Abduhamid nurmonov



Download 5,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/119
Sana30.12.2021
Hajmi5,54 Mb.
#196159
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119
Bog'liq
Struktur tilshunoslik Ildizlari va yo'nalishlari A Nurmonov-разблокирован

Invariant-variantlilik
L.Yelmslev  F.de  Sossyurning  til-nutq  dixotomiyasiga  yuqori 
baho  berar  ekan,  bu  farqlanish  bevosita  shakl  va  substansiya 
o ‘rtasidagi  farqlanishga  asoslanganligini  t a ’kidlaydi.  U  F.de 
Sossyurning  lingvistik  qarashlari  «Um um iy  lingvistika  kursi»da 
izchil  va  aniq  ifodasini  topmaganligi,  shuning  uchun  ziddiyatlarga 
boy  ekanligini  bayon  qilgan  holda,  substansiya  va  shakl  haqidagi 
qarashlarini  bunga  misol  qilib  keltiradi.
Berezin F.M. O'sha asar,  238-bct.
82
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bir o'rinda  F.dc  Sossyur til  (langue)  ni  substansiya  emas,  shakl 
ekanligini  aniq  ifodalaydi.  Bu,  d a rh a q iq a t,  un in g   um u m iy  
qarashlariga to ‘g‘ri  keladi.  Lekin  mazkur farqlanish kitobning oxiriga 
qadar  izehil  olib  borilmaydi.  Shu  bilan  birga  ytiqoridagi  atam alar 
turli  m a'nolarda  qo'lianiladi.  Lekin  F.de  Sossyur  tadqiqotida  eng 
muhim  yangi  narsani  ajratish  mum kin,  deydi  L.YeImslev.  «Bu 
tilni  sof munosabatlar  strukturasi  sifatida  tushunishdir».'
L.Yelmslev  F.de  Sossyurning  «Til  bu  shakldir»  degan  g‘oyasini 
mahkam  ushladi.  Shuning  uchun  uning  lingvistik  konsepsiyasida 
shakl  abstrakt  mohiyat sifatidagi  qandaydir barqarorlik tushuniladi. 
Uning ta ’kidlashicha,  har qanday  shakl  bevosita  kuzatishda  xilma- 
xil  moddiy  ko'rinishlarda  namoyon  bo'ladi.  M a’lum  mohiyatning 
ana  shu  xilm a-xil  m oddiy  ko ‘rinishlari  substansiya  sanaladi. 
Masalan,  Uyga  ketmoq  m a'nosi  turli-tum an  tashqi  ifodalarga  ega. 
Tovushlar ketma-ketligi  yordamida  (fonetik vosita),  harflar ketm a- 
ketligi  yordamida  (grafik  vosita),  telegraf  orqali  Morze  alifbosi 
yordamida,  imo-ishoralar yordamida (paralingvistik), daftarga o ‘yish 
orqali  (ko‘zi  ojizlar  vositasi)  va  boshq.  Bir  umumiy  mohiyatning 
ana  shu  xilma-xil  gavdalanishlari  substansiya  hisoblanadi.
Glossematiklar shakl va substansiyani o'zaro farqlash bilan birga, 
mazmun va  ifodani  ham  farqladilar.  Aslida  lingvistik belgining  ikki 
tomonlamaliligi  F.de  Sossyur tom onidan  ko‘rsatilgan  edi.  Glosse- 
matiklar uning bu dixotomiyasini shakl va substansiyaga ham nisbat 
berdilar.
Tllni  shakl  va  substansiya,  mazm un  va  ifoda  dixotomiyalari 
asosida  to ‘rt  qatlam da  o'rganish  ham  glossematikaning  o ‘ziga  xos 
xarakterli  belgisidir.
Ana  shunday  bo ‘linishga  asoslanib,  glossematiklar  ifoda  shakli 
va  ifoda  substansiyasi,  m azm un  shakli  va  mazm un  substansiyasi 
kabi  tushunchalarni  farqlaydilar.
Tilda  o ‘zining  ifodasini  topgan  borliq  dalili,  tafakkur  orqali 
shakllangan borliq,  tushuncha mazmun substansiyasi,
 
til yordamida 
sistemalashtirilgan  tovushlar  zanjiri  esa  ifoda  substansiyasi
 
hisob- 
lanadi. 1

B i b M C J i e e  
JI.  M
cto
/
i
 
cTpyicrypnoro au am m  
b
 
jimirBHCTHKe.  -   3BernnucB 
B.A. 
HCTOpua 
5l3blK03liaiIH5l..., 
c.  52.
83
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buni  L.Yelmslev Berlin so‘/.i  orqali  tushuntirib  beradi.  Uning 
fikricha,  yuqoridagi  so ‘zda  biz  bir  xil  ifoda  substansiyasiga 
(tovush  zanjiriga)  ega  bo'lam iz.  Lekin  bu  ifoda  substansiyasi 
turli  tillarda  turli  xil  ko ‘rinishda  b o ‘ladi:  ingl.  b a:’lin,  nem . 
b e r'lin ,  yapon.  Iberulinul  kabi.  Lekin  m azm un  substansiyasi 
(Berlin  haqidagi  tasavvur)  o'zgarm aydi.  A ksincha,  bir  xil  ifoda 
substansiyasiga ega  boMgan  ingl.  got  «oldim»,  nem.  G oot  «xudo», 
daniyacha  godt  «yaxshi»  so 'zlarn i  talaffuz  etganim izda  turli 
m azm un  substansiyasiga  (obyektiv  borliq  m aM um otlari)  ega 
boMamiz.
Bir  xil  substansiyaning  turhcha  ifodalarrish  imkoniyati  boshqa 
misollar  bilan  ham  dalillanadi.  Masalan,  Bilmayman  jum lasida 
mavjud  boMgan  fikrni  ifodalash  kerak  boMsin.  Bu  fikr  L.Yelmslev- 
ning  ta'kidlashicha,  mazm un  substansiyasi  hisoblanadi.  U  barcha 
tillarda  bir  xil  boMsa  ham,  lekin  xilma-xil  ifodasiga  ega.
L.YelmsIev  tilda  mazm un  plarri  va  ifoda  planini  ajratish  bilan 
birga,  ularning  har  biri  o ‘z  shakli  va  substansiyasiga  ega  ekanligini 
ta'kidlaydi.
M azm un  shakli  birhgi  plerema  (yunon.  «to‘liq»:  ya’ni  «maz- 
m uniy  parcha»),  bularni  o ‘rganuvchi  boMim  esa  plerem atika 
sanaladi.
Ifoda shakli birhgi  kenema (yunon.«bo‘sh»), bularni o ‘rganuvchi 
boMim  kenematika  hisoblanadi.
Shakl substansiyaga nisbatan belgilovchi va barqaror xususiyatga 
ega  boMganligi  tufayli,  u  glossem atiklarning  asosiy  o ‘rganish 
obyektiga  aylanadi.  L.Yelmslev  shaklning  substansiyadan  toMiq 
avtonomligini ta ’kidlagan holda,  tilshunoshk shakllarni o ‘rganmog‘i 
lozimligini bayon qiladi.
L.Yelmslevning bayon qilishicha,  mazm un plani va ifoda o ‘zaro 

Download 5,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish