini qo’ldan qo’ymadi.
1917-yili A.Qahhor oilasi Qo’qonga ko’chadi. U yerda yangi ochilgan “Istiqlol” maktabida o’qiydi. Bu maktab internatga aylantirilsa ham shu yerda o’qib, adabiyotga qiziqishi ortadi.
1922 – 29-yillarda Qoqon pedtexnikumida o’qidi. Pushkin, Gogol, Turgenov, Tolstoy asarlaridan xabardor bo’ldi. “Bilim yurti” devoriy gazetasida she’r, maqolalari bilanqatnashdi.
1923 – yil dekabr oyida “Mushtum” jurnalida birinchi feletoni bosildi.
Respublika matbuotida “Gulzor”, “Yalangoyoq”, “Norin shilpiq”, “Mavlon kufur”, “Nish” taxalluslari bilan feleton, hajviy she’rlar, hikoyalar e’lon qildi.
18 yoshida Respublika gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladi.
20 – yillarda hikoyachilik janrida o’zini sinab ko’rdi.
1932 – yili “Qishloq hukm ostida” birinchi kitobi dunyo yuzini ko’rdi. So’ng “Olam yasharadi”, “Tangrining kulgisi” hikoyalar kitoblari chop etildi.
30 – yillar boshida O’rta Osiyo Davlat Universiteti pedogogika fakultetida o’qiydi. Til va adabiyot institutining aspiranturasiga kiradi.
Qisqa muddatda M.Gorkiyning “Olovli o’t”, A.Serafimovichning “Temir oqim” yirik asarlarini tarjima qildi.
1930-yil 23 yoshida “Sarob” romanini yozdi. Bu asar 1934 yili o’zbek prozasining cho’qqi asarlaridan biri sifatida baholandi.
1930-yil o’rtalarida hikoyachilik san’ati barq urib gulladi.
A.Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlariga ko’ra 2 turga (guruhga):
1.O’tmish haqidagi hikoyalar
2.Hikoyalarining bosh qahramonlari: zamondoshlarimiz.
Yaqin o’tmishdagi o’zbek voqeligi “Anor”, “O’g’ri,” Bemor”, “Tomoshabog’” kabi hikoyalarida aks etadi.
O’tmish mavzusida “Dahshat” hikoyasini yaratdu. “O’tmishdan ertaklar” qissa deb atalgan bo’lsa-da, mohiyat-e’tibori bilan ayrim-ayrim hikoyalardan tashkil topgan.
“Bemor” hikoyasi hajmi kichkina hikoya. Undagi voqea ham oddiy – Sotiboldining xotini og’rib qoldi-yu, vafot etadi.
San’atkorning sehrli qalami ostida betob bo’lgan odam va o’lim shunday tasvirlab beriladiki, uning o’limi ijtimoiy adolatsizlikning, tengsizlikning, qashshoqlikning qurboni.
Hikoya cho’qqi nuqtasida onasining jonsiz jasadi yonida ma’sum go’dakning uyqusirab “Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin” deb qilgan iltijosi bizga go’dak qalbining nidosi emas, insonni shuchalar xos etgan, tilsiz, notavon qurbonga aylantirgan, uni xurofot va bid’at chilvirlari bilan bo’g’ib tashlagan dunyoga qarshi yuragimiz qa’ridan chiqqan la’nat nidosidek tuyuladi.
Abdulla Qahhorning o’tmish haqidagi eng barkamol hikoyalaridan biri “Dahshat”dir.
Hikoya o’zbeklar o’rtasida ancha keng tarqalgan oddiy bir latifa asosida qurilgan. Biroq yozuvchi iste’dodining kuchi bilan bu latifaga favqulodda hayotiy mazmun baxsh etadi.
“Dahshat”ning o’tmish haqidagi boshqa hikoyalardan farqi, adib adolatsizlik va tengsizlik qurbonlarini, ojiz, notavon, mute’ odamlarni emas, o’z haq-huquqi, erki uchun jur’atsizgina bo’lsa-da kurash yo’liga kirgan, bu yo’lda har qanday dovyurak odamni ham dahshatga soluvchi qabriston vahimasidan cho’chimagan, nihoyat bu yo’lda qurbon bo’lgan Unsinni qahramon qilib olgan.
Unsin – Olimxon dodhoning sakkizinchi xotini. U eng kichik, eng suyukli xotin. Biroq Unsin uchun bu xonadon go’ristondan ham xunukroq va dahshatliroq ko’rinadi. Bu xonadondan qutulish uchun o’zining Ganjiravoniga ketishga ahd qiladi va kurashda halok bo’ladi.
Hikoyaning ajoyib tomonlaridan biri shundaki, undagi Unsin xarakteri psixologik jihatdan chuqur dalillangan – voqealar tabiiy ravishda biri birining ichidan chiqib kelaveradi “lekin ular bir-birlari bilan tutashib, yaxlit uzilmas zanjirni tashkil etadi.
Bundan tashqari “Xotinlar”, “Asror bobo”, “Beshik”, “Mahalla”, “Nurli cho’qqilar” hikoyalarini yozdi.
A.Qahhor dramaturgiya sohasida ham barakali ijod etdi.
1949-yili “Shohi so’zana”;
1954-yil “Og’riq tishlar”;
1962-yil “Tobutdan tovush”
“Ayajonlarim” kabi komediyalari bunga misol bo’la oladi. Uning asarlari sahna yuzini ko’rdi.
1958 – yilda “Sinchalak” o’zbek tilida e’lon qilindi..
Abdulla Qahhor oz umr ko’rdi – u 1968- yil 25 – may kuni vafot etdi.
Undan meros sof asarlar – ularning ko’pchiligi adabiyotimiz xazinasiga kirdi.
A.Qahhor chinakam san’atkor adib va barkamol inson edi.
Abdulla Qahhor adabiyotda umrboqiy asarlar qoldirdi.
Asarlari; «Qishloq hukm ostida» (1932, ilk kitobi), «Sarob» romani, «Hikoyalar» to‘plami, «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «O’g‘ri», «Bemor», «Anor», «Sinchalak», «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951, dastlab «Qo‘shchinor» deb nomlangan. Bu asarda O’zbekistonda jamoa xo‘jaligini tashkil qilish (kollektivlashtirish) jarayoni, bu jarayondagi murakkabliklar, kurash va qiyinchiliklar aks etgan. Asar haqida A. Qahhor shunday yozadi: «Men o‘z to‘pidan ayrilib, keyinda qolgan batrak-so‘nggi batrakning o‘sha yangi yo‘lga chiqib olguncha boshdan kechirganlarini tasvir qilmoqchi bo‘ldim. Biroq o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan maqsadimga yetolmadim... romanni tanqid xush qabul qabul qilgan bo‘lsa ham, ta’bimdagi kitob emas»), «Shohi so‘zana» (1950, qahramonlari: Dehqonboy, Hafiza, Xolbuvi, Saltanat va boshq. Bu asarni yozishda adib dramaturgiya janrida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, Mirzacho‘ldagi bir jamoa xo‘jaligiga ko‘chib borgan), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962, keyingi nomi «So‘nggi nusxalar», poraxo‘rlik illati fosh qilingan), «Ayajonlarim» (1966), «O’tmishdan ertaklar» (1964), «Muhabbat» (1966), «Mahalla», «Tomoshabog‘», «Millatchilar», «Adabiyot muallimi», «Zilzila» (tugallanmay qolib, uning vafotidai so‘ng nashr etilgan) va boshq.
Abdulla Qahhor hikoyalari haqida
Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor «Xotinlar», «Asror bobo», «Ming bir jon», «Mahalla» hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o‘rinli foydalangan.
«O’g‘ri» hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» - kabi misralar shu hikoyadan olingan. «O’g‘ri» hikoyasida «Begim deguncha belim sinadi», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz», «Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi», «O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan» kabi maqollar qo‘llangan.
«Bemor» hikoyasida qattiq og‘rib, vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batamom ojiz, qo‘li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to‘ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi «begunoh go‘dak» - qizcha holati bayon etilgan. Ona esa har qanday vaziyatda ham o‘z bolasini o‘ylaydi. Bu hikoyaga «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli epigraf qilib olingan.
«Dahshat» hikoyasida Unsinning «O’g‘ri» dagi Qobil bobo, «Anor» dagi Turobjon, «Bemor» dagi Sotiboldidan farqi shuki, u o‘z salaflariga o‘xshab mute’lik asirasi va jaholat qurboni bo‘lib yashashni istamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi - bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak - Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga - o‘z uyiga ketmoqchi bo‘ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim bir voqeani aytib berayotganda «- Bola edim. Raxmatli dadam gap yer edilar. Bir mexmonxona yigit.. . Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Xozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning go‘riga pichoq sanchib keladi?» - degan gap bo‘libdi» - deydi. Unsin Dodxo bergan topshiriqni bajaraman deb borganda o‘tinni unutadi va hikoya so‘ngida qo‘rqinchdan jon beradi.
«Ming bir jon» hikoyasi 1956 yilda yozilgan. Asar qahramonlari quyidagilar: jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib olgan, «bu xotinning joni bitta emas, ming bitta» degan Mirrahimov, sakkiz oydan beri palatadan chiqmay yotgan, o‘n yildan beri xasta ayol Mastura Alieva, Masturaning eri Akromjon, Hoji aka.
«Asror bobo» hikoyasida Usta Mo‘min kitob ko‘rib, Asrorqulning o‘g‘liga qochoq bo‘lib yurgan kunlardan yodgor bo‘lsin deb, «Yodgor» ismini qo‘yadi. Hikoyada «Soxta tabassum» birikmasi salbiy emas, balki qahramonning matonati, irodasi, bardoshi belgisi bo‘lib yuzaga chiqqan. Hikoya qahramoni Asror bobo Nikolay davrida tegirmonchi bo‘lgan.
«Mayiz yemagan xotin» hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi o‘zgarishlarni ko‘rolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha - barchaga gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan g‘iybat gaplarni tarqatishdan or qilmaydigan mulla Norqo‘zining hajviy qiyofasini yarattan.
«Sinchalak» qissasi haqida
Bu qissa 1958 yilda yozilgan, 1959 yilda alohida kitob holida nashr etilgan. Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: «Xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasi uchini yo‘qotib qo‘yadigan», «toshqin suv: tegirmonni buzishi ham, yurgizishi ham mumkin» bo‘lgan Arslonbek Qalandarov, «Ishlab chiqarishda, jamoat ishida erkaklardan qolishmagan holda yana bola tug‘ib o‘stiradigan ayollarga jamiyat va davlat alohida g‘amxo‘rlik qilishi kerak, degan gapni hali ko‘p odamlar yaxshi tushunib yetgan emas» deb hisoblovchi Saida Alieva, «gapga kelganda burganing yo‘talidan bo‘ron qo‘porishga qodir» bo‘lgan Eshon va boshq.
«Sarob» romani haqida
Bu asar 1934 yilda yozilgan bo‘lib, adib unda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi «millatchilar» deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o‘z g‘oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga goz tutishi jarayonini badiiy gavdalantargan. Asarda bosh qahramon - Rahimjon Saidiy, Uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo‘ja singari obrazlar orqali sho‘rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlarni badiiy gavdalantirgan. Saidiylar yo‘li halokatli yo‘ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro‘yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarilgan.
Asar qahramonlari quyidagilar: Saidiy, Munisxon (o‘zigi-o‘zi otib o‘ldirgan), Murodxo‘ja domla, Soraxon va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |