Abdulla Oripov Tavalludi



Download 0,82 Mb.
bet1/8
Sana07.10.2019
Hajmi0,82 Mb.
#23132
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov


Abdulla Oripov

Tavalludi

21-mart, 1941-yil
Qashqadaryo viloyatiKoson tumani, Nekoʻz qishlogʻi

Vafoti

5-noyabr, 2016-yil
(75 yoshda)
XyustonTexasAQSh

Sohasi

sheʼriyat

Alma mater

Toshkent davlat universiteti, (hozirgi OʻzMU) “Oʻzbek filologiyasi” fakulteti

Akademik rahbarlari  

Abdulla QahhorOybek

Mashhur ishlari

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi muallifi

Mashhur sovrinlari





O‘zbekiston SSR Xalq shoiri

«WIPO Creativity Award» oltin medali


Abdulla Oripov — atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir. Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.

Hayoti


Abdulla Oripov 1941-yilning 21-martida, yaʼni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati, Koson tumanidagi Nekoʻz qishlogʻida tugʻildi. Qishloq Qoʻngʻirtov etagiga oʻrnashgan boʻlib, oqar suv taqchil boʻlsa-da, seryomgʻir kelgan yillarda koʻkat-u maysalarga koʻmilib qoladigan kengish joy edi. Bu haqda shoirning oʻzi shunday yozadi:

"Ayniqsa, bahor paytlarida bu yerlarga yogʻin koʻp tushar, Qoʻngʻirtov etaklari ming xil oʻt-oʻlan, chuchmoma-yu qizgʻaldoqlar bilan, quyontoʻpigʻ-u ismaloq bilan, karrag-u hazorisfand bilan, qoʻzigullar bilan qoplanar, atrof-tevarak jannatiy bir manzara kasb etardi. Sel suvlari toʻplanib qolgan kichik-kichik koʻllarni “qoq” deyishardi. Uning toza suvini odamlar tashib ichishar, bola-baqra chuchmomay-u ismaloq, zamburugʻ terib, Qoʻngʻirtov etaklarida kunlarini kech qilar edi"

Ana shunday goʻzal maskanda tugʻilib oʻsgan Abdulla Oripovning otasi Orifboy Ubaydulla oʻgʻli ishbilarmon dehqonlardan boʻlib, jamoa xoʻjaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo koʻpchilik oʻzbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, gʻoyat taʼsirchan va ezgulikka tashna ayol boʻlgan. Oilada toʻrt oʻgʻil, toʻrt qiz boʻlib, Abdulla oʻgʻillarning kenjasi edi.

Asarlari

Birinchi marta respublika matbuotida “Qushcha” deb atalgan sheʼri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami “Mitti yulduz” esa 1965-yilda chop etilgan. Undan keyin “Koʻzlarim yoʻlingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O’zbekiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yoʻl” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qalʼasi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), toʻrt tomlik “Tanlangan asarlar” (2000—2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.

Abdulla Oripov xalqimizni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirgan. U Dantening (rus.)“Ilohiy komediya asarini, L.Ukrainka, T.Shevchenko, N.Nekrasov, Q.Quliev, R.Hamzatov singari shoirlarning sheʼrlarini mahorat bilan oʻzbekchaga oʻgirgan.

Abdulla Oripov sheʼrlarida falsafiy teranlik joʻshqin lirizm va insoniy samimiyat bilan uygʻunlashib ketgan.

Uning „Bahor“„Birinchi muhabbatim“„Kuz“„Saraton“„Oʻzbekiston“„Munojotni tinglab“„Otello“„Sarob“„Dengizga“„Malomat toshlari“„Olomonga“„Yuzma-yuz“„Genetika“„Chuvaladi oʻylarim sensiz“ va boshqa qator sheʼrlarida mana shu xususiyat yaqqol seziladi.

Bu asarlar oʻzbek milliy sheʼriyatining mumtoz namunalari boʻlib, yuksak badiiyligi, mantiqan kuchliligi, joʻshqinligi, yoqimliligi va lirik tuygʻularga boyligi bilan ajralib turadi.

Mustaqillikka erishgan Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi Abdulla Oripov soʻzi bilan aytiladi.

Millat maʼnaviyati va estetik tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun shoir Abdulla Oripov ijodkorlar orasida birinchi boʻlib, 1998 yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ degan yuksak unvonga sazovor boʻldi.

U I va II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Adabiyotlar


Oʻzbek Adabiyoti




Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)


XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)


1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)




Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi




  • Sharafiddinov O. Sheʼriyat — qalb yolqini. „Hayot bilan hamnafas“ kitobida. Toshkent. Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1984.

  • Karimov N. va boshqalar. 20 asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: „Oʻqituvchi“, 1999.

  • Qoʻshjonov M., Suvon M.. Abdulla Oripov. Toshkent„Maʼnaviyat“, 2000.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish