Abbatisa – ayollar katolik monastirlarining boshqaruvchilari. Abbatlik


Pastor (lot.choʻpon) – ruhoniylik institutini inkor etuvchi protestant cherkovi xizmatchisi. Patriarx



Download 1,74 Mb.
bet130/201
Sana16.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#675732
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201
Bog'liq
31.01.2022 (3)

Pastor (lot.choʻpon) – ruhoniylik institutini inkor etuvchi protestant cherkovi xizmatchisi.
Patriarx1) An’anaviy jamiyatlarda oilaning obroʻli boshligʻi, oʻrta va yoshi katta erkak; 2) Bir qancha xristian cherkovlarida boshliqlar tituli. V asrdan boshlab tarqalgan. Mas. pravoslav cherkovi boshligʻi shunday atalgan. Eng katta patriarx Konstantinopolda turgan.
Patrisiylar (lot.ota) – oʻrta asrlar shaharlarida shaharning zodagonlar qatlami, nisbatan boy, ta’sirli, imtiyozli qatlamni tashkil qilib, savdogarlar, sudxoʻrlar, boy yirik yer egalaridan iborat boʻlgan. Qoidaga koʻra, davlat boshqaruvining barcha jabhalari – moliya, harbiy kuchlar va sud ularning qoʻlida toʻplangan. P. vakillari oʻz gerblarini ishlab chiqqanlar, dabdabali kiyinganlar, ritsarlik turnirlariga tashrif buyurishgan. Undan tashqari ular feodallar bilan qarindosh kirishishga intilishgan.
Patronat (lot.homiy) – urugʻchilik munosabatlari yemirilishi va ilk sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga kelgan homiylik qilish koʻrinishlaridan biri. Mazkur koʻrinishdagi homiylik (yer olish, patronning urugʻi nomini olish, sudlarda himoya qilish va boshqalar) toʻla huquqli boʻlmagan yoki kambagʻal kishilarni boy va ta’sirli patronlar qaramligiga tushishiga olib kelgan. Franklar davlatida merovinglar davrida u ma’lum, ammo karolinglar sulolasi davrida ancha keng tarqalgan.
Patronlar – Vizantiyada yirik yer egalari.
Pauperizatsiya (lot.qashshoq, kambagʻal) soʻnggi oʻrta asrlar davrida Angliyada gʻov tutish va dastlabki kapital jamgʻarilishi davrida aholining qashshoqlashuv jarayoni.
Pavlikanlar (apostol Pavel nomidan olingan) – VII asrda Armanistonda paydo boʻlgan, VIII-IX asrlarda Kichik Osiyo va Vizantiyaning Yevropa mulklarida keng tarqalgan, keyinchalik daxriylik harakati deb topilgan xristianlikdagi harakat ishtirokchilari. Ularning tarkibi xilma-xil boʻlgan. Pavlikanchilik ta’limotining asosini dualistik qarash tashkil qiladi. Unga koʻra Xudo qirolligi va Shayton qirolligi mavjud. Yer, moddiy dunyo P. nazdida Shayton qirolligini tashkil qiladi, shuning uchun ular ruhoniylarning dabdababozligiga va cherkov iyerarxiyasiga qarshi chiqib, cherkov marosimlarini soddalashtirishni ilgari surganlar. Maxfiy choʻqintirishni, but va xochlarga sigʻinishni tan olmaganlar. Ilk xristian jamoalaridagi kabi tenglik boʻlishligini talab qilishgan, bu tenglikni ular ijtimoiy jihatdan ham tushunishgan. IX asr 20-yillarida Vizantiya hukmdorlari tomonidan harakat qatnashchilari qattiq ta’qib ostiga olingan. Qatldan qoʻrqqan harakat qatnashchilari Arab xalifaligi hududiga qochib oʻtadi va u yerda Mitilenga yaqin joyda oʻz kaloniyalariga asos solishdi. Foma Slavyanin qoʻzgʻaloni bostirilgach, qolgan qoʻzgʻalonchi askarlari ham ularning safiga kelib qoʻshilgan. IX asr 40-yillarida P. Gʻarbiy Armanistonda, Yevfrat boʻyida keyinchalik ularning poytaxtiga aylangan Tefrika qal’asini qurdi. Shu yerda ular Arab xalifaligi va Vizantiyadan mustaqil boʻlgan alohida birlashma tuzishga erishdilar. Faqat bir necha yurishlardan keyin 872-yilda imperator Vasiliy I Tefrikani bosib olishga muvaffaq boʻlgan.
Pekuliy (lot. shaxsiy mulk) – qadimgi Rimda oʻz xoʻjaligini yuritish uchun qulga berilgan xoʻjayin mol-mulkining bir qismi (kesim yer, pul, kema, savdo inshooti kabilar). P.ga olingan mulk ortidan qoʻlga kiritilgan mulklar ham P. tarkibiga qoʻshilgan. Yustinian Digestlarida P. haqida quyidagi oʻxshatish keltiriladi: “P. insonga oʻxshab xoʻjasi oʻz quliga P. berganda tugʻiladi; qul yangi mulkka ega chiqqanda P. insonga oʻxshab voyaga etadi (oʻsadi); alar oqibat u kuchsizlanadi (qariydi) (bu P.egasi boʻlgan qulning yordamchilari tarzida ishlagan qul–vikariylar (P. olgan qul ixtiyorida ishlaydigan qullar toifasi) vafot etganda sodir boʻladi) va nihoyat xoʻja P.ni quldan olib qoʻyganda u inson kabi oʻladi”.
Pens (lot. denariy) – 1/240 funt yoki 1/12 shilling (solid) miqdoridagi ingliz kumush tangasi. Pennining belgisi “d” (lotincha denariy) boʻlgan. VIII asrda penni 1,45 g kumushni tashkil qilgan, XV asr oʻrtalarida bor yoʻgʻi 0,58 g boʻlgan. XVII asr oxiridan pennilar misdan zarb qilina boshlandi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish