1 Skalichka V. O'sha asar, 98-bct; Bcrezin F.M. O'sha asar, 264-bet.
3 Berezin F.M. 0 ‘sha asar, 265-bct.
125
www.ziyouz.com kutubxonasi
A m erika tilsh u n o sla ri (L .B lu m fild va unin g izd o sh lari)
fonemaning distributiv belgilariga asosiy e’tiborni qaratadilar. Praga
tilshunoslari esa fonem ani distinktiv (m a’no farqlash) belgilari
yig‘indisi sifatida tushunadilar.
Fonem alarni m atndan ajratish usuli b o ‘yicha ham Praga va
A m erika strukturalistlari o ‘rtasida m a’lum m a'n o d a um um iylik
mavjud. Xususan, fonem a va uning variantlarini belgilashda har
ikki m aktab vakillari uch tayanch nuqtaga asoslanadilar. Faqat
bu uch tayanch nuqtaning
nom lanishida ular o 'zaro farqla-
nadilar.
Jum ladan, N .Trubetskoy yuqoridagi uch tayanch
nuqtani
fonemalarrting ajratish qoidalari deb nomladi va ularni tartib bilan
birinchi qoida, ikkinchi qoida, uchinchi qoida deb bergan bo'lsa,
Amerika tilshunoslari ularni distributsiya qoidalari deb nomlaydi.
N Trubetskoyning birinchi qoidasini kontrast distributsiya, ikkinchi
qoidasini qo ‘shimcha distributsiya, uchinchi qoidasini csa erkin
almashinish distributsiyasi nomi bilan yuritadilar.
Shu bilan birgalikda ko‘pchilik Amerika tilshunoslari semantik
to m o n n i n azard an so q it q ilad ilar. Praga tilsh u n o slari
esa
fonemaning m a’no farqlash vazifasiga doim o ta ’kid beradilar.
Praga tilshunoslari Amerika transformatsion metodiga ham
tanqidiy baho beradilar.
Bu m etodning til sistem asining dinam ik tabiatini hisobga
olmaslikda ayblaydilar.
Shuningdek, Praga lingvistik maktabi Amerika tilshunoslari
tom onidan olg‘a tashlangan BI tushunchasini ham qabul qilishni
xohlam aydilar. U larning fikricha, BI morfologik va sintaktik
birliklarni e’tiborga olmagan holda til birliklarini mexanik distributiv
tahlil qilishga olib keladi.
Praga tilshunoslari Amerika tilshunoslari
tom onidan ilgari
surilgan tilning sathlarga bo'linishi g'oyasi va unda har bir sathning
boshqa sathdan chegaralanishi masalasi b o ‘yicha cheklangan
tom onlarni to ‘ldirishga harakat qiladi. U la rb ir sathda ro ‘y bergan
o'zgarish boshqa m a’lum sathlarga ham ta'sir etishi mumkinligini
ta'kidlagan holda, turli til sathlari o'rtasida mavjud bo'lgan o ‘zaro
munosabatlarni hisobga olishga chaqiradi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi
Amerika tilshunoslari tilning sinxron holatini o'rganishga jiddiy
e ’tibor berish barobarida, til va jamiyat o ‘rtasidagi o ‘zaro aloqani
o ‘rganishrri nazardan soqit qiladilar. Bundan farqli ravishda Praga
tilshunoslari har bir til jam iyatning kommunikativ va ekspressiv
ehtiyojlarini qondirish uchun xizm at qilishini, shuning uchun
jamiyat bilan uzviy bog iiq ekanligini ta ’kidlaydilar.
III.
Amerika deskriptiv lingvistikasi bilan glossematika o'rtasida
m a iu m umumiylik va ayrim farqli jihatlar mavjuddir.
Har ikki yo‘nalishning umumiy tomonlari shundaki, ularning
har ikkisi Iingvistik holatlarni m atem atik ifodalar yordamida bayon
qilishga urinadilar. Jumladan, Z.Xarris o ‘zining lingvistik tahlilining
m atem atik xarakteriga ega ekanligini bayon qilsa, L.Yelmslcv
o'zining bosh maqsadi lingvistik algebrani yaratish ekanligini
ta ’kidlaydi. Ularning har ikkisi tilshunoslikning asosiy vazifasi
Iingvistik tadqiqot texnikasini ishlab chiqish deb biladilar.
Har ikki maktab a n ’anaviy lingvistik atam alardan voz kechgan
holda, atam alarning um um iy sistemasini, metatilni yaratishga
urinadilar. H ar ikki maktab vakillari ikki a ’zoli bo'lishni m a’qul-
laydilar:
Ular har qanday jum lani dastlab ikki qismga ajratadilar. Bu
qismlaming har birini yana ikki qismga boMadilar. Shunday bo'linish
bo'lm ishning oxirgi ishtirokchisiga qadar olib boriladi. Bunday
tamoyilni L.Yelmslev deduktiv deb atasa, Amerika tilshunoslari
BI tahlili deb nomlaydilar.
Shu bilan birgalikda bu ikki yo‘naIish o'rtasida jiddiy farqlanish
ham mavjud. Bunday farqlanish tilshunoslikning fan sifatidagi
mazmuni va vazifasirri turli xil tushunishdan kelib chiqadi.
A m erika tilshunoslari o 'zlarin in g oldilariga tilni tavsiflash
modellarini hosil qilishrri asosiy maqsad qilib qo ‘yadilar. Glos-
sematiklar tilni m atnlar yig'masi bilan tenglashtiradilar. Ana shu
matnlarni ziddiyatsiz va to ‘liq tavsiflashni bosh maqsad qilib oladilar.
Lekin bu m a tn la r k o ‘p in c h a d ed u k tiv , fikran tav siflan ad i.
Boshqacha qilib aytganda, oldindan ishlab chiqilgan tushunchalar
matnga, ya’ni tilga nisbatan berilganday bo‘ladi.
Agar m atnni strukturlashtirish (ularning distributsiyasi, q o ‘shi-
lishi va b.) A m erika tilshunoslarining asosiy m aqsadi b o ‘lsa,
127
www.ziyouz.com kutubxonasi
glossematiklaming yakuniy maqsadi doimiy va barqaror belgilarni
qidirishdan iboratdir.1 Amerika tilshunoslarining tekshirish obyekti
bevosita nutqiy jarayon sanaladi. Shuning uchun ular boy daliliy
materiallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar. Lekin ularga
aniq m a ’ium bir tildagi yoki u m u m an tiltia m avjud b o 'lg an
munosabatlar sistemasini aniqlash hech qachon nasib etm adi.2
Do'stlaringiz bilan baham: |