«abdulla qahhor hikoyalarida qahramon masalasi»



Download 475,5 Kb.
bet1/5
Sana10.04.2022
Hajmi475,5 Kb.
#541267
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Рейимбоева Гавҳар


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


FILOLOGIYA FAKULTETI
O‘ZBEK ADABIYOTI KAFEDRASI

5141100 - o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr


ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi
REYIMBAYEVA GAVHAR XIDIRBAYEVNAning
«ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA QAHRAMON MASALASI»
mavzusidagi


BITIRUV - MALAKAVIY ISHI

NUKUS - 2013

Malakaviy bitiruv ishi O‘zbek adabiyoti kafedrasi yig‘ilishining 2013- yil «___» __________dagi №__ bayonnomasi bilan himoyaga tavsiya qilindi.


Fakultet dekani: f.f.n., dots. G.Qurbaniyazov
Kafedra mudiri: f.f.n. S.Matyakupov
Ilmiy rahbarlar: f.f.n., dots. F. Salayev,
katta o‘qituvchi Sh.Aldasheva
Bitiruvchi: G.Reyimbayeva
Reyimbayeva Gavharning «Abdulla Qahhor hikoyalarida qahramon masalasi» mavzusidagi malakaviy-bitiruv ishiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori bilan «____» ball («___%») qo‘yildi.

«___» ________ 2013- yil


DAK kotibi: R.Yendirbayev




R E J A:

KIRISH……………………………………………………………………………4


I BOB. ABDULLA QAHHOR MAHORATI ……………………………………8
II BOB. АBDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON TAQDIRI TALQINI…………………..…………………………………………………….. 30
XULOSA ………………………………………………………………………… 57
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI ……………………………60


KIRISH


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Go‘zallikning rangba-rang ko‘rinishlari mavjud. Zulmat pardasini tilib, ko‘kka hamla qilgan mushakning ming bir parchaga bo‘linib tovlanishi ham, metin yerni teshib chiqib, quyosh sari talpingan va xandon urib turgan gullar ham go‘zal. Ammo tun bag‘riga sochilib, erib va bir lahzada so‘ngan mushakning go‘zalligi bebahodir. Gulning go‘zalligida esa unga nur va suv bergan hayotning abadiy go‘zalligi mujassam. Abdulla Qahhor hayotni nozik, hatto aytish mumkinki, shoirona nigoh bilan kuzatar ekan, ana shunday ajoyib xulosaga kelgan.
XX asr o‘zbek adabiyotining peshqadam namoyandalaridan biri Abdulla Qahhor nafaqat hayotni kuzatish, voqelikda kechayotgan jarayonlarga munosabat bildirish, balki xalq tili va dilining tarjimoni bo‘lishga intilgan adib sifatida shuhrat qozongan. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning… albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, оliy maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bo‘lib keladi”1 degan so‘zlari Abdulla Qahhorning ba’zi bir hikoyalari uchun aytilgandek. Sababi, adib o‘z hikoyalarida insonlar orasida uchrab turadigan ba’zi kamchiliklarni qattiq qoralaydi.
Аbdulla Qahhor ХХ asr o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalaridan biridir. Uning hajmi jihatidan kichik bo‘lsa-da, o‘zida bir olam ma’no ifodalaydigan hikoya va qissalari har bir kitobxonga ma’lum va mashhur. Adib asarlarining kompozitsiyasi juda mukammal ishlangan.
Аsror bobo – yuksak mehr- muhabbatnining yorqin ifodasi. U asarning bosh g‘oyasini, ya’ni mehr-muhabbatni ifodalash uchun asosiy vosita. Shu bilan birga sirni qalbining tubida saqlay oladigan va qalbidagi mehr-muhabbati cheksiz bo‘lsa-da, uni yaqinlariga izhor etmaydigan, kamtar inson obrazidir.
Abdulla Qahhor faqat o‘ziga xos tarzda ijod qiluvchi yozuvchidir. U o‘z asarlarida milliy- umuminsoniy qadriyatlar: zamondoshlari ma’naviy dunyosi, ruhiy go‘zalligi, vatanparvarlik, otalar va bolalar munosabati, mehr oqibat kabi tuyg‘ularning teran badiiy ifodasini betakror tarzda namoyon qiladi. Uning asarlari qaysi mavzuda, nima haqida yozilganligidan qat’iy nazar, undagi milliy ruh, oddiylik kitobxonni ezgulik ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
“Asror bobo”da ham o‘zbek xalqining mintalitetiga xos donishmandlik, bolajonlik, hazilkashlik, o‘z oilasiga yuksak hurmat va samimiylik xislatlari mujassam. U kampiriga qalbini o‘rtab yurgan og‘ir musibat- o‘g‘lining jangda halok bo‘lganini aytmay, yashirib yuradi. Bu musibatning hamma dard-alamiga o‘z qalbini tutib bersa-da, kampirini ayab, unga hazil- mutoyiba qilishni qo‘ymaydi.
Abdulla Qahhorning aytishicha, uning saksonga yaqin hikoyalari bo‘lib, shulardan yarminigina olti jildlik “Asarlar” to‘plamiga kiritgan, xolos. Ana shu hikoyalar orasida “Dahshat”, “Anor”, “Bemor”, “O‘g‘ri”, “Ming bir jon” singari adabiyotimizning oltin fondidan o‘rin olgan asarlar borki, ularning har birida Abdulla Qahhorning nafaqat hikoyanavislik mahorati, balki insoniy mohiyati ham mana men deb turadi. Abdulla Qahhor hikoyalaridagi qahramonlarni imkon qadar tahlil qilib, o‘z mulohazalarimizni bildirishimiz ilmiy ishimiz dolzarbligini belgilaydi.

Download 475,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish