Abdulla oripov ijodiy merosi



Download 69,85 Kb.
bet6/8
Sana27.11.2022
Hajmi69,85 Kb.
#873444
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
A.Oripov

Azizim, dil qa’riga beso‘roq kira ko‘rma,
Unda qo‘sh-ko‘sh ilonlar, ajdaholar yotadi.
Sen birovni toptay deb behuda ot surma
Har kimning o‘z quyoshi o‘z ufqiga botadi...
Dostonda kishilar hayotidagi go‘zallikni toptash yo‘lida harakat qiluvchilar shirkati tuzilishi ko‘rsatiladi. Doston voqeasi shunday: shirkat - Ranjkom a’zolarining o‘zaro suhbati va farrosh ayoldan dakki yeb, sharmanda bo‘lishi asosiga qurilgan. Asarda qatnashuvchilarning aksariyati Ranjkom, ya’ni ranjitish komitetining a’zolari bo‘lib, ular sof vijdonli kishilarga hech qanday asossiz ravishda ozor yetkazuvchilar qiyofasida gavdalantirilgan. Ko‘rinadiki, "Ranjkom" dostonida noreal hayot hodisasi aks etgan bo‘lib, uning vositasida xayoliy tashkilot a’zolarining kirdikorlarini ko‘rsatishga harakat qilingan. Abdulla Oripov dostonda qahramonlarning o‘zlarini o‘zlari fosh etish usulini qo‘llaydi. Balki shuning oqibatida asarda yuzakiroq va kitobxonni ishontirishi qiyinroq unsurlar, g‘ayritabiiy tafsilotlar ko‘payib ketgandek tuyuladi. Faqat dostonning “Ranjkom” degan sarlavhasida va asardagi shirkat nomida hozirgacha hech kim payqab yetmagan bir ma’no yashiringan edi. Bu sarlavha sho‘ro zamonida keng tarqalgan “raykom” (“rayon komiteti”), “gorkom”, “obkom” singari hukmron partiya tashkilotlari nomlarini masxaralash shaklida tug‘ilgan edi. “Raykom” so‘zidan “Ranjkom”degan obrazli nom yasash yo‘li bilan shoir o‘sha davrlarda ko‘pchilik firqa tashkilotlari odamlarning hojatini chiqarish, og‘irini yengil qilish o‘rniga ularni behuda ranjitish bilan shug‘ullanganidek ijtimoiy illatga ishora qilgan edi. Hukmron partiya tashkiloti nomini masxaralash yo‘li bilan shunday teran ma’no ifodalangani bu dostonda ham muallif o‘ziga xos jasorat ko‘rsatganligidan dalolat beradi. Faqat doston yozilgan “Qayta qurish” deb atalgan yillarda jamiyatdagi illatlarni fosh qilish juda avj olib ketganligi sababli shoirning bu jasorati adabiy tanqidchilik tomonidan payqalmagan edi.
Abdulla Oripovning “Hakim va Ajal” (1980) dostonida esa asar g‘oyasini gavdalantirishda uzoq o‘tmish manzaralaridan o‘rinli foydalanilgan. Jahon tibbiyot ilmining buyuk dahosi Abu Ali ibn Sino haqida yozilgan bu dostonda, umuman, inson hayotiga taalluqli va abadiy zamonaviy bo‘lgan muammolar ko‘tarilgan. Unda hayot va inson, ilm va o‘lim, olijanoblik va hasadgo‘ylik haqidagi teran ijtimoiy fikrlar badiiy tarzda gavdalantirilgan. Ulug‘ siymo – Ibn Sino haqida har xil yo‘nalishda asarlar yaratish mumkin va yaratilgan ham. Biroq A.Oripov bu ulug‘ Hakim haqidagi bor afsonayu, haqiqatlar ummonidan o‘ziga xos yo‘nalish topa olgan.
Syujetning asl mohiyatini muhabbat va o‘lim belgilaydi. Asar boshlarida Buxoroning Afshonasida chang-to‘zon yutib, dalalarda mol boqib, o‘t-o‘lanlar bilan sirdosh bo‘lgan Hakimning bolalik chog‘lari ko‘z oldimizda gavdalanadi. Yigit yetilib, hakimlikda nom chiqargach, hayot uni o‘z girdobiga tortadi. U bemor malikaning dardi tufayli Buxoro arkiga taklif qilinadi. Syujetni harakatga keltirgan bosh tugun manna shu joydan boshlanadi. Hakim malikaning jismonan sog‘lom-u biroq ruhan madadga muhtoj ekanligini aniqlaydi. Malika ham Ibn Sinoning faqat hakim emas, balki ulug‘ bir inson ekanligini darrov payqaydi. Biroq malikaning ko‘nliga yo‘l izlab yurgan mirzolarning biri uning oldida to‘siq. Xuddi shunday voqea asl hayotda ro‘y bermagan bo‘lishi ham mumkin. Adabiyot uchun buning ahamiyati yo‘q. bu yerda boshqa bir haqiqat bor. Hakimning ham dardi katta, xatto bu malikaning ruxiy dardidan ham o‘tkir va shiddatliroq. Bu o‘rinda hakim umr bo‘yi izlagan o‘ziga munosib mahbubaga duch kelgan oshiq o‘rnida edi. Biroq u muhabbat izlamaydi maqsadi oliy va yuksak. Uning uchun oddiy muhabbatdan ko‘ra, o‘z hayotini bag‘ishlagan asosiy maqsad – ajalga davo topish dardi muhimroq.
Dostonda hakimning hasadgo‘y shogirdi Mirzo malikaga bo‘lgan muhabbatini yuragiga sig‘dira olmay ustozini o‘ldiradi va sukut ichra donishmand tanasining uyg‘onishini kutadi:
Bu sukutnshg tugaydigan zamoni yo‘qdir,
Bu umrning poyoni yo‘q. U vaqtdan xoli.
Ko‘rinadi-yu, so‘zlay desa zaboni yo‘qdir,
Eshitadi, turay desa yo‘q majoli.
Nodir iste’dod egasi A.Oripov tarjimon sifatida A.S.Pushkin, T.G.Shevchenko, E.Charens, Nizomiy Ganjaviy, Q.Quliev she’rlarini, Dantenning “Ilohiy komediya” asarini tarjima qildi. Ayniqsa, Dantening “Ilohiy komediya”sidagi falsafiy qarashlar va majoziy timsollar A.Oripov she’riyatiga, xususan, “Jannatga yo‘l” dostoni maydonga kelishiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan edi.
A.Oripov shoir sifatida she’r, dostonlaridan va tarjimalaridan tashqari dramaturgiyaga ham qo‘l urdi, u milliy istiqlol yillari “Sohibqiron” dramasini yozdi. Drama 5 pardadan iborat bo‘lib, adib o‘tmishdagi buyuk bobokalonimiz Amir Temurning davlat boshqaruvi, hayoti va o‘y-tuyg‘ularini ko‘rsatib berishga harakat qiladi.
Unda muallif sohibqironning deyarli butun ongli faoliyatinig qamrab olishga intilgan bo‘lib, Temurning qonli urushlari-yu qozongan buyuk g‘alabalari, madaniyat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari-yu yaqin a’yonlariga munosabati, oldidagi xotiralariyu bolalariga muomalasi nihoyatda ko‘p tarixiy dalillar va badiiy to‘qimalar vositasida jonlantirilgan. Bu p’esasida butun ijodida bo‘lganidek, A.Oripov o‘z estetik dasturiga sodiq ravishda imkon boricha hayot va tarix haqiqatini to‘laligi bilan ifodalashga intiladi. O‘zining asosiy estetik maqsadini ta’riflab: “Men nimani ko‘rib, his etgan bo‘lsam, shuni qalamga olishga harakat qilganman”, - deydi shoir.
Xuddi mana shu g‘oyalar shoirning “Haj daftari” turkum she’rlarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi:
Tegirmon toshidek aylandi taqdir,
Karvonlar to‘zgidi, sarbonlar basir,
Bandi bo‘lgan edi, ulug yurt, axir,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.
Avj oldi ig‘voyu firib, razolat,
Yig‘ladi bir chetda yetim adolat.
Bormi saodatga axir, kafolat,
Keldim, madad bergil, yo Ka’batulloh.
Abdulla Oripovning ellik hadisdan iborat “Haj daftari” hozirgi she’riyatda diniy-ilohiy mavzularning jonlanishiga alohida fayz bag‘ishladi. Unda Alisher Navoiyning “Arba’in” asaridagi falsafiy-axloqiy qarashlari hozirgi davr nuqtai nazaridan davom ettirilgandek tuyuladi. Bu turkum Abdulla Oripov she’riyatidagi komil inson konsepsiyasining muhim yo‘nalishi ekanligi va falsafiy axloqiy g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan diqqatga sazovordir. “Makkai mukarramaga borganimning dastlabki kunida,-deb yozadi shoir turkum muqaddimasida, - Ka’batullohda ­­– Alloh uyi yonida tunni bedor o‘tkazib, tilovat bilan bir qatorda baytlar yoza boshladim. Men bu holatga avvaldan bir muncha tayyor bo‘lganim sabablimi, satrlarim o‘z-o‘zidan quyilib kelaverdilar. Haj safariga har kim o‘z ixtiyori bilan borgusidir. Bundan tashqari, haq yo‘li, uning visoliga yetishmoq osongina kechadigan sayohat emas”.
Uzlat izlab bormagan
Joyim balkim qolmadi,
Hech bir go‘sha kelgin deb
Og‘ushiga olmadi…
Yuz o‘girma, bu yo‘lchi,
Na quvonch,na kulfatdir,
Uning yolg‘iz ilinji
Uzlat erur, uzlatdir.–
deb yozadi shoir “Uzlat”she’rida. She’rdan ayon bo‘lishicha, uzlatga chekinish bu ko‘ngilga sayohat qilish, uning mo‘jizalarini, cheksiz ummonning sir-sinoatlarini bilishga, tushunishga intilish demakdir.Lirik qahramon orom, taskin, yupanch topayotgani yo‘q.Ko‘ngilga sayr qilishning boshlang‘ich nuqtasi o‘z-o‘zini bilish, tushunish bo‘lsa intihosi esa Allohni anglash, uning jamoliga yetishmoq saodatidir.
Shoir talqiniga ko‘ra inson umri va tirikligi bu haq jamoliga yetishish yo‘lidir. Faqat u bandai mo‘minlar uchun sinov safari hisoblanadi. Fanodan baqo sari olis yo‘lga otlangan kimsa uchun sinov sayri ezgu umidlari, ko‘ngil mayli, iroda maslagining yuzaga chiqish omilidir. Ko‘ngil ko‘zining ochiqligi, tiyranligi hidoyat yo‘lining saodatidir.
Insonning ma’naviy-axloqiy jihatdan poklanishi jamiyatni ham tozartiradi,kishilikni komillikka yetaklovchi ustuvor omillardan sanaladi. Mazkur falsafiy qarashlar Abdulla Oripovning “Haj safari” turkumiga kiruvchi she’rlaridagi axloqiy g‘oyalarning o‘zak mag‘zini tashkil etadi.
Shoir Mirpo‘lat Mirzo to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Abdulla Oripov fenomeni – XX asr o‘zbek she’riyatining yuksak sururi. Uning ijodida – tug‘yonli she’riyatida xalqimizni erkka, ozodlikka, yaxshi kunlarga bo‘lgan ishonchi, boqiy Vatan tarannumi, inson qalbida kechadigan teran kechinmalar, hayotga bo‘lgan chekchiz muhabbat, dunyoni chuqur anglash tuyg‘ulari tajassum topdi” (“Jahon adabiyoti”, 2011, №3, 133-bet).
Abdulla Oripov 2016-yilning 5-noyabri kuni AQShda olamdan o‘tdi.

Download 69,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish