Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Magistr
Ashurova Madina Isroil qizi
“Abdulla Avloniy asarlari orqali talabalarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi yuzasidan
TAJRIBA-SINOV ISHLARI DASTURI
5A110901 Pedagogika nazariyasi va tarixi
Toshkent 2021
Ushbu pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 25-yanvardagi Umumiy orta orta maxsus va kasb hunar ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari togrisidagi PF-5313-son Farmonida belgilangan yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy mustaqillik goyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shuningdek, oquvchilarda boy ilmiy, madaniy va ma'naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yonaltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etish vazifasini amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.
Tuzuvchi: Nizomiy nomidagi TDPU
magistranti
M.I.Ashurova
Ilmiy rahbar: p.f.d, prof A.S.Kaldibekova
KIRISH
Milliy istiqlolga erishib, har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma`naviyatini yanadа rivojlantirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning alohida o'rni bor. O'zbek adabiyoti bunday asarlarga boydir. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatdan, taniqli o'zbek adibi Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan to'rt qismdan iborat Adabiyot yoxud milliy she`rlar hamda Birinchi muallim , Turkiy guliston yoxud axloq , Ikkinchi muallim , Maktab gulistoni kabi darslik va o'qish kitoblari ham xarakterli bo'lib, yaxlit bir tadqiqot uchun manba bo'la oladi.
2019-yilning 3-avgust kuni Ozbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich
Mirziyoyev mamlakatimizning ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuv
otkazdi. Ushbu uchrashuvda madaniyat va san'at sohasida yuzaga kelgan koplab
muammolar ortaga tashlandi, ayni paytdagi ijodiy jarayonlar muhokama qilindi.
Mazkur yigilishda madaniyat, ommaviy axborot vositalari adabiyot va san'at
sohasini tubdan isloh qilish maqsadida amalga oshiriladigan keng miqyosli ishlar
xususida soz bordi, yosh iste'dodlar tarbiyasi, madaniyatimiz va adabiyotimizni
rivojlantirish maqsadida yangi goya, tashabbus va takliflar bildirildi. Biz uchun
hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir ota muhim masala borki, unga
alohida toxtalib otishni zarur deb bilaman. U ham bolsa, unib-osib kelayotgan
yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bogliqdir. Buyuk bobomiz Abdulla
Avloniy aytganidek, bu masala biz uchun haqiqatan ham yo najot, yo halokat, yo
saodat, yo falokat masalasidir va oz dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon
yoqotmaydigan, ta'bir joiz bolsa, masalalarning masalasidir1.
Shu ma'noda, bugungi kunda Abdulla Avloniy yozgan asarlarining
adabiyoyotida tutgan o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, muallifning darslik
yaratishdagi harakatlari, uning ta`lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o'zbek
xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas
bog'langanligi, adibning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani
rivojlantirishda qimmatbaho manba bo'lib xizmat qilganini organib chiqish davr
talabiga aylanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |