Abdufattox abdugapparov



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/87
Sana18.01.2022
Hajmi2,22 Mb.
#390318
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
Bog'liq
fayl 1522 20210820

 Usmon Zufarov
 (1894-
1981) 1943-yildan 1949-yilga qadar sohaviy  ilmiy 
- tadqiqot eksperimental laboratoriya- sida faoliyat 
olib  borgan.  Ushbu  davr  mobaynida  bir  qator 
o‘zbek  xalq  chol-g‘ularini  zamonaviy  ijrochilik 
talab  darajasiga  moslashtirishga  muvaffaq  bo‘ldi. 
Asosiy maqsad – cholg‘ularning  
Usta  Usmon  Zufarov  ovoz  tarovatini  kuchaytirish  va  xas  padalar  yordamida 
diapazonini  kengay-tirishdan  iborat  edi.  Natijada  turli  shakldagi  ruboblar,  kosasi 
ikki  va  uch  qavatdan  iborat  bo‘lgan  dutorlar    yaratildi.  Shuningdek,  g‘ijjak  va 
chang cholg‘ulari ustida ham izlanishlar olib borildi. 
U.Zufarov  cholg‘ularning  ovozini  kuchaytirish  maqsadida  du-tor  va  tanbur 
qopqog‘ining tagiga ikki tomonidan uch qatordan qo‘shimcha sado berib turuvchi 
simlar  tortgan.  Bu  tajriba  ijro  pay-tida  qopqoq  tagidagi  torlar  aks-sado  berishi 
natijasida tovush tembri yanada kuchayadi degan maqsadda amalga oshirilgan edi.  
Shuningdek  tanbur  dastasi  va  g‘ijjak  kosasining  tagiga  yo-g‘och  karnaylar 
o‘rnatgan.  Bu  ham  bo‘lsa  ovoz  tarovatini  kuchay-tirish  maqsadida  qilingan 
izlanishlardan  biri  edi.  Bu  cholg‘ular  ham  o‘sha  paytda  ansambl  tarkibida 
qo‘llanilgan,  lekin  bizgacha  yetib  kelmagan.  Cholg‘ular  o‘z  shakliga  nisbatan 
ancha katta-lashtirilgan va ansambl ovoz tarovatini boyitishga xizmat qilgan.     
U.Zufarov  birinchilardan  bo‘lib,  Y.Rajabiy  buyurtmasiga  asosan  ansambl 
jamoasi uchun past registrli cholg‘ular, ya’ni “katta dutor”, “katta tanbur” va “katta 
g‘ijjak”larning  bir  necha  turlarini  yasaydi.  Ular  1934-1936  yillar  davomida 
Y.Rajabiy rahbarligidagi ansambl tarkibida qo‘llaniladi. 
Usta butun  umri davomida  cholg‘ularning  yangi  turlarini o‘ziga  xos betakror 
bezak va nafis yog‘och o‘ymakorligi san’ati bilan hamohang ravishda yasash bilan 
shug‘ullangan.  Bu  cholg‘ular  bugungi  kunda  U.Zufarov  ijodiy  faoliyatining 
mahsuli sifatida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Milliy cholg‘u” ilmiy-ishlab 
chiqarish  eksperimental  laboratoriyasining  “Davlat  noyob  ilmiy  ob’ekti”da  nodir 
eksponat sifatida saqlanmoqda.  


 
97 
Usta  Usmon  Zufarovning  ishlari 
milliy  musiqiy  sozlarimiz-ning  sifat 
darajasini  oshirishga  katta  yordam 
berdi  va  hozirgi  kunga  qadar  bu 
cholg‘ular  barcha  sozgar  ustalarga 
namuna 
(etalon) 
sifatida 
xizmat 
qilmoqda. Usmon  Zufarovning  noyob 
va  betakror  cholg‘ularida  nafa-qat 
O‘zbekistonning, balki xorijiy mamlakatlarning ham  mutaxassislari va musiqa ix-
losmandlari  sevib  ijro  etmoq-dalar.  Ularning  dutorlari  (hamda  tanburlari)  boshqa 
ustalarning  ishlaridan  ajralib  turishi  uchun  bo‘g‘zidagul    va    bulbul  siymosi  
yog‘och o‘ymakorlik san’ati orqali aks ettirilgan. Bu esa faqatgina ustaning o‘ziga 
xos  bo‘lgan  ramziy  belgi  hisoblanadi.  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan  san’at 
arbobi  Usta  Usmon  Zufarov  taniqli  xalq  ustalari  qatoridan  joy  olgan.  Ustaning 
nomini  nafaqat  O‘zbekiston  sozandalari-yu,  xo-nandalari    balki    xorijiy  
hamkasblarimiz  ham  faxr  bilan  tilga  ola-dilar.  Qo‘qonda  usta  Mo‘minbek  va  usta 
Haydarning nomlari mag‘rurlik bilan tilga olinadi.     
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida  ijod qilgan  ustalar-usta Umarali  va 
uning  shogirdi  usta  Toshboy  Sultonovning  nom-lari  toshkentlik  musiqa 
shaydolarining dilida abadiy barhayotdir. Ularning yasagan cholg‘ulari muzeylarda 
va  sozandalarning  uyla-rida  ardoqlanib  saqlanmoqda.  Bu  ustalar  cholg‘ularning 
badiiy  bezagiga    alohida  e’tibor  berishgan,  yasagan  dutor  va  tanburlari  o‘zining 
go‘zalligi  bilan  ajralib  turadi.  Usta  Usmon  Zufarovning  ustozi  -  usta  Toshboy 
Sultonov elga tanilgan zamonaviy ustalar-ning biri edi. Uning mohir qo‘llari bilan 
yuzlab dutor, tanbur va boshqa musiqa cholg‘ulari yasalgan.  
Sozgar  usta  U.Zufarov  1894  yili  Toshkentning  Ko‘kcha  ma-hallasidagi  Tor 
ko‘chada  dunyoga  kelgan.  U  6  yoshida  otasidan  yetim  qoladi.  Uni  va  to‘rt  nafar 
ukasini  onasi  tarbiyalaydi.  Onala-rining  aytishlariga  qaraganda:  “Usmon  bolalik 
paytida ko‘chada bir to‘da bolalarning dutor chalayotganini ko‘rib qoladi. U katta 
qiziqish bilan musiqani tinglab, ko‘zini dutordan uzmas edi. Shundan keyin Usmon 
kichkina  yog‘ochni  olib  undan  kichkina  o‘yinchoq  dutor  yasabdi  va  torining 


 
98 
o‘rniga  otning  yolini  taqibdi.  O‘yinchoq  cholg‘u  zo‘rg‘a  eshitiladigan  darajada 
tovush  chiqarib,  kichkina  musiqachini  quvontiribdi.  Yillar  o‘tishi  bilan  uning 
musiqaga bo‘lgan qiziqishi ortib boribdi. Bir kuni Usmon Qashqar mahallada usta 
Tosh yashashligidan xabar topib, uning yoniga boradi va uni shogirdlikka olishini 
so‘raydi.  Shunday  qilib,  u  12  yoshidan  boshlab  toshkentlik  usta  Toshboy 
Sultonovdan cholg‘u yasashni o‘rgana boshlaydi. 
“8  yillik  mehnatimdan  so‘ng,  mening  ustozim  mahorat  sirlarini  o‘rgata 
boshladi, keyin ko‘p vaqt temirchilik qildim va faqatgina 15 yildan  keyin dutor va 
boshqa  musiqa  cholg‘ularini  yasay  bosh-ladim”
1
,    deb  eslaydi  usta  Usmon 
Zufarov.  Boshqa  ustalarning  ham  tarjimai  holi  shundaydir.  Chunki  azal-azaldan 
ustozlar  o‘z  shogirdlariga  sozgarlik  sirlarini  darhol  o‘rgatmay,  balki  ularni 
izlanishga  o‘rgatar  edi.  Faqatgina  sabr-toqatli  shogirdlargina  chol-g‘u  yasash 
sirlarini egallay olishi mumkin. Zero, sozgarlik san’ati eng sharafli, shu bilan birga 
o‘ta mashaqqatli kasbdir. 
Cholg‘u  yasash  uchun  xomashyoni  ajrata  bilish  va  qayta  ish-lash  qanday 
muhim ahamiyatga ega ekanligini bilgan yosh usta, o‘tkir zehnlilik bilan yog‘ochni 
qayta  ishlashni  o‘rganadi  va  naqsh  bezagi  sirlarini  egallaydi.  1920-yili  Usmon 
Zufarov  o‘ziga  kerakli  bo‘lgan  barcha  asbob-uskunalarni  yig‘ib,  kichkina  uy 
ustaxonasini tashkil etadi  va katta bo‘lmagan  duradgorlik dastgohi olib,  musta-qil 
ravishda ishlay boshlaydi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish